O’zbekiston Xalq Harakati

Turkiston halqlarining o'z erki va ozodligi uchun olib borgan kurashlari

Turkiston halqlarining o'z erki va ozodligi uchun olib borgan kurashlari
27 Mart 2020 - 12:28 'da yuklandi va 731 marta o'qildi.

TURKISTON HALQLARINING O'Z ERKI VA OZODLIGI UChUN OLIB BORGAN KURAShLARI

XX asr dastlabki o'n yilligida Turkistonda sodir bo'lgan eng yirik dexqonlar harakatlari Namoz Pirimqulov boshchiligidagi harakat edi. Halq tomonidan «Namoz botir» deb ulug'langan bu inson mustamlakachilar tomonidan «Namoz o'g'ri» sifatida atalib, unga qarshi jinoiy ishlar qo'zg'adilar, uning qilayotgan ishlarini «o'g'rilik va talonchilik» deb atab, soxta ma'lumotlar har doim vaqtli matbuotda halqqa noto'g'ri etkazib bera boshladilar.

Namoz Pirimqulov 1904-1907 yillarda Samarqand viloyatining tog' va qishloqlarida mustamlakachilar va ularning ittifoqlariga aylangan mahalliy boylar va savdogarlarga qarshi kurash olib bordi.

Namoz halqqa zarari tegayotgan, halqni zo'ravonlik va sudxo'rlik bilan talayotgan yuqori tabaqa vakillarini ayovsiz jazolab, ulardan tortib olingan mollarni beva bechoralarga va kambag'allarga bo'lib bera boshladi.

Shunday harakatlardan biri 1905 yil 10 mayda Kattaqo'rg'on bozorida amalga oshirildi. Namoz va uning odamlari bozorni o'rab olib, bozordan qaytayotgan boylar va savdogarlarni talab, o'lja olingan mollarni shu erning o'zidayoq kambag'allarga ulashib beradilar.

Og'alik qishlog'i oqsoqoli Amin Nazar Muhammad, Arabxon qishlog'i mingboshisi Xidirboev, yana bir mingboshi Lutfulla Xo'jaevlar mustamlakachilarga sodiq hizmatkor bo'lganliklari uchun Namoz va uning odamlari tomonidan o'ldirildilar va qo'rg'onlarga o't qo'yib, mol-mulki halqqa ulashib berildi.

1905 yil yoz va kuz oylarida Jomda va boshqa joylarda katta savdo karvonlari qo'lga olinadi. Biroq shu vaqtda Xo'jaariq volosti boshqaruvchisi Lutfulla Xo'jaevning xoinligi tufayli Namoz va uning 50 kishidan iborat sheriklari kapitan Polov qo'shinlari tomonidan hibsga olinadi. Namoz qamoqdan er ostidan laxm kavlab qochib ketishga muvaffaq bo'ladi. Shu voqeadan so'ng Namozchilarga qarshi jazo otryadlari ishlarini shaxsan Turkiston general gubernatori N.I.Grodekov nazorat qila boshlaydi. Namoz yigitlari orasiga josuslar yuborila boshlandi. Shunday josus va xoinlardan biri Shirin Muhammadov ismli kimsa edi.

Mustamlaka ma'muriyati Namoz va uning yigitlarini tutish ishlarini kengaytirib boradi va bir qator harbiy bo'linmalarni shu ishga jalb qiladi. Bu operatsiyaga rahbar etib Samarqand harbiy gubernatori yordamchisi polkovnikning Susanino tayinlaydi. Amir Abdulaxadxon ham namozni tutish operatsiyasiga jalb etiladi. Bu ishlarni 1907 yil 28 mayda boshlashni nazarda tutib, Buxoro cheragasida 12 post, Samarqand va Kattaqo'rg'on hududlarida 10 ta kuzatuv postlari quyiladi. Amir ham o'z sarbozlarini shu ishga jalb etadi. Oqibatda, bo'lib o'tgan tengsiz janglardan so'ng Namoz va uning yigitlari katta talofatlarga uchraydilar.

Biroq shu vaqt namozchilar orasida fitna qo'zg'alib, Namoz Pirimqulov o'ldiriladi.

Namozning o'limi bilan o'lkadagi dexqonlar g'alayonlari to'xtab qolmadi va rus hukumatini daxshatga solib vaqti-vaqti bilan ko'tarilib turdi.

Rus mustamlaka hukumatining zo'ravonlik siyosatiga qarshi bo'lib o'tgan eng katta norozilik harakatlari qurolli kurashlaridan biri tarixda «Jizzax qo'zg'oloni» deb nom olgan 1916 yilgi milliy-ozodlik kurashlari edi.

Rossiya imperiyasi birinchi jahon urushiga kirgach, tez orada uning harbiy va iqtisodiy saloxiyati Evropa davlatlariga nisbatan ancha qoloq va zaif ekanligi ayon bo'lib qoldi. Frontdagi etishmovchiliklar, o'q-dori va oziq-ovqat mahsulotlarining etarli emasligi, front ortidagi ishlarning susayib ketganligi Rossiya imperiyasi hukumatini Turkistonga nisbatan mustamlakachilik zulmini yanada oshirishga olib keldi.

Harbiylikka olinishi ta'qiqlangan Turkistonliklarni «frotn ortida armiya extiyojlarini qondirish» maqsadida mardikorlik ishlariga olishga qaror qilindi.

Shoshma-shosharlik va aniq o'ylab chiqilmagan rejani amalga oshirish maqsadida podsho Nikolay II 1916 yil 25 iyunda «front orqasidagi hizmatlar uchun Turkiston, Sibir' va Kavkazda CAPut!’ yoshdan 43 yoshgacha bo'lgan erkakdarni safarbar qilish» to'g'risidagi farmonga imzo chekdi. Farmonga ko'ra, Sirdaryo viloyatidan 87 ming, Samarqand viloyatidan 38 ming, Farg'ona viloyatidan 50 ming mardikor yuborish belgilandi va bu vazifalarni zudlik bilan amalga oshirish Turkiston general gubernatori zimmasiga yuklatildi. Viloyatlarda darhol farmonni ijro etishga kirishildi. Farg'ona viloyati harbiy gubernatori A.Gippius Farg'ona viloyatidagi sharoitni hisobga olib, bu farmonni birdaniga bajarish noto'g'ri ekanligi haqida hokimiyatni ogohlantiradi. Biroq u farmonni ijro etishni ataylab buzganlikda ayblab ishdan olib tashlashdi va uning o'rniga shovinist harbiylaridan biri polkovnik P.Ivanov tayinlanadi. Mardikorlikka olishga qarshi o'lkaning turli hududlarida qo'zg'olonlar boshlanib ketadi.

Norozilik harakatlari dastlab aholi zich joylashgan markazlaridan biri Xo'jandda boshlanadi. 1916 yilning 4 iyul' kuni 6000 dan ortiq erkaklar va ayollar ma'muriyatga qarshi ochiqdan-ochiq mardikorlikka farzandlarimizni bermaymiz, deb qo'zg'olon ko'tardilar. Qo'zg'olon harbiylar tomonidan bostirildi va namoyishchilar o'qqa tutildi.

Xuddi shunday harakat Samarqand viloyatining Urgut tumanida 5 iyul kuni bo'lib o'tdi. Mardikorlar ro'yxati yo'q qilindi, mahkama hizmatchilari kaltaklandi.

Samarqand viloyatining Siyob, Xo'ja Ahror, Angor va boshqa volostlari va qishloqlarida ham shunday chiqishlar sodir bo'ldi.

7 iyul' kuni Daxbed qishlog'ida xoin Saidmurod Qobilov tuzgan ro'yxatda faqat kambag'allarning bolalari yozilgani uchun halq Usmon Abdurasulov boshchiligidagi mahkama hizmatchilarini kaltakladilar. Bunda Usmon Abdurasulov yaralandi va qo'zg'olon katta kuch bilan bostirildi. Ochil Bobojonov, Rahimberdi Ikromov, Maxmudxo'ja Mirzaxo'jaevlar boshchiligida mardikorlikka olish ishlariga qarshi bo'lgan va faqatgina kambag'allarning bolalari ro'yxatga kiritilganidan norozi bo'lgan Toshkent aholisi ham 11 iyulda ma'muriyatga qarshi norozilik namoyishi va qo'zg'olon boshladi. Qo'zg'olonda ayollar ham faol ishtirok etdi. Qo'zg'olonchilar politsiyachilar tomonidan o'qqa tutildi va bir qancha qo'zg'olonchilar og'ir yarador bo'ldilar. /azablangan halq politsiyachilar va kazaklarga qarshi chinakam urush boshlab yubordilar. Oqibatda, chor askarlari politsiya boshqarmasi ichiga kirib yashirinib olishga majbur bo'ldi. Qo'zg'olon kechgacha davom etdi va general Galkin hamda podpolkovnik Savitskiylar boshchiligidagi jazo otryadlari tomonidan bostirildi.

Butun o'lkada chorizm siyosatiga qarshi qo'zg'olonlar kuchayib bordi. 9 iyul' kuni Andijonda, Toshkent shahri atrofidagi bir qator qishloqlarda 10 iyul' kuni eski Marg'ilonda, Shahrixon va boshqa joylarda dexqonlar va hunarmandlar, kosiblar va boshqalarning chiqishlari umumhalq qo'zg'oloni va kurashiga aylanib ketdi.

Jizzaxdagi norozilik harakatlari esa tom ma'nodagi ozodlik urushiga aylanib ketdi. Jizzahliklar dushmanga qarshi g'azovot e'lon qildilar. Qo'zg'olonga Nazirxo'ja eshon va Abdurahmon jevachi boshchilik qildilar. Qo'zg'olon 13 iyulda shahar oqsoqolining o'ldirilishi bilan boshlandi. Halq mingboshi mahkamasiga bostirib kirganda, jazo uchun etib kelgan polkovnik fukin otryadlari qo'zg'olonchilarni o'qqa tuta boshladi. Biroq qo'zg'olonchilar chor askarlariga zarba berib, Fukin va uning yordamchilarini o'ldirishga muvaffaq bo'ldilar.

Yordamga etib kelgan polkovnik Afanas'evning jazo otryadi ham Yangi Jizzax stantsiyasida turib qolishga majbur etildi. Atrofdagi qishloqlardan kelayotgan halq qo'zg'olonchilar safini kengaytirdi. Qo'zg'olonchilar temir yo'l stantsiyalari, ulardagi neft' zaharlari, aloqa simlarini vayron qildilar va yo'q qildilar. Afanas'ev qo'shinlari o'z marralaridan chekina boshladilar.

14 iyulda qo'zg'olon Bog'don, Forish, Sintob bekliklariga ham tarqaldi.

Bog'dondagi qo'zg'olonga rahbarlik qilgan Abdurahmon jevachi Jizzahliklar bilan qo'shilishga qaror qildi. Biroq bu paytda Jizzaxga Toshkentdan 2,5 ming kishilk jazo otryadlari tup va boshqa qurollar bilan birgalikda kelayotgan edi. Nazirxo'ja eshon boshchiligidagi jizzahliklar jazo otryadlari tomonidan ayovsiz o'qqa tutildi va ulardan omon qolgan 600 kishilik guruh Abdurahmon jevachi kushinlari saflariga qo'shildi.

Abdurahmon devachi 20-21 iyul' kunlari Afanas'ev qo'shinlariga zarba berib, uni chekinishga majbur qildi va mag'lubiyatga uchratayotgan vaqtda polkovnik Ivanov otryadlari yordamga etib keldi va qo'zg'olonchilarga zarba berdi. Qo'zg'olonchilar mag'lubiyatga uchratilgach, qo'zg'olon bo'lib o'tgan barcha shahar va qishloqlarda ayovsmz jazo ishlari, xunrezlik amalga oshirildi. Abdurahmon jevachi va u bilan bir safda turib kurashgan 12 kishi osib o'ldirildi. Qo'zg'olon bostirilgan bo'lsa ham, chor harbiylaridan kattagina qismi Jizzaxda o'lim topdi. Qo'zg'olon davomida rus harbiylaridan 260 ga yaqin, rus aholisidan esa 4000 ga yaqin kishi o'ldirildi va bedarak yo'qoldi. Bu xaqda 1916 yil 13 dekabrda IV davlat dumasida so'zga chiqqan noib A.F.Kerenskiy «urush frontlariga yangi bir front turkiston fronti qo'shildi» deb ta'kidlagan edi.

Rus ma'muriyati, qo'zg'olonlarni bostirib, o'z maqsadlariga qisman erishgan bo'lsada, bu bilan halqning ozodlikka bo'lgan intilishini yo'q qila olmadi.

Shohistaxon O'ljaeva

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube