O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Propiska tizimi bekor bo'lmaydi, aksincha qoidalar yanada og'irlashadi

Propiska tizimi bekor bo'lmaydi, aksincha qoidalar yanada og'irlashadi
20 Mart 2020 - 10:14 'da yuklandi va 800 marta o'qildi.

“Ozodlik” radiosining xabar berishicha, O'zbekiston ichki ishlar vazirligi propiskani soddalashtirishga oid qaror loyihasini e'lon qilgan (www.xabar.uz, 16 mart). Ushbu qaror loyihasidan ko'rinadiki, propiska bo'yicha deyarli hech qanday engilliklar berilmaydi, aksincha, oldingiga qaraganda ayrim og'irlashtiruvchi bandlar taklif etilgan.

“Ichki ishlar vaziri o'rinbosari va'da qilganidek, propiska tizimi bekor qilinib, uning o'rniga ro'yxatga olish tizimiga o'tilmaydigan bo'ldi. Propiska tizimi yana saqlab qolinadi! Qoyil, barakalla! SSSRdan qolgan Konstitutsiyaga zid tizimdan voz kechishga ko'zlari qiymayapti mutasaddilarning”, deb yozadi huquqshunos va bloger Xushnud Xudoyberdiev.

Loyihaga ko'ra, propiskasi yo'q fuqarolar umumiy mulk sotib ololmaydi, ya'ni 2-3 kishi birlashib uy sotib olish taqiqlanadi. Bu esa Konstitutsiyadagi mulkdor bo'lish huquqining buzilishidir.

Ayni paytda ayrim xorijiy davlat fuqarolari O'zbekistonda 30 kungacha viza olmasdan yurishi mumkin, lekin O'zbekiston fuqarolari Toshkentda 10 kundan ortiq ro'yxatdan o'tmasdan yura olmaydi. Yangi loyihada mazkur holat ham o'zgarishsiz saqlab qolinmoqda.

Qonun loyihasida birgina engillik ko'zda tutilgan: u Toshkent propiskasiga ega bo'lmaganlarning ikkilamchi bozordan uy sotib olishga ruxsat berilishidir.

O'zbekistondagi propiska tizimi xalqaro hamjamiyat va milliy ziyolilar tomonidan aksilkonstitutsiyaviy xatti-harakat sifatida qoralanadi.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube