O’zbekiston Xalq Harakati

Biryona bo'ldim endi

Biryona bo'ldim endi
27 Nisan 2020 - 12:36 'da yuklandi va 601 marta o'qildi.

 

 

BIRYoNA BO'LDIM ENDI

Ishq otashina tushdim, parvona bo'ldim endi,
Shavqning ko'zida kuydim, biryona bo'ldim endi,
Jismim kabobga do'ndi, giryona bo'ldim endi,
Ganj istaganlar kelsin, vayrona bo'ldim endi,
Ayrildim, ag'yorlardan, begona bo'ldim endi.

Chiqardim boshdan-oyoq, dunyo havasin mutloq,
Ne ishga qadam bosding, qayrilib, o'zingga boq,
Kul bo'lib, elga sovril, ul guzarda joning yoq,
Lozim bo'ldi o'qimoq: “Anal haqu, minal haq”,
May ichib mayxonadan, mastona bo'ldim endi.

Dunyo mendan shod bo'lmas, men ham bahra olmasman,
Olovim tez, dardim ko'p, xushvaqt bo'lib kulmasman,
Bebaho bu olamni bir aqchaga olmasman,
Do'st qaysi, dushman qaysi, farqini hech bilmasman,
Hech kimsa bilmas holim, ayona bo'ldim endi.

Bir maqomga duch bo'ldim, fikratim o'yga botdi,
Jon anda jondan chiqdi, hushidan ketib yotdi,
Jasad anda yo'q bo'ldi, ko'ngil o'zin unutdi,
Ishq lashkarini yig'ib, aql mulkin talatdi,
Talona tushib aqlim, devona bo'ldim endi.

Maxdumquli har zamon, naylayin, o'lmay giryon,
Fikr loyiga botdim, chiqo bilmasman bir yon,
Ko'ksim xarob, tan turob, ko'nglimning shahri vayron,
Jon, jasad, til, aqldan ayrilib qoldim uryon,
Ish keldi, boshga tushdi, mardona bo'ldim endi.

MAXDUMQULI
* * *
Turkmanchadan Islom Xolboy o'zbekchalashtirdi

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube