O’zbekiston Xalq Harakati

Nega «Etti iqlim” deyiladi?

Nega «Etti iqlim” deyiladi?
30 Mart 2020 - 15:12 'da yuklandi va 1075 marta o'qildi.

NEGA «ETTI IQLIM” DEYILADI?

Iqlim lotincha “klima” ( “og'ish”) so'zidan kelib chiqqan. Bu so'z fanga eramizdan oldingi II asrda yashagan Gipparx tomonidan kiritilgan. U Erning odamlar istiqomat qiladigan qismini o'n ikki bo'lakka ajratgan. Yunon olimi Ptolomey bu miqdorni sakkiztagacha kamaytirgan. Lekin o'z qalamiga mansub “Jo'g'rofiya”da iqlimlar nazariyasiga amal qilmagan. Jo'g'rofiya joylarni mintaqalar va eparxiyalar bo'yicha taqsimlagan.

Jo'g'rofiya iqlimlar nazariyasiga to'la rioya etgan holda ilk bor Muso al-Xorazmiy ( 780-850 yillar) bayon qilgan. U Kurrai zaminning ma'mur, tushunarliroq qilib aytganda, insoniyat yashaydigan obod qismini etti iqlimga ajratgan. Ptolemeydan farqli o'laroq mintaqalar, mamlakatlar va ulardagi jug'rofiy hududlarni emas, balki birinchi iqlimdan to ettinchi iqlimgacha bo'lgan joylarni tavsiflagan. Bu jihatdan uning 836-847 yillar oralig'ida bitilgan “Kitob surat ul-arz” risolasi beqiyos ahamiyatga ega.

Kitobda quruqlik, suvlik va tog'likdan iborat 2402 ta jug'rofiy joy o'rni keltiriladi. Mamlakatlar, shaharlar, buloqlar, daryolar, ko'llar, dengizlar, tog'lar va orollar iqlimlar bo'yicha taqsimlanadi. Bu nazariya jo'g'rofiya fanining keyingi rivojiga salmoqli ta'sir ko'rsatdi. Xususan, Erning ma'mur qismini iqlim mintaqalari asosida o'rganishni osonlashtirdi.

Al- Xorazmiy g'oyasini yana bir buyuk bobokalonimiz – Ahmad al-Farg'oniy ( 798-865 yillar) o'zining “Kitob al-harakat as-samoviya va javomi' ilm an-nujum” ( “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi”- odatda u “Astronomiya asoslari haqidagi kitob” deb ataladi) asarida davom ettirgan. Uning 9-bobini jo'g'rofiyaga bag'ishlagan. Etti iqlimning barchasini ulardagi mamlakatlar, viloyatlar va shaharlar bilan birga tasvirlagan.

Faqat o'rtadagi farq shundaki, Muso al-Xorazmiyning “Kitob surat ul-arz”i Ptolomey an'anasiga, Ahmad al-Farg'oniyning “Kitob al –harakat as-samoviya va javomi' il an-nujum”iga hindlar an'anasiga asoslangan. Aniqrog'i, Al-Xorazmiy iqlimlar tavsifini rub'i ma'murning eng g'arbiy chekkasidan –Afrikaning Atlantika ummoni qirg'og'iga yaqin orollaridan boshlab, eng sharqiy chekkasigacha, ya'ni Tinch okeanidagi yapon orollarigacha davom ettiradi. Kenglama yo'nalishida ekvatorial erlardan to shimoliy qutbiy erlargacha bo'lgan hududlar to'g'risida so'z yuritiladi. Al-Farg'oniy esa, gapni rub'i ma'murning eng sharqiy chetidan boshlaydi. Risoladagi tartib bo'yicha keyingi besh iqlim tavsifi diqqatga sazovorligi bilan alohida ajralib turadi. Ularda Markaziy Osiyo hamda bu mintaqaga tutash erlarning viloyat-shaharlari batafsil tilga olinadi. Mana, ayrim misollar:

“To'rtinchi iqlim Sharqdan boshlanadi va Tibetdan, so'ngra Xurosondan o'tadiki, bunda Xo'jand, Usrushona, Farg'ona, Samarqand, Balx, Buxoro, Hirot, Amuya, Marvarrud, Marv, Saraxs, Tus, Nishopur shaharlari bor. Undan so'ng Jurjon, Qumis, Tabariston, Demovand, Qazvin, Daylam, Ray, Isfaxondan o'tadi.

Beshinchi iqlim Sharqda Yajuj mamlakatidan boshlanadi, so'ng Xurosonning shimolidan o'tadi. Unda Toroz- savdogarlar shahri, Navokat ( Navkat), Xorazm, Isfijob ( Sayram), Turarband ( O'tror-hozirgi Aris) va Ozarbayjon, Armaniya viloyati, Barda'a ( Barda), Nashava ( Naxichivon) shaharlari bor.

…Ettinchi iqlim Sharqda Yajuj mamlakatining shimolidan boshlanadi, so'ng turkiy mamlakatlar ( Markaziy Osiyo)dan, so'ng Jurjon ( Kaspiy) dengizining shimolidan, so'ng Rum dengizi ( Qora dengiz)ni kesib saqlablar ( slavyanlar) mamlakatidan o'tadi va G'arb (Atlantika) dengizida tugaydi”.

Ko'rinib turibdiki, Al-Farg'oniy katta kenglikdagi o'lkalarni tavsiflash asnosi o'zining asl Vatani –Movarounnahr shaharlari haqida batafsilroq to'xtalgan. Bundan tashqari, Yajuj mamlakati deb Sharqdagi afsonaviy erni emas, balki hozirgi Mo'g'ulistonning sharqi va Xitoyning shimoli-sharqiga mos keladigan aniq jo'g'rofiy hududni ko'rsatgan.

Abdunabi HAYDAROV,
O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan jurnalist

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube