O’zbekiston Xalq Harakati

Rauf Parfi qachon tug'ilgan?

Rauf Parfi qachon tug'ilgan?
24 Nisan 2020 - 12:44 'da yuklandi va 590 marta o'qildi.

RAUF PARFI QAChON TUG'ILGAN?

Bunday ilmiy muammo bir necha asr avval yashab o'tgan shaxslarga nisbatan qo'yilardi, aslida. Lekin, afsuski, yaqin zamonda o'tgan va bugun hali tengdoshlari hamda yaqinlari yashab turgan bir shoirning tug'ilgan sanasi bilan bog'liq muammo adabiyotshunosligimizda ko'rilmagandir, balki. Shuning uchun ham uni muammo sifatida ko'tarish kimlargadir erish tuyular. Ammo ilm aniqlikni xush ko'radi. Ana shu ilmning talabidan kelib chiqib, biz ham ushbu masalaga oydinlik kiritishni lozim ko'rdik.

Rauf Parfi ilk marotaba “Tasvir” (1973) kitobiga kiritgan o'zining “Eng uzoq yozilgan tarjimai holim” she'rida “Tavalludim: 40…” degan edi. Oradan o'n sakkiz yil o'tib – 1991 yili “Yoshlik” jurnalining 9-sonida qayta nashr etilgan ushbu she'rning o'sha birinchi satrini: “Tavalludim: qirq uch, mezonning yigirma ettisi…” shaklida o'zgartirib taqdim etadi. Aynan shu jurnalning 1993 yil 1-sonida bosilgan “Jajji darslik” rukni ostidagi “Tarjimi holim”da esa yana shu sana – 1943 takrorlanadi. Xo'sh, bu “yangilik” qaerdan paydo bo'ldi? Buning asosi bormi? Ha, bu masalada shoirning o'zi yozuvchi Nabijon Boqiy bilan qilgan suhbatida shunday izoh beradi: “Yaqin o'tmishda, ya'ni – biz tengilar tug'ilgan zamonlar “it egasini, mushuk bolasini tanimagan” zamonlar edi. Birovning tug'ilishi, birovning o'lishi bilan hech kimning ishi bo'lmagan, hattoki, biz taraflarda metrika olish ham hali rasm bo'lmagan ekan. Katta bo'lganimizdan keyin ko'nglimizga kelgan yilni aytib yuraverganmiz. Keyinchalik Hamroqul Tursunqulning kotibi Hamid Azimboevda bir daftar bor ekan, bu daftar xo'jalik daftari bo'lib, barcha jamoaning har bir a'zosi, ularning farzandlari to'g'risida ma'lumot bor ekan. O'sha daftarda Tursunali Parpiboy o'g'li Madaminov 1943 yil 27 sentyabrda tug'ilgan, deb yozilgan. Hamid otaning aytishicha, shu sana to'g'ri emish”. Ko'rinadiki, Rauf Parfi aynan mana shu ma'lumotga asosan o'zining tug'ilgan sanasini o'zgartiradi. Lekin “shu sana to'g'ri emish” so'zlariga qaraganda, shoir bu sanaga ham ishtiboh bilan qaragani ma'lum bo'ladi. Ushbu manbaning mavjudligiga shoir bilan bir qishloqda tug'ilib, voyaga etgan do'sti Abdurauf Vodiliy (shoir Abdurahmon Vodiliyning o'g'li) ham ishonmaydi. Suhbatlarimizdan birida u: “Hamid Azimboev 60-yillarda dunyodan o'tib ketgan. Hozir hatto 90-yillar boshidagi kolxozga oid hujjatlarni topolmayapmiz-ku. U daftarning borligiga men ishonmayman”, deydi. Savol tug'iladi: Xo'sh, Rauf Parfi nega tavallud sanasini 1940 dan 1943 ga o'zgartirdi? Buning biror sababi bormi edi? Bilmadik, har holda bu sirni Rauf Parfi o'zi bilan olib ketganga o'xshaydi…

Shoirning tug'ilish sanasi bilan bog'liq yana bir versiya mavjud. Bunda hujjatlar tilga kiradi. R. Parfi hayotining so'nggi yillarida u bilan istiqomat qilgan Sulhida Jalilova qo'lida shoir guvohnomasi va pasportidan kseronusxa saqlanib qolgan. Tug'ilganlik haqidagi ushbu guvohnoma, afsuski, dublikat bo'lib, unda “Povtornoe” yozuvli muhr turibdi. Guvohnoma Yangiyo'l tumani ZAKSidan 1955 yilning 15 sentyabrida berilgan. Unga ko'ra Parpiev Tursunali 1939 yilning 15 mayida tug'ilgan.

Pasport ham biz kutgan pasportmas, Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xorijga chiqish uchun berilgan hujjat. 1992 yilda berilgan ushbu pasportda shoirning tavallud sanasi “29. 09. 1939” shaklida ko'rsatilgan. Rauf Parfi uzoq yillar shaxsini tasdiqlovchi pasportsiz yashagan, demak bu sana ham haqiqiy pasportidan ko'chirilmagan bo'lsa kerakki, tug'ilgan oy va kundagi har xillik ham shunday fikrga kelishimizga sabab bo'ladi.

Lekin, afsuski, bizdagi ma'lumotlar shoirimizning tuvallud sanasi 1940 ekanligiga guvohlik beradi. Ushbu masalada bir qator dalillarimiz borki, ularning aksariyati shoirning o'z so'zlarii bilan bog'liq. Mana, ular:

Birinchi dalil: Rauf Parfining bugunda hayot qarindosh va do'stlarining ma'lumotlari. Hozirda shoirning Sho'ralisoydagi hovlisiga egalik qilib, uy chirog'ini yoqib turgan amakisi Turdimat ota 2013 yil 9 mayda biz (shoir Vafo Fayzulloh va men) bilan bo'lgan suhbatda: “Raufjon mendan uch yosh kichik edi, men 37-yilman”, degan bo'lsa, shoirning bolalik o'rtog'i Abdurauf Vodiliy esa: “Men 1943 yilda tug'ilganman, Rauf akam menda uch yosh katta edi”, deya ma'lumot bergan edilar. Rauf Parfining 1943 yilda tug'ilgan kursdoshi adabiyotshunos Ortiqboy Abdullaev ham xotira maqolasida shoirni “Rauf aka” deya tilga oladi.

Bunday og'zaki ma'lumotlarni anchagina keltirish mumkin.

Ikkinchi dalil: Rauf Parfi “Meni ta'qib qilar shoir degan nom…” sonetining o'ninchi satrida “Ay sen, ay, oltmishini tepgan yosh shoir” deb yozadi. She'r tagida “25. 09. 2000” sanasi qo'yilgan. (Demak shoir bu she'rni tug'ilgan kunidan ikki kun oldin yozgan). Ostida “2001” sanasi qo'yilgan “Hazil” she'rini esa: “Biz-chi, biz ne qildik, biqsib, olayib? / Oltmishga ham kirib chiqdik lallayib”, deydi. Ko'rinib turibdiki, shoir o'zini 2000 yilda oltmishga kirib, 2001 yilda bu yoshdan chiqqan hisoblamoqda. Demak, Rauf Parfi 1991 yil o'zining tug'ilgan sanasini 1943 ga o'zgartirgan bo'lsa-da, 2000 yilda oltmishga kirganini va bu bilan o'zining 1940 yil tug'ilganini e'tirof etadi.

Uchinchi dalil: Rauf Parfi 1965 yilda yozgan ikkita she'rida o'sha yili necha yoshda ekanligini aytib o'tadi. Birinchisi, “Abdullajon marsiyasi”. Shoir unda:

Yigirma besh yoshda ketding sen,
Juda erta ketding, do'stginam.
Hay, ajal! Maqsadga etding sen,
Yigirma besh yoshdaman men ham,
desa, yana bir she'rini:
Cheksiz-cheksiz
daqiqalardan iboratdir
mening chorak asrlik umrim,

deb boshlaydi. “Chorak” – yuzning to'rtdan biri – yigirma besh. Demak, ma'lum bo'layaptiki, Rauf Parfi 1965 yilda o'zini yigirma besh yoshda deb hisoblaydi.

To'rtinchi dalil: Shoirdan 50–60-yillar ijodini o'zida jamlagan yigirmata umumiy daftar saqlanib qolgan. Ulardagi she'rlarning aksariyati bugunga qadar chop etilmagan. Xronologiyaga ko'ra 14-raqamli daftarda kuyidagi she'r keladi:

O'n sakkiz yosh – parcha hayot.
Varaqlanar o'n sakkiz yosh
Bir kitob singari boshdan.
Afsuslarga kim berar dosh,
O'n sakkiz ming xayol boshda,
Ko'zlarimda o'n sakkiz yosh.
O'n sakkiz yosh – parcha hayot…

She'r bor-yo'g'i mana shu etti misradan iborat. Shu etti misrada “o'n sakkiz” besh marta, “o'n sakkiz yosh” jumlasi esa to'rt marta takrorlangan. Ko'rinib turibdiki, bu raqam shoirning yoshi bilan bog'liq. She'r tagida esa “1958” sanasi qo'yilgan.

Beshinchi dalil: Haligi yigirmatadan birinchisi hisoblangan daftarning 6-betida ustidan chizib tashlangan shunday muhim bir she'rga duch kelamiz: Kelajagim o'ylayman, / Etti sinf bitirdim-ku. / Xayollarga botaman… / Dirijyorlik yaxshi-ku… Uch banddan iborat ushbu she'rning yozilish sanasi ko'rsatilmagan. Undan keyingi “Qo'lga olib rubobni…” to'rtligi ostida “15. 04. 55” sanasi qo'yilgan. Demak. “Kelajagim o'ylayman…” deb boshlangan she'r ham 1955 yilda yozilgan. Bundan ma'lum bo'ladiki, qalbi kelajak orzulariga to'la Tursunali shu yili “etti sinf bitir”gan. Bu uning 1948 yili – sakkiz yoshida maktab borganiga guvohlik beradi. Agar u 1943 yil tug'ilganda edi, sakkiz emas, besh yoshida maktab borgan bo'lar edi. Bu esa mantiqqa to'g'ri kelmaydi.

Xullas, yuqoridagi dalillarning barchasi shoir Rauf Parfining tug'ilgan sanasi 1943 emas, 1940 yil ekanligini tasdiqlab turibdi. Shunday ekan, O'zbekiston Xalq shoiri (1999), Xalqaro “Lotos” mukofoti sovrundori (1993) shoir Rauf Parfi tavalludining 80 yilligi barchamizga muborak bo'lsin.

Naim KARIMOV,
akademik.
Olim OLTINBEK,
filologiya fanlari nomzodi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube