O’zbekiston Xalq Harakati

Muhabbat

Muhabbat
02 Nisan 2020 - 18:48 'da yuklandi va 1102 marta o'qildi.
Akrom MALIK
MUHABBAT
Mo'minlarning o'z Robbilariga muhabbati kuchli bo'lishi xabarini bergan Alloh subhonahu va taologa cheksiz hamdlarimiz! Alloh O'ziga habib o'laroq tanlagan nabiyyimiz Muhammad Mustafo Rasulullohga, u kishining oilasiga, ashoblariga Allohning salomi bo'lsin!
الَّذِیۡنَ اٰمَنُوۡۤا اَشَدُّ حُبًّا لِّلّٰہِ
Alloh taolo Qur'onda: “Iymon keltirganlarning Allohga muhabbatlari kuchlidir!” – degan [Baqara, 165].
عن أنس بن مالك رضي الله عنه عن النبي صلى الله عليه وسلم قال ثلاث من كن فيه وجد حلاوة الإيمان أن يكون الله ورسوله أحب إليه مما سواهما وأن يحب المرء لا يحبه إلا لله وأن يكره أن يعود في الكفر كما يكره أن يقذف في النار
(رواه الإمام البخارى)
Anas ibn Molik roziyallohu anhu aytadi:
Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam: “Iymonning halovatini uch xislatga ega bo'lganlar topadi:
1) Alloh va Uning Rasulini boshqa barcha narsadan ko'ra mahbub biluvchi;
2) bir kishini yaxshi ko'rsa, Alloh uchungina yaxshi ko'ruvchi;
3) kufrga qaytishni jahannam olovida yonishni yomon ko'rganidek yomon ko'ruvchi”, – deb marhamat qilganlar [Buxoriy rivoyati].
Islomga taslim bo'lganlar muslimdirlar, Allohga va U buyurgan hamma narsaga iymon keltirganlar mo'mindirlar. Muslim inson iymon halovatini tuya olmasligi mumkin.
U farzu vojiblarni, sunnatu mustahablarni ado etishda bardavom, lekin bu amallardan halovat, baxtiyorlik topmaydi. Chunki u iymon halovatidan bebahra.
Iymon halovati muhabbat bilan birgadir. Muslimning amallarida namoyon bo'luvchi muhabbat, ishtiyoq, ehtimom, ixlosning manbai – Iymondir.
Iymondagi yaqiyn, ixlos, sidq va muhabbat amallarning mohiyatini ochib beradi, mo'minni ibodat vositasida Allohga bog'laydi. Gunohkorlik tuyg'usi Allohdan hayo qilish oqibatida tug'iladi. Hayo esa Iymondandir. Halovat baxsh etgan Iymonning manbasida muhabbat bo'lganidek Allohdan hayo qildirgan Iymon, shubhasiz, halovat bulog'idir.
Iymon ne'matini bizga faqat Alloh ato etadi. Iymon va iymonlanish mujdasini keltirgan, insoniyatga yagona va mangu saodat yo'lini ko'rsatgan zot Muhammad sollallohu alayhi va sallamdir.
Allohga itoat namunasini ko'rsatgan Nabiyyimizni sevmaslik mumkinmi? Jaholat zulmatidan Iymon nuriga etaklagan bu Inson, shubhasiz, muhabbatlarimiz sarchashmasi va sevgilarimiz manzilidirlar.
Farzu sunnatga Iymon amri o'laroq yuksak ehtimom ila yondashgan mo'minni aynan shuning uchun yaxshi ko'rish mumkin, xolos. Kufr Iymonni kuydirar ekan, u ayni jahannam kafolatidir, jahannam olovida yonmoq ne qadar yoqimsiz! Kufrga qaytmoq ham mo'min uchun shu qadar nafratlidir.
Mo'min qalbini gunohlardan himoya etsin. Zotan, qalbni makon tutgan muhabbatni gunohlar yo'q qiladi.
Gunoh esa xayolda uyg'onadi, so'ng niyatga do'nadi, vasvasaga aylanib, bir qabih ish qiyofasida tiriladi va yaqiyn, sidq, ixlos, muhabbatni birma-bir halok etgach, inqiyod va istislomga tahdid qila boshlaydi.
Ey iymon yo'lidagi Habibim!
Modomiki, Sen Allohga muhabbatdan bir zarra his etdingmi, uni yo'qotma. Qalbingni tekshir, nafsingni terga. Toki xayolingga gunohkor o'ylar-da, kelmasin!
Allohning farzi, Rasulimizning, sollallohu alayhi va sallam, sunnatlari adosida xokisor, muxlis bo'lib, Allohning chegarasidan bir qadamni tashqari qo'yma!
Iymonning ofati bo'lmish riyo, ujb, suma', kibrdan Robbim Seni omon etsin!
Alloh yo'lida nafsu shaytonga boshlaganing jangda muzaffar va sobit bo'l. Qo'llaringni duoga ochganingda mazlum birodarlaringni duo qilishni xayoldan faromush etmagaysan, in shaa Alloh.
Vas salamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube