O’zbekiston Xalq Harakati

Alp Er To'nga – Turkiy xalqlar bobokaloni

Alp Er To'nga – Turkiy xalqlar bobokaloni
23 Mart 2020 - 14:51 'da yuklandi va 799 marta o'qildi.

ALP ER TO'NGA – TURKIY XALQLAR BOBOKALONI

Alp Er To'nga taniqli harbiy sarkarda va mashhur davlat arbobi bo'lib, u turkiy xalqlar bobokaloni hisoblanadi. Turkiy manbalarda u Alp Er To'nga va To'nga Alp Er, forsiy manbalarda Afrosiyob nomi bilan tilga olingan. Demak, Alp Er To'nga va Afrosiyob, aslida, bitta shaxsning turkiy va forsiy nomlari bo'lib, u Turon davlatining asoschisidir.

Turkshunoslik ilmining asoschisi bo'lgan mashhur olim Mahmud Koshg'ariy o'zining “Devonu lug'otit turk” (1071-1072) kitobida Alp so'zini quyidagicha izohlaydi: “Alp – botir, qahramon”. So'ngra kitobda Alp Er To'nga haqidagi mashhur marsiya keladi.[20]

To'nga (tonga) so'zi esa devonda quyidagicha izohlanadi: “Tona – yo'lbars jinsidan bo'lgan bir xil hayvon. U filning kushandasidir. Bu so'zning asosiy ma'nosi shudir. Lekin bu so'z turklarda ma'nosi o'zgargan holda qo'llanadi. Bu so'z, ko'pincha, odamlarga laqab o'rnida ishlatiladi. Chunonchi, Tonaxon, Tona tegin va shuning kabilar.

Turklarning ulug' xoni Afrosiyobni Tona Alp Er, deb atar edilar. Yo'lbars kabi kuchli bahodir odam, demakdir”.[21]

Demak, Alp Er To'nga so'zining lug'aviy ma'nosi “Yo'lbars kabi kuchli odam, botir va qahramon er” demakdir. Turkiy xalqlarda botir sarkardalar va podshohlar nomiga, odatda, Alp so'zi qo'shib ishlatilgan. Alp Er To'nga bu nomni o'ziga ism qilib olgan dastlabki inson, turkiy xalqlarning ilk xoqoni (xoni) hisoblanadi. Keyinchalik o'zbek xalq eposida 90 alp bo'lganligi, so'nggi alp Alpomish ekanligi kuylangan.

Alp Er To'nganing forsiy manbalarda o'z nomi bilan tilga olinmay, balki Afrosiyob, deb atalishiga nima sabab bo'lgan? Afrosiyob ikki so'z: afro va siyob so'zlaridan tashkil topgan. “Afros” so'zi arabcha bo'lib, ot ma'nosini bildiradi. Eron afsonalari va yozma adabiyotidagi qahramonlar nomiga azaldan ot (asp) so'zi qo'shib ishlatilgan. Masalan, “Shohnoma”da Gushtasp, Arjasp, Luhrasp kabi ko'plab nomlar uchraydi. Siyob esa siyoh ob, ya'ni qora suv, demakdir. Xullas, Afrosiyob forschada qora ot, qora otliq ma'nolarini beradi. Qora so'zi faqat rang (sifat) ma'nosida qo'llanmay, bu tushunchaning turkiy xalqlarda kuchli, bahodir kabi ma'nolari ham mavjudligini alohida ta'kidlab o'tish lozim. (Bu o'rinda keyinchalik tashkil topgan turkiy sulola – Qoraxoniylar davlatining nomlanishi bevosita shu so'zning keyingi ma'nosidan olinganligini alohida ta'kidlab o'tish lozim. Hatto Turkiston tarixida Qoraxitoylar davlati bo'lganligi ham ma'lum.) Biroq forslar Afrosiyobni yovuzlik va dahshatning timsoliga aylantirganlar. Tojik qomuslarida esa Afrosiyob so'zi qo'rqinch va dahshat soluvchi ma'nosida izohlanadi.

Alp Er To'nganing bolalik va yoshlik yillari to'g'risidagi ma'lumotlar kam saqlanib qolgan. Uning ajdodlari va kelib chiqishi to'g'risida turli-tuman mulohazalar bor. Biroq Alp Er To'nga turkiy qavmga mansub bo'lganligi inkor etib bo'lmaydigan haqiqat hisoblanadi.

Qomusiy olim va buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy (973-1048) o'zining mashhur “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” (1000 yilda yozilgan) asarida quyidagicha ta'kidlaydi: “Afrosiyob ibn Bumanj ibn Iynat ibn Rishman ibn Turk ibn Zabanasp ibn Arshasp ibn Tuj. Nihoyat, Manuchehr Afrosiyobdan podshohlikni (tortib) olib, uni (Erondan) haydadi. Keyin ikkovi mashhur bir otishma tufayli yarashdilar”.[22]

Beruniy boshqa bir o'rinda “Avesto” kitobiga tayanib, Kayumarsdan boshlangan peshdodiy podshohlarning ismlari keltirilgan joyda Afrosiyob Eronda 12 yil podshohlik qilganligini aytib o'tadi.[23]

Turkiy shoir va davlat arbobi Yusuf Xos Hojib “Qutadg'u bilig” dostonida Mahmud Koshg'ariy kabi To'nga Alp Er faoliyatiga yuqori baho beradi. “Turkiy Shohnoma” nomi bilan shuhrat qozongan bu asarda Alp Er To'nga faoliyati quyidagicha madh etiladi va ta'riflanadi:

“Nazar solib qarasang, turk beklari, turk beklarining eng yaxshilari, ular orasida eng nomi mashhuri va baxti kulib boqqani To'nga Alp Er nomli bek edi.

Mushohadasi keng, san'at – hunarlari behisob ko'p, bilimli, zakovatli sara odam o'sha edi.

Tojiklar uni Afrosiyob deb ataydilar, u talay ellarni o'z tasarrufiga olgan edi.

Tojiklar u haqda kitobda yozib qoldirganlar, bo'lmasa, u haqda kim nimani ham bilardi”.[24]

Xullas, bu o'rinda Yusuf Xos Hojib tomonidan Alp Er To'nga faqat zo'r jangchi hamda sarkarda va qo'mondon sifatida ulug'lanmasdan, balki buyuk davlat arbobi, mamlakat va davlat boshqaruvining katta tashkilotchisi sifatida namoyon bo'ladi.

Buyuk o'zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy (1441-1501) esa Beruniydan 500 yil keyin o'zining “Tarixi muluki Ajam” asarida Alp Er To'ngaga sal boshqacharoq baho beradi: “Afrosiyob. Oni ba'zi debdurlarkim, Pushang binni Tur binni Faridun o'g'lidur. Va ba'zi aning nisbati Kayumarsg'a etkurubdurlar. Ammo burung'i durustroqdur. Chun Navdarni (Manuchehrning o'g'li bo'lgan Eron shohi – Q.R.) o'lturdi, Eron mulkini andoq buzdiki, oz erda ma'murluq qoldi… Afrosiyob podshohligi o'n ikki yil erdi”.[25]

Bugungi kunda O'zbekistonda ko'plab tarixchi olimlarimiz (arxeologlar, manbashunoslar, sharqshunoslar, etnologlar va b.) Alp Er To'ngani tarixiy shaxs sifatida tan olgilari kelmaydi. Aslida, masalaning ildizi rus sharqshunoslari V.V.Grigor'ev (1816-1881) va V.V.Bartol'd (1869-1930) asarlariga borib taqaladi.

V.V.Bartol'dning yozishicha, “Qoraxoniylar Eron ta'siri ostida qolganlari uchun o'zlarini afsonaviy Turon podshohiga nisbat berib, otini Afrosiyob, deb yuritadilar. Holbuki, bu termin tamoman turkcha emasdir”. Tarixdan ma'lumki, rus sharqshunoslari o'z faoliyatlari bilan Rossiya imperiyasining bosqinchilik va mustamlakachilik siyosatini amalga oshirishda o'z hukumatlariga muayyan darajada xizmat qilishgan.

Sharqshunos olim Ashraf Ahmedovning yozishicha, “Bartol'd O'rta Osiyo xalqlari tarixi, etnografiyasi va psixologiyasini chuqur o'rgangan olim bo'lsa-da, Turkiston xalqi madaniyatini ob'ektiv va haqqoniy baholay olmadi, ma'lum darajada uni kamsitdi… Chunki Bartol'd chor Rossiyasi mustamlakachiligining ideologi edi, u evropaliklarning osiyoliklardan ustunligi g'oyasini olg'a surdi va shu ustunlikni ilmiy va mafkuraviy jihatdan asoslashga xizmat qildi”.[26]

Aynan V.V.Bartol'd va boshqa Rossiya sharqshunoslari ta'sirida sovet tarixi fanida XX asrga kelib Alp Er To'nga tarixiy shaxs maqomidan mahrum qilindi. Kommunistik mafkura buning uchun barcha vositalarni ishga soldi. Turon davlati va Afrosiyob haqidagi fikrlar esa safsataga chiqarildi. Afsuski, bu mafkuraning bunday og'ir ta'siridan bugungi kunda ham ko'plab mashhur o'zbek olimlari (ular safida hatto akademiklar ham bor) qutila olishmayapti. Bu o'rinda tojikistonlik olimlar to'g'risida hatto gapirib o'tirishning ham hojati yo'q. Biroq bundan 53 yil muqaddam nashr etilgan Mahmud Koshg'ariyning “Devonu lug'otit turk” asari 1-jildiga ilova qilingan izohlarda ikki betlik ixcham “Afrosiyob” maqolasi mavjud. Maqola muallifi mashhur tilshunos olim, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi Solih Mutallibov (1900-1979) tarixiy asarlarda Afrosiyob to'g'risidagi fikrlar benihoya ko'pligini ta'kidlab, devondagi ma'lumotlar Afrosiyobning tarixiy shaxs ekanligini tasdiqlaydi, degan to'g'ri va dadil xulosaga keladi. U “Afrosiyob – afsonaviy shaxs” deb hukm chiqargan rus sharqshunoslari V.V.Grigor'ev va akademik V.V.Bartol'd fikrlarini o'z izohida keskin tanqid qiladi. Ushbu o'rinda jasur tilshunos olimimiz S.Mutallibovning bu maqolada ko'rsatib o'tgan Afrosiyob haqidagi ayrim fikrlarini keltirib o'tamiz:
“Afrosiyob”

Mahmud Koshg'ariy devonida Afrosiyobni Alp Erto'nga deb ko'rsatsa, “Qutadg'u bilig” avtori Yusuf Xos Hojib Afrosiyob deb ko'rsatadi…

“Ravzatus safo”, “Tarixi muluki Ajam”da Afrosiyob to'g'risida juda ko'p ma'lumotlar bor. Bularda u g'oyat zolim podshoh sifatida tasvirlanadi. “Shohnoma”da uning Zol va Rustamlar bilan kurashi anchagina joyni ishg'ol qiladi. Navoiy Afrosiyob to'g'risida ikki bayt yozish bilan cheklanadi…

Xulosa: tarixiy asarlarda Afrosiyob to'g'risida ma'lumotlar benihoyat ko'pdir…

Devondagi ma'lumotlar Afrosiyobning tarixiy shaxs ekanligini tasdiqlaydi.

Afrosiyob Afridun yoki Faridunning Tur ismli o'g'lining nabirasi Eshang yoki Xushangning o'g'lidir. Manuchehr engilgach, Manuchehr o'g'li Navzar dadasining o'chini olish maqsadida Afrosiyobga qarshi jang qilib, engiladi. Afrosiyob Navzarga qarshi maxsus hozirlik bilan jang boshlaydi. Navzarni halok qiladi va butun Eronni qo'lda tutadi, qattiq zulm ostida hukm yurgizadi.

Afrosiyobning markaziy shahri Koshg'ar edi. Havosi yaxshi bo'lgani uchun u doim shu erda yashar edi. Buxtunnasr o'g'li Batzanni shu qizi bilan yashirin aloqada bo'lgani uchun Jaruq degan shaharga qamagan edi. Ba'zilar bu shaharlarni Afrosiyobning Marviy Shohijahon degan o'g'li bino qilgan deyishadi. Afrosiyobning Barsag'on shahrini shu bino qilgan edi. Mahmud Koshg'ariyning bobosi shu shaharda yashagan. Yungu vodiysi Afrosiyob o'g'li qurdirgan Bormon shahriga oqadi. Tarim so'zi Afrosiyob avlodidan bo'lgan xotinlargagina qo'llaniladi. Qotun so'zi Afrosiyobning qizlaridan bo'lganlarning nomidir. Devonda Afrosiyob tarjimai holiga oid bu ma'lumotlardan boshqa Afrosiyobga oid to'rtliklar ham anchagina bor. Lekin ular devonning har erida, har qaysi jildda chochiqdir. Parchalar Afrosiyobni mohir jangovar sifatida ta'riflaydi. Janglardagi qahramonligi, dushmanlarga zarba berishdagi mahorati, bahodirligi ta'riflanadi va uning o'limiga afsus bayon qilinadi.

Mashhur “Qutadg'u bilig” avtori Yusuf Xos Hojib boshqa bir erda Afrosiyobni yolg'iz qahramongina emas, davlat idorasiga mahoratli bilimdon tarzida sifatlaydi. XI asrning ushbu tadqiqotchi olimlari Mahmud Koshg'ariy va Yusuf Xos Hojiblarning Afrosiyob haqidagi ma'lumotlari, shubhasiz, ishonchlidir”.[27]

Bu o'rinda S.Mutallibov devon materiallari asosida Afrosiyobni tarixiy shaxs sifatida ko'rsatadi va baholaydi. Olimning sovet davrida aytgan bu fikrlariga devonning birinchi jildi chiqqandan keyin ayrim e'tirozlar bo'lganligi uchun u Mahmud Koshg'ariy kitobining ikkinchi jildi oxirida maxsus keltirilgan “Tot” nomli izohda yana Alp Er To'nga tarixiy shaxs ekanligini o'ta halimlik, biroq qat'iyat bilan quyidagicha ko'rsatadi:

“Afrosiyobni Bartol'd kabi mo''tabar olimlar afsonaviy shaxs, deb ko'rsatganlar. Shuning uchun bu fikr ko'pchilikka singgib ketgan edi. Mahmud Koshg'ariyning bu haqdagi ma'lumotlari tamoman bu qarashga zid bo'lib chiqdi. Shuning uchun biz bu haqda I tomda “Devon”dagi ma'lumotlar asosida izoh berdik (q. “Devon” tarjimasi, I tom, 493-bet).

Lekin ayrim olimlar hanuz Afrosiyob haqida shubhalanadilar. Hatto ba'zilar uni maxsus joy nomi degan mulohazalar yuritadilar. Shuning uchun biz o'z mulohazamizni quvvatlab, bu haqda yana kichik izohni muvofiq topdik.

Ilgari tadqiqotlar – akad. Bartol'd, V.V.Grigor'evlar Afrosiyobni afsonaviy nom degan da'volarida ular bu so'zni turkiy emasligiga asoslanganlar. Darhaqiqat, bu so'z forscha so'zdir. Shuning uchun buni turkiy xalqlar qahramoni, deb ko'rsatish olimlarning afsonaviy nom degan qarashlarini quvvatlaydi. Ammo “Qutadg'u bilig” avtorining ma'lumotiga ko'ra, bu qahramonning asl nomi Tunga alp er edi. Tojiklar buni “Afrosiyob” deb atar edilar:

Bu turk beklarining oti belguluk,
Tunga alp er erdi quti belguluk.
Tojiklar atar oni Afrosiyob,
Bu Afrosiyob aldi ellar talab.

“Devon”da ham xuddi shu mazmun saqlangan. Mahmud Koshg'ariy “Tunga alp er yoki Alp er tunga” degan nom zikr qilingan erda, bu – Afrosiyob deb izohlaydi.

Demak, mo''tabar olimlarimiz akademik Bartol'd va Grigor'evlarning “Qutadg'u bilig”dagi bu faktdan xabarsizliklari ularni adashtirgan. Demak, Afrosiyob mashhur Bahodir Alp er tungaga forslar tomonidan berilgan nomdir. U tarixiy shaxs­dir. “Devon”da u haqidagi qasidadan bir qancha parchalar berilgan.

Afrosiyobni yanglish tushunish bir xalq tarixiga doir voqealarni ikkinchi bir xalqqa nisbat berishga eltuvchi qo'pol xatodir”.

Qahramon Rajabov

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube