O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Movarounnahr qaerda?

Movarounnahr qaerda?
25 Mart 2020 - 13:04 'da yuklandi va 766 marta o'qildi.

MOVAROUNNAHR QAERDA?

Yurtimiz hududining qadimgi nomi sifatida keltirilgan Movarounnahr arabcha so'z bo'lib, ayrimlar o'ylagandek, “ikki daryo oralig'i” emas, balki “daryoning narigi tomoni” ma'nosini anglatadi. Forslar Jayhun, qadimgi o'zbeklar O'kuz (ho'kkiz), uning o'zgargan shakli Oks nomi bilan greklar atagan Amudaryoning ortidagi erlar shunday atalgan. “Movarounnahr” atamasining forscha “Varorud” yoki “Varojayhun” greklarning “Transoksaniya” ya'ni “Oks orti” kalka (nusha) si ham mavjud.

Yurtimiz ham arab mamlakatlariga nisbatan daryo ortida joylashgani uchun shu nomli hudud tarkibiga kiritilgan. Ibn Xurdodbeh kabi ayrim arab geograflari “Movarounnahr” atamasini Xurosonning davomi yoki al-Mashriq (Sharq)ning bir qismi sifatida keltirganlar. Al-Mashriq tushunchasiga esa Xuroson va Turon erlaridan tashqari, Xindiston, Xitoy, hatto Hind va Tinch okeanlaridagi Yaponiyagacha bo'lgan orollar kiritilgan. Arablar Xurosondan Sharqda O'kuzdan janubda Hindukush tog'larigacha bo'lgan Toxariston erlarini esa «madunannahr», ya'ni «daryoning pastki tomoni», deb atashgan.

Arab xalifaligining yurtimizga qilgan yurishlari tufayli Movarounnahr termini tilimizga kirib keldi. Qadimgi elimiz olti bo'g'in bilan aytiladigan, talaffuzda noqulay, mazmunan esa noto'g'riligi sabab (chunki bizning hududda yashovchilar uchun “Daryoning orti” hozirgi Afg'oniston, Qozog'iston kabi hududlarni anglatadi, demak arablar belgilagan manzil tabiiyki tubdan o'zgarib ketadi) terminni dastlab qabul qilisholmadi. Movarounnahr atamasi o'rta asr manbalarida asosan geografik hudud sifatida avval Turon, Turk xoqonligi yoki Turkiston, ma'lum vaqt esa Xorazm (12-a.ning oxiri — 13-a.ning boshi) kabilar tarkibiga kiritilgan.

Islom dinini yoyish deb amalga oshgan ulkan yurishdan oldin xalifalikning Xurosondagi noiblari bir necha marta O'kuz (Amudaryo) ortiga bostirib o'tishgan, va yurtimizni “DARYo ORTI”, ya'ni MOVAROUNNAHR deb atay boshlashgan.

Odam va narsalarning qadimgi o'zbekcha nomlari zo'r berib arabchaga o'zgartirildi. Turkiston (Turon) Movarounnahr deb ataladigan bo'ldi.

1888 yili Hindistonda Muhammad Podshoh tomonidan tartib berilgan fors tilining izohli lug'ati “Farhange Anandranj”da Turon haqida ma'lumot berilib, “… Bu yurt arablar tomonidan bosib olingach, Movarounnahr deb atala boshlandi.” deb izoh keltiriladi. Turonning sinonimi sifatida Turkiston nomi ham yaqin davrlargacha keng qo'llanildi.Tehrondagi Milliy muzeyda saqlanayotgan o'rta asrlarda yaratilgan Osiyoning umumiy xaritasidagi Amudaryo va Sirdaryo atrofidagi erlar “Turkiston” nomi ostida qayd qilingan.

“Avesto” da keltirilgan «tūra» («tūr») shakli keyinchalik Turon toponimiga asos bo'ldi.

Firdavsiyning tahminan 976-1011 yillar ichida yozilgan mashhur “Shohnoma” dostonida bu yurt asosli tarzda Turon deb keltiriladi.

Sohibqiron Amir Temur ham o'z davlatining nomini “Turon” deb aniq aytib quygan.

Mang'it sulolasidan bo'lgan Buxoro amirlari o'zlarini Turkiston va Turon hukmdorlari deb atashgan.

Chor Rossiyasi davrida ham Turkiston deb atalib kelingan yurt nomi oktyabr tuntarishidan keyin qatag'onga uchray boshladi. Musta'bid Sho'ro tsenzurasi talablariga binoan bu atama yo'qotilib, o'rniga O'rta Osiyo atamasi ishlatiladigan bo'ldi.

Mustaqillikka erishganimizdan so'ng, tarixiy qadriyatlarimiz, asl atamalarimiz yana qayta tiklanmoqda. Buni keyingi vaqtlarda yurtimizda toponimik nomlarning oldingidek tarixiy shakldagi holatiga qaytarish uchun qilingan katta sa'yi harakatlarda ham ko'rish mumkin.

“Daryo orti” ma'nosini anglatuvchi “Movarounnahr” aytilishi noqulayligidan tashqari mazmunan kemtik. Vatandoshlarimiz o'z yurtini “daryoning narigi tomoni” deb atashlari ayniqsa arablison mehmonlarning ensasini qotirishi mumkin.

“Movarounnahr” qadimiylik nuqtai nazardan Turon yoki Turkiston atamasidan ancha yosh. Demak uning qo'llanilishi mamlakatimiz tarixini ham qadimgi davrlaridan ancha yosh qilib quyishi mumkin.

ERKIN MUSURMANOV

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Axmad hoji Xorazmiy ;

    Manashu (O'XH) sayt tez-tez jiddiy ilmiy materiallar berishi bilan ham olimlarning e'tiborini tortadi. Manashu maqola ham ancha narsalarga aniqlik kiritgan.
    O'rni kelganida aytadigan bo'lsam, Amudaryoni “Oks”, “O'kuz” atashlari munozaratalab masala.
    Amudaryoning eng avvalgi nomi Turkiylarning asoschisi O'g'izxonga nisbat berib “O'g'iz” deb atalgan. Har qaysi millat (til) uni o'zlaricha ataganlari sababli “Oks”, “O'kuz” va boshqa atamalar paydo bo'lgan.
    Men bu taklifimni ko'p yillar oldin ham takror-takror aytganman va yozganman.
    Shunga o'xshash atamalarning ayrimlarini turkmanlar hal qilganlar. Masalan Dashavuz (Tashavuz) atamasini “Dasho'g'iz” (Uzoq O'g'iz, yoki O'g'iz davlatining uzoq hududi) deb o'zgartirib to'g'ri qildilar. Tan olish kerak, bunda S.Niyozovning roli katta bo'ldi.
    Turkmanboshining iborasi bilan aytganda “o'zbekmi, tojikmi, evreymi, prsiyonmi – kim ekanining ham ma'lumi yo'q”, anavu “baraka topkur” o'zbekboshi (I.Karimov) ham e'tibor qilganida Amudaryoni “O'kuz” emas, “O'g'iz” ekani ham istimolga kirar edi.

    25/03/2020 16:03
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube