O’zbekiston Xalq Harakati

Qamoqxonalar to'lib ketgan, mahkumlar vaqtincha chiqariladimi?

Qamoqxonalar to'lib ketgan, mahkumlar vaqtincha chiqariladimi?
02 Nisan 2020 - 20:32 'da yuklandi va 909 marta o'qildi.

Bi-Bi-Si radiosining xabar berishicha, dunyo bo'ylab hukumatlar qamoqxonalarda koronavirus tarqalishining oldini olish yoki to'xtatishga qaratilgan keskin choralarni ko'rmoqda.

Eron 85 ming mahkumni vaqtincha ozod qilgan, 10 ming nafarni avf etgan.

AQSh Bosh prokurori Uilyam Bar koronavirusga chalinish xavfi yuqori bo'lgan mahbuslarni vaqtincha uylariga chiqarishni taklif etdi.

Eng ko'p mahbuslarga ega Los Anjeles shahrida hozirning o'zida 1700 nafar mahbuslar ozodlikka chiqargan.

N'yu York, Kaliforniya va Oxayo shtatlarida ham mahbuslarni ozodlikka chiqarish boshladi.

Prezident Tramp federal qamoqxonalardan “zo'ravonlikka mutlaq qo'l urmagan” keksa yoshdagi mahkumlarni ozod qilishini aytdi.

O'zbekistonning janubiy qo'shnisi Afg'oniston koronavirus tarqalishini jilovlash maqsadida 10 mingga qadar mahbuslarni ozod qilishini bildirgan.

O'zbekistonning o'zida rasmiylar jazo muassasalarida qat'iy karantin tartibi e'lon qilingani, tumov va shamollash simptomlari bo'lgan tergovchi va advokatlar qo'yilmayotgani, shuningdek, mahkumlarning yaqinlari bilan uchrashuvlar to'xtatilganini aytishgan.

Mamlakat qamoqxonalarida rasman koronavirus tarqalish holatlari qayd etilmagan.

Bi-bi-sining koronavirusga qarshi choralar doirasida ayrim mahkumlar vaqtincha ozod etilishi mumkinmi, degan savoliga IIV matbuot xizmati rahbari Shohruh G'iyosov “hozirda unday ma'lumot yo'q” deb javob berdi.

Zaif qatlam

Jahon Sog'liq Tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra, dunyo bo'ylab 11 million atrofida mahbuslar qamoqda ushlab turilgan bo'lib, har yili taqriban 30 million odam boshqa turdagi jazo choralarini o'taydi.

Ko'pgina davlatlarda qamoqxonalarning to'lib ketgani va sanitariya sharoitlari jiddiy muammo.

Ushbu omillar va shuningdek, keksa yoshdagi mahkumlarning virusga chalinish xavfi qamoqxonalar pandemiya o'chog'iga aylanishi mumkin, degan xavotirlarni uyg'otmoqda.

Britaniyada mahkumlarning taqriban 16 foizi, AQShda 20, Italiyada esa 25 foizini 50 yoshdan oshganlar tashkil etadi.

Jahon Sog'liq Tashkiloti ekspertlariga ko'ra, hozirda qamoqxonalarda epidemiya tarqalishining oldini olishning yagona yo'li jazo muassasalaridagi mahkumlar sonini kamaytirish orqali ijtimoiy masofalanishni yo'lga qo'yish.

Jahon Sog'liq Tashkilotining 2019 yil noyabrida e'lon qilingan hisobotida aytilishicha, Evropadagi qamoqxonalarning yarmidan kamida dezinfektsiya vositalari mavjud.

“To'lib-toshib ketgan”

O'zbekiston qamoqxonalari dunyodagi eng yopiq jazo muassasalaridan hisoblanadi.

So'nggi yillarda hukumat BMT ma'ruzachisining qamoqxona va hibsxonalarga tashrif buyurishiga izn bergan, Xalqaro Qizil xoch tashkilotining tashriflari ko'paygan.

Ammo shunday bo'lsa ham, jamoatchilikda qamoqxonalardagi haqiqiy ahvolga doir rasmiy ma'lumotlarni olish imkoni kam.

AQSh Davlat Departementining o'tgan yilgi dunyoda inson huquqlariga doir yillik hisobotida O'zbekiston qamoqxonalarida mahbuslarning to'lib-toshib ketgani va dori-darmon etishmasligi aytilgan.

“Mahkumlarning yaqinlari ko'pincha uydan egulik va dori-darmon olib borishadi. Siyosiy mahkumlar ventilyatsiyasi yo'q kameralarda qishda 0 gradusdan past, yozda esa 48 gradus issiqda ushlab turilgani haqida xabarlar olingan. Qamoqxona ma'muriyatlari rasman Jahon Sog'liq Tashkilotining sil kasali va OITSga qarshi dasturlari bilan hamkorlik qiladi, ammo infektsion kasalliklar qanchalik keng tarqalgani haqida ma'lumot yo'q”.

AQSh Davlat Departamentiga ko'ra, O'zbekiston qamoqxonalarida odam ko'pligi, sanitariya sharoitlari yomonligi va tibbiyot xodimlariga imkon etarli emasligi bois mahkumlar orasida infektsion kasalliklar aholi orasidagi raqamlardan ko'p, deb ishonishga asos bor.

Toshkentdan sobiq mahkum va inson huquqlari faoli A'zam Turg'unovning aytishicha, O'zbekiston qamoqxonalarida sharoitlar og'ir va hukumat, hech bo'lmaganda, Karimov davrida nohaq qamalgan insonlarni ozodlikka chiqarishi kerak.

U qamoqxonalarda sanitariya-gigiena qoidalari talablari to'liq bajarilmasligi va tibbiy yordam ko'rsatish darajasi juda past ekanini aytadi.

“Shu bois mazkur penitentsiar muassasalardagi kontingent uchun koronavirus singari kasalliklarni yuqtirib olish xavfi juda yuqori”, – deydi O'zbekiston qamoqxonalarida 10 yil o'tirgan A'zam Turg'unov.

Uning aytishicha, standart o'lchami 11x18m bo'lgan “barak”da ko'p holatlarda normada ko'rsatilganidan ortiq mahkumlar saqlanadi.

“Hammom, yuvinish joylari, hojatxona, oshxonalar talab darajasidan past. SPID, sil bilan og'rigan maxkumlar aralash saqlanadi. Bir krujkada choy ichadi, bir miskada ovqatlanadi, bir hammomda cho'miladi”, deydi sobiq mahkum.

Uning fikricha, O'zbekiston hukumati pandemiya manzarasida mahkumlar sonini qisqartirish masalasini ko'rib chiqishi kerak.

“Bu kechiktirib bo'lmaydigan masalalar sirasiga kiradi va tezkor echimni taqozo qiladi. Bunda birinchi navbatda, buyurtma jinoyat ishlari va soxtalashtirilgan jinoyat ishlarini, shuningdek, JKning 159, 216, 244-moddalari bilan qo'zg'atilgan jinoyat ishlarini ko'rib chiqish maqsadga muvofiq”, -deydi A'zam Turg'unov.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube