O’zbekiston Xalq Harakati

“Katta o'yin”

“Katta o'yin”
02 Nisan 2020 - 13:18 'da yuklandi va 951 marta o'qildi.

“KATTA O'YIN”

Buyuk o'yin (rus. Bol'shaya igra, ing. The Great Game) – 1813-1907-yillarda Britaniya Imperiyasi va Rossiya Imperiyasi o'rtasida Markaziy Osiyoni egallab olish uchun geosiyosiy raqobat.

Buyuk o'yin davridagi «Meni do'stlarimdan qutqaring» nomli karikatura (Afg'on amiri Sher-Ali Rossiya (ayiq) va Britaniya (sher) orasida).

1911-yil karikaturasi: Britaniya (sher) va Rossiya (ayiq), Forslar (mushuk) orasida.

«Buyuk o'yin» termini ilik bor Britaniya maxsus xizmatlari ofitseri Artur Konnoli (Artur Konnoli 1842-yilning 17-iyun kuni Buxoroda qatl etilgan) tomonidan aytilgan. Ushbu terminning keng ko'lamda ishlatilishida Ingliz yozuvchisi Redyarda Kiplingning hissasi katta, u «Kim» nomli romanida ushbu terminni keng tarzda qo'llagan.

Ekspansiya sabablari

O'rta Osiyoga ko'z tikkan kuchlar Markaziy Osiyoni egallab olib uning xalqlarini qaram qilish, qazilma va er boyliklarini o'zlashtirish, Markaziy Osiyo paxtasiga ega bo'lish va o'z pozitsiyasini mustahkamlashga qaratgan edi.

Britaniya Imperiyasi birinchi navbatda Hindistonni qo'ldan chiqarmaslik uchun Markaziy Osiyoni egallashi zarur edi, chunki Rossiya Imperiyasi Hindistonga qanchalik hududi bo'yicha yaqinlashsa Hindlar yurti ham ruslar qo'liga qaram bo'lishi ehtimoli yuqori bo'lar edi.

Voqealar xronologiyasi

1838-yilning dekabr oyida Britaniya armiyasining 30 ming askari Afg'oniston hududiga bostirib kirib Qobul taxtiga Britaniya Toji nomzodi shoh Sho'jani qo'yishdi. O'shanda Britaniya okkupatsiyasi uch yil davom etdi.

1841-yilning noyabr oyida shoh Sho'ja taxtdan ag'darildi. Britaniyalik agent Aleksandr Byorns olomon tomonidan shafqatsizlarcha o'ldirildi, qolgan inglizlar mamlakatdan quvib chiqarildi.

1854-1880-yillarda Rossiya Imperiyasi O'rta Osiyoni egallab olganidan keyin, qarama-qarshilik yanada kuchaydi. Britaniya Bosh Vaziri Benjamin Dizraeli Qirolicha Viktoriyaga xat yuborib Rus armiyasini Kaspiy dengizigacha quvib yuborib o'z pozitsiyasini mustahkamlamoqchi ekanini aytdi.

1978-yilning yozida Rus Imperatori Aleksandr II Turkistondagi 20 ming askarni Afg'onistonning Balx, Bamian va Qobulga yurish uchun safarbar etdi. Ittifoq tuzish uchun general Nikolay Stoletov Afg'oniston Amiri Shir-Ali huzuriga keldi. O'shanda ular Kashmir va Chitralga yurish boshlanishi kerak edi, ammo ushbu yuish amalga oshmadi.

Afg'on Amiri Sher Alining Ruslarga bo'lgan sodiqligi Britaniya Bosh Vaziri Dizraelini 2-Ingliz-Afg'on urushini boshlashga undadi. 1879-yilning yanvarida 39 ming askardan iborat Britaniya armiyasi Qandahorga kirishdi. Afg'on Amiri Britaniyaliklar bilan kelishuv tuzishiga to'g'ri keldi. Shundan so'ng 100 ming askardan iborat Afg'on baynalminalchilari inglizlarni Qobulda qamal qilishdi. 1880-yilda Benjamin Dizraeli omadsizlikdan so'ng parlament saylovlarida mag'lubiyatga uchradi. Dizraeli o'rniga kelgan Vilyam Gladston Britaniya armiyasini Afg'oniston hududidan olib chiqdi va Amir bilan ittifoq tuzdi.

1885-yilda rus-ingliz dushmanligi eng kuchli pallaga keldi va o'sha yil «Afg'on Inqirozi» deb nom oldi. General Aleksandr Komarov rus armiyasini Marv tomonga boshlab bordi va Panjde tomonga yaqinlashib bordi. O'z navbatida Britaniya tomoni Afg'on Amiridan ruslarni janubdan quvib chiqarishni talab qildi. 1885-yilning 18-mart kuni bo'lib o'tgan «Ko'shk jangi»dan so'ng ikki tomon o'rtasida muzokaralar boshlandi, keyinroq Rossiya imperiyasi va Afg'oniston o'rtasida davlat chegarasi qisman aniqlab olindi.

1890-1894-yillarda Rossiya va Britaniya Imperiyalari o'rtasida Pomir ustidan nazorat qilish uchun kurash boshlandi. 1891-yilda Britaniya armiyasi Pokiston shimolida joylashgan Gilgit yaqiniga kirib bordi va Pokiston shimolini bo'ysundirdi. Rus armiyasi tomonidan o'tkazilgan ekspeditsiyadan so'ng rus-ingliz kelishuvi bo'lib o'tdi. Kelishuvga binoan Pomirning bir qismi Afg'oniston hududiga o'tdi, yana bir qismi Rossiya imperiyasidagi Buxoro amirligiga o'tdi.

Qolgan yillarda Britaniya armiyasi asosan Markaziya Osiyoning sharqiy qismlariga yurishlarni amalga oshirdi. 1907-yilda rus-ingliz konventsiyasi tuzildi.

Shohistaxon O'ljaeva

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube