O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Uy

Uy
21 Mart 2020 - 21:35 'da yuklandi va 1404 marta o'qildi.

UY
(esse)

Kecha siz ulg'aygan va siz yashagan ko'chalarni aylandim.

Avval uzoqdan o'sha uyga termuldim. Ko'chaning nafasini his qildim…

Yoziqlaringiz va eshitganlarim xotirimdan o'tdi. Uyning huvillagan va tilsiz devorlari nimanidir so'zlamoqchi bo'lgan soqov kishidek istiqbolimga chiqayotgandek tuyuldi.

Havo sovuq.

Atrof jim.

Yuragim gupillardi.

Qadamingiz tekkan tuproqga oyog'imni bosdim. Bu izlar hovuri hali sovumagan. Bu ko'cha, bu daraxtlar, bu uy hanuz o'g'lini sog'ingan mushtipar ona kabi nafas olayapti.

Ular sizning qadamingizga, nafasingizga intizor. Ular siyosatni tushunishmaydi. Ular anglamaydiki o'zidan uzoqda yo'qotilgan yillarning asl vajini. Ammo ular jim kutadilar.

Ostonaning hadikkan nigohi yuragimni uvishtirdi. O'tgan yillardagi darbadar voqeliklar, ayqash-uyqash yolg'onu-bo'htonlar unga ham o'z kuchini ko'rsatgan va notanish sharpadan cho'chigan bo'sag'a bir qalqib tushgandek bo'ldi.

Polga yastangan gilam qadamimdan nigohini uzmadi.

Uy ichidagi har bir buyum jonli va barchasining o'z ertagi bor edi. Bu siz haqingizdagi va sizni o'zlaridan uzoqlashtirgan davr to'g'risidagi haqiqatlar ertagi edi.

Bir oz chalkashdim.

Uy ichida xonalar juda ko'p. Barcha eshiklardan mo'ralagim, har bir burchakda nafas olgim keldi.

Katta xonaga kirdik.

Xona to'rida suratingiz osig'liq. Boshqalariga qaraganda g'ururli bir devor o'z ko'ksiga xuddi orden kabi rasmingizni osib olibdi.

Ha, u jasoratli, eng botir devor edi…

Xonada og'ir jimlik bor, og'ir yo'qotish bor. Buni his qilish qiyin emas. U erda ko'p davra suhbatlari bo'lgani, she'rlar o'qilgani, kulgular yangragani, do'stlar, ijodkorlarning ovozlarini angladim.

U erda sizning tovushingizni, o'rningizni his qildim. Aslida bir oz ko'zlarimga yosh oldim. Ammo ko'zyoshimni birovga ko'rsatmadim, menga bu xona to'g'risida gapirayotgan sukunatga qulog'imni tuttim.

Ko'z oldimda gavdalanayotgan voqealar tizgini men ancha oldin o'qigan dediktiv asarlardagi voqealar rivoji bilan deyarli bir xil.

Inson hayoti o'zi bir kitob deyishsa pinagini ham buzmaydigan yoshgina qizcha, bugun o'sha kitobning boblaridan biriga aylandi.

Bilasizmi, hozir shu tobda sizga ichimdagilarni to'kkim keldi.

Atorofimdagilar hamisha kimgadir yomon ko'rinmaslikka intilishadi. Ayricha yongan va haqiqat uchun doim kurashuvchi, gupillab urayotgan yuragim eziladi. Biz yashayotgan olamda adolatsizlik, ishonchsizlik, ikkiyuzlamachilik ajriqdek tomir otayotganidan cho'kaman. Yolg'onparastlar borligidan o'kinaman.

Ammo, bilaman mening cho'kishim, o'kinishim, ezilishim hech birini o'zgartira olmaydi.

Biz kurashadigan bu maydon hamisha bo'shligi meni og'rintiradi. Kimgadir yomon ko'rinmaslik falsafasi to'g'risida o'ylab qolaman ba'zida. Keyin xayollarimni savalayman.

Haqiqatni ochiqlash, adolat uchun kurashish naqadar og'ir!..

Inson zoti g'alati.

Qarang, darrov men ham noliyapman.

Garchi buvim doim “nafas olayotgan har kuningga shukr qil”, der edi.

Olamimda saqlab qo'yganlarim – fiklarim bilan bo'lib, jiyaningizni choy ko'tarib kirib kelganini sezmabman.

Dasturxon atrofida bir oz suhbatlashdik. Ovora bo'lmang deyishimga qaramay ovqatga unnashini aytib tashqariga chiqdi.

Xonada men, portret, dasturxon va sukut qoldik.

Piyolaga choynakni baland ko'tarib choy quydim. Odatda choynakni piyoladan masofani yuqorida tutib turib, choy quyish odobsizlik belgisi, ammo men xonadagi jimlikni buzgim keldi.

Baribir xona yana jimlikka o'rmaladi.

Choyni issiq issiq xo'pladim.

Eshik g'iyqilladi.

Iningiz Rashid Bekjon og'ir ho'rsiniq bilan (menga shunday tuyuldi) ko'rpachaga cho'kkaladi.

Choy uzattim.

Harakatlaridagi ehtiyotkorlik, yuzi, ko'zidagi qayg'u muhri meni battar to'kdi, ezdi.

Sizga va yaqinlaringizga qilingan adolatsizlikdan ezildim.

Ancha gaplashdik.

O'tgan va shunchaki qaerdadir ezgilanib o'tgan yoshlikni, o'tmishdagi talato'plarni, sarsongarlikni, musofirchilikning mashaqqatlarini, vatan sog'inchi haqida eshittim.

Eshityapmanu go'yo kino lentasi ko'z oldimdan o'tmoqda. Og'ir tarix, o'kinchli o'tmish.

Barchamiz birga ovqatlandik.

Dasturxonda kimdir etishmasligi uyning achchig'ini keltirardi. Uning quchog'idagi sog'inch og'rig'i tuzalmas va ketmas darddek go'yo.

Ovqatga duo o'qib, boshqa xonaga o'ttik. O'zimni ancha erkin his qila boshlagandim. Uy meni yotsiramay qo'ydi. Qadamimni engilgina gilamlar ustidan olib o'ttim. Eshiklar, xonalar ortimdan jilmayib qolgandek tuyuldi.

Kichik dahliz. Unga qaragan uchta eshik. Past polga divan qo'yilgan. Yuqoriroqda xontaxta va unga qarama-qarshi televizor joylashtirilgan. Bog' tomonga chiqib ketuvchi eshik qiya ochiq.

Ichkarida zerikkan parda shamol bilan o'ynagisi kelardi, tashqariga o'zini itarardi. Gungir-gungirimiz vaqtni ham unutayozdiribdi.

Ketadigan payt bo'lgan, men uyga uy esa menga ancha o'rganib qolgandek.

Xa, Vatan haqida gapirish mas'uliyatli ish. Barcha vatanini sharaf – shon bilan ulug'laydi. Yuksaklaydi.

Bu uyda men anglagan yana bir haqiqat, uyda siz haqingizda gapirish, fikr yuritish ham Vatan haqida gapirish, fikr yuritish qadar mas'uliyatli.

Har bir burchak siz to'g'ringizdagi so'zlarga quloq tutadi, jon-jahdi bilan eshitishga harakat qiladi. Barchasi jonli va tirik.

Sizni xotirlayman.

Ayni payt atrofimdagi aynigan muhit, adolatsiz voqelik yuragimni og'ritadi.

O'zimga nisbatan qilinayotgan haqsizlik qalbimni yaralaydi.

Hammasi meni chalkashtiradi.

Biroq men bu Uydan vazminlikni, sabrni, matonatni, kutishni, sevishni, sadoqatni o'rgandim. Uning devori esa menga jasorat haqda saboq berdi.

Farzona ZAYID
Xorazm

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube