O’zbekiston Xalq Harakati

Olma

Olma
30 Mart 2020 - 15:04 'da yuklandi va 1385 marta o'qildi.

OLMA

UCh OLMA insoniyat tarixida tub burilishlar yasagan deyishadi: birinchisi, iblis vasvasasiga uchrab, taqiqlangan olma daraxti mevasidan totingan Odam Ato va Momo Havoning jannatdan quvilishi; ikkinchisi, atoqli fizik olim Isaak N'yutonning boshiga olma tushib, olimning “butun olam tortishish qonuni”ni yaratishi; uchinchisi, Stiv Jobsning “Apple” kompaniyasini tashkil etishi.

Chindan ham bular insoniyat tarixida tub burilish yasagan hodisalar. Ammo ularning birinchisini biroz tahrir qilishimizga to'g'ri keladi. Chunki “taqiqlangan olma” degan tushuncha Ovro'poda keyinchalik paydo bo'lgan. Muqaddas kitoblarda olma daraxti haqida gap yo'q. Islom olamidagi adabiyotlarda, xususan, Rabg'uziyning “Qisasi Rabg'uziy” yoki Navoiyning “Tarixi anbiyo va hukamo” asarlarida “olma” o'rnida “bug'doy”. “Har taqdir bila Odamg'a bug'doy emakdin nahy bo'ldi”, ya'ni “bug'doy emak taqiqlandi”, – deb yozadi hazrat Navoiy, – “Ba'zi uzum, ba'zi anjir debdurlar”. Demak, uzum, anjir, deguvchilar ham bo'lgan, lekin, Navoiyga ko'ra, iblis Odam Ato va Momo Havoni aynan bug'doy eyishga vasvasa qilgan.

Ikkinchidan, N'yutonning ham boshiga olma tushmagan, lekin olimning biografi St'yuklining xabar berishicha, chindan ham, olim bog'da choy ichib o'tirarkan, daraxtdan uzilib tushgan olmani kuzatadi va bu hodisa uning mashhur qonunni kashf etishiga turtki bo'lganligini olimning o'zi gapirib beradi. Bu 1666 yil voqeasi.

Uchinchisi, Stiv Jobs nega o'z kompaniyasini «Olma» deb nomlagan? Bu erda ham hech qanday sirlilik yo'q. Aytishlaricha, Stiv Jobs o'z kompaniyasiga asos solishdan oldin «Atari» degan videoo'yinlar ishlab chiqaradigan kompaniyada ishlagan va alifbo bo'yicha tuzilgan ro'yxatlarda «Atari»dan oldinda bo'lishi uchun u o'z kompaniyasini “Apple” deb nomlagan ekan.

Lekin olmaning insoniyat tarixida muhim o'rin tutganligi haqiqat, olma eng dastlabki «madaniylashtirilgan» mevalardan biri.

Aytaylik, apel'sin, mandarin, kivi kabi mevalarning asl vatani Xitoy; pomidor, kartoshka, kakao kabi mahsulotlarning kelib chiqishi Amerika qit'asi hisoblansa, ma'lumotlarga ko'ra, olmaning vatani – Markaziy Osiyo, aynan, Qozog'iston va O'zbekiston hududi, Tyan-Shan tog'lari ekan. Shu bois bizda olmazor, sebzor kabi olma bilan bog'liq joy nomlari ko'p. Nafaqat bizda, balki boshqa hududlar, hatto Kanadada ham shunday joy nomlari bor ekan. Gapni dastlab uzoqdan – Kanadadan boshlasak.

KANADADAGI OLMA ShAHRI VA OLMA QIShLOG'I

Kanadada ko'pgina joy nomlari «birinchi millat», ya'ni erli xalqlar tillaridan olingan: Ottava, Toronto, Saskachevan, Kvebek, Ontario, Niagara, Monitoba, Abitibi, shuningdek, Kanada nomining o'zi ham. «Kanada» erli xalq – mikmaklar tilidagi «qishloq» ma'nosidagi «kanata» so'zidan yasalgan. Kvebek provintsiyasidagi bir so'lim shahar esa – «Alma» (Alma) deb ataladi. N'yu-Bransvik (New Brunswick) provintsiyasidagi bir qishloqning nomi ham «Alma» (Alma). Ko'pchilik bu nomlar ham erli xalqlar tilidan olingan, deb o'ylaydi. Ammo, shaklan sizga juda tanish tuyulayotgan bu nomlar, ha, aynan, turkcha, to'g'rirog'i, qirim-tatarcha.

Qanday qilib turkiy tillardagi «olma» bu joylarga kelib qoldi? Bu savolga javob qilish uchun Kanada emas, balki Qirim yarimorolida sodir bo'lgan voqealarni eslashimizga to'g'ri keladi.

O'tgan asrlarda eng ko'p va uzoq davom etgan urushlar Rossiya va Usmonli imperiyalari o'rtasida bo'lgan. Ovro'po davlatlari o'z manfaatlaridan kelib chiqib, goh Rossiya bilan ittifoqchi bo'lib Usmonli davlatiga qarshi, goh usmonlilar bilan ittifoqchi bo'lib Rossiyaga qarshi urushlarda ishtirok etgan. Shunday urushlardan biri Qirim urushi deb tarixga kirgan. 1853-1856 yillarda bo'lib o'tgan bu urushda Buyuk Britaniya, Frantsiya, Usmonli Davlati (va boshqalar) ittifoqchi bo'lib Rossiyaga qarshi urush olib boradi va Qirimdagi Alma daryosi bo'yidagi jangda Rossiya o'z mag'lubiyatini tan oladi.

Bu urush aslida Usmonli va Rossiya emas, Frantsiya va Rossiya o'rtasidagi urush edi. Urushning dastlabki sabablaridan biri o'sha paytdagi Frantsiya va Rossiya imperatorlari: Napoleon III va Nikolay I o'rtasidagi shaxsiy kelishmovchilik, qolaversa, bonapartlar sulolasi asoschisi – Napoleon I mag'lubiyati uchun o'ch olish, revansh ham edi. Ikkinchi o'rinda Buyuk Britaniya manfaatlari va oxirgi o'rinda o'sha paytda kuchsizlanib qolgan Usmonli davlati manfaatlari turar edi.

Qirimdagi Alma (Olma) daryosi bo'yidagi ittifoqchi kuchlarning Rossiya ustidan g'alabasi Frantsiya va Buyuk Britaniyada katta voqea sifatida ko'riladi. G'alaba sharafiga (balki Alma daryosi nomi ham frantsuzlarga yoqib tushgandir) Parijdagi bir ko'prik va bir ko'chaga «alma» nomi beriladi. Parij observatoriyasida kashf etilgan bir asteroid ham «alma» deb ataladi. Shuningdek, o'sha paytlarda Buyuk Britaniya va Frantsiyaning koloniyalari bo'lgan bugungi Kanada erlaridagi bir qishloq va shaharga ham “alma” nomi beriladi. O'z navbatida inglizlar ham Yangi Zelandiyadagi bir qishloq va bir daryoni «alma» deb nomlaydi.

QIRIMDAGI OLMA DARYoSI

Quyuq olmazorlardan oqib o'tib, ehtimol, suvida olmalarni ham oqizib kelganligi uchun bu daryo qirimliklar tomonidan “alma” (“olma”) deb atalgan. Daryoning quyirog'ida Almatamaq degan qishloq ham bo'lgan (Hozirda “Peschanoe”). Qaysi davrdan bu daryo “alma” deb atalgani haqida ma'lumot yo'q, ammo Qirimda turkiy qavmlarning juda qadim zamonlardan erlasha boshlagani aniq. “Qora dengiz shimolidan Kaspiygacha cho'zilgan erlarda “Ovro'po xunlari” paydo bo'lgan davrdan (V asr) to chingiziylargacha bu go'zal zamin ko'plab ko'chmanchi qavmlar hukmronligi yoki ta'siri ostida bo'ldi, ular turkiy qavmlar edi”, – deb yozadi amerikalik turkolog P.B.Golden. VI asrda esa bu hududlar (Istemi hoqon davrida) Turk hoqonligi ta'siri ostida bo'lgan edi.

XIII asrdan Qirim yarimorolida kuman-qipchoqlar turfa etnik guruhlar ustidan hukmronlik qila boshlagan va ularning tili turfa tilli elatlar o'rtasida, P.B.Golden ta'biri bilan aytganda, “lingua franca”, ya'ni asosiy muloqot tili, xalqaro til vazifasini o'tagan. XIII asr tarixchisi Ibn al-Asir o'sha davrdagi Qirimdagi Sudak shahrini qipchoqlar shahri, deb ataydi. Dengiz qirg'og'idagi shaharlarda tijorat bilan asosan qipchoqlar shug'ullangan.

Shu bois XIII asrda ovro'polik missionerlar kumanlarning (turk) tilini o'rganishga katta ahamiyat beradi va ital'yan va olmon tilchilari tomonidan “Codex Cumanicus” (“Kodeks kumanikus”), ya'ni “Kuman tili lug'ati” (yoki “Kuman tili risolasi”) tuzila boshlaydi. “Codex Cumanicus”da izohlangan so'zlarning aksariyati, garchi bu lug'at etti asr muqaddam tuzilgan bo'lsada, hozirgi o'zbek tilidagi so'zlarga juda yaqin, desam, mubolag'a bo'lmas. Menimcha, “Kodeks”ni “Eski qirim-tatar tili lug'ati”, deyish ham mumkin. “Codex Cumanicus”da “olma” so'zi ham “alma” shaklida berilgan.

Kumanlar kimlar? O'sha davrlarda Qirim yarimoroli va unga tutash hududlarda yashagan barcha turkiy qavmlar (kumanlar, qunlar, bajanaklar, qarayimlar va h.k.) ovro'poliklar tomonidan kumanlar deb atalgan. O'rta asrlarda ular bilan yaqin aloqada bo'lgan majorlar (vengrlar) esa, kumanlarni “kun”, (ko'plikda:“kunok”) deb bilgan. (Turkolog Yu.A.Evstigneev “Kumany, kuny: kto oni?” maqolasida kuman va qunlarning farqli jihatlarini mushohada etadi. Yu.A.Evstigneevga ko'ra, kumanlar o'g'uzlarga, qunlar qipchoqlarga yaqin bo'lgan.)

XIII asrda Qirim yarimorolida Oltin O'rda hukmronligi o'rnatilgandan keyin kuman va qunlar etnos sifatida tugatiladi, to'g'rirog'i, ular boshqa turkiy qavmlar tarkibiga singib ketadi. Kuman-qunlarning bir qismi chingiziylar bosqinidan qochib majorlar (vengrlar) eriga keladi va “kun” etnonimi faqat Majoristonda saqlanib qoladi. Undan oldin ham (XI asrda) qunlarning majorlarga kelib qo'shilganligi manbalarda qayd etilgan. Bugungi kunda majorlashib ketgan qunlar avlodlari hozir ham Majoristonning ikki viloyati: Nadkunshag (Nagykunság – “Katta qunlar diyori”) va Kishkunshag (Kiskunság – “Kichik qunlar diyori”) viloyatlarining asosiy aholisini tashkil etadi.

“ChO'NTAGIMDA BIR OLMA BOR”

Majoriston poytaxti Budapesht shahridagi asosiy ko'chalardan birining nomi “Alma utca”, ya'ni “Olma ko'chasi” ekan. Qolaversa, Majoristonning boshqa shaharlarida ham shu nomdagi ko'chalar bor, ammo buning Qirimdagi daryoga aloqasi yo'q, shunchaki, “alma” major tilida ham “olma”ni anglatadi. Major tilidagi turkiy so'zlar haqida gap ketganda, ko'pincha, ushbu misol keltiriladi: usmonli turkcha: “Cebimde bir elma var” (“Jebimde bir elma var”), majorcha: “Zsebemben alma van” (“Jebemben alma van”), ya'ni, “cho'ntagimda bir olma bor”. Majorlar ham o'zlarini “Ovro'po xunlari” avlodlari hisoblaydi. Turkolog, lingvist olima Anna Dybo “Ovro'po xunlari”dan keyin maydonga kelgan protobolgar yoki ko'hna bulg'or-turkiy tiliga oid so'z-o'zaklar eng ko'p saqlanib qolgan ovro'podagi til bu – major tili”, – deb yozadi. Bu bilan major tilidagi “alma” so'zi xunlardan qolgan, demoqchimasman. Bu so'z, yuqorida guvohi bo'lganimizdek, qun-kuman, bajanak kabi majorlar tarkibiga qo'shilgan turkiy qavmlar orqali major tiliga o'tgan desak, to'g'riroq bo'ladi. Mazkur misolda keltirilgan turkcha “ceb”, majorcha: “Zseb“, (“jeb” – “cho'ntak”) so'zi esa asli arabcha (جيب), ya'ni turk tiliga o'zlashgan arabizmdir. “Codex Cumanicus”ni kuzatganda guvohi bo'lish mumkinki, o'sha davrlardayoq Sharqiy Ovro'podagi turkiy qavmlar tillarida ko'plab forsiy, arabiy so'zlar qo'llanilgan. Major tilidagi “zseb“, (“jeb”) ham ana shunday turk tili orqali o'zlashgan arabizmlardan biridir. Mazkur misoldagi majorcha “van” (“bor”) so'zi turkcha “var”ga shaklan o'xshab ketsada, fin-ugor tillariga mansub so'zdir.

“OLMA”NING “AJDODLARI”

Mahmud Koshg'ariy “Devonu lug'otit-turk”da “alma” so'ziga shunday izoh beradi: “الما alma – olma (o'g'uzcha). Turklar الملا almila deydilar” (DLT. I t. 150-b). “Devon”da boshqa o'rinda keltirilgan bir maqolda ham “olma” “almila” shaklida yozilgan: “Atasi, anasi achig' almila esa, og'li, qizi tishi qamar”, – ma'nosi: “ota-onasi nordon olma esa, o'g'il-qizining tishi qamashadi”. Bu maqol ota-ona qilmishining bolalarga ta'siri haqida. Demak, turklarning “almila” shakli eskiroq, keyinchalik bu so'z o'g'uz shevasi ta'sirida “alma”ga aylangan bo'lishi mumkin.

Turkolog Anna Dybo bu so'zni “alimla” shaklida prototurk, ya'ni qadimgi turk tiliga tohar tili orqali hind-ovro'po tillaridan o'tgan so'zlar ro'yxatida keltiradi (A.V.Dybo. Tyurksko-toxarskaya kontaktnaya leksika). A.Dyboga ko'ra, hind-ovro'po tillarida “amel” – “mevali daraxt va uning mevasi, olma” – ma'nolarini bildirgan. “The English etymological dictionary”da “apple” so'zi etimologiyasi shunday tushuntiriladi: “apple” so'zi o'rta ingliz tilida “appel” shaklida, ko'hna ingliz tilida “æppel” shaklida bo'lgan. Bu esa o'z navbatida protohind-ovro'pocha “ab(e)l”, “hzébl̥”, “hzebōl” shakllaridan kelib chiqqan. Yuqorida A.Dybodan keltirilgan iqtibosdagi “amel” hamda “ab(e)l” aslida bir so'z, “m” tovushining “b”ga aylanishi esa ko'pgina tillarda o'chraydigan tabiiy hodisa. A.Dybo “alma” prototurk tiliga tohar tilidan o'tgan, degan fikrini shunday tushuntiradi: “Predpolojitel'nyy istochnik tyurkskogo slova doljen byl by vyglyadet', naprimer, kak «amil-la» «yabloko» (> alimla s metatezoy) – refleks i znachenie, v printsipe vozmojnye dlya toxarskogo», ya'ni undoshlarning almashinuvi (metateza) tohar tiliga xos xususiyat bo'lganligi uchun «amilla» – «almila» ga aylangan, degan fikr bildiradi.

Shuningdek, “ab(e)l”, “hzébl̥”, “hzebōl” shakllaridan fors-tojik tilidagi “seb”, sankritcha “seva” shakllari ham kelib chiqqanini ko'rish mumkin.

Slavyan tillaridagi “yabloko”, “yabluka”, “jablko” shakllari – protoslavyan: “abl'ko”, proto-balto-slavyan: “āblan” va o'z navbatida proto-hind-ovro'pocha: “ab(e)l”, “hzébl̥”, “hzebōl”ga borib taqaladi. Shunday qilib, “olma”, “seb”, “apple”, “yabloko” – bir o'zakdan bo'lib chiqadi.

OVRO'PONING ASOSIY MEVASI

“Apple” eski ingliz tilida “umuman meva” ma'nosini bildirgan, deyiladi “The English etymological dictionary”da. “Olma”ning qadimshunoslar tomonidan rekonstruktsiya qilingan eng qadimgi: “abalikā”, “amarnā”, “(a)masl”, “ŝamlu” shakllari ham, mutaxassislarga ko'ra, “meva” ma'nosida. “Olma”ning lotincha nomlanishi: “malum”, “pomum” bo'lib, ular ham proto hind-ovro'pocha o'zakka borib taqaladi. Lotinchada ham bu so'zlar “olma” hamda “meva” ma'nolarini bildirgan. Frantsuzcha “pomme” (talaffuzi: “pom”) mazkur lotincha o'zakdan yasalgan, demakki, “pomme”ni ham “olma” so'zi bilan bir etimologiyaga ega, deyish mumkin. Frantsuz tilida “pomme” so'zi ishtirokida boshqa meva nomlari ham yasalgan. Masalan, “pomme de terre” («Er olmasi») – “kartoshka”, “apel'sin”ning dastlabki nomi frantsuz tilida “pomme d’orange” bo'lgan, Frantsiyaning ba'zi hududlarida “pomidor”ni “pomme d’amour”, deb atashgan. Umuman, rus tilidagi “pomidor” so'zi bir paytlar Italiya erlarida o'sgan “sariq pomidor”ga nisbatan ishlatilgan ital'yancha: “pomo d’oro” (“oltin olma”) so'zidan kelib chiqqan, deyishadi. Shu kabi german tillaridagi: “appelsien”, “sinaasappel”, “apfelsine” hamda ruscha “apel'sin” ham aynan “Xitoy olmasi” ma'nosida bo'lib, ilk bor bu meva Ovro'poga portugal dengiz sayyohlari tomonidan Xitoydan keltirilgani uchun shunday atalgan. O'rta Er dengizi hududidagi ko'pgina tillarda esa bu meva “portugal” ma'nosida “portakal” (turk), “portokali” (yunon), “porteghal” (fors) kabi shakllarda o'chraydi. “Apel'sin”ning eski frantsuzcha “pomme d’orange” nomi ham ba'zi slavyan tillarida: “pomeranč”, “pomaranča”, “pomarańcza” shakllarida yashab kelmoqda. O'z navbatida “orange” ham sanskritcha “apel'sin daraxti” ma'nosidagi “naranga” so'ziga borib taqaladi, bu so'zning forscha shakli “norang” (نارنگ) bo'lgan, o'z navbatida, bu so'z arab tiliga, arab tilida “g” tovushi mavjud bo'lmaganligi bois, “noranj” (نارنج) shaklida o'tgan va arab tili, Andalusiya orqali Ovro'poga “orange” shaklida kirib borgan.

Shuningdek, qadimgi yunon tilidagi “mêlon” so'zi ham mazkur o'zakka borib taqalib, “olma” va “daraxtda o'sadigan meva” ma'nolarini bildirgan (hozirgi yunon va ital'yan tillarida: “mela” – “olma”). Bugungi kunda “melon” so'zi – ingliz, frantsuz, ispan tillarida “qovun”, inglizcha: “watermelon”, frantsuzcha: “melon d’eau” esa – “tarvuz”ni bildiradi. Demakki, ovro'po tillaridagi hatto “tarvuz”, “qovun” so'zlari ham “olma” so'ziga “qarindosh” ekan.

Alqissa, olma insoniyat tarixida markaziy o'rin tutgan mevalardan biridir. Shu bois qadimgi yunon miflaridan tortib, diniy-dunyoviy adabiyotlar, ertaklargacha: “oltin olma”, “janjal olmasi”, “sehrli olma”, “taqiqlangan olma” kabi ramzlar ko'p uchraydi. Ma'lumotlarga ko'ra, olma daraxtining eng qadimiy yovvoyi turi hozir ham Markaziy Osiyo, Tyan-Shan tog'larida uchraydi, shu bois olmaning vatani Markaziy Osiyo hisoblanadi, shunday ekan, olmaning eng qadimgi nomi ham aynan Markaziy Osiyoda paydo bo'lgan bo'lsa, ajab emas.

Abduvohid HAYIT

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube