O’zbekiston Xalq Harakati

O'zbekistonga kirishi rasman taqiqlangan o'zbek olimi Britaniyada olamdan o'tdi

O'zbekistonga kirishi rasman taqiqlangan o'zbek olimi Britaniyada olamdan o'tdi
08 Nisan 2020 - 21:30 'da yuklandi va 1151 marta o'qildi.

Eltuz.com inernet nashrining xabar berishicha, 17 yildan buyon Britaniyada istiqomat qilaëtgan qishloq xo'jaligi fanlari doktori¸ professor¸ agrokimyogar, tuproqshunos olim Ahmadjon Xorazmiy (Ahmad Hasanov) 5 aprel' kuni 72 ëshida Stokport shahrida olamdan o'tgan.

O'zbekiston vatandoshi bo'lgan Ahmad hoji Xorazmiyning o'z vataniga qisqa muddatga kirishiga o'zbek mulozimlari tarafidan tushunarsiz taqiq qo'yilgan.

Ahmad hoji Xorazmiy 2018 yilda Shavkat Mirziëev nomiga maktub ëzib, uni qo'llab-quvvatlashini izhor qilgan holda O'zbekistonga safar qilib, yaqinlari bilan ko'rishib qaytishga imkon berilishini so'ragan edi.

Tuproqshunos olim o'z maktubiga Mirziëevni maqtab gapirgan radiosuhbat matnini ham ilova qilgan.

Ahmad hoji Xorazmiyning bosh vazir virtual qabulxonasidan olgan javob xatida “Sizga O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 21 noyabrdagi 408-qarorining 19-moddasi asosida, ya'ni “milliy xavfsizlik yoki jamoat tartibini muhofaza qilishni ta'minlash manfaatlari yo'lida” O'zbekiston Republikasiga kelishingiz rad qilinadi”, deb ëzilgan.

Bundan oldin ayni mazmundagi rad javobi ëzilgan maktub olimning Xorazm viloyatida istiqomat qiladigan o'g'li Oybekka viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Sa'dullaev imzosi bilan kelgan edi.

Xorazm viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xodimining “Eltuz”ga aytishicha, O'zbekiston vatandoshi Ahmad hoji Xorazmiy MXXdan berilgan ro'yxatga asosan O'zbekistonga kiritilmasligi haqida yaqinlariga maktub yuborilgan.

2005 yilda Toshkent shahri hokimligi binosi oldida ishdan bo'shatilganidan norozi bo'lib piketlar o'tkazgani ortidan tazyiqqa uchragan Xorazmiy o'sha yili Britaniyadan siësiy boshpana olgan edi.

Qishloq xo'jaligi fanlari doktori, O'zbekiston Fanlar akademiyasining sobiq a'zosi, professor Ahmad hoji Xorazmiy Xorazm viloyati hokimligi agrosanaot majmuasida va boshqa hukumat tizimlarida ishlagan.

Ahmad hoji Xorazmiy o'z vaqtida taniqli hofiz Komiljon Otaniëzovdan tor chalish sirlarini o'rgangan havaskor hofiz ham edi.

O'zbekiston Xalq Harakati Ahmad hoji Xorazmiyning yaqinlariga ta'ziya izhor qiladi.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube