O’zbekiston Xalq Harakati

Islomda tibbiyot tarixi

Islomda tibbiyot tarixi
26 Mart 2020 - 15:06 'da yuklandi va 1181 marta o'qildi.

ISLOMDA TIBBIYoT TARIXI

Islom hazorasi barpo bo'lgan asoslardan biri – jism ehtiyojlari bilan ruh ehtiyojlarining jamlaganligi hamda insonning saodati va ruhi ravshanlashishi uchun jismga inoyatni zaruriy talablardan, deb e'tibor qilganligidir. Mana shu hazora asoschisi Rasululloh (s.a.v.)dan: «Albatta senda jasadingning ham haqqi bordir», degan so'zlari naql qilingan.

Mulohaza qilib ko'rilsa, Islom ibodatlarini bajo keltirishning o'zi tabobat ilmining maqsadlaridan biri bo'lgan sog'liqni saqlash uchun o'ta muhimdir. Chunki namoz, ro'za, haj va bu ibodatlar talab qiladigan shartlar, ruknlar va amallar, hammasi jismning sihatini, faolligini va quvvatini muhofaza etadi. Bunga yana Islomning kasallik va uning yoyilishiga qarshi kurashini va unga barham beruvchi muolajani istashga targ'ib qilishini qo'shsak, tabobat maydonida hazora binosi qanday mustahkam asoslarga qurilganini, uning shifoxonalar va tibbiy ma'hadlar barpo etishidan olam qanchalar istifoda etganini va u chiqargan tabiblarning ilmga, xususan, tabobatga qilgan himmatlaridan insoniyat hanuzgacha faxrlanayotganini ko'ramiz. (Tabib Ali ibn Abbos tabobatga shunday ta'rif beradi: «U – sog'lomlarga sog'liqni saqlashni va kasallarga uni qaytarishni o'rganadigan ilmdir».)

Arablar tibbiy maskanlarni birinchi bor oltinchi milodiy asrning o'rtalarida Kisro qurdirgan Jundisobur tibbiy madrasasidan tanishdi. Bu madrasani Horis ibn Kilda kabi ba'zi arab tabiblari ham bitirib chiqqan. U Payg'ambarning (s.a.v.) zamonlarida yashagan bo'lib, Rasululloh agar sahobalarining kasali qaytalanaversa, unga borib davolanishni maslahat berardilar.

Valid ibn Abdulmalik zamonida Islomdagi ilk shifoxona barpo qilindi. U shifoxona faqat moxovlar uchun maxsus edi. Ularga tabiblar va moyanalar tayinlandi hamda bemorlar chiqib ketmasliklari uchun hibs qilib qo'yishga amr etildi. Ulardan tashqari ko'rlarga ham maosh belgilangandi. Keyin birin-ketin shifoxonalar qurila boshlandi. Ular «bemoriston», ya'ni kasalxona nomi bilan tanilgandi.

Shifoxonalar ikki xil: ko'chma va doimiy bo'lardi. Ko'chma shifoxonalarni birinchi bor Islom Rasululloh (s.a.v.) hayot ekanliklaridayoq urfga kiritgandi. Handaq g'azotida yaradorlar uchun chodir tikilgandi. Sa'd ibn Muoz tirsaklaridan yaralangan edilar, Rasululloh (s.a.v.): «Uni ko'chma chodirga olib boringlar, toinki yaqindan ko'rib turaman», dedilar. Bu – Islomdagi ko'chib yuradigan birinchi harbiy shifoxona edi. Keyinchalik undan xalifa va podshohlar keng foydalanadigan bo'lishdi. Hatto, ko'chma shifoxonalar kasal muhtoj bo'ladigan hamma narsa: dori-darmon, ichimlik va taomlar, kiyim-kechak, tabib va dorixonalar bilan ham jihozlanadigan bo'ldi. Bunday shifoxonalar doimiy xastaxonasi bo'lmagan erlarda bir qishloqdan ikkinchi qishloqqa ko'chib yurardi. Vazir Iyso ibn Ali al-Jarroh Bag'dod va boshqa shaharlar shifoxonalarining boshlig'i Sinon ibn Sobitga shunday deb yozadi: «Qishloq ahli haqida o'ylab ko'rdim. Odatda, bu erlar kasaldan holi emas. Qishloqlarda tabiblar bo'lmagani uchun bemorlar muolajasi haqida hech kim qayg'urmaydi. Shuning uchun qishloqlarni aylanishga dori-darmon va ichimliklar bilan jihozlangan tabiblarni jo'natishga harakat qiling. Ular ham bir hududda hojat talab etganicha tursinlar va u erdagilarning muolajasini qilsinlar. Shundan keyin boshqa joylarga ko'chsinlar». Sulton Mahmud as-Saljuqiy davrida ba'zi ko'chma shifoxonalar shu darajada kattalashib ketdiki, ularning jihozi qirqtalab tuyaga yuklanardi.

Doimiy shifoxonalarga kelsak, ular poytaxt va shaharlarni to'ldiradigan darajada ko'p edi. Islom olamidagi kichkina shahar ham bir necha shifoxonaga ega edi. Masalan, Qurtubaning o'zida ellikta shifoxona bor edi.

Shifoxonalarning turi ko'p bo'lgan. Masalan, qo'shin uchun alohida shifoxonalar bo'lib, ularda maxsus tabiblar xizmat qilishardi. Yana mahbuslarning ham xos shifoxonalari bo'lgan. Ularni har kuni tabiblar aylanib chiqishar va kasallarini lozim dori-darmonlar bilan muolaja etishardi. Vazir Ali ibn Iso ibn Jarroh Sinon ibn Sobitga yozgan xatida quyidagi jumlalar bor: «Mahbuslar haqida ham o'ylab ko'rdim. Adadlari ko'p bo'lgani va joylarining yomonligi uchun oralarida kasallari yo'q emas. Shuning uchun ularning huzurlariga har kuni kiradigan, dori va ichimliklar beradigan tabiblar tayinlash kerak. Bu tabiblar hamma qamoqxonalarni aylanib, bemorlarni davolashlari lozim».

Shuningdek, «Tez yordam» nuqtalari bo'lib, ular jomelar va omma to'planadigan joylarda bino qilingandi. Al-Maqriziyning aytishicha, Ibn Tulun o'zining mashhur jomeasini qurganda, uning oxiriga dorixona ham qurgan. U erda hamma ichimlik va dorilar topilar, xizmatkorlar shay edi. Yana juma kunlari tabib kelib, namozxonlardan xastalikka chalinganlarini muolaja qilardi.

Yana umumiy shifoxonalar ham bo'lib, ular eshigini hamma uchun ochib qo'ygandi. Faqat bir-biridan alohida ikki qism: erkaklar va ayollar bo'limiga ajratilgandi. Har bo'limda bir necha zal bo'lib, har birida kasallikning alohida turi ko'rilardi. Masalan, ichki kasalliklarga alohida, ko'zga, jarohatga, singan-chiqqanga, aqliy kasalliklarga alohida xonalar ajratilgandi. Yana ichki kasalliklar bo'limi ham bir necha xonalarga bo'lingandi. Masalan, isitma-bezgakka bir xona, ichburug'ga bir xona va hokazo. Har bir qismning tabiblari va boshlig'i bo'lardi. Masalan, ichki kasalliklar boshlig'i, jarrohlar boshlig'i, ko'z kasalliklari boshlig'i kabi. Hamma bo'limning «so'ur» deb nomlangan umumiy boshlig'i bo'lardi. Bu shifoxona tabiblari raisining laqabidir.

Tabiblar shifoxonada navbat bilan ishlardilar. Har bir tabibga muayyan vaqt tayinlangan bo'lib, tabib ana shu vaqtda kasallarni ko'radigan xonasida hozir turishi kerak edi. Har bir kasalxonada erkak va ayollardan farroshlar, hamshira va yordamchilar bo'lardi. Ularga etarli miqdorda maosh belgilangandi. Yana hamma shifoxonalarda «sharobxona» deb nomlangan dorixonalar bo'lardi. Ularda turli ichimliklar, nafis ma'junlar, totli murabbolar, xilma-xil dori-darmonlar, boshqa erda topilmaydigan qimmat atirlar mavjud edi. Yana ularda jarrohlik asboblari, shisha idishlar, sut mahsulotlari va faqat podshohlarning xazinalaridan topiladigan boshqa narsalar ham bo'lardi.

Shifoxonalarning o'zida tibbiy ma'hadlar (institutlar) joylashgandi. Har bir shifoxonada muhozaralar qilish uchun katta ayvon bo'lar, unda katta tabib (bosh vrach) bilan birga tabib va talabalar dars o'tkazishardi. Yonlarida turli asbob va kitoblar bo'lardi. Kasallarni tekshirib, muolajalarini qilib bo'lgandan keyin shogirdlar muallimlarining huzuriga kelib, ustoz va shogird o'rtasida tibbiy mubohasa va munoqashalar boshlanardi. Kitoblar o'qilardi. Ko'pincha talabalarga amaliy dars kasallarning huzurida o'tkazilardi. Hozirgi kunda shifoxonalar yonida joylashgan tibbiyot kulliyalarida shunga o'xshash holat bo'lyapti. Damashqdagi Bemoristoni-Nuriyda ta'lim olgan Ibn Abu Usayba'a shunday deydi: «Hakim Muhazzabiddin va hakim Imron Bemoristondagi kasallar muolajasidan forig' bo'lishguncha birga bo'ldim. Shundan keyin shayx Roziyyuddin ar-Rahbiy bilan o'tiraman va kasallarga qanday tashxis qo'yishini, kasallarning umumiy holatini tavsiflashini va ularga yozadigan muolaja usullarini ko'raman hamda u bilan kasallar va ularni davolash usullari haqida mubohasa etaman».

Tabibning o'z holicha muolaja etishiga ruxsat berilmasdi. Bungacha u mamlakatning katta tabiblari oldida imtihondan o'tadi, shahodatnoma olishni ko'zlagan fani bo'yicha risola taqdim etadi (bu risolada o'zi yozgan asar yoki katta tib olimlari yozgan narsalarga sharh va izohlar bo'lishi kerak). Va bular to'g'risida imtihon bo'lib, fanga taalluqli hamma narsa so'raladi. Ularga yaxshi javob bersagina, katta tabiblar tomonidan tabobat bilan shug'ullanishga ruxsat beriladi.

931 milodiy (319 hijriy) yilda Xalifa Muqtadir zamonida ayrim tabiblarning xatosi tufayli bir odam vafot etadi. Shunda xalifa Bag'dodning hamma tabiblarini qaytadan imtihon qilishga buyruq beradi. Ularni Bag'dodning bosh tabibi Sinon ibn Sobit imtihon qiladi. Bag'dodning o'zida imtihon qilingan tabiblarning soni sakkiz yuz oltmish to'rttaga etadi. Bunga imtihon qilinmagan mashhur tabiblar, xalifa, vuzaro va umaroning tabiblari kirmaydi.

Shuni aytishni ham unutmaslik kerakki, hamma shifoxonalarda tibbiyotga oid va tabib hamda talabalarga kerakli boshqa kitoblar bilan to'la kutubxonalar mavjud edi. Aytishlaricha, Ibn Tulunning Qohiradagi shifoxonasi kutubxonasida turli ilmlarga oid yuz ming jilddan ziyoda kitob bo'lgan.

Shifoxonalardagi tartibotga keladigan bo'lsak, davolanish hamma uchun bepul edi. Bu borada boy va faqir, uzoq va yaqin, aqlli va beaqlning farqi bo'lmagan. Xasta kelganda, avval u tashqi zalda tekshiruvdan o'tadi. Agar kasallik engil bo'lsa, unga resept yozib berilgan va dorilar shifoxonaga qarashli dorixona tomonidan bepul berilgan.

Agar kasalning holati shifoxonada yotishni taqozo qilsa, uning ismi kasalxona daftariga qayd etilgan. So'ng xasta hammomga kirgan, uning kiyimlari echib olinib, alohida joyga qo'yilgan va unga kasalxonaning maxsus kiyimi berilgan. Keyin kasallar yotgan xonaga yotqizilgan va unga yaxshi jihozlangan karavot ajratilgan. Kasalxonaga yotqizilgandan keyin tabib tayinlagan dori-darmonlar va kerakli miqdorda sihatiga muvofiq oziq-ovqatlar berilgan. Bemorlar ozuqasi qo'y, mol, tovuq va turli qushlar go'shtidan tayyorlangan. Kasalning tuzalish alomati etib, bir daf'ada bitta non va bitta butun tovuqni to'liq eyishi belgilangan. Agar muolaja nihoyasiga etgan bo'lsa, yangi kiyimlar va ishlashga qodir bo'lguncha etadigan miqdorda mablag' berilgan.

Shifoxonaning xonalari pokiza bo'lgan, suvlar oqib turgan. Zallari juda go'zal mebellar bilan jihozlangan. Hamma shifoxonaning tozalikni nazorat qilib turuvchi taftishchilari va moliyaviy ahvolini tekshirib turuvchi nazoratchilari bo'lgan. Ko'pincha xalifa yoki amirning o'zi kasallar ahvoli va ularga qilinayotgan muomaladan xabardor bo'lib turgan.

Yuqorida zikr qilingan holatlar Islom olamida bino etilgan hamma shifoxonalarda – xoh u Mag'rib, xoh Mashriqda bo'lsin, Bag'dod, Damashq, Qohira, Quddus, Makka, Madina, Marokash, Andalusda bo'lsin – bir xil edi. Bu o'rinda ana shu asrlardagi Islom poytaxtlaridan to'rtta shahardagi to'rt shifoxona haqida so'zlash bilan cheklanamiz:

Birinchisi – Bag'doddagi Azudiy shifoxonasi.

Uni Azud-davla ibn Buvayh 371 hijriy yilda qurdirgan. Uni qurishdan oldin mashhur tabib Ar-Roziy tunda Bag'dodning to'rt tomoniga to'rt bo'lak go'sht osib qo'yadilar. Ertalab go'sht qaysi makonda yaxshi hidli saqlangan bo'lsa, o'sha joyda juda katta mablag' evaziga shifoxona quriladi. U erda ishlashga yigirma to'rt tabib tayin etilib, ularga kerakli bo'lgan ilmiy kutubxona, dorixona, oshxona va ombor beriladi. 449 hijriy yilda xalifa al-Qoim Biamrillah ushbu shifoxonani yangiladi va topilishi qiyin bo'lgan ichkilik va dori-darmonlarni jamladi. Kasallar uchun jihozlar, ko'rpa-to'shaklar, xushbo'y atirlar, vaqf suvlari taqdim etdi. Xizmatchi, tabib va farroshlar yolladi. Ushbu shifoxonaning eshikbon va qo'riqchilari ham bor edi. Yana unda hammom bo'lib, uning atrofini turli meva va sabzavotlarni o'z ichiga olgan bog' o'ragandi. Suvdagi kemalar zaif va kambag'allarni tashirdi. Tabiblar ertayu kech bemorlarga navbat bilan qarardilar.

Ikkinchisi – Damashqdagi An-Nuriy al-Kabiyr shifoxonasi.

Uni odil podshoh, sulton Nuriddin ash-Shahid 549 hijriy/1154 milodiy yilda G'arb podshohlarining biridan fidya sifatida olgan molga qurdirgandi. Uning binosi butun mamlakat bo'ylab qurilgan shifoxonalar ichida eng go'zali bo'lgandi. Sulton uni faqat kambag'al va miskinlarga, deb shart qo'ygandi. Boylarga esa faqat davolamaslikning iloji bo'lmay qolgandagina ruxsat berilardi. Undagi suyuq va quyuq dorilarning hammasi bepul edi. 580 hijriy yilda unga kirgan sayyoh Ibn Jubayr shifoxona tabiblarining kasallarga bo'lgan e'tiborini, hollaridan yaxshi xabardorligini va ularga kerakli dori va ozuqalarni tayyorlashlarini ijobiy tavsiflaydi. Yana u erda ruhiy xastalar uchun alohida bo'lim bo'lib, unda jinnilar bog'lab qo'yilishiga qaramay, e'tibor bilan muolaja qilinar va yaxshi ovqatlantirilardi.

Tarixchilardan birining zikr qilishicha, 831 hijriy yilda fazilat, zavq va latofat ahlidan bo'lgan bir ajamiy kishi Damashqni ziyorat qilibdi. U An-Nuriy shifoxonasiga kirib, tabiblarining ko'pligi, kasallarga yaxshi e'tiborni va undagi oziq-ovqat, ko'rpa-to'shak hamda hisobi yo'q latifliklarni ko'rgan paytda tabiblarning bilimini sinamoqchi bo'libdi. U o'zini kasalga solibdi va shifoxonada uch kun qolibdi. Tabibboshi uning kasalini aniqlash uchun bir necha marotaba kelibdi. Uning tomirini ushlab ko'rgach, kasal emasligini, faqat tabiblarning bilimini sinash uchun kelganini bilibdi va unga totli taomlar, semiz tovuqlar, shirinliklar, ichimliklar va turli mevalar berishni buyuribdi. So'ng uch kundan keyin unga quyidagi so'zlar yozilgan qog'ozni tutqazishibdi: «Bizda mehmondorchilik uch kundir». Ajamiy bundan o'zining maqsadini sezib qolishganini va bu muddat ichida shifoxonada faqat mehmon qilishganini tushunibdi.

Bu shifoxona o'zining ulug' ishlarini 1317 hijriy yilgacha davom ettirdi. So'ng Al-o'urabo shifoxonasi bino qilindi. Ushbu shifoxonaga hozir Suriya jomesining tib qulliyoti egalik qiladi. An-Nuriy shifoxonasi bo'lsa, keyinchalik madrasaga aylantirildi.

Uchinchisi – Al-Mansuriy al-Kabir shifoxonasi.

U Qolovun bemoristoni nomi bilan mashhur bo'lib, oldin amirlardan birining hovlisi edi. Sulton Al-Mansur Sayfuddin Qolovun uni 683 hijriy (1284 melodiy) yilda shifoxonaga aylantirdi. Unga yiliga ming dirham foyda beradigan vaqf ajratib qo'ydi. Shifoxonaning yoniga masjid, madrasa va etimlar uchun kutubxona qurdirdi. Aytishlaricha, bularni bino qilinishining sababi, Sulton Al-Mansur Qolovun Az-Zohir Bibris zamonida 1275 yili Rum g'azotiga amir sifatida ketayotgan paytda Damashqda kasal bo'lib qoldi. An-Nuriy al-Kabir shifoxonasidan olingan dori-darmonlar bilan tabiblar uni muolaja qilishdi va u sog'aydi. Otiga minib, u shifoxonani shaxsan o'zi tomosha qildi. Undan ajab va hayratga tushib, agar Alloh saltanatni nasib etsa, shunga o'xshash shifoxona qurdirishni nazr qildi. Vaqtiki, u sulton bo'lganda, bu hovlini tanlab sotib oldi va uni shifoxonaga aylantirdi. Bu shifoxona tanzim va tartibda tillarda doston bo'ldi. Unga kirish va naf olish erkag-u ayol, huru qul, boyu kambag'al – barchaga barobar bepul edi. Undan tuzalib chiqqan kasallarga kiyim berildi. Vafot etganlarni shifoxona hisobidan tajhiz va takfin qilib dafn etildi. Unga tibbiyotning turli sohalariga qarab tabiblar tayinlandi. Shuningdek, kasallar xizmati uchun, ularning joylarini tozalash, kiyimlarini yuvish va hammomda yordamlashish uchun farrosh va xodimlar ishga olindi. Bu ish shu darajada tashkil qilindiki, har bir kasalning xizmatiga ikki kishi hoziru nozir edi. Har bir kasal uchun bitta karavot va to'liq jihoz ajratilgandi. Kasallikning har bir turiga alohida joy belgilangandi. Yana tabibboshi talabalarga ta'lim berishi uchun alohida o'rin hozirlangandi. Bundagi eng ajib hol shifoxonadan istifoda etish faqatgina u erda yotganlargagina xos bo'lmay, balki uyida turib muolaja istagan kishilarga ham kerakli ichimlik, taom va dori-darmonni berish yo'lga qo'yilgandi.

Bu shifoxona o'zining insoniy vazifasini shu darajada komil ado etdiki, unda ishlagan ko'z tabiblaridan birining aytishicha, shifoxonaga kasal bo'lib kirib, sog'ayib chiqib ketganlarning har kungi soni to'rt mingdan ziyoda edi. Undan sog'ayib chiqqan har bir xastaga kiyim-kechak va shifoxonadan chiqa solib og'ir ishlarni qilishga majbur bo'lmasin, deya nafaqasi uchun bir miqdor mablag' berilardi.

Bulardan ham ajoyibi, har bir kasalga boshqa kasal ishlatmagan xos idishda ovqat berilardi. Uning usti mahkam yopilib, shu holda kasalga etkazilishi lozim edi.

Yana ham ajoyibi, sariq kasalligiga chalinganlar alohida xonaga yolg'iz ajratib qo'yilardi. Ular bu xonada bosiq qo'shiqlar kuyini eshitib, orom olardilar. Yoki qissachilar aytib beradigan qissa va hikoyalardan zavqlanishardi. Tuzalish arafasidagi kasallar ularga kulgili rivoyatlarni o'ynab berardilar yoki milliy raqslarni ijro etardilar. Yondosh masjidning muazzinlari ularga bomdod namozidan ikki soat oldin saharlab azon aytib berardilar. Bedorlik va bekorchilik qiynagan kasallarning dardlarini engillatish uchun mayin ovozda ashulalar aytib turishardi. Bu holat frantsuz qo'shinlari milodiy 1797 yilda Misrga kirgunlariga qadar davom etdi. Bularni frantsuz olimlari ham o'z ko'zlari bilan ko'rganlar va u haqda yozganlar.

Taroblus shahrida g'aroyib vaqf mavjud bo'lgan. Bu vaqfning foydasi ikki kishi uchun berilishi belgilangandi. Ularning vazifasi kunda shifoxonalarda yurib kasallarga holati yaxshilangani, yuzi qizarib, ko'zlari chaqnayotganini, bu esa tuzalayotganlik alomati ekanini tez-tez uqtirib turish edi.

To'rtinchisi – Marokash shifoxonasi.

Uni Mag'ribdagi Muvahhidiyn podshohlaridan amirul mo'minin Al-Mansur abu Yusuf qurdirgan. Shifoxona Marokashdagi eng mo''tadil mavze'dagi katta maydonda joylashgan. Al-Mansur quruvchilarga uni juda ham chiroyli qilib, hafsala bilan qurishga, unda barcha daraxtlardan, gullardan va sabzavotlardan ekishga buyurdi. Shifoxonaning hamma uylarini aylanib chiqadigan qilib suv oqizildi. Yana qo'shimcha to'rtta hovuz qurildi. Birining o'rtasiga oq marmar ishlatildi. So'ng uni yung, paxta, ipak va teridan tayyorlangan nafis jihozlar bilan bezaldi. Ichimlik va turli dori-darmonlar tayyorlash uchun dorixona bino qilindi. Kasal uchun kechasiga alohida, kunduziga alohida qishlik va yozlik kiyimlar hozirlandi. Bu erda ham agar tuzalgan kasal kambag'al bo'lsa, unga to ishlaguncha kifoya qilgulik nafaqa tayinlandi. Farqi shuki, bu erda boy odamga ham mol berildi, bu borada kambag'al bilan ajratilmadi. Balki Marokashda kasal bo'lgan har qanday g'arib unga keltirib muolaja qilindi. U to tuzalguncha yoki vafot etguncha ushbu shifoxonada bo'ldi. Amir shifoxonaga har juma kelib, kasallarni ko'rar, hol-ahvollari va tabib hamda hamshiralarning muomalalari haqida so'rab-surishtirardi.

Islom olamining g'arbi va sharqida yoyilib yotgan yuzlab shifoxonalarning to'rtta namunasini ko'rib chiqib aytish mumkinki, o'sha kunlarda Ovro'pa jaholat zulmatida sarson edi. Ular musulmonlarning shifoxonalaridagi daqiqlik, pokizalik va oliy insoniy tuyg'ulardan biror narsani bilmasdi. Bu o'rinda olmoniyalik sharqshunos Maks Maerxofning Islom hazorasi yuksalgan o'sha zamonda Ovro'padagi shifoxonalar holati haqida aytganlarini keltiramiz: «Arab shifoxonalari va ma'mur Islom shaharlaridagi sog'likni saqlash nizomi bizga juda qattiq va achchiq dars beradi. Biz ularni o'sha zamondagi Ovro'pa shifoxonalariga engilgina solishtirsak ham, haqiqiy baholay olamiz».

Islom olamidagi o'sha farovon zamondan uch asr o'tsa hamki, Ovro'pa hali umumiy shifoxonalar ma'nosini bilmasdi. Agar o'n sakkizinchi asrgacha kasallar uylarida yoki maxsus hovlichalarda davolanganlar, desak, mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Chunki o'sha paytgacha Ovro'pa shifoxonalari maxsus hovlilarda joylashgan bo'lib, bu hovlichalar kasal bo'lsin, ojiz bo'lsin, uy-joysiz bo'lsin, kishilarga boshpana vazifasini ham o'tardi. Bunga mazkur davrlardagi Ovro'pa shifoxonalarining eng kattasi Parijdagi Otel Deyu ochiq misol bo'ladi. Uni tavsiflab Maks Tordo va Tennonlar shunday deyishadi: «Shifoxonada 1200 dona karavot bor. Undan 486 donasi bir kishi uchun mo'ljallangan. Qolgani esa (bulardan bittasining kengligi besh qadam kelardi) odatda uchtadan oltitagacha kasalga mo'ljallangandi. Katta zallari havo kiradigan tuynuklar yo'qligi sababli sassiq, juda ham zax va doim qorong'u edi. Bitta zalda har doim sakkiz yuz chog'li kasal erga uzala tushib, xona torlik qilganidan poxol yoki polga ustma-ust bo'lar darajada tiqilib yotishardi. Bu holdan odam ezilib ketardi. O'rtacha hajmdagi bitta karavotda yosh bolalar keksalar bilan, ayollar erkaklarning yonida ekanini ko'rasiz. (Ishonmasligingiz mumkin, lekin bu haqiqat.) Yo'lakdagi ayolni tifning isitmasi gardobida yonib, changak bo'lib qolgan bola bilan yonma-yon topasiz. Ikkovlari ham teri kasalligiga chalingan odamning yonida yotishardi. Ularga berilayotgan taom ham xayolga kelishi mumkin bo'lgan eng g'arib narsalar edi. Ular yana juda ham kam miqdorda va betartib uzoq muddatda berilardi».

Bu ayanchli tavsifga biror narsa qo'shimcha qilishning hojati bo'lmasa kerak.

Islomda musulmonlarning pokiza, toza bo'lishlariga, hamisha har joyda pok yurish-turishlariga katta e'tibor bilan qaraladi. Chunki Alloh taoloning amri shunday! Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomning nasihatlari shunday! Sababi Islom dini pokizalik, go'zallik ustiga qurilgan. Shariatimiz pokiza odamdan ifloslik, razillik chiqmaydi, duosi ijobat bo'ladi, deb hisoblaydi. Poklik – mo'minning ko'zgusi. “Poklik – iymondandir”, deganlar janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam.

Islom musulmonlarning toza, pok bo'lishlarini ta'minlashda eng mayda-chuyda “ikir-chikir”largacha aralashgan. Payg'ambarimiz alayhissalom sunnatlari orqali bu sohadagi yo'l-yo'riq va ko'rsatmalarni targ'ib qiladi.

Allohning mo'min zimmasidagi haqqi etti kunda barcha a'zosini to'la yuvib, g'usl qilishdir. Dinimizda er-xotin munosabatidan keyin, bulg'anib qolganda ham g'usl qilish vojib amal hisoblanadi. Mo'ylovlarni qisqartirish, tirnoq olish, qo'ltiq va kindik osti mo'ylarini tozalash, xatna qildirish, misvok tutish kabi ishlar musulmonlarga shart qilib qo'yilgan.

Og'iz-tishlarni toza tutishga alohida e'tibor berilgan. Arok daraxtining shoxchalaridan tayyorlangan maxsus tish tozalash vositasi – misvokdan foydalanish sunnatdir. Payg'ambar alayhissalom: “Tishlaringizni misvok bilan tozalab yuringlar va tozalikka odat qilinglar”, “Agar ummatimga mashaqqat bo'lmaganida edi, har namozdan oldin misvok qilishga (ya'ni, tish tozalishga) buyurar edim”, deb ta'lim berganlar. Janobi Rasulullohning (s.a.v.) bu ko'rsatmalari bejizga bo'lmagan. Misvok tekshirib ko'rilganda, unda ko'plab foydali va xushbo'y moddalar borligi aniqlandi. Vaholanki, hozirgi zamonaviy tish cho'tkalari G'arbda 1806 yildan urfga kira boshlagan.

Musulmonlar kuniga bir necha marta yuvinib, tozalanadilar. Haftasiga albatta hammomda yoki uylarida g'usl qiladilar. Kiyimlarini, hovli-joylarini, ibodat o'rinlarini toza tutadilar. Chunki bu – Islomning talabi. Islom esa – tozalik dini, nazofat dini, pokizalik esa – dinning yarmidir.

Musulmonlar tozalik haqida ana shunday bosh qotirib yurishganida, Ovro'pada kishilar yuvinmasdan, yiliga bir marta paxtani ho'llab artinishgan, cho'qintirish paytidagi maxsus “vaftiz” suvining ta'siri ketib qolmasin, deb suvdan seskanishgan. Hattoki, mashhur Versal saroyida umuman hojatxona bo'lmagan. O'rta asrlar Frantssiyasida saroy va teatrlarning birortasida hojatxona bo'lmagan bir paytda Istanbulda 1400 ga yaqin shunday joy bo'lgan.

O'sha paytlarda Ovro'pada oqar suvda, hammomlarda yuvinish nimaligini bilishmasdi. Ammo shu davrda Markaziy Osiyoga safar qilgan sayyohlardan biri Samarqand shahriga shunday ta'rif bergandi: “Shaharda karvonsaroylar ikkita, mashhur hammomlar uchta bo'lgan. Ulardan ikkitasi “Xo'ja Ahror hammomlari”, uchinchisi esa Hammomi Miriy, deb atalgan”. 1558 yili Buxoroga safar qilgan ingliz sayyohi va tarixchisi Antokiy Jenkinson o'z xotiralarida shunday deb yozgan: “23 dekabrda Baqtriya eridagi Buxoro shahriga keldik. Shahar juda katta, uylarning ko'pi loydan qilingan, ammo shaharda tosh uylar, shohona qurilgan va oltin suvi bilan naqshlangan masjid-madrasalar hamda minoralar ham ko'p. Ayniqsa, hammomlar shunaqangi ko'rkam qurilganki, dunyoda bunaqasini uchratmagandim. Ularni ta'riflashga ancha vaqt ketadi”.

O'n oltinchi asrda Xollandiya elchisi Baron de Busbek Usmoniylar mamlakatiga safaridan so'ng shunday degan ekan: “E, bu odamlarning kasal bo'lishi aniq. Baliqlar kabi suvda “shalop-shulup” qilib yuvinishadi. Shunchalar ham ko'p yuvinish mumkinmi?” Hammomlarni qo'yaturaylik, Usmonli saltanat shaharlarida bizdagi sardobalarga o'xshash, har biri san'at darajasiga ko'tarilgan yuzlab chashmalar (zamonaviy tahoratxonalar) bo'lgan.

Ibrohim Rafiqning “Tarix shuuri” kitobida yozilishicha, Valiy laqabli Boyazid ikkinchi hukmronligi davrida Istanbulga Maskov knyazining Mixail Plachnet ismli elchisi tashrif buyurgan. Undan yoqimsiz hid anqib turgani sababli uni yuvintirish uchun hammomga olib borishgan. Umrida hammomni ko'rmagan elchi yuvinishga, ich kiyimlarini almashtirishga ko'nikolmay, hammomdan qochib chiqqan va tezda Istanbulni tark etgan.

1600 yillarda Ispaniya inkvizitsiyasi musulmonlarni ommaviy qirg'in qilgani tarixdan ma'lum. G'arb tadqiqotchilarining kundaliklarida yozilishicha, johil hukmdorlar musulmon ispanlarni tozaligiga, qo'ltiq osti mo'ylarining olinganiga qarab, nasroniylardan ajratib qatl qilgan ekan.

Musulmonlar nafaqat tozalikda, kiyinish, ovqatlanish madaniyati sohasida ham ovro'paliklarga o'rnak bo'lishgan. Birgina ovqatlanish xususida Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan o'nlab hadislar vorid bo'lgan. U zoti bobarakot ummatni ko'p taom eyishdan qaytarganlar. Buning zararlari va oqibatlarini bugungi kunda hozirgi tibbiyot fani ham, odamlar ham yaxshi tushunib qolishdi.

Payg'ambar alayhissalom kechqurun yotishdan oldin suv va taom solingan idishlar ustini yopishni, siniq, darz, labi uchgan idishlarni ishlatmaslikni buyurganlar. O'sha joylarda turli zararli narsalar (mikroblar) bo'lishini hali zarrabin (mikroskop) kashf etilmasdan o'n to'rt asr avvaldan ko'ra bilganlar. U zot ovqat oldidan va keyin qo'l yuvish, ovqatga puflamaslik, xotirjam, o'tirib ovqatlanish, taomni issig'icha iste'mol qilmaslikka ham targ'ib qilganlarki, bularning hammasida ham hikmat bor.

Vaholanki, G'arbda ovqatlanish sohasidagi madaniyat juda orqada edi. Birgina misol keltirib o'tish kifoya: o'rta asrlarda Brandenburg shahzodasi aslzodalarni o'z saroyidagi ziyofatga chorlar ekan, taklifnomaga: “Go'sht egandan keyin suyakni orqaga otish yo'q, yog'li og'izni eng bilan artish yo'q, tovoqni ko'tarib, ostiga tupurish yo'q”, deb izoh yozishga majbur bo'lgan ekan. Hatto, hozirda G'arbdagi ko'pgina o'lkalarda bo'lganimizda, ovro'paliklarning jamoat joylarida, hatto, dasturxon ustida bemalol ro'molchaga burun qoqayotganlarini, hammaning ko'z o'ngida tish kavlayotganlarini, ovoz chiqarib, betartib ovqatlanishlarini ko'rib, hayratimiz oshgandi. Bunday misollarni ko'plab keltirish mumkin. Ana shularning o'ziyoq, Islom hazorasi G'arb hazorasidan ancha ilg'or bo'lib kelganini isbotlab turibdi.

Shohistaxon O'ljaeva

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube