O’zbekiston Xalq Harakati

Atoqli adib Shukur Xolmirzaev – 80 yoshda

Atoqli adib Shukur Xolmirzaev – 80 yoshda
24 Mart 2020 - 10:48 'da yuklandi va 794 marta o'qildi.

ATOQLI ADIB ShUKUR XOLMIRZAEV – 80 YoShDA

Yozuvchi Muhammadjon Soipov ustoz Shukur Xolmirzaevga bag'ishlab xotiralar kitobi yozdi.

Toshkent shahar, Majnuntol mahallasi, shoir
HAMID PARDAga.
Salom, do'stim!

Tunda bir-ikki marta telefon qilgan bo'lsam-da, siz bilan bog'lanishni imkoni bo'lmadi. Shu sabab aytadigan gapimni FB ga qo'ydim. Odatingiz ma'lum, telefoningiz o'chik bo'lganda, internet “titasiz”.

Sizga telefon qilishdan maqsad, O'zbekiston xalq yozuvchisi, o'zbek adabiyotini yirik namoyondasi ustoz – Shukur Xolmirzaevga bag'ishlab yozayotgan qoralamani tugatdim. Bor yo'g'i shuni aytmoqchi edim, xolos. Yozganlarimni esdalik deyishni ham, esse yoki roman deyishni ham bilmay qoldim. Bunday deyishimga sabab, har qanday janr talabini buzib, o'zim hohlagandek, o'zim istagandek erkin yozdim. Faqat ko'zim bilan ko'rgan va qulog'im bilan eshitgan voqealarga asoslandim. O'trik gaplardan qochdim. Yashirmayman, yozishda juda qiynaldim. ”Bor-e!” deb tashlab qo'ymoqchi ham bo'ldim. Hayotni har qanday sinovini pisand qilmaydigan ustozni yotib-turishidan tortib, bosgan qadamigacha o'zga bir sir, o'zga bir dunyo. Juda ustamonlik bilan, qaergadir bezak uchun yolg'on-yashiq gap qo'shsangiz, qo'ylar orasiga kirib qolgan fildek darhol ko'rinib qoladi. Boz ustiga ustoz boshidan oxirigacha qarab turgandek tuyuldi. Yolg'on qo'shsam tarsaki tortgudek tuyuldi.

Tadbirkor do'stim Kamoliddin, “Yozuvingiz bitsa Moskvaga yo Piterga borib, bir hafta maza qilib aylanib kelamiz, harajatlar mendan” degan edi. Ne ajabki, sayohat nasib etmaydigan bo'ldi. O'zim ham ishim bitsa engil tortaman deb o'ylagandim. Adashgan ekanman. So'nggi nuqtani qo'yishim bilan, boshimda kuchli og'riq turdi. Bir zumda egasi ko'chib ketgan uydek huvillab qoldim. O'lganni ustiga tepgandek tun bo'yi yomg'ir yog'di. Kutilmaganda og'riq yuragimga ko'chib, holsizlandim. Yarim tunda ko'rgani kelgan Qodir do'xtir pastki labini tishlab “Ancha charchabsiz, yotmasangiz bo'lmaydi” deb turib oldi. Uni qistovi bilan, bugun tongda IIVning Qoraqamishdagi gospitaliga yotdim.

Qoralamani “Zamin yulduzi” deb nomladim. Dastlab Surxon yoki Boysun yulduzi demoqchi edim. Qarasam, bu o'lchov ustozga kichiklik qildi. Negaki, Shukur og'ani jussasi kichik bo'lsa-da, vatanga, adabiyotga bo'lgan mehr-oqibati, sadoqati, fidoyiligi shunday cheksiz ediki, sig'dirishga dunyo etmasdi.

“Zamin yulduzi”ni suyagi meniki, eti sizniki. O'g'lim Isfandiyor uni sizga etkazadi. Vaqtingizga qarab, sinchkovlik bilan tanishib chiqsangiz. Kamchiliklarni ro'y-rost ayting. Baholashda hamyurtligimiz g'ov bo'lmasin. Fikringizni qay yo'sinda bo'lsa-da etkazsangiz, kamtarin qulingizni boshi osmonga etardi. Imkoni bo'lsa, do'stim Nabijon Boqiy ham bir ko'z yugurtirib chiqsa, chakki bo'lmasdi. Qoralamadagi ko'p voqelar u bilan bog'liq. Boz ustiga, Shukur og'ani fe'lini undan yaxshi biladigan odamni topish dargumon.

O'zingizdan qolar gap yo'q, men bu qoralamani gazeta yo jurnalda chop etish uchun yozmadim. Shu sabab uni qo'ltiqlab u redaktsiyadan bunisiga yugurgim yo'q. FB da yoritay desam, uch yuz betdan oshiq, uncha-muncha odamni qunt bilan o'qishga sabri chidamiydi. Menga qolsa, qoralamani Shukur og'aning suyukli qizi Sayyoraxonga berganimiz durustga o'xshaydi. Qiz bola otasiga mehribon bo'ladi. Bo'sh paytida o'qib yuradi. Jondan ortiq ko'rgan dadajonisini o'ziga ma'lum bo'lmagan qirralarini, mehrini, sadoqatini yanada chuqurroq anglaydi. Do'rmon deb atalmish Yozuvchilar ijod bog'ining na faqat ko'rki, faxri bo'lganidan quvonadi. Yozganlarim Shukur Xolmirzaevdek buyuk ustozning qiziga yoqib, shod etib, uni yangidan-yangi xotiralar olamiga etaklasa bas, shu baxtni o'zi menga etadi. Na gazetada bosilganini, na kitob bo'lib chop etilganini qizig'i yo'q. Hali aytganimdek, men bu qoralamani o'zim uchun yozdim. Yozish bo'ynimdagi qarz edi. Bu qarzni tirikligimda uzmasam, Mahshar tongidagi diydorlashuvda ustozning yuziga qay ko'z bilan qarayman, axir?! “O'la xudbin!” deb qovog'ini solib olmaydimi?

Bilsangiz, tunda yuragim qiynab turgan bir kezda Surxonni Sho'rchisidan inim Shuhrat Mardonov telefon qilsa bo'ladimi! Kasalligimni aytmadim. “Aka, bu yil bahor bizga kamida o'n besh kun oldin keldi. Bodomlar gullab, kun bo'yi nevaralaringiz hovlida maykachan chopqilab yurishdi, o'zim esa Shukur ustozingizni “Ot yili” degan hikoyasini o'qiyapman, tunov kuni meni telponda gaplashtirgan oshnangiz Xamid Parda bilan qachon kelasizlar?” dedi.

Ishonsangiz, ko'zimdan yosh dumaladi. Qarang, Surxonga Shukur og'a kutgan bahor kelibdi. Shukur og'a sevgan bodom gullabdi. Yana u bahor yarim oy oldin kelibdi. Demak, bahor Shukur og'ani sog'ingan. Surxonni sog'ingan, Boysunni sog'ingan. Ha, ha, ishonavering, bahorni sabri chidamagan. Sog'inchdan yorilib ketay degan. Sog'inchdan portlab ketay degan. To'polonchi shamollar Boysun tog'lari uzra esib, ustoz qoldirgan izlarni silab-siypalagisi, qo'li tekkan archa barglariga qaynoq labini bosib, to'yib-to'yib hidlagisi kelgan. Shukur og'a yurgan qirlarni kezgisi kelgan. Shularni o'ylab dodlagim keldi, hazrat! To'yib-to'yib yig'lagim keldi, hazrat! Bo'lajak to'ylarga, sayillarga, ziyofatlarga oldindan tayyorgarlik ko'ramiz. O'nadigan joy sira-sira yodimizdan chiqmaydi. Ammo har gal Shukur Xolmirza degan buyuk adibni faqatgina tug'ilgan kunida bir eslab qo'yamiz, xolos. Shunda ham nomiga, el ko'ziga, uyalganimizdan. To'yni kutgandek, ziyofatni kutgandek intiqlik bilan kutmaymiz. Sog'inmaymiz. Ayting, hazrat! Aytganda ham bor ovozingizda hamma eshitadigan qilib ayting. Haqiqatni siz aytmasangiz, men aytmasam, bizdan o'tib kim aytadi, hazrat? Qabrda chirib yotganlar aytadimi? Ularga foniy dunyo tashvishi na kerak? Bu qanday sinoat bo'ldiki, biz tek turgan chog'da tilsiz tabiat ustozni sog'insa, qiynalsa, yuragi gup-gup ursa, shamollari zamin uzra esib tabarruk izini izlasa, azaliy qonunlarini chetlab, o'n besh kun oldin yo'lga chiqsa. Nahot bizda uyat qolmadi, hazrat?! Nahot bizda xotira qolmadi, hazrat?! Nahot bizda qadr qolmadi, hazrat?! Nahot biz hamma narsani tez unutamiz, hazrat?! Nahot bizdan tabiat ham aqlli, ham mehrli, hazrat?!

Qoralamaga yangi ruh bag'ishlash maqsadida ustozni bungacha e'lon qilingan har qanday suratidan voz kechdim. Surat kompozitsiyasini o'zim kashf qildim. FB ga qo'yganim, aynan o'sha surat. Uyda oldim. Yozuv mashinkasidan tortib shlyapa ham o'zimniki. Mashinka bilan shlyapani Moskvaga, ustozim Tohir Malikning yaqin do'sti, mashhur fantast yozuvchi Yuriy Mixaylovich Medvedvning uyiga mehmondorchilikka borganimda, markaziy univermagdan sotib olganman. E'tibor bergan bo'lsangiz, suratdagi hamma narsa ustoznikiga juda-juda o'xshash. O'xshashligi uchun olganman, havas qilganimdan olganman, ustozga o'xshashni hohlaganimdan olganman. Suratda ikkita kamchilik mavjud. Birinchisi, kuldon yo'q. Chekmaganim sabab, uydan kuldon topilmadi. Ikkinchisi, ko'zoynak yo'q. Shu sabilni rosa qidirib topmadim. Oxiri suratga olishni tugatib qarasam, ko'zoynakni taqib olgan ekanman. O'zimni-o'zim rosa koyidim. ”Esar!” dedim, ”Telba!” dedim. “Bir qaynovi kam!” dedim. Tilimga nima kelsa, shuni aytdim. Balki bu nuqsonni tuzatish chorasi topilib qolar.

Bor gapim shu. Suvtilik chalasavodni qoralamasini o'qishda Ollohim sizga sabr bersin, kuch-quvvat bersin. Yurtimizda tinchlik-omonlik bo'lsin. Bahorni ajib bir tunini ustoz Shukur Xolmirzaevning qadami tekkan Boysun tog'larida, qalin archazorlar orasida o'tkazishni Ollohim nasib aylagan bo'lsin.
Sizga cheksiz ehtirom bilan Suvtilik tog'angiz, nafaqadagi bekorchi melisa:

Muhammadjon Soipov

10 fevral', 2020 yil.

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube