O’zbekiston Xalq Harakati

Mahdumi A'zam tarixi

Mahdumi A'zam tarixi
29 Mart 2020 - 15:26 'da yuklandi va 753 marta o'qildi.

MAHDUMI A'ZAM TARIXI (1463/64-1542)

Movarounnahrlik alloma, yirik diniy va siyosiy arbob, Naqshbandiya tariqatining rahnamosi va nazariyotchilaridan biri Maxdumi A'zamning to'liq ismi — Sayyid Ahmad Xojagi ibn Sayyid Jaloliddin Kosoniy Dahbediydir. U Farg'ona vodiysining Koson shahrida tavallud topgan. Kosoniyning otasi Qoraxoniylar (840— 1212) sulolasiga mansub sultonlardan Burhoniddin Qilich (XI asr) avlodlaridan bo'lib, onasi esa Koson sayyidlari oilalariga mansub edi.

Maxdumi A'zam ilk ta'limni Koson maktablaridan birida olgan. So'ng Axsikatda, Xoja Muborak madrasasida o'qishni davom ettiradi. Kosoniyning domlasi Mulla Ziyo o'z shogirdining a'lo darajadagi qobiliyatini e'tiborga olib, unga «ilm uz-zohir» (oddiy, umumiy ilmlar)dan yaxshi ta'lim beradi va shu bilan birga «ilm ul-botinni chuqur o'rgatadi. Chunonchi, yosh Ahmad ustozining ra'yiga ko'ra taniqli so'fiy shoirlardan Jaloliddin Rumiyning (1207— 1273) «Masnaviy ma'noviy» deb nomlangan mashhur devonini qayta-qayta o'qib, undagi chuqur falsafiy fikrlarni «qalb ko'zlari» bilan ko'rib, anglab olishga harakat qiladi.

Madrasani bitirgach, Ahmad Kosoniy Shayx Mir Sayyid Aliga shogird tushadi. Mir Sayyid Ali yangi shogirdini bilimini sinab ko'rish uchun qiyin-qiyin savollar beradi. Ahmad Kosoniy savollarga to'liq javoblar qaytaradi. Shogirdining bilimidan mamnun bo'lgan shayx: «Endi men senga emas, balki sen menga ustoz bo'lding», degan ekan. Yana bir necha kundan so'ng Shayx Ali shogirdiga bunday degan ekan: «Shosh viloyati tomon yo'l olki, ul viloyatda zamonimiz qutbi Muhammad Qozi bordur; Xojagon (Naqshbandiya) tariqati korxonasining butun ishlari ul javonmardning qo'llaridadur». Muxammad Qozi (vaf. 1516) mashhur Xoja Ahror (1404—1490) shogirdi va o'z zamonida Naqshbandiya tariqatining rahbari edi. U Xojagi Ahmadni shogird qilib oladi va tez orada o'ziga xalifa etib tayinlaydi. Manbalarga qaraganda, Maxdumi A'zam o'sha chog'larda (tax. 1491-92 yillar) ustozi bilan Hirotga safar qilib, u erda taniqli alloma va shoir Abdurahmon Jomiy bilan bir necha bor uchrashib suhbatlashadi.

Olti oylik safardan so'ng Movarounnahrga qaytgach, Maxdumi A'zam ustozi bilan Toshkentga keladi. 1503 yilda Buxoro shahrining hokimi Muhammad Sulton (1500-1504) taklifi bilan Buxoroga ko'chib boradi. Oradan bir oz vaqt o'tgach, Maxdumi A'zam Muhammad Qozi ruxsati bilan Axsikatga qaytadi va bu erda mustaqil va'zxonlik qilib, Naqshbandiya tariqatini targ'ib etishga astoydil kirishadi.

Muhammad Qozi vafotidan so'ng, Naqshbandiya tariqatining barcha movarounnahrlik shayxlari Maxdumi A'zamni «peshvoyi tariqat» (tariqat peshvosi) sifatida e'tirof etishdi. Tez orada Maxdumi A'zamning shuhrati butun Movarounnahr va uning atrofidagi qo'shni mamlakatlarga yoyildi.

Aynan o'sha kezlarda buyuk shoir va davlat arbobi Zahiriddin Bobur Maxdumi A'zamning e'tiborini qozonish maqsadida unga Xoja Ahrorning «Risolayi volidiya» asarini turkiy tilga ag'darib, Hindistonda bitilgan o'z ruboiylar devoni — «Devoni Bobur»ga qo'shib yuboradi. Aftidan «Boburnoma»da bu hodisa asarning bizgacha etib kelmagan (1509-1520 yillar voqealari zikri) qismida tavsif qilingan. Biroq Mirzo Boburning mazkur devonida Maxdumi A'zamga bag'ishlangan ruboiylar ham uchraydi:

Dar havoyi nafsi xudi mo umri zo'i kardaim,
Pesh ahlulloh az af'ali xud sharmandaim.
Yak nazar ba muxlisoni xastayi dil farmon ki, mo
Xojagi (Ahmad) ro mondaim va Xojagiro bandaim.

Mazmuni:
Nafsimiz havaslarida umrimizni nobud qildik, Endi ahlulloh (so'fiylar) oldida qiliqlarimiz
uchun sharmanda bo'ldik. Bizday xastai dil muxlislaringga bir nazaringni tashlaki, biz Xojagi (Ahmad)ni tashlab ketgan bo'lsak-da, lek biz uning bandalarimiz.

O'z navbatida Maxdumi A'zam Mirzo Boburga bag'ishlab «Boburiya» risolasini yozib Hindistonga jo'natadi.
Taxminan 1524-25 yillarda Maxdumi A'zam Karmana va Miyonqol hokimi Jonibek sultonning taklifiga binoan Karmanaga ko'chib kelgan edi.

Tez orada shayboniy sultonlaridan Ubaydullohxon (1504-1539), Iskandarxon (vaf. 1583), Balx hokimi Kistin Qaro sulton va boshqalar Maxdumi A'zamni o'zlarining ruhiy piri deb biladilar.

Maxdumi A'zamning ilmiy merosi boy bo'lib, u tasavvuf nazariyasi va amaliyoti, xususan, naqshbandiya ta'limotini yanada rivojlantirish sohasida barakali faoliyat ko'rsatdi. Uning qalamiga mansub 30 dan ortiq risola ma'lum bo'lib, «Asror un-nikoh» («Nikoh sirlari»), «Ganjnoma», «Risolat un-sam'iyyatun» («Samo' riso-lasi»), «Bayoni zikr» («Zikr bayoni»), «Risola-i silsila-i Xo'jagon» («Xo'jagon silsilasi»), «Sharhi g'azali Ubaydiy» («Ubaydiy g'azaliga sharh»), «Me'roj ul-oshiqin» («Oshiqlar me'roji»), «Risola-i Naqshbandiyya», «Risolat un-vujudiyyatun» kabilar shular jumlasidandir. U o'z asarlarining ko'p qismida ulamolar, so'fiy shayxlar va davlat arboblari orasidagi munosabatlar xususida to'xtab o'tgan va tariqatning siyosiy faoliyatiga to'la asos bor ekanligini isbotlagan. Xojagi achinib yozganidek, u yashayotgan zamonda viloyat hokimlari shaxsiy manfaatlarini birinchi o'ringa qo'yib, hokimiyat talashish bilan band edilar, tinimsiz harbiy harakatlar esa xalq ahvolini yanada og'irlashtirardi. Shunday murakkab siyosiy va iqtisodiy vaziyatda Maxdumi A'zam o'z obro'yidan foydalanib fitnabozlikka mayli bo'lgan viloyat hokimlarini «Ulug' Xoja Ahror kabi inoqlik dasturxoni atrofiga yig'ib, bir-birlariga sulh qo'llarini uzatishga undadi».

Payg'ambarimiz: «Amirlarning yaxshisi olimlarni, olimlarning yomoni esa amirlarni ziyorat qiladi» hadisiga Xojagi Kosoniy quyidagicha sharh beradi. «Agar amirni ziyorat qiluvchi ulamo dono tanbehlar vositasi bilan davlatda adolatlik, ezgulik, fuqarolar orasida osoyishtalik va barqarorlik o'rnatishni maqsad qilib olsa, bunday olim aslida mazkur (ziyorat etilgan), amir esa zo'ir (ziyorat etuvchi) deb hisoblanadi» («Zubdat us-solikin va tanbeh us-salotin» risolasidan).

Maxdumi A'zamning tasavvuf ta'limotiga oid fikrlari Naqshbandiya nazariyasiga asoslangan. Allomaning fikricha, Naqshbandiya tariqati uch zaruriy qoidaga bo'lingan:

1) Ihvon (birodarlik). Ya'ni, tariqat a'zolari xatti-harakatlarida hamdard, hamnafas va ham-fikr bo'lishlari lozim;

2) Makon (o'rin, mavqe). Har bir tolib murshidining nasihatlariga amal qilib, barkamollikka intilmog'i lozim va shu jarayonda tariqat a'zolari orasida o'ziga munosib mavqe sohibi bo'lib, o'z martabasiga loyiq ish qilmog'i kerak;

3) Zamon. Agar ma'lum bir zamonning xalqlari va qavmlari orasida ziddiyat va ixtiloflar paydo bo'lsa, bular tariqat birodarlarini qarama-qarshiliklarga keltirmasligi lozimdir. Ammo Maxdumi A'zam fikricha, ushbu qoidalar qatoriga yana bir muhimini qo'shmoq darkor — Xon. Ya'ni, tariqat faoliyatining samaralari xalqqa etib borishi uchun, so'fiy toifalarining murshidlari amirlaru sultonlarga yaqinroq bo'lmog'i kerak. Asosiy maqsad bu erda shuki, davlatda osoyishtalik, barqarorlik, fuqarolarni halol mehnat bilan tirikchilik qilishlariga barcha qulay sharoitlar mavjud bo'lsa, unday holda so'fiy shayxlar davlat arboblarini qo'llab-quvvatlaydilar.

Maxdumi A'zam asarlarining eng to'la majmuasi O'zR FA Sharqshunoslik instituta xazinasida saqlanmoqda. Alloma fikrlari va dunyoqarashlariga asosan G'azzoliy (1058—1111), Ibn Arabi (1165-1240), Xoja Muhammad Porso (1348—1420) va boshqa taniqli faylasuf so'fiy olimlarning asarlari ta'sir qilgan. Maxdumi A'zam Naqshbandiya ta'limoti va umuman tasavvuf falsafasini o'z zamoniga moslashtirgan holda yangi g'oyalar bilan boyitdi.

«Mirot us-safo» («Soflik oynasi»), «Asror un-nikoh» risola-sida Ibn Arabining «Dunyo azaliy (ilohiy) mavjudotning oynaviy aksi» mavzuidagi nazariyasiga quyidagicha sharh berilgan: Mutlaq va azaliy mavjudotni darvesh yuragining ko'zgusida in'ikos etishi mumkin. Maxdumi A'zam esa: «Har bir inson yuragida bunday ko'zgu mavjud, ammo uni g'ofillik zangi bosgan. Zangni yo'qotish uchun inson tariqatga kirishib, ruhiy kamolotga intilishi lozimdir»,— deydi.

Yana boshqa qator risolalarida («Odob us-solikin», «Odob us-siddiqin») buyuk alloma Naqshbandiya ta'limotida murid — mur-shid munosabatlari borasida ham o'ziga xos fikrlarni ilgari surgan. Uning fikricha, shu tariqat odobu qoidalarida murid va shayx munosobatlari o'zaro hurmat-izzat asosida qurilmog'i lozim. Shu bilan bir qatorda murid (solik) Allohga vosil bo'lish yo'lidagi to'siqlarni osonroq engmoq uchun o'z piriga to'la bo'ysunishi kerak.

Maxdumi A'zam fikricha, tariqat a'zolari xalqqa yaqin bo'lib, uning dardlari va ehtiyojlariga qayg'udosh bo'lsa ham tariqatga, ham halqqa foydalidir. Shu borada Maxdumi A'zam quyidagicha tushuntirish bergan: «Tolib (haqiqat izlovchi) uchun uning Alloh yo'lida qilgan ibodatlari faqat xalq bilan bo'lgan aloqa va suhbatlarida samarali bo'lishi mumkinkim, agar ul nomard bo'lsa, mard bo'lur, mard bo'lsa, shirmard bo'lur va agar shirmard bo'lsa, fardmard (tengi yo'q mard) bo'lg'ay» («Zubdat us-solikin»).

Maxdumi A'zam Naqshbandiya nazariyasiga yana boshqa islohotlar kiritdi. Jumladan, Naqshbandiya shayxlaridan birinchilar qatorida jahr zikri, samoa va shunga o'xshash tasavvuf marosim tartiblari shariatga xilof emasligini isbotladi va hatto ularni ma'lum bir darajaga etgan shogirdlari orasida tadbiq etdi. Bunday islohotlarning yagona maqsadi — «Naqshbandiya tariqatini turk (o'zbek) va tojiklar uchun bir xil qilib, yaqinlashtirishdir». Allomaning gapiga qaraganda, Xojagon tariqati «o'zida ko'z ko'rmagan va quloq eshitmagan tariqatlarni mujassamlagan va shu sababdan uni tariqatlar sarasi va tuzi, yoxud «silsilat uz-zahab» (oltin zanjir) deb atash mumkin.

Maxdumi A'zamning tarjimai holi va faoliyati yaqin shogirdlari tomonidan bir necha asarlarda yoritilgan. Ulardan: Muhammad Shahri Safoyi al-Kotibning «Anis at-tolibin» («Haqiqat izlovchilarning yaqin do'sti»), Do'st Muhammad Folizkorning «Tanbiyat uz-zallin val-muzillin» («Yo'ldan adashgan va adashtiruvchilarga tanbehlar»), Do'st Muhammad ibn Navro'z Ahmad al-Keshi al-Koso-niyning «Silsilat us-sodiqin va anis ul-oshiqin» («Sadoqatli-lar silsilasi va oshiqlar do'sti») kabi asarlarda eng to'liq va ishonchli ma'lumotlarni uchratishimiz mumkin. Shu manbalar asosida tuzilgan Maxdumi A'zamning to'ldirilgan tarjimai holi ham ma'lumdir. 1617 yilda Abul-Baqo ibn Bahouddin ibn Maxdumi A'zam tomonidan tuzilgan «Jome' ul-maqomat» deb nomlangan asar shular jumlasidandir.

Maxdumi A'zam yozgan risolalarga maxsus bitilgan sharhlar kam bo'lsa-da, ammo bu asarlarning tariqatning so'nggi XVI-XX asr boshlarida bitilgan nazariy adabiyotlarga katta ta'siri bo'lgan.

Nashqbandiya tariqatining taniqli nazariyotchisi Badriddin Kashmiriy (vaf. tax. 1620) o'zining qator asarlari («Rauzat ar-Rizvon», «Rauzat ul-jamol»)da Maxdumi A'zam risolalaridan foydalangan. Uning asrdoshi Naqshbandiya va Yassaviya tariqatlarining buyuk namoyandasi, nazariyotchisi va targ'ibotchisi Sulton Ahmad Xaziniy al-Hisoriy asarlarida ham Maxdumi A'zam bayon etgan fikrlarga keng sharhlar bitilgan. Ma'lumki, Xaziniy 1567—68 yillarda hajga safar qilib, so'ng umrining oxirigacha Usmoniylar saltanatiga qarashli ulkan shahar va viloyatlarda (Suriya, Qohira, Istanbul) yashab, o'sha erlarda Maxdumi A'zam g'oyalarini targ'ib etdi.

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube