O’zbekiston Xalq Harakati

Abdulla Qodiriy. Rus istibdodini qoralagani uchun otilgan adib

Abdulla Qodiriy. Rus istibdodini qoralagani uchun otilgan adib
31 Mart 2020 - 10:12 'da yuklandi va 624 marta o'qildi.

Rossiya imperiyasi hududlari Alyaska yarim orolidan tortib to Finlyandiya va Pol'shagacha, Qora dengiz qirg'oqlaridan to Tinch okeani soxillarigacha, Shimoliy Muz okeani qirg'oqlarini yuvub turadigan Taymir' yarim orolidan to Qozog'iston cho'llarigacha yastanib yotardi.

Ammo shu qadar katta xududlar ham Chor Rossiyasiga kamlik qilayotgandi. Rossiya imperiyasining O'rta Osiyoni bosib olish rejasi ancha oldin Pyotr-1 zamonasidayoq tug'ilgandi.

Avvaliga Bekovich-Cherkasskiy ekspeditsiyasi va keyinchalik Orenburg gubernatori Perovskiyning bosqinchilik urushlari natijasida Turkistonning bosib olingani haqida O'zbekistonda bugun kam eslanadi.

Rossiya bosqini arafasidagi davr haqida ilk bor Abdulla Qodiriy o'z romanlarida yozishga jur'at etgan va buning uchun Stalin jallodlari tomonidan millatchilikda ayblanib, 1937 yilda qatl etilgan edi.

“Vaqt mashinasi” rukni ostidagi navbatdagi hikoyamiz buyuk adib Abdulla Qodiriy hayoti va qismati haqida. “Eltuz” nashri o'zbekistonlik tarixchi Ixtiyor Esonov maqolalari asosidagi uchinchi ko'rsatuvni taqdim etadi.

Abdulla Qodiriy eslagan davr

Abdulla Qodiriyning “O'tgan kunlar” romani qaxramoni Yusufbek Xojining kuyunchalik bilan – tashqi ulug' dushman vatanimiz ostonalarida qo'r to'kib o'tirganini eslatib, beklarga tanbex berganini eslaymiz.

Rostdan ham, Turkiston ishg'olini rejalagan Rossiya imperiyasi uchun qipchoq-sart (qorachoponlilar) ixtilofi ayni muddao edi. Ruslar Oq Machitni olishga tayyorlanib bostirib kelayotgan bir paytda bu yoqda Qo'qon xoni Xudoyorxonning qaynatasi Musulmonqul boshchiligidagi qipchoqlar va Qo'qon xonligi lashkarboshisi Mallabeklar o'rtasida Bilqillam jangi bo'lib o'tadi.

Qodiriy yozganidek, rostdan ham Qo'qon, Toshkent va boshqa shaxarlarda qipchoq og'a inilarning qirg'inbaroti davom etayotgan edi.

Turkiston xonu beklari bir-birining go'shtini eb taxt talashayotgan bir paytda Rossiya oqsuyaklaridan bo'lgan graf Aleksey Razumovskiyning nikohsiz tug'ilgan o'g'li Orenburg general gubernatori, Vasiliy Perovskiy boshchiligidagi 2168 ta saralangan askar Oq-Machitni olish uchun kelishayotgandi.

Bu qo'shinning 89 ta zobiti, uchta generali va o'n ettita zambaragi bo'lgani inobatga olinsa, ularning niyati nechog'lik jiddiy bo'lganini ko'rish mumkin. 1853-yilning 3-iyul' kuni Oq-Machit mudofasi boshlanadi.

Buzilgan tarix

Sovet tarixchilari go'yo, O'rta Osiyo xonliklari o'z xoxishlari bilan Rossiya tarkibiga kirgan degan obsurd yolg'on g'oyani targ'ib qilib, Turkiston xalqlari tarixini soxtalishtirishga zo'r berishadi. O'zbek sovet tarixchilarining katta qismi ham ayni tuturuqsiz g'oyani qo'llab quvvatlaydi. Bu mavzuda ne ne olimlar, dotsent, professor, akademik unvonlarini olishmagan. Eng achinarlisi ayni olimlar va ularning shogirdlari bugun ham eski ma'ruzalarini o'qishda davom etishmoqda.

Aslida Turkistonning yaqin tarixi Rossiya manfaati yo'lidagi qonli urushlar, xoinliklar va qabohatga to'la. Shuningdek rus imperiyasi Turkiston ekspantsiyasini, mag'lubiyatga uchragan Qrim urishidan oldinroq boshlagani ma'lum.

Xullas yuqorida aytganimizdek, Orenburg general gubernatori Vasiliy Perovskiy Amudaryo va  Sirdaryoning ikkala soxilida joylashgan Qo'qon va Xiva xonliklariga tegishli qal'alarni bosib olish va buzib tashlashni taklif qilib imperator Nikolay-1 ga xat yo'llaydi.

Bu yo'lda dastlab Oq-Machit qo'rg'onini olish zarurligini uqtiradi. Darxaqiqat Oq-Machit (xozirgi Qozog'istonning Qizil O'rda shaxri) Turkiston o'lkasining  darvozasi edi. Bu qal'ani Qo'qon xoni Amir Umarxon 1817-yilda forpost sifatida bunyod qildirgan edi.

Oq-Machit Toshkent-Buxoro-Xivaga olib boruvchi yo'llar kesimida G'arbiy Sibir'-To'rg'ay platformalarini, Troitsk-Orenburg yo'llarini bog'lovchi o'ta muhim strategik hududda joylashgan edi.

Rossiya imperiyasi O'rta Osiyoni bosib olishga qaror qilganini 1852-yilning baxorida rus armiyasining Avliyo otaga hujum qilganidan ham bilsa bo'ladi. Bu xujum Aral'sk qo'rg'onida shakllantirilgan general ober-kvartirmeyster Blaromberg boshchiligidagi 170 kishilik otryad bilan bo'ladi.

Rossiya imperiyasining dastlabki hamlasini Yoqubbek ismli Qo'qon beki mardonavor qaytaradi. Ruslar Oq-Machitni ololmasdan chekinadilar. Perovskiy ikkinchi hamlaga tayyorlana boshlaydi.

Qo'qon xonligi begi Muhammad Valixon o'zining bor yo'g'i uch yuz askari bilan qal'a himoyasiga otlanadi. E'tirof etish kerak, harbiy qurol aslahaning takomilligi jixatidan ruslarda katta ustunlik bor edi.

Kapitalizmga qadam qo'ygan Evropa va jaxonning qudratli davlatlaridan bo'lgan Rossiya armiyasi bilan taraqqiyotdan ortda qolib ketgan mamlakat armiyalari o'rtasida farq katta edi.

Lekin bu degani bosqinchilarni engib bo'lmaydi degani emas edi. Buni 170 yil oldin Oq Machitni ximoya qilgan qaxramon ajdodlarimiz isbotlab berishgan, o'sha jangda qatnashgan rus zobitlarining o'zlari ham buni tan olishgandi. Qo'qon sarbozlarining aniq nishonga otishlariyu, qo'lbola bombalarni uloqtirishdagi mahorati haqidagi e'tiroflar tarix sahifalariga bitilgan.

Qal'ani ximoya qilgan uch yuz jangchidan 242 tasi shaxid ketgani, 52 tasi yarador bo'lib safdan chiqqani, mudofaa uchun bor yo'g'i olti kishi qolsayam, jangni davom ettira olishgani haqiqiy qahramonlik edi.

Rus armiyasi Oq-Machitni 160 ta snaryad, 40 ta raketa bilan o'qqa tutib, nixoyat devorlarini qulatib, keyin shaharni ishg'ol qilganini qanday baholash mumkin?

Agar mudofaga o'n-o'n besh ming qo'shini bilan Qo'qon xoni yordamga kelganida, ehtimol tarix mutlaqo boshqa tarzda yozilgan, rus armiyasi Oq-Machitni ololmasligi aniq edi.

Ammo Rossiya imperiyasi Oq machitni nafaqat oldi, balki Turkiston ostonasidagi o'z pozitsiyasini to'la mustaxkamladi.

Eng kir va qora kunlar…

Qodiriy yozganiday, tariximizning eng kir va qora kunlari kelmoqda edi. 1853-1855 yillarda Rossiya Qrim urishiga tortiladi. Bu davrda u Turkistonga mutlaqo e'tibor bera olmasdi. U barcha kuchlarini Evropaga safarbar qilgan edi. Qanday qilib, shunday qulay paytda Oq Machitni qaytarib olmaslik mumkinligiga bugun faqat xayron qolish mumkin.

Demak tashqi siyosatni o'sha paytda chindan ham Qodiriyning “O'tgan kunlari” qahramoni Yusufbek Hojini “uzoqdagi yovni ko'rayapti” deya masxara qilgan kalvak va nodon odamlar boshqargan edi. Ana shunday kaltabin siyosat, oradan o'n-o'n besh yil o'tib Turkistonning  Rossiya tarafidan bosib olinishiga olib keldi.

Abdulla Qodiriy “O'tgan kunlar” romani kaxramonlari  Otabek va Kumushning sevgi muxabbati tarixi fonida birinchi navbatda Turkiston xalqlarining nima sababdan Rossiya mustamlakasiga aylangani, xonliklarning mag'lubiyatlari sabablarini asl mohiyatini tushuntirmoqchi bo'lgan.

Agar Qodiriy faqat ikki yosh muxabbati fojeasini yozganida, bu voqealarni tarixiy jarayonlarga bog'lab o'tirmasdi.

Abdulla Qodiriy o'z asarlarida birinchi navbatda xonliklarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy tizimi, infratuzilmasining  naqadar ayanchli xolga kelib qolgani, davlat tepasida iqtidorli odamlarning nixoyatda kamligini, boshqaruv apparati, sud, ta'lim va boshqa sohalar vijdonsiz, amalparast, xoin, pastkash odamlar qo'liga o'tib qolganini alam va iztirob yozadi.

Lekin Qodiriy o'sha chirkin davrda ham Turkistonda bilimli, tadbirli, ziyoli va xalol odamlar bo'lganini e'tirof etadi.

Asar qaxramonlari Yusufbek Xoji, Otabek, O'taboy qushbegilari shaxsida Turkistonni yaqinlashib kelayotgan balo qazodan, Rossiya imperiyasi istibdodidan qutqarib qolishi mumkin bo'lgan odamlarni ko'radi.

Abdulla Qodiriy jadidlar ichidagi nisbatan yosh avlod bo'lsada, ularning eng iste'dodlisi edi. Men bemalol qo'rqmasdan shuni ayta olamanki, o'zbek adabiyotida Abdulla Qodiriydan oldin ham, keyin ham bunday ulkan romanchi adib bo'lmagan.

Donishmand tujjorning o'g'li

Abdulla Qodiriy 1894-yilning 10-aprel' kuni Toshkent shahrida tug'ilgan. Otasi Qodir bobo davlatmand tujjorlardan bo'lgan. Qodir bobo juda uzoq umr ko'rib, 102 yoshga kirib vafot etgan. Qodir bobo juda donishmand, ko'pni ko'rgan zexnli odam bo'lgan.

Abdulla Qodiriy otasidan ko'p narsalarni, xayot maktabini o'rganadi. Otasining ibratli xikoyalarini  eshitib, katta bo'lgan Abdulla Qodiriyning dunyoqarashi yuksak shakllanadi. Menimcha, “O'tgan kunlar” dagi Otabek bejizga savdogar obrazida berilmagan.  Abdulla Qodiriy Otabekda o'z otasining kasbini, uning oliyjanob, vatanparvar qalbini ko'rgan.

Abdulla Qodiriy 1904-1906-yillar musulmon maktabida ta'lim oladi. Aynan shu davrda jadidlar harakati Turkistonni qamrab ola boshlagan edi.

Zamonasining ilg'or kishilaridan bo'lgan Qodir bobo Abdullani Rus tuzem maktabida o'qitadi. Bu bejiz emasdi. Ko'pni ko'rgan Qodir bobo Rossiyaning taraqqiyot bosqichi Turkistondan ancha oldinga ketganini ko'rib, bilib turgan.

“O'tgan kunlar”dagi Otabekni Ziyo shoxichining uyidagi ziyofatda O'rusiya taraqqiyoti xaqida aytgan gaplarini eslang.

G'arb taraqqiyoti bilan tanishish uchun o'sha davrda rus tili va rus adabiyoti bilan tanishish zarurligini adibning otasi juda yaxshi tushungan. Bu narsani jadidlar ham yaxshi anglashgan. Chunki u davrlarda hali ingliz va boshqa evropa tillarini o'rganishning deyarli iloji yo'q edi.

Shuning uchun otasi Abdullani rus tuzem maktabida o'qitgandi. 1908-1912-yillarda rus tuzem maktabida tahsil olgan Abdulla Qodiriy rus va g'arb adabiyoti bilan tanishgan. 1912-yildan uning ijodiy faoliyati boshlangan.

Abdulla Qodiriy 1917-yilda Abulqosim madrasasida tahsil olib, arab va fors tillarini ham o'rganadi.

1924-1925-yillarda Moskvada Bryusov adabiy kursida ham malaka oshiradi.

1926-yildan “Mushtum” satira jurnalida ishlagan adibning xaqiqiy iste'dodi  ko'rina boshlaydi. Inqilobdan keyin Turkiston muxtoriyati va jadidlar harakatining tor-mor bo'lishi Abdulla Qodiriyni iztirobga soladi.

Qodiriy baxaybat imperiyaning bol'sheviklar timsolida yangilangan talqini millat uchun qanchalik kasofatli ekanligini, shuningdek o'zini dunyodagi eng adolatli, eng xalqparvar, eng insoniy ko'rsatayotgan va bunga avom xalkni ishontira olgan, qo'y terisini yopingan tuzum – bol'shevizmga qarshi ochiqdan-ochiq kurashib bo'lmasligini xam yaxshi anglardi.

Adibga shuhrat keltirgan asar 

Abdulla Qodiriy bu tuzumga qarshi o'z ijodi orqali, adabiyot orqali ya'ni qalam orqali kurashishga bel bog'laydi. Uning “Mushtum” jurnalidagi karikatura va hajviyalari Turkiston jamiyatini mana shunday qullikka olib kelgan illatlarni  ayovsiz fosh qilardi.

Alifni kaltak deydigan ulamolar, xalqni bid'at va xurofat botqog'iga botirayotgan kazzob mullalar, ochko'z, maishatparast, ma'naviy buzuq boylar, ilmsiz kim nima desa ishonib ketaveradigan laqma, sodda ham ma'naviy, ham moddiy qashshoqlarning ustidan kulardi.

Bu kulgular ostida aslida Qodiriyning iztirobi, dardlari yotardi. O'z iztiroblarini u o'zbek romanchiligidagi dastlabki asari “O'tgan kunlar”ga jo etgan edi.

Adib bu o'lmas asarini uch yil, 1922-1925-yillar mobaynida yozadi. Roman chop etilgach, adibga  millat miqiyosidagi olamshumul shuxrat olib keladi.

Xalq bu asarda o'zining xaqiqiy tarixini, o'zini moxiyatini, orzu umidlarini va nihoyat ulkan fojeasini ko'ra olgandi.

Asar shu darajada mashxur bo'lib ketadiki, xalq o'z farzandlariga Otabek, Kumush ismlarini ko'plab qo'yadigan bo'ldi.

1929-yili Qodiriy ikkinchi katta asari “Mexrobdan chayon” romanini yozib tugatdi. Bu asarida ham Qodiriy o'sha-o'sha Rossiya imperiyasining Turkistonni bosib olishi davrida bo'lgan Xudoyorxon zamoni xaqida xikoya qiladi.

Asarda  Qodiriy o'z qaxramonlari – Anvar va Ra'no timsolida xuddi Otabek va Kumush kabi jamiyatni, xalqni yangi davrga olib chiqa oladigan yoshlar bo'lganiga, ammo ular ozchilik bo'lgani uchun muaffaqiyatsizlikka uchraganlariga ishora qiladi.

Qodiriy o'z asari bilan jamiyat tizgini o'sha paytda ochko'z va pastkash odamlar qo'lida bo'lganini ko'rsata olgandi.

Bu ikki asardan keyin, faqatgina bitta asar “Obid ketmon” yaratildi. Nima uchun buyuk adib boshqa asar yaratmadi ekan deb o'yga tolaman. Chunki adib daxo edi. U Stalinizmni yirtqich, xalqlarni bir qolipga soluvchi manqurtlashtirish siyosatini ko'tara olmadi.

Adib boshqalar kabi bu tuzumni ulug'lash bilan stalinizmga sidqidildan xizmat qilishni istamadi.

Abdulla Qodiriy millatni bor yutuqlariyu kamchiliklari, illatlarini; uning mentalitetini, xarakterini juda yaxshi bilgan.

Asarlarida u  o'zining fojeali  tugaydigan taqdirini, xuddi oldindan ko'ra olganday tuyuladi. U xuddi chaqimchi ig'vogar Xomidu, mexrob ichida yurgan chayon mulla Abdurahmonlarni oldindan bashorat qilganday tuyuladi.

Abdulla Qodiriy haqida eslarkan shoir Muxammad Yusufning

“Qodiriyni sotib shoir bo'lganlar –

Mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor”

degan misralari charx uraveradi xayolimda.

Mehrobdan chiqqan chayonlar 

1937-yil tarixga Stalinning qaqshatqich terror yili sifatida kirdi. Aynan o'sha yili Qodiriyning ustidan NKVD ga adabiyot namoyondalarining chakuv xatlari boradi.

Yozuvchi Nabijon Boqiy o'tgan asrning 80 yillarda O'zbekistondagi KGB arxivlariga kirishga muvaffaq bo'lgan kamgina yozuvchilarning biri. U o'zi ko'rgan hujjatlar asosida Qodiriy va Cho'lponlarning qatl etilishiga G'afur G'ulom, G'ayratiy, Olim Sharofutdinov kabi yozuvchilar chaquvi sabab bo'lganiga oid hujjatlarni ochiqlagan edi.

“Eltuz” nashriga bergan interv'yusida 63 yashar adib Nabijon Boqiy o'zining “Qatlnoma” kitobiga asos bo'lgan ayni hujjatlarni eslaydi.

Qodiriyni uzlariga ustoz sanagan, orqasidan nayza sanchgan bu xaqiqiy mexrobdan chiqqan chayonlar, xaqiqiy Homidu, mulla Abdurahmonlar buyuk adibni Stalinning repressiv o'lim mashinasiga em qilishadi.

Abdulla Qodiriy 1937-yilning 31-dekabr' kuni NKVD tarafidan millatchilikda, aksilinqilobiy, burjuaziya adabiyotini, boy feoddallarni ulug'lashda va yana bir qancha tuturug'i yo'q ayblovlar bilan ayblanib qamoqqa olinadi. Qodiriyni salkam bir yil NKVD tergov izolyatorida so'roq qilishadi.

Siz ko'rayotgan Qodiriyning ohirgi surati o'sha qamoqxonada olingan.

Bu surat meni  larzaga soladi. Qodiriyning ko'zlarida qanchalik katta iztirob, dard, havotirni ko'rish mumkin. Bu faqat jismoniy qiynoqlarninggina aksi bo'lmasa kerak.

Qodiriy o'z jismining mahv etilishidan emas, avlodlari, millati kelajagini kutayotgan fojealarni o'ylab iztirob chekayotganday go'yo.

1938-yil 4-oktyabr' kuni bir guruh jadidlar bilan birga Turkistonning ulug' farzandi, buyuk adib Abdulla Qodiriy NKVD jallodlari tarafidan otiladi.

Adibni sotganlar albatta o'sha paytda amal pog'onalariga kutarilishgan, bol'sheviklar bergan sadaqalarni olishgan yoki muqarrar jazodan omon kolishgan. Shundan so'ng Qodiriyning nomi, uning asarlari sovet xukumati tarafidan taqiqlangan.

Tasavvur qiling, o'sha mudxish 30-yillarda agar uyingizda “O'tgan kunlar”,  “Mexrobdan chayon” yoki xatto sovet mafkurasiga ozmi ko'pmi xizmat qilgan “Obid ketmon” asari topilsa tamom xalq dushmani sifatida  uzoq yillarga qamalishingiz va xatto otilib ketishingiz ham xech gap bo'lmagan.

Abdulla  Qodiriy nomi 1956-yilgi  KPSS ning 20-s'ezdidan keyin ya'ni Nikita Sergeevich Xrushchyovning Stalin shaxsi va uning qatag'onlari tanqid qilingan nutqidan keyin oqlanadi.

1957-yili Abdulla Qodiriy to'liq oqlanib, asarlari yana qayta chop etila boshlanadi.

Abdulla Kodiriyning “O'tgan kunlar”, “Mexrobdan chayon” romanlari asosida badiiy fil'mlar ishlangan.

Ayniqsa rejissyor Yo'ldosh A'zamov saxnalashtirgan “O'tgan kunlar” badiiy fil'mi xalq orasida huddi o'sha roman chop etilgan dastlabki yigirmanchi yillar oxiridagiday shon-shuhratga burkanadi.

Hozirgi kunda buyuk adib nomiga Toshkentda metro bekati, hiyobon va turli ko'chalarning nomlari qo'yilgan. Uy muzeyi ham yaqinda qayta ta'mirlandi. Ammo Qodiriy yashagan davr va adabiyot hamon chukur urganishga muxtoj.

Qodiriyni kim qatl qilgan?

Bilmadim, balki bu tasodifdir. Ammo Qodiriy va boshqa buyuk jadidlarimizni qatl etishga hukm chiqargan O'zbekiston SSR NKVD  maxsus uchlik tribunali raislaridan birining familiyasi Abdurahmonov Abdujabbor bo'lgan ekan.

Sizning ham xayolingizga “Mexrobdan chayon”dagi  ayni personaj, yoshligida bachabozlik ziyofatlarining guli bo'lgan, soqoli nish urgach bozori kasod bo'lib, hasadguy, chaqimchi shaxsga aylangan mulla Abdurahmon kelgandir?

Har holda o'zining manfur qahramonini Qodiriy shunday ta'riflagan edi. Ammo ko'p o'tmay, taqdirning o'yini bilan Qodiriyning qatl hukmiga aynan Abdurahmonov dohil uchlik imzo chekadi. Buyuk adib go'yo o'z asari qaxramoniga ism qo'yarkan, kelgusida o'z qismatida mudxish rol o'ynaydigan shaxs familiyasi, ya'ni bobosining ismi aynan Abdurahmon bo'lishini bashorat qilganday edi.

Birok Abduraxmonov Abdujabborning tarjimai xolida 1907-yili uning ham Usmon Yusupov kabi kambag'al bir oilada tug'ilgani yozilgan.

Qodiriy Moskvada o'qib yurgan kezlari, 1924-25-yillarda aynan Abduraxmonov ham Moskva to'qimachilik fabrikasida ishchi bo'lib ishlayotgandi.

U ham Yusupov kabi komsomol faoli bo'lib bol'sheviklar nazariga tushadi.

1928-yilda uni Farg'ona to'qimachilik fabrikasini tashkil qilish ishlariga bosh qilib yuborishadi.

1929-yili Abdurahmonovni Marg'ilon shahar partiya shaxar qo'mitasi birinchi kotibligiga saylashadi. Keyinchalik Farg'ona, Yangiyo'l, Qo'qon shaharlari, Buxoro viloyati partiya qo'mitasi raxbarligiga tayinlanadi.

Abdurahmonovning bunday tez ko'tarilishiga uning bol'sheviklarga sidqidildan xizmat qilishlari yotardi. U 1938-yilning 23-iyulidan O'zbekiston SSR Xalq Komissarlari soveti raisi, NKVD maxsus uchlik guruxi a'zosi bo'ladi.

1938-1939-yillardagi repressiyalarda aktiv qatnashadi.

1946-yilning 15-martidan O'zbekiston SSR ministrlar soveti raisi. SSSR oliy soveti deputati. Maxsus tergov guruxi raxbari bo'lgan Abdurahmonov bol'sheviklar va Stalinga qanchalik qulday xizmat qilmasin, 1948 yili o'zining ham yo'q bo'lib ketishiga bir baxya koladi.

1947 yilgi paxta rejasini bajara olmagani uchun xayfsan oladi. 1950-yili esa O'zbekiston SSR ministrlar soveti raisi lavozimidan ozod qilinadi.

Abduraxmonov yana uzoq yillar turli lavozimlarda ishlaydi. Sovet xukumati va partiyasiga qilgan uzoq yillik sadoqatli mehnati uchun 3 marta Lenin ordeni, Mehnat qizil bayroq ordeni, 1-darajali vatan urushi ordenlari bilan taqdirlanadi.1975-yilda Moskva shahrida olamdan o'tadi.

Sovet hukumati Abduraxmonovning “xizmatlari”ni qanchalik e'zozlagan bo'lmasin, bugungi kunda Qodiriy kitobxonlari uni ehtimol o'zbek mehrobidan chiqqan ayni chayon – Abdurahmon kabi past bir mahluq timsolida eslaydi, ehtimol eslamaydi ham.

Ixtiyor Esonov

Manba: eltuz.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube