O’zbekiston Xalq Harakati

Ota va o'g'il

Ota va o'g'il
27 Mart 2020 - 18:25 'da yuklandi va 921 marta o'qildi.

 

OTA VA O'G'IL

Ozodiy:
– Fosh ayla, siringni, saqlama pinhon,
Ammo-ki, so'zimdan chiqmagil, o'g'lim!
Kunda yuz ko'y kelib, kechar bu boshga,
Ko'nglimni og'ritib, yiqmagil, o'g'lim!

Maxdumquli:
– Uyalardim, sirim fosh aylamasdim,
Fosh etarman, izn bersang, Ozodim!
Yuz ko'y kelib-kechar, har kun bu boshga,
Istagi bor, safar qilsak, Ozodim!

– O'zingga jabr etma, yolvor, Mavloga,
Inonma xonlarga, bekka, sultonga,
Basdir, bizga qoyim bo'lmoq Tangriga,
Oldirma, ko'nglingni, ketmagil, o'g'lim!

– Biz ketmasmiz, olti bilan besh bilan,
Sayron etib, necha tengu to'sh bilan.
Dunyo ishi g'amlar aro xush bilan,
Ko'nglim qolar, qaror etmas, Ozodim!

– Malakang yo'q, yoshsan, keto bilmassan,
Og'ir-engillarning taslin bilmassan,
Har ishga bosh qo'shib, torta bilmassan,
Ketmoqlikni niyat etmagil, o'g'lim!

– Kimsa so'zlamasa, siri fosh bo'lmas,
Yo'lini tanlagan ortiq yosh bo'lmas,
Bu gal ham qo'ymasang, ko'nglim xush bo'lmas,
Ra'yimni qaytarma, qo'yvor, Ozodim!

– Bizni bundoq tark etmagil hech zamon,
Bu yo'l behudadir, davron beomon,
Qo'y, ketmagil, xasta ko'nglim andarmon,
Qayg'u, xarajatga botmagil, o'g'lim!

– Yurakka kiribdir, islom havasi,
Tanga bilan dirham xalqning ta'masi,
Dunyoni tang etma, Undan hammasi,
Bir safar, ishidir, qo'yvor, Ozodim!

– Qur'on o'qib, kezgil, yaxshi kalomdir,
Berahim afg'ondir, dini islomdir,
Qaroqchidir, yo'llar, qo'rquv – haromdir,
Holing nima kechar, ketmagil, o'g'lim!

– Sinayin, ko'rayin bu kun iqbolim,
Yaxshi kun, xush soat qismatda solim,
Qasd etsa, jonimga, etsa ajalim,
Shu erda ham bo'lsa, topar, Ozodim!

– Bilib, turib, o'zing o'tga otarsan,
Qanday ishdir, bukim, yuksak tutarsan,
Degil, axir, kimlar bilan ketarsan,
Dam urib, har yona boqmagil, o'g'lim!

– Bolangning rahbari, Yazirxon piring,
Ko'ngil qushi parvoz etar, faqirning,
Bu kun etti kundir, “Alhamd” o'qirman,
Shod ayla, ko'nglimni, qo'yvor, Ozodim!

– Ozodiy der, billa safo suraylik,
Tavakkal, etaylik, sinab ko'raylik,
“Omin!” deb, tur, o'g'lim, fotha beraylik,
Bir Tangri yor bo'lsin, mayli, ket, o'g'lim!

– Maxdumquli, aytar: qolmisham ko'pdan,
Ko'ngil qushi tolvos urar, yiroqdan,
Har erda sog'ligim, ista, ul Haqdan,
Duo qilib, Haqqa, yolvor, Ozodim!

MAXDUMQULI
* * *
Turkmanchadan Islom Xolboy o'zbekchalashtirdi

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube