O’zbekiston Xalq Harakati

G'arib istiqbol

G'arib istiqbol
01 Nisan 2020 - 18:40 'da yuklandi va 912 marta o'qildi.

G'ARIB ISTIQBOL

O'zbekistonda ko'pincha nisbiy farovonlik, ayniqsa, Karimov davrida choponi yamoq dehqonning hisobidan yaratib kelingan. Dehqon o'lib-tirilib etishtirgan 1 kilo kartoshka yo piyoz 1 pachka sigaret puliga sotilganini eslolmayman. O'zim dehqonchilikning ichida katta bo'lganim uchun yaxshi bilaman. Bundan 5-6 yil avval akamlar 2 ming dollar xarajat qilib sabzi ekishdi. Bola-chaqa bilan daladan kelmasdan 6 oy mehnat qilishdi. Sotgan sabzilari 1000 dollar ham bo'lgani yo'q.

Bunaqalar qancha.

Sababi chegaralar yopilib, narx sun'iy ushlab turilgan. Yasama arzonchilik yaratilgan. Xuddi o'sha chegara mahalliy ishlab chiqaruvchini kasod qilib, Argentinadan 1 so'm boj to'lamasdan yog', Braziliyadan shakar olib kirayotgan savdo mafiyasi uchun hech qachon yopilgan emas. Ammo masalan, sovet davrida bitta Kamazga qovun-tarvuz ortib, Rossiyaga etib olgan dehqon puliga “Jiguli” olib minardi.

Buni ayniqsa, Chustning Olmosidan bo'lganlar yaxshi biladi. O'sha paytlar Sherali Jo'raev qishda faqat olmoslik dehqonlarning to'yida xizmat qilgan. “Katta dehqon” degani, bu o'rta sinfdan balandroq odamlar bo'lgan. Narx-navoni nazorat qilish kerak, faqat bechora dehqonning kosasini oqartmaslik hisobiga emas, balki subsidiyalar orqali. Angliyada kartoshka etishtiradigan dehqon bir yilda o'rtacha 12 ming funt-sterling ( $15000 atrofida) daromad qilar ekan. Ammo bu daromadni qilishi uchun davlat unga bundan uch barobardan ham ko'p, 44 ming funt-sterling (taqriban $55000) qiymatidagi subsidiyalarni beradi.

Agar shu subsidiyani bermasa, 1 kilo kartoshkaning narxi 10 dollarga chiqadi yoki hech kim kartoshka ekmaydi va davlat chet eldan kartoshka sotib olib, o'zinikini emas, chetdagi dehqonni boqishga majbur bo'ladi. Xuddi O'zbekistondagiday. O'zbekistonda yana o'sha eski savdo mafiyasi Pokiston va Erondan arzon kartoshka olib kirish orqali dehqonni sindirish bilan ovora. Ammo inqiroz paytlarida aynan dehqonning, ehtimol, qora kunga asragan kartoshkasini arzonga sotish kerak bo'ladi. Kartoshka va boshqa mahsulotlarning narxini ma'muriy yo'llar bilan tushirish emas, balki aholining xarid quvvatini oshirish, dehqonni erga egalik huquqi va subsidiya, hech bo'lmasa, arzon kreditlar bilan qo'llab-quvvatlash haqida o'ylash kerak.

Toki hammaning, va birinchi navbatda, dehqonning kosasi oqarsin. Bo'lmasa dehqonning farzandlari o'zining erida xo'jayinlik emas, Rossiyaning qora tuproqlarida mardikorlik qilish bilan umr va tirikchilik o'tkazaveradi.

Koronavirusdan keyin shu g'arib istiqbol ham yo'qqa chiqyapti.

Pahlavon Sodiq

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube