O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Turkiston muxtoriyati va uning taqdiri

Turkiston muxtoriyati va uning taqdiri
24 Mart 2020 - 11:01 'da yuklandi va 755 marta o'qildi.

TURKISTON MUXTORIYaTI VA UNING TAQDIRI

1917 yil 27 fevralda Petrogradda bo'lgan demokratik inqilob Turkiston o'lkasiga xamo'z ta'sirini o'tkazdi. Turkistonda yangi jamiyat kurtaklarini shakllantirish uchun harakat boshlanib ketdi. Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotida o'lka muxtoriyati masalasi asosiy masala bo'lib qoldi. Turkistonga muxtoriyat maqomini berish g'oyasi nafaqat demokratik ziyolilar orasida, xatto oddiy odamlar o'rtasida xamancha ommalashgan edi. 1917 yilning mart-aprel oylari o'lkaning siyosiy uyg'onishida burilish davri bo'ldi. Turkiston jadidlari, milliy ziyolilari va islom ulamolarining etakchilari bo'lgan Maxmudxo'ja Behbudiy (1875-1919), Munavvar Qori (1878-1931), Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jaev (Ubaydulla Xo'jaev; 1882-1938), Fitrat (1886-1938), Fayzulla Xo'jaev (1896-1938), Sadriddin Ayniy (1878-1954), Mustafo Cho'qay (1886-1941), Muhammadjon Tinishboev (1879-1939), Sherali Lapin (1868-1919), Axmad Zakiy Validiy (1890-1970), Obidjon Maxmudov (1858-1936) O'lkada yangi tashkil qilingan «Sho'roi Islomiya» (1917 yil mart), Sho'roi Ulamo» (1917 yil iyun), «Turon» Jamiyatlari va «Turk odami Markaziyati (federalistlar) firqasi» (1917 yil iyul), «Ittifoqi muslimin» (1917 yil sentyabr) siyosiy partiyalarining to'zilishida muhim rol' o'ynadilar. 1917 yil 7 aprelda Petrograddagi Muvaqqat hukumat qarori bilan kadet N.N.Shchepkin raisligida Muvaqqat hukumatning Turkiston Komiteti tashkil qilindi. Komitet tarkibiga 9 kishi kirgan bo'lib, ularning to'rttasi Alixon Bukeyxonov (1868-1937), M. Tinishboev, Sadri Maksudov, A. Davletshinlar turkiy xalqlar vakillari edi. Keyinchalik Turkiston Komitetining tarkibi o'zgartirildi.

Jadidchilik 1917 yilda ma'rifatchilik harakatidan siyosiy harakat darajasiga allaqachon ko'tarilgan edi. O'sha 1917 yilning o'zida to'rt marta Butunturkiston musulmonlari qurultoyi o'tkazildi. 1917 yil 16-23 aprelda Toshkentda bo'lgan I qurultoyda demokratik Rossiya tarkibida Turkiston Muxtoriyatini tashkil etish g'oyasi olg'a surildi. Bu g'oya Turkiston xalqlarining o'z milliy davlatchiligini tiklash yo'lidagi dastlabki qadami edi.

Butunturkiston musulmonlari I qurultoyining oxirgi majlisida Markaziy rahbar organ — Turkiston o'lka musulmonlari Kengashi (Kraymussovet) tashkil etilishi haqida qaror qabul qilindi. Uni tuzishdan asosiy maqsad milliy ozodlik harakatiga tashkiliy va markazlashtirilgan xususiyat kasb etish uchun bir-biri bilan tarqoq aloqada bo'lgan jamiyat, qo'mita va ittifoqlarni birlashtirish edi. Turkiston musulmonlari Markazi Kengashiga Mustafo Cho'qay rais, Validiy bosh kotib, Munavvar Qori, Behbudiy, U. Xo'jaev, O. Mahmudov, Toshpulatbek Norbutabekov, Islom Shoahmedov va boshqalar a'zo qilib saylandi Munavvar Qori va Sadriddinxon Sharifxo'ja boshchiligida Toshkent qo'mitasi tuzildi. Shuningdek, Behbudiy rahbarligida Samarqand va Nosirxon To'ra etakchiligida Farg'ona bo'limi xam tashkil topdi. Markaziy shuroning organi sifatida «Najot» (muharriri – Munavvar qori), keyinchalik «Kengash» (muxarriri — Validiy) gazetalari chiqa boshladi. Shuningdek, 1917 yilda nashr qilingan «Ulug' Turkiston», «Turon» gazetalarida muxtoriyatchilik g'oyasi bilan sug'orilgan maqolalar chop kilindi. Shunday qilib, 1917 yil bahorida Turkistonning birligi va yaxlitligi tomon muxim qadam tashlandi. Tarixda ilk marta Butunturkiston miqyosida musulmonlar qurultoyi chaqirilib, unda tub xalqlarning muxtoriyat tomon qat'iy intilishi, o'z an'analari, urf-odatlari va turmush tarzini izchil turib ximoya qilishi aytildi. Bu manfaatlarning ifodachisi bo'lgan Milliy markaz — Turkiston musulmonlari Markaziy Kengashi tashkil etildi.

Afsuski, birlashish jarayonlari har doim xam bir tekis rivojlanmadi. Asr boshidan buyon davom etayotgan «jadid-qadim» nizolari demokratik harakat saflarida parchalanish yuz berishiga olib keldi. Ma'lumki, 1917 yil 14 martda Toshkentda «Sho'roi Islomiya» tashkil topgan edi. Aksariyati jadidlardan iborat bu tashkilot a'zolari Turkiston mustaqilligi uchun kurash olib bordilar. 1917 yil iyun oyida Munavvar qori boshchiligidagi «Shuroi Islomiya» tashkilotidan «Sho'roi Ulamo» ajralib chiqdi. Sherali Lapin uning Toshkent shu'basiga asos soldi. Oradan ko'p vaqt o'tmay, Qo'qon shahrida xam «Sho'roi Ulamo» jamiyati tuzildi. Lekin ikki jamiyat o'rtasida g'oyaviy ixtiloflar mavjud bo'lib, ular bir-biri bilan kelisha olmasdilar. Chunki «Sho'roi Ulamo» jamiyati dasturida islom dinining an'anaviy asoslari bo'yicha ish ko'rishini ma'lum kilsa-da, aslida Lapin boshchiligidagi Toshkent ulamochilari avval rus monarxiyasi, so'ngra bol'shevizm g'oyalari bilan o'z harakatlarini muvofiqlashtirishga behuda urindilar. «Sho'roi Ulamo» jamiyati o'z maqsadlari targ'iboti uchun «Al-Izoh» jurnalini chiqara boshladi (muharriri – Abdumalik hoji Nabiev) har ikki jamiyat o'rtasida g'oyaviy kurash, xususan, matbuot sahifalarida avj olib ketdi. 1917 yil 10 sentyabrda Toshkentda Butunturkiston musulmonlarining II qurultoyi ochildi. «Sho'roi Islomiya» tashabbusi bilan chaqirilgan ushbu qurultoy hokimiyatni ishchi, soldat va dehqon deputatlari sovetlariga berishga qarshi chiqdi. Ushbu qurultoyda qabul qilingan rezolyutsiyalarda milliy demokratiya o'zi tutadigan yo'lning muhim asoslarini birinchi marta qat'iy qilib aytdi: hukumat demokratik siyosat yurgizadigan bo'lsa, ana shundagina musulmonlar bu hukumatda ishtirok etadilar. Ikkinchi qurultoyda faqat Milliy markaz – Turkiston musulmonlari Markaziy Kengashi mintaqadagi tub erli aholi manfaatlarini himoya qilishi mumkin degan fikr qat'iy qilib qo'yildi. 1917 yil 20 sentyabrda Toshkentda bo'lib o'tgan Turkiston va Qozog'iston musulmonlarining ko'rultoyi «ulamochilar» bilan «Sho'roi islomchilar» o'rtasidagi uzoq bahslarga qaramay, nihoyat, kelishish va murosa yo'lini topdi. Qurultoyda «Sho'roi Islomiya», «Sho'roi Ulamo», «Turon» va boshqa siyosiy tashkilotlarni birlashtirish yo'li bilan butun Turkiston mintaqasi uchun umumiy bo'lgan «Ittifoqi muslimin» degan siyosiy partiya tuzishga qaror qilindi.

Qurultoy ishidagi asosiy masala Turkiston o'lkasining bo'lajak siyosiy tuzumini belgilash edi. O'sha paytda Toshkentda nashr qilingan «Ulug' Turkiston» gazetasida yozilishicha, «Qurultoy Mulla Muhammadxo'ja eshon va Mulla Siddiqxo'ja eshonlarning boshqaruv shakli haqidagi nutqlarini tinglab, duo-yu ijobat ila Turkiston Muxtoriyatini tayin etishga jazm qildi». Qurultoy muxtoriyatga «Turkiston Federativ Respublikasi» degan nomni qo'yib, parlament respublikasi asosida tuzilajak bo'lg'usi davlat tuzumining bosh tamoyil va me'yorlarini belgilab berdi.
Shu tarzda Turkistonda muxtoriyat hukumati yuzaga kelmasdan ancha oldin jamiyatning keng qatlamlari vakillari, ilg'or ziyolilar bu harakatda faol qatnashib, uning poydevorini yaratishga zamin hozirladilar.

1917 yil 25 oktyabrda (yangi sana bilan 7 noyabrda) qurol kuchiga tayangan V.I. Lenin boshchiligidagi bol'sheviklar (kommunistlar) Petrogradda Muvaqqat hukumatni ag'darib tashlab, hokimiyatni zo'ravonlik yo'li bilan egallashdi. Rossiyaning markazida yuz bergan voqealarning aks-sadosi oradan ko'p o'tmay Turkistonga xam etib keldi. 28 oktyabrda Toshkentning yangi shaharida evropalik ishchilar va soldatlar bol'sheviklarning qutqusi bilan qurolli to'qnashuvlarni boshlab yuborildi. Ular general Korovichenko qismlaridan ustun keldilar. 1 noyabrda Korovichenko va Muvaqkat hukumatning Turkiston Komiteti qamoqqa olindi. Toshkentda zuravonlik yo'li bilan sovet rejimi o'rnatildi.

Hujjatlarning guvohlik berishicha, 1917 yilning kuziga kelib, o'lka shaharlari, viloyatlari va uezdlarida aholining hokimiyatni sovetlarga o'tishini talab qiluvchi faol chiqishlari kuzatilmagan. Aksincha, joylardan kelib turgan xabarlar va telegrammalarda Muvaqqat hukumatni ko'llab-quvvatlash haqida gapirilar ekan, bol'sheviklar va boshqa ekstremistlarning hokimiyatni sovetlarga berish haqidagi talablari fosh etilar, mamlakat taqdirini qiladigan Ta'sis Majlisini chaqirish ma'qullanardi. Demak, 1917 yil noyabr oyining boshida bol'sheviklar faqatgina qurol kuchiga tayangan xolda Toshkent shahrida hokimiyatni ko'lga kiritishdi. Bu xolni arxivlarda saqlanib qolgan o'sha davrga oid ko'plab rasmiy hujjatlar xam isbotlaydi. Turkiston respublikasi rahbarlaridan biri keyinchalik quyidagi fikrni e'tirof etishga majbur bo'lgan edi: Turkiston bir necha o'n yillar mobaynida chorizm mustamlakasi bo'lib keldi va bu g'oya barcha ijtimoiy kayfiyat va munosabatlarda o'zining uchmas muhrini qoldirdi. Samoderjavie tomonidan olib borilgan mustamlakachilik kayfiyati va siyosati amaldorlar va xizmatchi unsurlardan tashqari hatto rus temiryulchilariga xam o'z ta'sirini o'tkazgan edi. Shuning uchun to'ntarishning boshidayoq, sovet hokimiyatini bu erda faqat rus kishilari amalga oshirdi. Tub aholidan esa mustamlakachi mahalliy hokimiyatga aloqador kishilargina unda qatnashishi mumkin bo'lib, tub aholining qolgan qismi uchun bu g'oya begona va tushunarsiz edi».

1917 yil 15-22 noyabrda Toshkent shahrida bo'lib o'tgan o'lka ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlarining III s'ezdida 15 kishidan iborat hukumat—Turkiston o'lkasi Xalq Komissarlari Soveti tuzildi, unda 8 o'rin sul eserlarga, 7 o'rin bol'sheviklar bilan maksimalistlarga berildi. Biroq hukumat faqat evropaliklardan iborat bo'ldi. Turkiston XKS raisi lavozimini kasbi chizmachi bo'lgan bol'shevik F. Kolesov egalladi, harbiy komissar qilib izvoshchi Perfil'ev, boshqa komissarlik lavozimlariga xam shunga o'xshaganlar tayinlandilar. Hukumat tarkibiga tub aholi vakillaridan bitta xam vakil kiritilmadi. Bu tasodifiy hol emas edi. Turkistonda so'l inqilobiy siyosiy guruhlar, ularning namoyandalaridan tuzilgan hukumat, birinchi galda bol'sheviklar mohiyatan chorizm mustamlakachilik siyosatiga amal qildilar. Shu bilan birga oktyabr tuntarishidan keyin Rossiyada bo'lgani singari, Turkistonda xam inqilobiy aqidalarga, eng avvalo sinfiylik tamoyillariga amal qilindi. Asosiy inqilobiy kuch — proletariat va kambag'al dehqonlar, aholining boshqa qatlamlari esa reaktsion va ekspluatator guruhlar deb e'lon qilindi. Mulkdorlar — ekspluatatorlar, ezuvchilar; milliy ziyolilar, o'qimishli, obro'-e'tiborli xalq vakillari — milliy burjuaziya korchalonlari va malaylari; islom dini rahnamolari — reaktsion qatlam deb, ularga qarshi ayovsiz kurash boshlab yuborildi.

Turkiston o'lkasidagi dastlabki sovet hukumatining ziddiyatli tarkibi mintaqada evropalik aholi hukmronligini mustahkamlashga qaratilgan edi. «Turkistondagi mustamlakachilik hatto sovet hokimiyati taraqqiyotining butun bir yo'nalishini belgilab berdi», deb keyinchalik tan olgan edi G. Safarov.

Mahalliy millatlarning siyosiy jarayonga aralashtirilmaganligi o'lka xalqlarining sovet hokimiyatiga bo'lgan ishonchsizligini yanada kuchaytirdi. Hatto Turkistondagi evropalik aholining demokratik qatlamlari ham bol'sheviklar va sul eserlarning bunday makkorona siyosatiga qarshi chiqdilar. Hukumat tuzishda ulug' davlatchilik shovinizmi aqidalariga amal qilinganligi yangi hokimiyatning siyosiy faoliyatini oldindan belgilab berdi.

Hokimiyat bol'sheviklar qo'liga o'tishi bilan o'lkada Muvaqqat hukumatning barcha bo'g'inlari tugatilib, o'rniga avvalo jazo organlari va sovet boshqaruv tizimi o'rnatildi. Bu tasodifiy hol bo'lmasdan, bol'sheviklar hukmronligi nafaqat ag'darilgan sinflar, balki bol'sheviklar bilan kelishmaydigan mahalliy aholining katta qismi ustidan zo'ravonlik o'rnatilgandagina saqlanib qolishi mumkin edi. Turkiston XKS 1917 yil 28 noyabrda o'lkada qizil gvardiya bo'linmalari tuzish haqida qaror qabul qildi. Bu bo'linmalar sovet rejimi va bol'sheviklarga qarshi ko'tarilgan dastlabki stixiyali chiqishlarni bostirishda faol ishtirok qildi. Shu vaqtning o'zida Butunrossiya Favqulodda komissiya (cheka) organlari va inqilobiy tribunallar tashkil etildi. Proletariat diktaturasining bu jazo organlari ozodlik va demokratiyani bo'g'ishda, o'zgacha fikrlaydigan kishilarni yo'q qilishda muhim qurol bo'ldi va Vatanimizning yangi tarixida o'zining mash'um asoratlarini qoldirdi.

Turkiston XKS 1917 yil oxirlarida o'z qarori bilan «Shuroi Islomiya» va boshqa mahalliy demokratik tashkilotlarni tarqatib yubordi. Bu tashkilotlarning rahbarlari keyinchalik Turkiston Muxtoriyati hukumatiga qo'shildilar, ayrimlari istiqlolchilik harakatiga g'oyaviy rahnamolik qildilar. Shunisi xarakterliki, «Sho'roi Ulamo» tashkilotining Toshkent shu'basi faqat 1918 yil 13 mayda yopib qo'yildi. Shunday qilib, dastavval Rossiya markazida qaror topgan sovet rejimi Turkiston o'lkasida ham o'rnatildi. Zo'ravonlik va xalqlarni ezishga qaratilgan sovet rejimi o'zining ilk kunlaridan boshlab Turkistondagi tub xalqlarga nisbatan mustamlakachilik siyosatini yuritdi. Chor Rossiyasining mustamlakachilik tizimi sovet Rossiyasi davrida yanada takomillashtirildi. Turkiston Muxtoriyati hukumati va uning faoliyati siyosiy partiyalar tuzilishi, ular tomonidan dasturiy hujjatlar qabul qilinishi Turkistonda milliy harakatning keng quloch yoyganidan dalolat berar edi. Biroq yuqarida ko'rsatib o'tilganidek, Petrograddagi oktyabr to'ntarishi oqibatida 1917 yil oktyabr-noyabr oylarida Turkiston o'lkasida, xususan, Toshkent va Qo'qonda yuz bergan voqealar milliy ozodlik harakatini butunlay boshqa yo'nalishdan ketishga majbur qildi.

1917 yil 26-28 noyabrda Qo'qon shahrida Turkiston o'lkamusulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo'lib o'tdi. Qurultoy ishining butun tafsilotlari o'sha davr gazetalariga tarix uchun muhrlab qo'yilgan.

Mustafo Cho'qay qurultoyni ochar ekan, Rossiya va Turkistonning siyosiy va iqtisodiy ahvoli xususida ma'lumot beradi. Uning aytishicha, Markazda yuz berayotgan voqealar, chekka o'lkalarni va shu bilan birga Buyuk milliy inqilobni qutqaruv yo'llarini mustaqil muhokama etuvini taqozo qilar. Oktyabr xunrezligini boshdan kechirgan Rossiya va Turkiston o'z taqdirlari haqida mulohaza yuritmoqlari lozim.

Ma'lumki, musulmonlarning ushbu nufuzli qurultoyi va unda qabul qilingan qarorlar uzoq yillar davomida millatchilar guruhining yig'inidan e'lon qilingan burjua muxtoriyati deb noto'g'ri talqin qilib kelindi. Hujjatlar esa ushbu xolning butunlay aksi bo'lganligini isbotlaydi. Masalan, Turkiston jadidlarining otasi sanalgan Behbudiy o'z ma'ruzasida qurultoyning Turkiston xalqlari tarixida ulkan ijobiy, tarixiy hodisa va burilish davri ekanligini ta'kidlab, «Qurultoyimiz qabul qilayotgan qarorlar shuning uchun xam ahamiyatliki, unda Turkiston aholisining evropalik vakillari xam ishtirok etmoqdalar», deydi. Behbudiy va Obidjon Maxmudov qurultoy hay'atida musulmonlar bilan bir qatorda boshqa milliy guruhlarning ham vakillari bo'lishini yoqlab chiqdi.

Turkistonni boshqarish shakli uch kun davom etgan qurultoyning diqqat markazida turdi. Bu masala muhokamasida so'zga chiqganlarning ko'pchiligi Turkistonning muxtor respublika deb e'lon qilinishi o'lka aholisining ijtimoiy maqsadlaridan kelib chiqqan va unga mos tushishini uqtirdi. Muxtoriyat va mustaqillik e'lon qilish fikrini hamma ko'llab-quvvatladi. Qurultoyda 1917 yil 27 noyabr (yangi hisob bilan 10 dekabr) kuni kechqurun qabul qilingan qarorda shunday deyiladi: «Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi da'vat etgan xalqlarning o'z huquqlarini o'zlari belgilash xususidagi irodasini namoyon etib, Turkistonni Federativ Rossiya Respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e'lon qiladi, shu bilan birga muxtoriyatning qaror topish shakllarini Ta'sis Majlisiga havola etadi». Qurultoy Turkistonda yashab turgan milliy ozchilik huquqlarining muttasil himoya qilinishini tantanali ravishda e'lon qildi.

28 noyabr (yangi hisob bilan 11 dekabr) da tarkib topayotgan mazkur davlatning nomi aniqlanib, Turkiston Muxtoriyati, deb ataladigan bo'ldi. Qurultoy o'sha kuni yig'ilishda Butunrossiya Ta'sis Majlisi chaqirilgunga qadar hokimiyat Turkiston Muvaqqat Kengashi va Turkiston Xalq (Millat) Majlisi ko'lida bo'lishi kerak, deb qaror qabul qildi. Qurultoyda Turkiston Muvaqqat Kengashi a'zolaridan 8 kishidan iborat tarkibda Turkiston Muxtoriyati hukumati tuzildi. Hukumatning Bosh vaziri xamda ichki ishlar vaziri etib Muhammadjon Tinishboev saylandi. Islom Sulton o'g'li Shoahmedov — Bosh vazir o'rinbosari, Mustafo Chuqay — tashqi ishlar vaziri, Ubaydulla Xo'jaev – harbiy vazir, Xidoyatbek Yurguli Agaev — er va suv boyliklari vaziri, Obidjon Maxmudov — oziq-ovqat vaziri, Abduraxmon O'rozaev — ichki ishlar vazirining o'rinbosari, Solomon Abramovich Gertsfel'd — moliya vaziri lavozimlarini egalladi. Hukumat tarkibida keyinchalik ayrim o'zgarishlar yuz berdi. Mustafo Cho'qay Bosh vazir lavozimini bajarishga kirishdi. Vazirlardan uch kishi oliy ma'lumotli huquqshunos, ikki kishi O'rtacha malakali huquqshunos ekanligi muxtoriyat hukumati a'zolari bilim darajasining naqadar yuqori ekanidan dalolat beradi.

Qurultoyda 28 noyabr kuni Turkiston Millat Majlisi ochilishi to'g'risidagi qaror ham tasdiqlandi. Millat Majlisi 54 nafar a'zodan iborat bo'lib, qurultoy qaroriga binoan «36 nafar musulmonlar va 18 nafar g'ayri musulmonlardan saylanadur. 36 musulmon vakillari Turkistonning 5 viloyatidan bo'lib: Farg'ona — 10 nafar, Samarqand — 5 nafar, Sirdaryo — 9 nafar, Ettisuv — 6 nafar, Zakaspiy – 2 nafar; 4 nafar esa butun Turkiston shahar dumalari tarafidan tayin bo'lurlar». 18 nafar o'rin esa o'lkaning evropalik tashkilot va fuqarolariga, jumladan, temiryo'lchilar ittifoqi, ishchi va soldat deputatlari soveti, sotsial-demokratlar, dashnoqtsutyun, erlik juhudlar, yahudiylar, eserlar, ukrainlar, polyaklar vakillari va boshqalarga berilishi ko'zda tutilgan edi. Demak, tashkil etilayotgan hukumat tarkibiga turli siyosiy va milliy gypyh vakillarining qatnashuvi ko'zda tutildi. Demokratik ruxdagi milliy ziyolilar ko'rultoyda qabul qilingan dasturiy hujjatlarga o'ziga xosligi bilan ajralib turadigan xalqchil va demokratik g'oyalarni kiritishdi.

Qurultoy jarayonida Turkiston Millat Majlisi 32 kishidan iborat qilib saylandi. «Sho'roi Ulamo»ning rahbari Sherali Lapin Millat Majlisi tarkibiga uning raisi sifatida kiritilgan bo'lsa xam, ammo uning o'zi bu taklifni rad etdi.

Qurultoy tugagach, 1 dekabrda Turkiston Muxtoriyatining Muvaqqat hukumati a'zolari (barcha 8 kishi) imzolagan maxsus Murojaatnoma e'lon qilindi. Ushbu Murojaatnomada Turkistondagi barcha aholi, irqi, millati, dini, jinsi, yoshi va siyosiy e'tiqodlaridan qat'iy nazar, yakdillik va hamjihatlikka da'vat etilgan edi.

Oradan ko'p o'tmay Millat Majlisi tomonidan tasdiqlangan qonunlar e'lon qilindi, shuningdek, yangi hukumat mamlakat Konstitutsiyasini tayyorlash uchun taniqli huquqshunoslarni jalb qildi. «El bayrog'i», «Birlik tug'i», «Svobodniy Turkestan», «Izvestiya Vremennogo Pravitel'stva Avtonomnogo Turkestana» kabi hukumat gazetalari o'zbek, qozoq va rus tillarida nashr qilina boshlandi. Avval chiqayotgan «Ulug' Turkiston» gazetasi xam o'z sahifalarida muxtoriyat hukumati faoliyatiga alohida o'rin bera boshladi. Nashr ishlarini yaxshilash uchun O. Maxmudovning bosmaxonasi hukumat ixtiyoriga o'tdi. Muxtoriyat hukumati milliy qo'shinni tashkil qilishga kirishdi. 1918 yil boshida bu qo'shin saflarida bir mingdan ortiq askar bo'lgan. Harbiy vazir Ubaydulla Xo'jaev ishtirokida o'tkazilgan ko'rik-parad vaqtida askarlar soni 2000 kishiga etgan. Bundan tashqari Qo'qonda taxminan shuncha mirshablar bor edi. Hukumat iqtisodiy sohada 30 million so'm miqdorida ichki zayom chiqarishni yo'lga qo'ydi. Chunki gazetalarni nashr qilish, muxtoriyat qo'shinlarining ta'minoti va hukumatning ichki xarajatlari uchun mablag' zarur edi. Shuningdek, hukumat a'zolari ochlik changalida qolgan Turkiston aholisiga Orenburg orqali g'alla keltirish muammosini hal qilish uchun xam amaliy qadamlar tashladi. Turkiston Muxtoriyati hukumati qisqa muddat ichida xalq o'rtasida katta e'tibor qozondi. Yangi hukumat faoliyati faqat Qo'qonda yoxud Farg'ona vodiysida emas, balki butun Turkiston mintaqasida yashayotgan tub erli xalqlar tomonidan qizg'in ko'llab-quvvatlandi. Fitrat, Cho'lpon, Hamza muxtoriyat hukumatini alqab, she'rlar bitishdi. Fitrat muxtoriyat e'lon qilingan 27 noyabr tunini «Milliy Laylatul qadrimiz» deb atadi. Alloma Fitratning bu so'zlarida olam-olam ma'no mujassamlashgan.

Turkiston xalqining muxtoriyat uchun olib borgan kurashida 1917 yil 13 dekabrda bo'lib o'tgan fojiali voqealar muhim o'rin tugadi. O'sha kuni Toshkentda eski shahar axolisi «Muxtor Turkiston uchun!» shiori ostida tinch bayram namoyishini o'tkazdi. Ammo Toshkent Sovetidagi bol'sheviklar shaharda qurolli kuch bilan tartib o'rnatishga buyruq beradilar. Oqibatda tinch namoyish qatnashchilari pulemyotdan o'qqa tutildi, eski shaharlik 16 kishi ana shu to'qnashuv qurboni bo'ldi.

Muxtor hukumatning xalq o'rtasidagi obru-e'tibori va nufuzi bol'sheviklarni tashvishga solib qo'ydi. 1918 yil 19-26 yanvar (yangi hisob bilan 1-8 fevral) da Toshkentda bo'lgan Turkiston o'lkasi ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlarining favqulodda IV s'ezdida muxtoriyat masalasi asosiy o'rinda turdi. S'ezd Turkiston Muxtoriyati hukumati va uning a'zolarini qonundan tashqari xalatda deb, hukumat a'zolarini qamoqqa olish to'g'risida qaror chiqardi. Bol'sheviklar o'zlarining bu qabih va mudhish «hukmi»ni amalga oshirishga zudlik bilan kirishdilar.

30 yanvar (yangi xisob bilan 12 fevral) da Turkis¬ton XKS muxtoriyat hukumatini tugatish uchun harbiy harakatlarni boshladi. Turkiston bol'sheviklari buning uchun qizil askarlardan tashqari armanlarning «Dashnoqtsutyun» partiyasi a'zolaridan tuzilgan qurolli to'dalardan xam keng foydalandi. Ularga qarshi dastlabki jangda muxtoriyatning milliy qo'shinidan tashqari qo'qonlik tinch aholi vakillari xam qatnashdi. Asosan bolta, cho'kich, tayoq ko'targan xaloyiqning soni 10000 kishiga etdi. Shunga qaramay, qurolsiz bu kishilar qizil askarlarning Qo'qon shahriga hujumini uch kun davomida mardonavor qaytardilar. Shahar ustiga uch kun davomida to'plardan yondiruvchi snaryadlar otildi. Muxtoriyat qo'shinining tirik kolgan qismi Kichik Ergash qo'rboshi boshchiligida shahardan chiqib ketdi. Turkiston Muxtoriyati hukumati qizil askarlar va dashnoqlarning qonli hujumlari oqibatida ag'darib tashlandi. Ammo Qo'qon va uning atrofidagi tinch aholini talash, o'ldirish avjiga chiqdi. Faqat Qo'qonning o'zida uch kun davomida 10000 kishi o'ldirildi. Shahar butkul vayronaga aylantirildi. Hukumat boshlig'i Mustafo Cho'qay shaharni tark etib, yashirinishga majbur bo'ldi. Vazirlarning ayrimlari halok bo'ldi. Ba'zilarini bol'sheviklar ko'lga olishdi.

«Ulug' Turkiston» gazetasi chuqur kayg'u bilan xabar berganidek, «20 (eski xisob bilan 7) fevral Ho'qand (Qo'kon) tarixining eng dahshatli kuni edi. Armanilar ayricha faoliyat ko'rsatganlar…». Gazetadagi ushbu maqola «Qo'qon hozir o'liklar shahri», degan dahshatli ibora bilan tugaydi.

Nihoyat, 1918 yil 22 (eski hisob bilan 9) fevralda Qo'qon shahridagi Rus-Osiyo banki binosida bol'sheviklar tomonidan tayyorlangan «tinchlik Shartnoma» imzolandi. Turkiston Muxtoriyati hukumati atigi 72 kun umr ko'rgan bo'lsa xam, u erksevar xalqimizni milliy mustaqillik va istiqlol uchun kurashga da'vat etdi. 1918 yilning erta bahorida avval Farg'ona vodiysida, so'ngra butun Turkistonda istiqlolchilik harakati boshlandi. Ammo bu davrga kelib Turkiston Muxtoriyatini tor-mor etib, o'lkada yakka hukmron bo'lgan, qurol va zo'ravonlikka tayangan bol'sheviklar mintaqada sovetcha andozadagi avtonomiya (muxtoriyat) ni tashkil etishga kirishgan edilar.

1918 yil yanvar oyidayoq bol'sheviklar Turkiston Muxtoriyatiga qarshi Turkiston avtonomiyasini tuzish masalasini ko'tarishgan edi. Bu muammo faqat Turkiston Sovetlarining V s'ezdida (1918 yil 20 aprel – 1 may) hal qilindi. S'ezd Rossiya Sovet Sotsialistik Federatsiyasi tarkibida Turkiston respublikasi tuzish to'g'risida qaror qabul qildi. Turkiston respublikasining Markaziy Ijroiya Komiteti (MIK) va XKS saylandi. Ular tarkibiga ilk marta tub millatlarning vakillari kiritildi. Shuningdek, s'ezdda sanoat korxonalarini natsionalizatsiya qilish va boshqa ayrim masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi. Shunday qilib, sovet Rossiyasi tarkibida Turkiston avtonom respublikasi tashkil qilindi.

Professor R.T.Shamsutdinov

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube