O’zbekiston Xalq Harakati

Dunyoviy taraqqiyotga erishish uchun diniy bilimlardan voz kechish kerakmi?

Dunyoviy taraqqiyotga erishish uchun diniy bilimlardan voz kechish kerakmi?
25 Nisan 2020 - 13:11 'da yuklandi va 747 marta o'qildi.

DUNYoVIY TARAQQIYoTGA ERIShISh UChUN DINIY BILIMLARDAN VOZ KEChISh KERAKMI? YoHUD QARAShLARIMIZDAGI BA'ZI OG'IShLAR XUSUSIDA YaNA BIR BORA

Ba'zi odamlar dinni taraqqiyot dushmani deb bilishadi. Bir paytlar ba'zi yirik davlatlar “dindan voz kechib aynan texnologik inqiloblarni amalga oshirish mumkin” deb hisoblashgan va bu g'oyani amalga oshirishga harakat qilgan.

Bugungi ba'zi ziyolilar ongida ham “din taraqqiyot dushmani, agar biz undan xalos bo'lsak rivojlanib ketamiz” degan tushunchalar borligini mana shu guruhda faoliyat yuritishda va boshqa postlarda kuzatdik.

Ilmiy-texnikaviy inqiloblar ro'y bergan ba'zi jamiyatlarda ma'naviy qadriyatlar buzilgani, oilalar tanazzulga uchragani, bir jinsli nikohlarning paydo bo'lishi, qonunlari ham bitta shaxsning ozodligi, huquqlari uchun xizmat qilishi, EGOning kuchayishi, hatto ota-onadan voz kechish holatlari ana shu taraqqiyotga egizak bo'ldi.

O'sha biz og'zimizdan bol tomib maqtagan jamiyatlarda aksariyat odamlar keksayganda Qariyalar uyida yashayotgani ham sir emas. Muqaddas diniy nikohlar qilish bugungi kunda ba'zi jamiyatlar uchun qoloq va kulgili bo'lib tuyuladi. Ozod inson istagan insoni bilan yashashi mumkin, istagan pallada boshqa oshyonga ketishi mumkin. Oila qurish, muqaddas nikohlar, farzand tarbiyasi bugun urfdan qolmoqda. Insonlar hatto qo'shnisi, ota-ona, qarindosh urug'laridan uzildi va boshiga og'ir kunlar tushganda bu kunlarni yakka o'zi dardini ichiga yutib, og'ir holatlarda boshidan kechirmoqda. Eng dahshatlisi katta-katta jamiyatlarni zino o'rab oldi va ular bu holatni ahloq me'yoriga aylantirishdi. Aslida zinodan tug'ilgan farzand butun yon-atrofiga ziyoni tegmaguncha bu dunyodan o'tmasligi haqida hadisi shariflarda keltirilgan.

Ularning qadriyatlari bugun jahonga yoyildi, biz hatto milliy kiyimlarni kiymay qo'ydik, musiqalar ham ajnabiy. Ularning amallari bizning o'g'il-qiz. xoitn-erkaklarimizga namuna bo'lib qolish xavfi tug'ildi. Ularning kiyimi ham or-nomusni o'ldirdi. O'sha jamiyatlarda hech kim xabar olmasligi tufayli ba'zilarning mayitlari bir necha kunlab uylarida qolib ketmoqda. Bu erda yutuq qaerda? Mag'lubiyatning narxi qancha? Biz dindan kechsak ular kabi darajaga eta olamiz deganlar tanganing ikkinchi tomonini ko'ra olayaptilarmi?

E'tibor berilsa eng katta kashfiyotlar Musulmon dunyosida amalga oshirilgan va unga din hech qachon qarshilik qilmagan. Milodiy 9-12 asrlardagi bermaganmidi va ular bugungi taraqqiyotni ham ta'minlab turganini bilamizmi? Ilmiy kashfiyotlar, sof islom falsafai dunyo taraqqiyoti g'ildiragiga katta kuch bag'ishlaganini bilsak kerak. Amir Temur davri ham bunga yaqqol misoldir. Aksincha islom insonlarni beshikdan toki qabrgacha bilim olishga chorlaydi. Hamma kashfiyotlar islom tsivilizatsiyasining o'zagida turadi. Biz bugun shuncha ilmiy-texnikaviy inqiloblar qilganimiz bilan o'sha bobolarimizchalik kashfiyotlarni qila oldikmi?

“Diniy amallarga berilib, dunyoviy ilmdan uzoqlashish” kabi jumlalar ba'zilarning qarashlarida ustuvor. Ular o'ylagandek, “xonliklar davridagi tanazzulga faqat diniy bilimlarni o'rganish sabab bo'lgan” emas. Ular aslida dunyoviylikni-adolatsiz urushlarni, mol-dunyo va mansab talashishlarni birinchi o'ringa qo'ymaganmidilar? Aslida ular islom madaniyatdan uzoqlashmaganmidilar? O'sha davrda ham faqat elning ko'zi uchun, jamiyatda obro' orttirish, mol-dunyo to'plash uchun engil-elpi olimlar va peshvolar etishib chiqmaganmidi? Nimaga ular xalqni bilim olishga chorlamadi? Dunyo sahnida bo'ri-qo'ylar ko'payayotgani nahotki ularni sergaklantirmagan? Nimaga ular o'z EGOsini birinchi o'ringa qo'ydilar-u, vatan himoyasini muqaddas deb bilmadilar? O'sha davrda va hozirgi davrda ham ba'zi insonlarning faqat yodlash bilan bilimli bo'lib qolishi, mansablarga intilishi, boylikni ochko'zlik bilan to'plash, amalning ortda qolishi, asl islom madaniyatini anglamasligi, islomning 18 000 olam rakursida ko'ra olmasliklari jaholat botqog'iga botirmaganmidi?

Bugungi diniy oqimlar nimadan kelib chiqadi? O'sha yuzakilikdan, suv ustidagi pufak kabi ko'pirishidan kelib chiqadi. Asl islomni anglash uchun Qur'oni Karim, hadislar bilan birga yurtimizda etishib chiqqan allomalarning asarlarini o'qimoq, anglamoq, tahlil qilmoq, xulosa chiqarmoq kerak, tushunmoq kerak. Ular islom olamining bayrog'ini Makkayu Madinadan bizning muqaddas yurtimizga ko'chirishgan va islom madaniyati poytaxti maqomini ushlab qolishgan. Biz islomni yuzaki o'rganishni bugungi turli oqimlar misolida ham ko'ryapmiz. Usti yaltiroq bilim asl islom madaniyatining dushmanidir. Uni anglamaslik esa olimning, oddiy fuqaroning fojeasidir. Diniy ilmga berilgan odamlar o'z-o'zidan dunyoviy ilmlarga beriladi. Bunga misol musulmon Renessansi davrlaridir. Diniy va dunyoviy ilm bir-biri bilan mustahkamlanadi, aslida. Ikkisi o'zaro bog'langan ko'rinmas zanjirdir. Uni aql ko'zi bilan anglash mumkin. Har qanday moddiy, dunyoviy olam Allohning ilmi ila paydo bo'ladi. Zero hamma ilm Allohnikidir.

Shohista O'ljaeva

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube