O’zbekiston Xalq Harakati

Alvido tramvay

Alvido tramvay
28 Mart 2020 - 20:10 'da yuklandi va 821 marta o'qildi.

ALVIDO TRAMVAY

Talabalik yillarimning sershovqin hamroxi¸terlagan bo'yniga sochiq tashlagan xorg'in haydovchi boshqargan tramvay bugun Toshkent chinorlari kabi yo'qlikka ravona bo'lmoqda.

Ex tramvay¸ tramvay. Sen soat olti bo'lmasdan Shota Rustaveli ko'chasidan shovqin solib o'tganingda o'sha ko'chada istiqomat qilgan bir mulozimning uyqusini buzgan eding.

Bugun mamlakat rahbariga aylangan o'sha mulozim sendan qasos olaëtganligini bilasanmi ?

Faqat sen hafa bo'lma tramvay.

Bu diktatordan jabr ko'rgan birgina sen emassan.

Bu mulozim bir vaqtlar chinor tagidan o'tib ketaëtib nafasi qisilgan edi.

Iqtidorga kelgach u mangu yashillik timsoli bo'lgan chinorlarni kestirib o'chini oldi.

Bu odam tabiatan qo'rqoq edi¸ u kreml' mulozimlariga hushomad qilishga mahkum bo'lib turgan paytda shoirlar qaddini tik tutib qo'rqmasdan so'z aytishar edi.

U bu manzarani “nega men ular kabi botir emasman” degan kin va nafrat bilan kuzatdi.

U iqtidorga kelishi bilanoq shoiru ëzuvchilar armiyasini tor-mor qilishga kirishdi. Ularni xor-zor qildi. Taxqirladi¸ o'ldirdi mamlakatdan quvdi.

Senga taskin berish uchun aytayapman bu gaplarni tramvay.

Albatta tramvayjon o'z umrining kuzini yashaëtgan bu diktator ko'ziga faqat o'zingning sahardagi shovqining bilangina ëmon ko'rinmading.

2001 yil oxirida Toshkent talabi bilan Pragada hibsga olingan muxolifat lideri Muhammad Solixning qamoqdan ozod bo'lib Chexiyaning hurriyatchi prezidenti Havel bilan ënma ën qahva ichib o'tirishi diktator ko'ksini qasosga to'ldirgan edi.

O'sha paytda Chexiyada ishlab chiqarilgan tramvaylarni Toshkent uchun sotib olish bo'yicha shartnoma imzolangan edi.

Diktator bu shartnomani yirtib tashlab “Dushmanini siylagan” Chexiyadan va uning erksevar lideri Haveldan o'ch oldi.

O'sha tramvaylar Toshkentga bormaganidan hursand ham bo'lgandir¸ zotan agar ular Toshkentga borganida bugun keraksiz temir uyumiga aylanar edi.

Ex Toshkent tramvaylari. Arqon bilan tortib shoxini simga tekkizganda hayajonlanganidan o't bo'lib chaqnaydigan tramvaylar.

Sen dunëdagi eng demokratik ko'lik eding. Haddimiz sig'ib orqangdagi narvonga osilardik.

Esingdami kuz paytida hamma paxtaga ketib shahar huvillab qolgani.

O'shanda Jizzaxga ketaëtgan avtobuslar ortidan “Men ham dalaga borib paxta tersam” degan kabi mo'ltirab qolarding.

Temir izlarga mangu bog'liq eding sen¸ bugun esa
temir iroda seni keraksiz temir uyumiga aylantirmoqda.

Hafa bo'lma tramvay. Seni qayta eritib nimadir yasashadi albatta.

Balki seni yo'q qilgan diktator qabriga temir panjara bo'larsan¸ balki seni yo'q qilish uchun qaror chiqargan mulozimlar o'tirgan qamoqda temir to'shak bo'larsan.

U ëg'ini bilmayman.

Aytadiganim shu¸ men sendan roziman tramvay !

Haqqingni halol qil.

Ba'zan biletsiz sayr qilgan bo'lsam bag'ishla meni.

Alvido tramvay!!!

28 mart 2016 yil Praga
Toshkentdagi 11 tramvayning besh yillik yo'lchisi Shuxrat Bobojon

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube