O’zbekiston Xalq Harakati

Madaniyat vazirligidagi korruptsion sxemalar haqida. 3-qism

Madaniyat vazirligidagi korruptsion sxemalar haqida. 3-qism
20 Mart 2020 - 11:49 'da yuklandi va 1355 marta o'qildi.

MADANIYaT VAZIRLIGIDAGI KORRUPTsION SXEMALAR HAQIDA. 3-QISM

Madaniyat vazirligida avj olgan korruptsiya, poraxo'rlik, mansab vakolatini suiste'mol qilish kabi faktlarni oshkor qiluvchi turkum maqolalarimizni yozishda davom etamiz. Bugungi mavzu muzeylar sohasidagi korruptsiya mavzusi. Shunday qilib…

Bugungi kunda mamlakatimizda 350 dan ortiq muzeylar faoliyat ko'rsatmoqda. Ularning sohaviy xususiyatini hisobga olmaganda deyarli barcha muzeylar faoliyatini tashkil etish, boshqarish va nazorat eng yuqori vakolatli bo'g'ini bu Madaniyat vazirligi hisoblanadi. Madaniyat vazirligining strukturasiga muvofiq umumiy rahbarlik Madaniyat vaziri bo'lsa, vazirnning birinchi o'rinbosari va qolgan ikki o'rinbosarlari vazirlik tizimidagi yo'nalishlarni kuratori hisoblanadi. Masalan, vazirning birinchi o'rinbosari ijodiy tashkilotlar, teatrlar sohasiga kuratorlik qilsa, muzey, kutubxona va madaniy meros ob'ektlari vazir o'rinbosari kurator hisoblanadi. Madaniyat vazirligi strukturasini so'nggi o'zgarishiga ko'ra Respublika madaniy meros departamenti rahbari lavozimiga ko'ra Madaniyat vaziri o'rinbosari hamdir.

Bugungi kunda muzey, kutubxona va madaniy meros ob'ektlari nazoratini Madaniyat vaziri o'rinbosari Akilova Kamola Baltabaevna olib bormoqda. Akilova Badiiy akademiya raisi Akmal Nurning rafiqasi ekanligi ko'pchilikka ma'lum. Tashqi ko'rinishdan beozor va muloyim ko'rinsada, Akilovani yaqindan bilgan hamkasblari uning nimalarga qodirligini juda yaxshi anglashadi.

Akilova Kamola

So'nggi yillarda hukumat mamlakatga turistlar oqimi kengayganini hisobga olib, turistlar uchun eng qiziq bo'lgan manzil – muzeylarni ta'mirlash, rekonstruktsiya qilish ishlari uchun byudjetdan millionlagan mablag'lar ajratilayotgani albatta quvonchli, ammo ajratilgan mablag'larni hammasi o'z o'rnida sarflanishi esa eng og'riqli nuqta hisoblanadi.

Muzeylar uchun byudjetdan ajratilgan mablag'larning ma'lum qismi quyidagi korruptsion sxemalar orqali o'zlashtiriladi. Aytaylik kichikroq hajmdagi muzeyni ta'mirlash uchun o'rta hisobda 2 mlrd pul ajratiladi, avvaldan eng ishonchli firmalar tender-tanlov komissiyalarida ishtirok etadi, g'olib bo'lgandan so'ng vazir o'rinbosari K.Akilovaning hamtovog'i vazirlikning muzeylarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i Shaxlo Abdullaeva tenderda g'olib bo'lgan qurilish firmasi bilan og'zaki kelishib, eng kamida 10% miqdorda “otkat'” berish shartini qo'yadi. Quruvchi kelishuvdagi 10% ni berish barobarida o'ziga bo'ladigan har qanday qurilish bilan bog'liq talabdan imtiyozni qo'lga kiritadi. Aytaylik quruvchini o'z ishini sifatli qilmasada hech kim (K.Akilova ham) e'tiroz bildira olmaydi. Bu ikki tomon uchun ham manfaatli kelishuv.

Shaxlo Abdullaeva – o'ng tarafda

Faktlarni keltirsak: 2017 yil Jizzax viloyatida “Hamid Olimjon” uy muzeyi qurib bitkazildi. Muzeyni qurilish ishlarida “Ziynat dizayn” firmasi amalga oshirgan. Firma rahbari Sherzod aka biz bilan suhbatda muzey uchun sarflangan umumiy summani aytishdan bosh tortgan bo'lsada, lekin vazir o'rinbosari K.Akilovaning qat'iy talabi bilan umumiy smetada ko'rsatilgan mablag'dan 10% “otkat'” berganini tan oldi. Muzey sohasi mutaxassislari yaxshi bilishadiki, mazkur muzey OAV vositalari yordamida shov-shuv qilib piar qilingan bo'lsada, aslida ko'rgazma zalidan farq qilmaydigan eng kambag'al muzeydir.

Yana bir fakt. 2018 yil Qo'qondagi “Xudoyorxon” muzeyi uchun byudjetdan 1,5 mlrd mablag' ajratilgan. Mazkur mablag'lar tender o'tkazilmasdan turib, Qo'qon hokimi bilan kelishilgan holda K.Akilovani korruptsion sxemalar asosida topiladigan mablag'larni legallashtirish maqsadida tuzilgan nomigagina qurilish firmasi hisob raqamiga o'tkazilib, ta'mirlash, restavratsiya ishlarida oddiy usta ishchi kuchlaridan foydalanilgan.

Vazir o'rinbosari K.Akilova va boshqarma boshlig'i Sh.Abdullaevalar tandemi bu yo'nalishda “pul qilish”ni ancha havosini olib ulgurdi. O'zbekistonnning qaysi burchagidagi muzey ta'mirlanayotgan bo'lsa va unda qurilish firmasi “Ziynat dizayn” firmasi amalga oshirayotgan bo'lsa bilingki bu jarayonda K.Akilovani 10% otkat' ulushi bor. Masalaning qiziq tomoni boshqarma bolig'i Sh.Abdullaeva bir vaqtning o'zida ikkita frontda ham “o'ynay” olish qobiliyatiga ega. Masalan, olingan “daromadlar”dan o'z vaqtida sobiq vazir Baxtiyor Sayfullaevning ham boxabar qilib qo'ygani uchun bir muddat K.Akilova bilan dushmanona kayfiyatda ishlashlariga ham to'g'ri keldi.

Bu korruptsion o'yinlarda yaxshi o'yinchilardan yana biri Xalq hunarmandchiligi muzeyi sobiq “Amaliy san'at” muzeyi direktori Ismat Yusupov ham ana shunday “mohir”lardan biri. Madaniyat sohasida mutaxassis kadrlar etishmovchiligi mavzusi vazirlik kun tartibida doim dolzarb bo'lib turgan bir pallada, sohani mutaxassislari o'rniga I.Yusupovga o'xshagan jismoniy tarbiya institutini tamomlagan mutaxassisga direktorlik lavozimi loyiq topilgan. Bu bejiz emas go'yo. I.Yusupov ham makkorlik bobida K.Akilova va Sh.Abdullaevalardan qolishmaydi.

Ismat Yusupov

Muzey direktori oylik maoshi 2 mln so'mni tashkil qilishiga qaramay, qisqa muddatlik direktorlik faoliyatida Toshkentdagi eng qimmat kvartal hisoblangan “Ts” kvartaldan 3 xona, Rakatboshi ko'chasidan 3 xonalik kvartiralarni sotib olishga ulgurdi. Bu ham etmagandek, Sergili tumanida kam ta'minlangan oilalar uchun mo'ljallangan uylardan ham olishga ulgurdi. Sheriklaridan farqli o'laroq Ismat Yusupov topgan pullariga “kobalt”, “treker” kabi oylik maosh evaziga kun kechiradigan oddiy oila uchun orzuga aylangan avtomobillarni sotib olib ko'z-ko'z qilishi bilan ajralib turadi.

K.Akilova va Sh.Abdullaevaning qonunsizlik faoliyati shu nuqtaga borib etdiki, ular Kamoliddin Behzod nomidagi Rassomchilik va dizayn institutida o'qituvchilik ham qilishsada, xizmat safarlariga ketgan vaqtlarida ishlamagan kunlari uchun ham oylik maosh olishdan uyalmasliklari, mazkur oliygohning boshqa pedagoglarini noroziliklariga ham sabab bo'lgan.

Xizmat safarlari haqida gap ketganda o'rni kelganda aytib o'tish kerak, Madaniyat vazirligi tomonidan xorijga tashkil qilinadigan xizmat safarlarining birortasi o'zini oqlagan emas. Boisi xorijiy xizmat safarlari tematikasidan qat'iy nazar o'ziga xoz “xizmat ko'rsatgan” kimningdir yaqinlari jo'natiladi, garchi u yuborilayotgan xizmat safariga dahldor mutaxassis bo'lish bo'lmasligidan qat'iy nazar. Maqsad soliq to'lovchilardan undirilgan mablag'lar evaziga xorijda sayohat qilish, instagram, feysbuk sahifalariga rasmlar joylab ko'z-ko'z qilish kabi havoyi maqsadlardan iborat.

Maqola so'nggida hurmatli aziz mushtariylarga kichik bir izohimiz bor edi. Biz fosh etuvchi maqolalarni hayoliy obrazlar yordamida to'qib chiqarayotganimiz yo'q. Yozayotganimiz yaqin kunlarda vazirlikda sodir bo'lgan va bo'layotgan hodisalar xususidadir. Bu bilan biz O'zbekistonda faqat Madaniyat vazirligida korruptsiya mavjud qolganlar “oppoq” degan fikrdan ham yiroqmiz. Bizni maqsad, fuqarolik pozitsiyasidan kelib chiqib, atrofda bo'layotgan g'ayriqonuniy ishlardan mutassaddi tashkilotlar va keng jamoatchilikni boxabar qilish orqali o'z burchimizni bajarishdan iborat. Biz keltirayotgan ismlar va faktlarni bevosita Madaniyat vazirligidan topishingizga aminmiz. Biz sizni aldamoqchi emasmiz aziz mushtariylar. Sizning ishonchingizni doim qadrlaymiz.

Shunday qilib, biz davom etamiz.

Sarvar Pskentiy

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube