O’zbekiston Xalq Harakati

Amerikani kim kashf etgan?

Amerikani kim kashf etgan?
03 Nisan 2020 - 12:07 'da yuklandi va 987 marta o'qildi.

AMERIKANI KIM KAShF ETGAN?

Frederik Starr ning sharhlashicha, o'rta osiyolik musulmon olim Abu Rayhon Beruniy o'z darsxona-hujrasini tark etmagan holda Kolumbdan bir necha asr avval Yangi Dunyoni kashf etgan bo'lishi mumkin.

Bir asrdan ortiq davr ichida bir qator olimlar, tashabbuskor va qiziquvchilar “Amerikani haqiqatan kim kashf etgan?” degan savolni ilgari surmoqdalar. Ba'zi bir da'volar o'ta g'aroyib bo'lib, ular Rud orollaridagi qadimiy finikiylar yoki O'rta Podshohlikdan San-Frantsisko ko'rfazi orqali kelgan xitoyliklar xaqida ma'lumotlar beradi. XX asrning 50-yillarida sarguzashtparast norveg sayyohi va etnografi Sor Heyerdal bashorat qilishicha, peruliklar bu erlarga Kolumb dengiz orqali kelishidan bir necha asrlar avval ikki Amerika va Polineziya o'rtasida o'zlarining yog'ochdan yasalgan elkanli qayiqlarida qatnar ekanlar.

Agar aqlga sig'maydigan nazariyalarni chetga surib qo'ysak, kashfiyotchi laqabiga da'vogar bo'lgan bir qator nomzodlarni topishimiz mumkin. Ularning eng birinchisi venetsiyalik dengizchi va kashfiyotchi Zuan Kabotto (1450-1499) dir. Uning da'vosi Kolumb Amerika qirg'oqlariga 1498 yilga qadar kelmagan degan faktga asoslanadi. Zuan Kabotto esa Shimoliy Amerika sohillariga undan bir yil oldin kelgan. U Angliyadan dengiz osha yo'l olgan, inglizzabon o'lkalarda Jon Kabot nomi bilan tanilgan. Keyin bu maqtov Venetsiyadan Angliyaga ko'chib o'tadi. Aniqlanishicha, u Bristolda homiylar topgan va Qirol Henri VII dan yorliq (patent) olgan. Biroq asosiy homiy Londonda joylashgan Italiya Bank Uyi bo'lib chiqadi va shon-shuhrat yana Italiyaga qaytadi.

Kashfiyotlar va shubhalar

1966 yili ingliz tadqiqotchisi Alvin Radok 1498 yilga oid Jon Day ismli ingliz tijoratchisi tomonidan Kolumbga yuborilgan maktubni topadi. Ushbu maktubda Jon Dayning aytishicha, “aniq ta'kidlash mumkinki”, bir yil avval Kabot ziyorat qilgan Shimoliy Amerikaning asosiy qirg'oqlari undan avval Bristol porti (Radokning tug'ilgan shahri) dan yo'l olgan dengizchilar tomonidan kashf etilgan. Radok o'sha ingliz dengizchilarining 1470 yil Amerikaga etib kelganliklarini tasdiqlovchi bir qator hujjatlarni topgan. Afsuski, Radok 2005 yili vafot etayotganida bu hujjatlarning barchasini yo'q qilishni buyurgan. Sovrin yana bir bor Shimolga yo'l olish arafasida yangi shubhalar paydo bo'ldi.

Ushbu bahslashuv doirasida italiyalik tarixchi Franchesko Jiydi-Brus­kolli Kabotning italiyalik homiylari haqida ma'lumotlarni kashf etgan, ushbu ma'lumotlar – sarg'ayib ketgan pergament qog'oziga bitilgan qadimiy xaritadan iborat bo'lib, diqqatni o'ziga tortuvchi ramzlar majmuasini o'z ichiga oladi. Unda aytilishicha, Kabot bir necha yillar oldin yuz bergan kashfiyotni ta'kidlash uchun yuborilgan ekan. Ital'yan tilida yozilgan ushbu xaritada zikr qilinishicha, venetsiyalik Jovanni Kaboto (Kabot)ga “Yangi Er”ga dengiz orqali safar qilish vazifasi yuklatilgan. Darhaqiqat, “Yangi Er” ital'yan tilida noaniqlik artikli “un” bilan emas, balki aniqlik artikli “il” bilan berilgan. Bu esa Jiydi-Bruskolining fikricha, homiylar uchun ikki Amerikaning mavjudligi avvalgi kashfiyotchining ma'lumotlari asosida aniq bo'lgan, Kabotning vazifasi esa ana shu ma'lumotni tasdiqlash edi, xolos.

Ayni paytda skandinaviyalik tadqiqotchilar skandinaviya saga bitiklarini inglizlar va ital'yanlardan avval ularning ajdodlari Shimoliy Amerikaga dengiz osha safar qilganliklarini tasdiqlash uchun o'rgandilar. Viking xalqlarining qissasi shundan iboratki, ular Grenlandiyaning janubiy-g'arbiy sohillari bo'ylab topilgan arxeologik topilmalarga asoslanib, hozirda ma'lum Grenlandiya orollarini kashf etish uchun o'zlarining kichkina qayiqlarida ulkan to'lqinlar osha kirib borganlar. XX asrning boshlarida Oslodagi Kristianiya universiteti professori Gustav Storm skandinaviyaliklar Kanada sohillari yaqiniga borganliklari haqida dalillar keltirdi. Ularni Markland (Janubiy Labrador), Hiluland (Bafin oroli) va Vinland (Nova Skotia) deb nomladilar.

Qadimgi skandinaviya bitiklari

Bu sarguzashtparastlar orasida Grenlandiyani kashf etgan Erik Red (950-1003) ning o'g'li Leyf Erikson (970-1020) 1000 yili Vinlandni ko'rgani bilan tarix sahifalariga kirdi. Haqiqatan, 1387 yilga oid bo'lgan bitiklarda aytilishicha, Xiryul'f o'g'li Byarno ismli shaxs Leyf Eriksondan avval Vinlandga kelgan, u 985-986 yillarda yo'lidan adashib, quruqlikni ko'rib qolgan deyiladi. Biroq bu fikr o'z tasdig'ini topmadi.

Shunday ekan, Amerikani bunday skandinaviyachasiga “kashf etish” qanday ma'noni bildiradi? Leyf Erikson nasroniy da'vatchi bo'lgan va uni Norvegiya qiroli Olaf I (995-1000 yillarda hukm surgan) Grenlandiyaga dinni tarqatish uchun yuborgan. Qaytayotganida, yo'ldan janub taraf og'ib ketgan va Nova Skotiyani ko'rgan. Uning bu sarguzasht chog'ida omon qolganidan hayratlangan skandinaviya bitiklari mualliflari uni “omadli Leyf” deb ataganlar.

Eriksondan tashqari Shimoliy Amerikaga yaqinlashgan aksariyat skandinviyaliklar tijorat bilan shug'ullanganlar. Agar ularning tijoratlari yurishganda edi, ular bu qit'aga yana qaytib borgan bo'lardilar. Biroq ular bunday qilmadilar. Ularning Shimoliy Amerika qirg'oqlariga qilgan yagona jiddiy safarlari qizil tanli hindular bilan to'qnashuvga olib keldi va ular tez orada kemalariga qarab juftakni rostlab qoldilar. Vikinglarning Yangi Olamga kelganliklarini tasdiqlovchi dalil 1960 yili N'yu-Faunlandning shimoliy tarafidagi Lans yoki Midozda eng janubda topildi.

Arxeologlarning Grenlandiyadagi Lans yoki Midozda kashf etgan ibtidoiy tarzda somonli paxsadan qurilgan uylari qoldiqlari o'sha skandinaviyalik tijoratchilarning jasur sarguzashtchi ekanliklarini ko'rsatadi. Biroq ularning “kashfiyotlari” tamomila o'z-o'zidan sodir bo'lgan, bunga sabab kutilmagan tomondan esgan shamol edi. Viking xalqlari o'sha erlarni kashf etishni qasd qilib, o'zlaridan avvalgilar etib kelgan joydan biroz uzoqroq masofa sari bor jon-jahdlarini berib harakat qilganlar. Ular Grenlandiya yoki Islandiya, yo Norvegiyaga qaytib kelganlarida o'z qissalarini gulxan atrofida to'plangan tinglovchilarga so'zlab berardilar. Shimoliy Amerika sari yo'l olgan vikinglar yo'lboshchilarining birortasi o'qishni va yozishni bilishi haqida hech qanday dalil-isbot yo'q.

Omadli Layfning sarguzashtlarini o'z ichiga qamrab olgan tarixiy yodnoma hisoblanmish “Hamburg cherkovi episkopining a'mollari” nomli kitobni Olmoniya shimolida Adam Smit (1050- taxminan 1081/1085 yillar) yozgungacha taxminan uch avlod o'tdi. Adam va boshqa muarrixlar hamda yodnomalar mualliflari o'z rivoyatlarini ushbu favqulodda sayohatlarning kelib chiqadigan natijalari haqida biror bir tushunchaga ega ekanliklarini ishora qilishdan xoli bo'lgan quruq voqeiy uslubda bayon etganlar.

Ayni paytda vikinglar Grenlandiyadagi o'z bazalaridan janub va g'arb sari yo'l olar ekanlar, eng yaqin dengiz bilan bu joylarni orada bir necha oylar davom etuvchi masofa ajratib turgan sohilbo'yi bo'lmagan erlarda tamomila o'zgacha voqea sodir bo'ldi. Bundan 3000 yildan qo'proq vaqt avval hozirda O'zbekiston, Turkmaniston va Afg'oniston deb atalgan katta o'troq markazlarda savdogarlar o'z mollarini Evroosiyoning turli burchaklari sari va Evropadan Hind va Xitoyga jo'natar edilar. Ularning hozirgi kunda o'nlab zamonaviy yuk mashinalari ko'tara oladigan mollarini tuyalardan iborat karvonlar tashir edi. Bu o'lkalarda zarb etilgan oltin va kumush tangalar valyuta sifatida Shri Lankadan tortib Angliyagacha qabul qilinar edi. Vikinglar boshqa narsalar qatori ana shu oltin-kumush tangalarni mohirlik bilan to'pladilar, chunki ularning keng miqyosda qabul qilinishini bilar edilar. Markaziy Osiyolik savdogarlar esa o'z o'lkalariga qaytganlarida bir necha qavatli binolar ichida isitgichlar haqida batafsil hikoya qilish bilan kifoyalanmay, o'zlari ziyorat qilgan o'lkalarning jug'rofiy tabiati va iqlimi haqida batafsil ma'lumotlar yozar edilar. Mahalliy olimlar ana shu yozuvlarni to'pladilar va tahlil qildilar.

Fazilatli aql

Ana shu olimlaring eng buyugi Abu Rayhon Beruniy edi. U hozir O'zbekiston deb tanilgan o'lkada Orol dengizi yaqinida 973 yili tug'ilgan. U yoshligidayoq matematika, astronomiya, mineralogiya, geografiya, kartografiya, geometriya va trigonometriyani mukammal o'rgandi. U fors, arab va xorazmiy tillarida gaplashar edi. Xorazmiy tili XII-XIII asrlarda Buyuk Eronda hokim bo'lgan sunniy sulolaning tilidir. So'ng u sanskrit tilini ham o'rgandi.

Beruniy yoshlik chog'idayoq o'z yurtining kengligini va uzunligini o'lchay olishga muvaffaq bo'ldi. Boshqa joylar haqida ana shunday ma'lumotlarni yig'ishni boshladi. Qadimiy yunon manbalariga asoslanib, O'rta Er dengizi olamidagi yuzlab joylar haqida ma'lumotlar to'pladi. Kompasning barcha nuqtalaridan boshqa joylarning hisoblarini qo'sha boshladi. Klaudio Ptolemey kabi (taxminan miloddan avvalgi 150 yillar) qadimiy olimlarning asarlari, ulardan keyingi yangiroq manbalar va o'zining mushohadalari asosida Er kurrasining aylana shaklda ekanligini bildi. U 30 yoshga etganda Er kurrasi muhitini aniq hisoblash uchun o'z davrining eng taraqqiy etgan sistemalarini qo'llar edi. Beruniy birinchi bo'lib 16 qadam (4,8 m) lik Er kurrasi xususiyatlarini ko'rsatuvchi globusni yaratdi, bu narsa hatto Uyg'onish davriga qadar biror kimsaning aqliga kelmagan edi.

Beruniy Markaziy Osiyodagi bir qator boshqa olimlar izidan bordi, ular orasida hozirgi o'zbekistonlik Ahmad al-Farg'oniy ham bor, u IX asrda ekvator uzunlik chizig'ining bir darajasini hisoblab, shu asosda Er kurrasining aylanasini hisoblab chiqara oldi. Uning hisob-kitoblari Beruniynikichalik aniq bo'lmasa-da, biroq u qadimiy yunon olimlarining hisob-kitoblaridan ancha afzal edi va bu hisob-kitoblar “Yulduzlar ilmining to'plamlari” (taxminan 833 y.) nomli kitobi o'quvchilarning keng ommasini jalb etdi. Besh asr so'ng Kolumb al-Farg'oniy kitobining lotincha tarjimasiga duch keladi. U Er kurrasining doiraviyligini ta'kidlagani holda al-Farg'oniy ma'lumotlarini er kurrasining hajmi kichik ekanligidan va uni aylanib suzib o'tish mumkin ekanligidan shubha qilayotgan potentsial homiylarni ishontirish uchun qo'lladi. Shu bilan birga u al-Farg'oniy o'z hisob-kitoblarida arab millari emas, balki rim millarini qo'llagan deb xato hisobladi. Bu Er aylana uzunligining haqiqiy hajmidan 25% kamroq hisoblashiga sabab bo'ldi. Shuningdek, uning noto'g'ri tushunishi (ehtimol, ataylab qilgan bo'lsa, ajab emas) shunga olib keldiki, u Sibanjo (yoki Yaponiyani) Virjiniya orollari yaqinida deb o'yladi. Bu xato Kolumbning homiylardan Xitoy safariga borishi uchun mablag' olishida katta ahamiyati bor edi, chunki u nisbatan qisqa safar bo'ladi, deb hisoblagan edi.

Beruniy mineralogiya fanida ham katta yutuqlarga erishgan, aniqroq qilib aytganda, barcha turdagi minerallarning og'irligi va nisbiy zichligini, turli minerallarning tabiatdagi reaktsiyalarini o'rganish asnosida solishtirma og'irlik degan tushunchani ixtiro qilgan.

Beruniyning qanday qilib aniq hisoblashga erishish qobiliyatini kasb etgani sir bo'lib qoladi. Albatta, bu narsa uning qanday ta'lim olgani bilan bog'liq, u qadimiy yunon olimi Pifagor “Narsalar raqamlardir” degan nazariyani ilgari surgan asarlarini o'rgangan. Biroq Beruniyning o'zi kuzatgan barcha narsalarini qiyoslashga bo'lgan doimiy istagi ma'rifatga chanqoq bo'lgan sinchkov aqli bilan birgalikda uni g'oyat muhim ahamiyatga ega bo'lgan xulosalar chiqarishga olib keluvchi yo'lga boshladi. Bu esa uni Kolumb, Kabot va vikinglardan ko'p tomonlama ustun bo'lishiga olib keldi.

1017 yil kirib kelishi bilan Beruniy o'z tug'ilgan yurtining intellektual poytaxti Urganchda (yoki Gurganjda) mashhur olim bo'lib tanildi. Biroq shu yili Afg'onistondagi g'aznalik mutaassib musulmon hokim Xorazmga yurish qildi. Xorazmni qulatib, uning poytaxtini vayron qildi. Mahmud G'aznaviy qahri qattiq hokim sifatida tanilgan edi. Biroq u mintaqadagi boshqa hokimlar qatori o'z atrofiga shoirlar va olimlarni yig'ishga harakat qildi. U Beruniyga G'aznaga kelishni va tadqiqotlari natijalarini o'zi bilan olib kelishni buyurdi.

Beruniy bosh urarga joy topolmaganidan so'ng uning amriga bo'ysunishga majbur bo'ldi. Ayni paytda shu fursatdan Mahmud G'aznaviy o'tgan o'n yillikda bosib olgan Hind yurtini o'rganish uchun foydalandi. Biroq Mahmud G'aznaviy og'ir tabiatli hokim edi. Tez orada buni tushunib etgan Beruniy undan uzoqlashib, hozirgi Pokistonda joylashgan Lahor shahriga ko'chib ketdi va u erda dunyoda birinchi bo'lib, dinlarni qiyosiy o'rganish borasida islom va hindiuzm dinlariga alohida e'tibor qaratgan holda kitob yozdi. Beruniy o'z kuzatishlari asosidagi mulohazalarini va oddiygina usturlobni o'zi bilan olgan holda hozirgi Islomobod yaqinida joylashgan Nandanaga ko'chib o'tdi.

Beruniy Er aylanasini o'lchash bilan bog'liq bo'lgan qadimiy masalaga qaytib, mana shu maqsadda yangi uslub yaratdi. Bu o'z ichiga aniq kuzatishni, doiraviy trigonometriyani va sinuslar qonunini qamrab olar edi. Bu tekis er ustidagi ikki nuqta uzoqligini ishlatishdan anchagina oson edi. Ana shu uslub asosida erishilgan natija bugungi kundagi zamonaviy texnikalar qo'llab aniqlangan natijadan bor-yo'g'i 10,44 mil farq qiladi, xolos.

1030 yili Mahmud G'aznaviy vafot etgandan so'ng Beruniy qo'lyozmalarini to'plab yana Afg'onistonning G'azna shahriga qaytib keladi. Mahmud G'aznaviyning o'g'li Mas'ud Birinchi (1031-1040 yillar hukm surgan) Beruniyni olqishlab kutib oladi va uning ilmiy tadqiqotlar olib borishi uchun sharoit yaratib, barqaror bo'lishiga yordam beradi. Beruniy butun hayoti davomida solishtirma og'irlik borasida olib borgan tajribalari asosida to'plagan tadqiqotlarini qog'ozga tushiradi, so'ng uni “al-Qonun al-Mas'udiy” (“Mas'udiy Qonuni”) deb atalgan katta to'plam shakliga keltiradi. Beruniy ushbu kitobda astronomiya va u bilan bog'liq bo'lgan mutaxassisliklar borasida o'sha davrda ma'lum bo'lgan ma'lumotlarni to'playdi.

Beruniy “Mas'udiy Qonuni”da Quyosh o'z o'rnida sobit ekanligi va Er uning atrofida aylanishi haqidagi nazariyani ilgari surdi. U to'liq geliontsentrik dunyoqarash fikriga yaqin keldi, geliotsentrik borliq tushunchasi boshqa variantlardan mantiqiy jihatdan kam emasligini ta'kidlab, matematiklar va astronomlardan ushbu fikrni yo rad etishni yoki qabul qilishni talab qildi. Ajablanarli emaski, “Mas'udiy Qonuni” so'nggi o'rta asr va hozirgi zamon oralig'idagi davrning eng buyuk asarlaridan hisoblanadi. Beruniyning “Mas'udiy Qonuni”da Shimoliy va Janubiy Amerika mavjudligi haqida taxmin qilingan.

Beruniy Nandanada olib borgan er aylanasi haqidagi tadqiqotlarini taqdim qilar ekan, yangi xaritasida ma'lum bo'lgan barcha geografik joylarni yanada aniqroq qilib belgiladi. Uzunlik va kenglik nuqtalar ro'yxati birinchi majmuasidan ko'ra ancha kengaydi, faqat Hindistonning bir o'zida 70 dan ortiq joyni va shuningdek, Evroosiyodagi yuzlab boshqa quruqlik joylarni o'z ichiga qamrab oldi.

Beruniy o'z ma'lumotlarini er xaritasiga ko'chirar ekan, Evroosiyoning butun quruqlik hududi G'arbiy Afrikaning eng chet tarafidan tortib, to Xitoy qirg'oqlari sharqining eng chetigacha butun er kurrasining beshdan ikki qismini tashkil qilishiga e'tibor berdi. Shu sababli er yuzining beshdan uch qismi hisobga olinmay qolganligini aniqladi.

Dunyo okeani

Qadimiy asrlardan to Beruniy davrigacha bo'lgan geograflar 15 ming mildan iborat bo'shliq – Evroosiyo quruqligini “dunyo okeani” bilan o'ralgan deb tushuntirar edilar. Lekin er yuzining beshdan uch qismi haqiqatan ham suv bilan o'ralgan ekanmi? Beruniy bu ehtimolni nazarda tutdi-yu, lekin uni kuzatish va mantiq asosida rad etdi. Nisbiy og'irlikni o'rganishi natijasida qattiq minerallarning aksariyati suvdan og'ir ekanligi unga ma'lum edi. Suv bilan to'la olam bu sayyorani jiddiy nomuvozanatga olib kelmaydimi: u vaqt o'tishi bilan bu sayyorani moslashishga majbur qiladimi? Er kurrasining beshdan ikki qismida quruqlikni yuzaga kelishiga olib kelgan kuchlarning erning qolgan beshdan uch qismida ham ta'siri bo'lmaganmi, degan savolni o'rtaga qo'ydi. Beruniy bunga ko'ra qaerdadir Evropa va Osiyo o'rtasidagi okeanning keng hududlarida bir yoki bir necha noma'lum quruqlik yoki qit'alar mavjud degan xulosaga keldi.

Bu noma'lum qit'alar inson yashamaydigan bo'shliqlarmi yoki odamlar yashaydigan qit'alarmi? Ushbu masalani o'rganish uchun Beruniy uzunlik chizig'i xaqidagi ma'lumotlarga murojaat qildi. Agar insonlar Shimol va Janub o'rtasida Rossiyadan to Hindistonning janubi va Afrikaning qalbigacha bo'lgan qatta miqyosdagi kenglikda yashar ekanlar, u holda noma'lum qit'a yoki qit'alar inson yashamaydigan joylar bo'lsa, unda ular ana shu kenglikning yoki shimolida, yo janubida joylashgan.

Ushbu gipotezani hal qilish maqsadida Beruniy o'z kuzatish doirasidan tashqariga chiqib, Aristotelning mantig'ini qo'lladi, u farazlar asosiga qurilgan xulosa qilish nazariyasidir. Evroosiyo quruqligi taxminan er kamari atrofida cho'zilganligini e'tiborga olib, faraz qildiki, boshqa joylarda yuz bergan kuchli o'zgarishlar natijasi bo'lishi mumkin. Er haqidagi mavjud ma'lumotlar unga noma'lum qit'alar chet shimoldagi yoki chet janubdagi keng­lik doirasida joylashganligi haqida xulosa qilishga asos bermadi. Beruniy Atlantik va Tinch okeani o'rtasida joylashgan quruqlik joylar odamlar yashaydigan joylar degan xulosaga keldi. Haqiqatan ham bu shunday edi.

1037 yili Yangi Olamning borligi haqidagi nihoyatda katta ahamiyatga ega bo'lgan ushbu natijalarga Beruniy o'tgan o'ttiz yil mobaynida olib borgan ilmiy izlanishlari tufayli erishdi.

Beruniy XI asrning birinchi uchdan birida Amerikani kashf etdimi? Bir tomondan bu savolga mutlaq inkor javob berish mumkin, chunki u o'zi kashf etgan Yangi Olamni yoki qit'ani o'z ko'zi bilan ko'rmagan edi. Buning aksi, skandinaviyaliklar Shimoliy Amerika qirg'og'iga 1000 yildan sal oldinroq o'zlari nimani kashf etganliklarini tushunmagan holda qadam qo'ydilar. Leyf Erikson o'rmonlarga boy Shimoliy Amerika qirg'oqlariga mutlaqo ahamiyat bermagan edi. Hatto u bu erlarga qaytib kelishga o'zini urintirmadi ham. Uning Eriksonning safari haqida og'zaki xabarlarini tinglaganlar yoki undan keyin skandinaviya hujjatlarida bu haqda o'qiganlar ham shunday. Shu bilan birga agar “kashf etish” skandinaviyalik dengizchilarning “nereflektiv operatsiyalari”ni o'z ichiga olsa, u holda sovrin viking qabilalarida ketishi kerak.

Biroq Beruniy eng kamida har qanday skandinaviyalik kabi Shimoliy Amerika kashfiyotchisi degan laqabga sazovordir. Beruniyning o'z natijalariga erishishida qo'llagan ilmiy yo'lining hayratga solish darajasi ana shu natijalarning o'zidan kam emas. Uning maqsadga erishish yo'lidagi vositalari venetsiyalik yoki skandinaviyalik dengizchilar kabi omadga tavakkal qilish emas edi, balki u chuqur mulohazalar, aniq yig'ilgan faktlar va nihoyat darajada aniq bo'lgan mantiq qorishmasidan iborat edi. Dunyoni kashf etish bo'yicha mana shunday ilmiy tahlilni yarim ming yillik o'tgungacha boshqa biror kimsa qo'llamadi.

Bu sohada ma'lum bo'lgan barcha ma'lumotlarni to'plab, o'rta asrlardagi yunon, hind va shuningdek, arab hamda markaziy osiyolik olimlarning ilmiy asarlarini o'rganib chiqib, Beruniy o'zining natijalariga erishish uchun butunlay yangi uslublarni yaratdi, ularni o'z davrining eng yangi matematika, trigonometriya va geodeziya uslublarini hamda Arastu mantig'ining jiddiy uslublarini yaratdi. U o'z natijalarini gipoteza shaklida taqdim qilishga hushyorlik bilan intilar edi, chunki boshqa tadqiqotchilar uning natijalarini tekshirishni va ularni yaxshilashni xohlashlarini anglar edi. Lekin bu narsa yana besh asr davomida yuz bermadi. Va nihoyat, evropalik kashfiyotchilar uning gipotezalari to'g'ri ekanlini va jur'atli fikrlarini isbotladilar.

Erkin bo'lish

Markaziy Osiyo farzandi Beruniy antik dunyoda va buyuk evropa kashfiyotlari asri o'rtasida eng buyuk kashfiyotchi bo'lgan, deb aytish mumkin. Ushbu xulosani Beruniy asarlarining ikki xislati ta'kidlaydi. Birinchidan, Beruniy diniy yoki dunyoviy aqidalar, fol'klor yoki ertaklar bilan bog'lanib qolmay, fikrlash va mantiqning dasturiy va aniq tatbiqi asosida o'z muvaffaqiyatlariga erisha oldi. Beruniy musulmon edi, biroq u madaniyat bilan bog'liq bo'lgan islom dogmalaridan erkin bo'lishga erisha oldi, bunga erishish uchun nasroniy G'arbdagi olimlarga bir necha asr kerak bo'lgan edi. U o'zining bu hayratlantiruvchi ilmiy kashfiyotlariga dengizdan uzoqda, suv bilan chegaralanmagan bir mintaqada yashab, o'z darsxona-hujrasini tark etmagan holda ilmiy qiyoslashlar orqali erishdi. Beruniy o'z ilmiy xulosalariga to'liq amin bo'lgani holda ularni shunday tarzda bayon etdiki, u aniq yo'nalishlarni ko'rsatdi va har qanday kimsa bu xulosalarga ergashishi mumkin edi.

Ming yil avval ushbu entsiklopedik olim aniqlab bergan bu yo'nalishdan bugungi kunda kim ustun tura oladi?

Bir jihatdan, ilm o'zining ma'rifat mazmuni qanday bo'lishidan qat'iy nazar o'z-o'zidan foydalidir. Ilm nuri esa abadiy va so'nmasdir. Ilm xizmatchisi tirishqoq tolibi ilmlarning urinishlarini bahsda g'olib chiqish umidida emas, balki ana shu ilmning o'zidan hayratga tushganlarida maqtashlari lozim.

Hatto bugungi kunda ham Beruniyning uslubi go'yoki irratsionalizm va xurofot keng tarqalgan o'rta asrlar tubidan osoyishta ilmiy ovoz taralayotganday aqlni hayratga soladi.

Beruniy ana shularning barchasiga ko'pchilik xurofotga botgan, taassub va zo'ravonlik keng tarqalgan qoloq mintaqa deb hisoblagan bir o'lkada yashab, mehnat qilib erisha oldi. Beruniyning tug'ilgan joyi O'zbekistonning g'arbida Orol dengizining yaqinida joylashgan bo'lib, bu dengizga nisbatan sobiq Sovet Ittifoq XX asrning elliginchi yillarida mana shu mintaqada yuz bergan o'tgan asrning eng dahshatli ekologik fojialaridan biriga sababchi bo'ldi. Beruniyni o'z yutuqlariga Turkmanistonning Markaziy Osiyoning “Quvayt”iga aylantirgan bepoyon gaz konlaridan uzoqdagi shimoliy hududlarida joylashgan uzlatdagi bir mintaqada erishdi. O'z tadqiqotlarini qog'ozga tushirishni esa u Nandana (Pokistonning Panjob iqlimidagi g'arbiy mintaqa)da amalga oshirdi. Bu mintaqa Jammu va Kashmirdan bir soatlik yo'lda joylashgan bo'lib, bu erlarda keyinchalik Pokiston va Hindiston o'rtasida yarim asr davom etgan qurolli to'qnashuvlar yuz beradi. “Mas'udiy Qonuni” kitobini yozgan Afg'onistondagi G'azna shahriga kelsak, hozirgi kunda bu shaharga borishning o'ziyoq xavf-xatarli ish bo'lib, Kobul va Qandahordagi minalashtirilgan yo'llardan o'tish uchun bronemashina va qo'riqchilar kerak bo'ladi.

Shunga qaramay, inson bu ishni qilishi mumkin, Kadimiy G'azna xarobalarida Beruniyning haqiqiy qabrini topishi mumkin. Bu erda Afg'oniston qalbida o'rta asrlarning eng so'nggi kashfiyotchisi, butun dunyoga o'zi egallagan barcha ilmlari bilan ochiq bo'lgan insonning qabri joylashgan.

Agar Afg'oniston ustiga barqaror hukumat kelsa, va u rivojlana boshlasa, G'azna shahrini, olamshumul kashfiyotchi bo'lgan Beruniyning buyuk ishlari maydonini sayohatchilar va yo'lovchilar ziyorat qiladilar, Kolumb yutuqlari darajasida yutuqlarga erishgan kashfiyotchining qabrini ziyorat qilib unga o'z hurmatlarini izhor etadilar.

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube