O’zbekiston Xalq Harakati

Mahbuslarni qamoqda qiynagani ortidan qamalgan “Palach”ning afv qilinish ehtimolidan faollar tashvishda

Mahbuslarni qamoqda qiynagani ortidan qamalgan “Palach”ning afv qilinish ehtimolidan faollar tashvishda
31 Mart 2020 - 10:01 'da yuklandi va 975 marta o'qildi.

“Ozoldik” radiosining xabar berishicha, O'zbekiston jazoni o'tash tizmida “birinchi raqamli jallod” sifatida nom chiqargan va 2014 yili 20 yilga qamalgan 60 yashar Nozim Jumaevning afv qilinish ehtimolidan faolllar tashvishda.

Toshkentdagi inson huquqlari faollaridan biri (ismi aytilmasligini so'radi) o'tgan hafta Jumaevning ukasi u bilan uchrashib akasining bir yarim yil ichida afv etilishini aytgan.

Bundan tashqari Jumaev qamoqdan chiqargan videoda 2020 yil tabrigini yo'llab, “hammasi yaxshi” ekani va “yaqin orada” ozodlikka chiqishi haqida gapirgan.

Faollar Ozodlikka taqdim qilgan videoda Jumaev qora rangli qamoq robasida o'tiribdi. Robaning ko'krak qismida Nozim Jumaev va qaysi modda bilan qamalgani ëzilgan ëzuv ko'ringan.

Frantsiyadagi Markaziy Osiyoda inson huquqlari tashkiloti rahbari Nadejda Ataevaning huquq tartibot organlaridagi mulozimlarga tayanib Ozodlikka aytishicha¸ “2014 yilda 20 yilga ozodlikdan mahrum qilingan Nozim Jumaevning muddati sirli ravishda sezilarli qisqartirilgan. Shu kunlarda Jumaev prezident tarafidan gumanitar asosda afv qilish uchun tayërlanmoqda” deya bildirdi Jumaev masalasini BMTning qiynoqlar bo'yicha qo'mitasigacha olib chiqqan va maxsus tadqiqot e'lon qilgan faol.

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi qamoqxona sobiq mahbuslaridan biri (ismi sir qolishini istagan) Ozodlikka aytishicha, go'ëki diabet kasaliga chalingan degan vaj bilan Jumaevga Navoiy viloyatidagi qattiq rejimli 64/46 koloniyada alohida yaxshi sharoit yaratib berilgan.

Inson huquqlar faollari Ozodlikka Jumaevning koloniyada kauchuk qo'g'irchoqni do'pposlaëtgani va kirib kelaëtgan 2020 yil bilan tabriklaëtgani aks etgan videotasvirlarini taqdim qilishdi.

Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi matbuot xizmatining Ozodlik suhbatlashgan xodimi¸ qattiq rejimli koloniyada mahbuslarning videotasvirga tushib¸ tarmoqqa yuklashi mavjud ichki tartibning qo'pol buzilishi ekanini tan oldi.

Ammo matbuot xizmati xodimi 64/46 koloniyada jazo o'taëtgan Jumaevning tarmoqda video chiqargani yuzasidan jazo qo'llanilgan ëki qo'llanilmaganligi yuzasidan ma'lumoti yo'qligini bildirdi.

Videoni tomosha qilgan sobiq mahbus unda aks etgan zal mahkumlar uchun mo'ljallanmaganligini bildirdi. Jumaev bilan qamoqda birga jazo o'tagan va shu kunda ochiqda bo'lgan sobiq mahbusning Ozodlikka aytishicha¸ “koloniya xozyaini mahbuslar kirishi taqiqlangan¸ ma'muriyat xodimlari va nozirlargina trenirovka qiladigan sport zalida Jumaevga trenirovka qilish uchun sharoit yaratib bergan”.

Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi matbuot xizmati xodimi bu holat bo'yicha izoh bera olmadi.

2019 yilning 13 noyabrida Jenevada bo'lib o'tgan BMTning qiynoqlarga qarshi 68-sessiyasi va BMT inson huquqlari bo'yicha joriy yilning 1 martida bo'lib o'tgan 128-sessiyasida “qiynoq qo'llagan mulozimlarni afv qilish praktikasi” qoralangan edi.

Ayni majlislarda qatnashgan Inson huquqlari bo'yicha milliy markaz direktori Akmal Saidov bu qoralashga qarshi gapirgan va qiynoq qo'llaganlarni afv qilish tarafdori ekanligini jiddiy ta'kidlagan edi.

(BMTning qiynoqlarga qarshi 68-sessiyasi, Jeneva, 2019 yilning 13 noyabr. Video manba: BMT)

Bunday baënotga “Markaziy Osiëda inson huquqlari assotsiatsiyasi” rahbari Nadejda Ataeva «Yo'q ,Akmal Xolmatovich! Odamlarni qiynagan Nozim Jumaev kabi jinoyatchi afv qilinishga loyiq emas!¸ deya e'tiroz bildirgan edi.

Sobiq siësiy mahbus A'zam Turg'unov Ozodlik bilan suhbatda “Nozim Jumaev kabi loxmachlar emas¸ balki qamoqda anchadan beri jazo o'taëtgan Akram Malik, Rustam Abdumannopov, Lutfiddin Muhiddinov, Alisher Ochildiev, Qutbiddin Noraliev, Xurshid Mamatqulov, Asad Tursunov kabi olim, o'qituvchi va harbiylarni afv kilish kerak¸ deya bildirdi.

“Nozim palach” kim?

Mahbuslar orasida “Palach” (Jallod) laqabi bilan nomi chiqqan Nozim Jumaev 2014 yilning dekabr oyida qamoqqa olinib 2015 yilda O'zbekiston Jinoyat kodeksining 273-moddasi – giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarini qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash bilan bog'liq jinoyatda ayblanib, 20 yilga qamalgani haqida Ozodlik o'z vaqtida maqola e'lon qilgan edi.

Ozodlik 30 mart kuni suhbatlashgan huquq-tartibot organlaridagi tergovchilar ta'kidicha, Jumaevning ënidan yarim kilo giyohvandlik moddasi chiqqani isbotlangani ortidan sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum qilingan.

Tergovga yaqin boshqa mulozimlar esa¸ Nozim Jumaev 2014 yili Moskvadan Toshkentga maxsus chaqirtirilib sobiq MXX xodimlarini so'roq qilish chog'ida qatnashishga jalb qilinganidan keyin qamoqqa olingani aytishgan edi.

2014 yili Moskvadan chaqirtirilgan Nozim Jumaev sobiq MXX xodimlarining “tilga kirib¸ iqrornoma”ni tezroq ëzishini “ta'minlab” bergan.

2014 yili 12 nafar MXX xodimi hibsga olingani haqida Ozodlik ma'lumot bergan edi.

Bungacha Jumaev Moskvada muqim yashab kelgan.

Nozim Jumaev Bekoboddagi 64/21-sonli qamoqxonada MXX xodimlarini qiynagani borasida Ozodlik 2014 yili ma'lumot bergan edi.

Ozodlikka sobiq mahkumlar bilan suhbat asnosida ma'lum bo'lishicha¸ Nozim Jumaevning beshafqat “muomalasi” qamoq jazosini Bekobod qamog'ida o'tashga mahkum qilingani aytilgan MXX sobiq xodimlarining yaqinlarini dahshatga solgan.

MXX sobiq xodimlarining yaqinlari Bekobod qamog'idagi kameralarga Nozim Jumaevning kirmasligi uchun katta o'lpon to'lashga majbur bo'lishgan.

Ozodlik manbalariga ko'ra¸ O'zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatining (hozir Davlat xavfsizlik xizmati deb ataladi) 12 nafar sobiq xodimi noqonuniy tadbirkorlik, korruptsiya va davlat mablag'larini o'zlashtirish borasida o'z aybiga iqror bo'lishiga Nozim Jumaev “hissa qo'shgan”.

O'zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatining 12 nafar xodimi uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilinganidan keyin¸ 2014 yilning dekabr' oyida Nozim Jumaevning o'zi ham hibsga olindi.

Nozim Jumaevni tanigan tergovga yaqin zobitlarga ko'ra¸ uning qamalishi “yarim kilo narkotik “ bilan bog'liq emas:

– Jumaev kriminal dunëda nom chiqqan avtoritet¸ Buxorodagi “Moviy gumbazlar” restorani egasi¸ MXX buyurtmalarini ijro qiluvchi jallod bo'lgan bu kishining ënida yarim kilo nasha olib yurishi ishonchsiz voqea. Jumaev juda katta sirlarga oshno bo'lgani bois ichkariga olindi. Jumaevning qamoqqa olinishini ortida o'sha vaqtda MXXning o'zi turganiga ishonaman¸ – dedi manba.

Ozodlik 2014 yili suhbatlashgan bir-biridan mustaqil mulozimlar Nozim Jumaevning sobiq MXX mulozimlari bilan yaqin aloqasi haqida aytishgan edi

Bu mulozimlar iddaosiga ko'ra, Nozim Jumaev MXXdagi Sergienko familiyali kurator tarafidan boshqarilgan.

Jinoyat olamida Nozim Buxarskiy, mahkumlar orasida esa “palach”, “loxmach” deb nom chiqargan bu shaxsning Buxoroda tug'ilgani aytiladi.

Nozim Jumaev Buxoro markazidagi “Moviy gumbazlar” restoranining egasi sifatida ham tanilgan.

Buxorodagi kriminal dunëga yaqin tadbirkorning Ozodlikka 2014 yilda aytishicha¸ bu restoran unga sovg'a qilingan.

– Nozim palach Buxoroda beshafqatligi bilan tanilgan. Buxorodagi tadbirkorlar unga o'lpon to'lagan. Masalan, u egalik qilaëtgan Buxorodagi restoran ham unga Muzaffar Fayz mebel' shirkati tarafidan sovg'a qilingan. Reket¸ talonchilik bilan o'tgan asrning 90- yillaridan beri shug'ullanib keladi. Reket¸ talon-toroj va qotillik aybi bilan uch marta sudlangan. Buxorodagi ko'p sobiq mahkumlarning buyragini pachoq qilgan. Asosan Moskvada yurar edi. Buxorodagi biznesini o'g'li yuritadi ¸ – degan edi suhbatdosh.

O'zbekistonlik jurnalist Aleksey Volosevich o'zbek qamoqxonalaridagi jallodlardan yana biri haqida hikoya qilgan edi.

Jurnalistga ko'ra¸ kriminal dunë qoidalariga zid tarzda ma'muriyat bilan hamkorlikda ish olib boradigan shaxslar o'zbek qamoqxonalarida ko'plab topiladi.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube