O’zbekiston Xalq Harakati

Umar ibn Abdulaziz

Umar ibn Abdulaziz
28 Mart 2020 - 12:05 'da yuklandi va 703 marta o'qildi.

Umar ibn Abdulaziz yoxud ikkinchi UMAR tarixi. Umar Ibn Abdulaziz sahoba Umar ibn Hattobning chevarasi!

Umar ibn Abdulaziz

Umar ibn Abdulaziz (682 — 720, arab. عمر بن عبد العزيز) — Umaviylar xalifasi, sahoba Umarning chevarasi. O'zining hukmronligi davomida faqatgina Qur'on va Muhammad (sav) sunnatlariga qattiq amal qilgan va bu bilan xalq mehrini qozongan. Tarixchilar unga „Ikkinchi Umar“ ya'ni sahoba Umarning davomchisi, deya ta'rif berishgan. U hijriy 99-101 (milodiy 718-720) yillari Islom davlatiga rahbarlik qildi.

Musulmon tarixchilari ma'lumotlariga ko'ra, u uzoq yillar islomiy bilimlarni, ayniqsa fiqhni o'rgandi. Xalifa Valid davrida u Madina voliyi (hokimi) edi, Sulaymon ibn Abdulmalik esa uni o'ziga voris qilib tayinladi. Voliyligi oxirigacha u barcha umaviylarga xos bo'lgan hayot tarzini tanladi: hoyu hashamni yoqtirar, noyob kiyimlar kiyar edi. Biroq Madinadagi hokimligining oxirgi oylarida birdan o'zgarib qoldi. Hayotidagi bu o'zgarishga bir fojiaga ishtirokchi bo'lib qolganini sabab qilib ko'rsatishadi. Xalifa Valid ibn Abdulmalik voliyga sobiq xalifa Abdulloh ibn Zubayrning o'g'li Hubaybni qattiq jazolashni buyuradi. Buyruqni bajarishga kirishgan Umar ibn Abdulaziz uni daraxtga bog'lab qo'yishni topshiradi.

Keyin mahbus ustidan sovuq suv quyib, qish kuni masjid hovlisida bandi holda qoldirishadi. Hubayb qiynoqlardan o'lib qoladi. Islom tarixchilari xabar berishlaricha, Hubayb vafotidan keyin Abdulaziz o'zini qo'ygani joy topolmay qoladi. U tinmay tavba-tazarrular qilar, Hubaybga aza chekar, kunu tunini ibodat bilan o'tkazar edi. Amalda u o'zining bevosita vazifalarini ado etishni ham esdan chiqaradi. Biroz vaqt o'tganidan keyin esa, iste'foga chiqib, Shomga ketib qoladi. U erda zuhd va taqvo bilan hayot kechirdi, odamlarga pandu nasihatlar qildi, xalifalarga maslahatlar berib turdi, hatto ulardan adolatsiz hukmdorlarni jazolashni talab etdi. U amaldorlarni xalqqa adolat qilishga, Alloh oldidagi mas'uliyatlarini hamisha esda tutishga chaqirdi. Oila a'zolarining baytulmoldan (davlat xazinasidan) olgan barcha mablag'larini joyiga qaytarishni talab etdi. Hatto xotini Fotima oldiga shart ham qo'ydi: yo oltin va qimmatbaho toshlardan yasalgan marjoningni xazinaga topshirasan yoki sen bilan ajarashaman.

Fotima marjonni xazinaga topshirdi. Xalifa etib tayinlangach, Umar oilaviy xarajatlarini keskin kamaytirdi. U baytulmoldan hech narsa olmaslikka qasam ichdi va Suvayddagi (Shom yaqinidagi mavze) eridan keladigan ikki yuz dinor miqdoridagi yillik daromad hisobiga hayot kechirdi. Harbiy yurishlardan keladigan o'ljadan biror dirham (kumush pul) ham olmas edi. Ish shunga borib etdiki, atrofidagilar unga to'g'ri yo'ldagi xalifa Umar (ya'ni, bobolari) ham o'ta taqvoli, iymonli va adolatparvar bo'lganlari holda davlat xazinasidan biroz nafaqa olib turganlarini eslatishdi. Bunga u Umar ibn Xattobning hech qanday mol-mulki bo'lmaganini, o'zida esa mulk borligini ro'kach qildi. Ikkinchi Umar o'z fuqarolariga erkin harakatlanish huquqini berdi, musofirlar uchun karvonsaroylar qurdirdi, ko'plab quduqlar qazitdi, yo'llar chiqardi. U o'tkazgan iqtisodiy islohotlar natijasida aholining yashash darajasi ancha oshdi — xalifalik hududida birorta ham qashshoq qolmadi. Kishilar turmushi shunchalik yaxshilandiki, zakot oladigan odam ham topilmay qoldi. U davlat amaldorlarining xizmat vazifalarini suiiste'mol qilmasliklari, pora olmasliklari, davlat xazinasidan o'marmasliklari va tama'gir bo'lmasliklari uchun ular maoshini oshirdi. Umar ibn Abdulaziz adolatsiz hukm yuritgan va davlat mablag'larini talon-taroj qilgan voliy va davlat amaldorlarini ishdan olib tashlardi. U faol da'vat ishlarini olib borar, musulmon ulamolarini izzat-ikrom qilar va rag'batlantirar edi. Uning hukmronligi davrida xalifalikning ko'plab aholisi Islom bilan sharaflandi.

Uning zamonida turklar Ozarbayjonga hujum qilib, ko'plab musulmonlarni qirib tashlashdi. Bunga javoban Umar ibn Abdulaziz ularga qarshi Hotam ibn No'mon al-Boxiliyni yubordi. Uning o'rdusi (armiyasi) turklarning ko'pini mag'lub qildi, oz sonli jangchilargina qochib qutilishdi. Bir paytning o'zida Vizantiya bilan ham urush borardi. G'arbiy Evropada Shams ibn Molik al-Qulaniy qo'mondonligidagi qo'shinlar Pireneya tog'laridan o'tib Septimaniya va Provansni (Frantsiya janubidagi tarixiy viloyatlar) egallashdi. U erdan Akvitaniya viloyatiga bostirib kirib, Tuluzani qamal qilishdi. Biroq gertsog Akvitanskiy katta o'rdusi bilan musulmonlarga zarba berishga erishdi. Jangda Shams halok bo'ldi, qolgan musulmon sariyyalari (otryadlari) Narboniga chekinishdi. Xalifa Umar ibn Abdulaziz hijriy 101 yil rajab oyida Damashqda o'z a'yonlarining fitnasi qurboni bo'ldi. Ular Umarning o'zidan keyin xalifalikni Yazid II ga topshirmay qo'yishidan qo'rqib, bu mudhish jinoyatga qo'l urishgan edi.

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube