O’zbekiston Xalq Harakati

Vatan qayg'usi

Vatan qayg'usi
28 Nisan 2020 - 13:17 'da yuklandi va 659 marta o'qildi.

VATAN QAYG'USI
TURKISTON IKKI O'T ORASIDA: MARKAZIY OSIYo DAVLATLARI NEGA BOSIB OLINDI VA QANDAY PARChALANDI?

Usmonli davlatining oxirgi ikki asrdagi ahvoli, uning Markaziy osiyodagi xonliklar va amirliklar bilan iqtisodiy va siyosiy munosabatlari, Rusiya va Xitoy bilan aloqalari haqida afsuski juda kam ma'lumotga egamiz. Hozirda e'lon qilayotganim tarixiy maktublar bu boradagi kemtiklarni oz bo'lsada to'ldiradi degan umiddaman. Maktublarni tarjima qilar ekanman bugungi ba'zi bir holatlar aslida yuz-ikki yuz yil avvalgi ahvoldan unchalik ham farq qilmasligiga yana bir bora amin bo'ldim. Har biri butun boshli bir tarix bo'lgan ushbu maktublar o'tmish haqidagi qorong'u tasavvurlarimizga oydinlik kiritishiga ishonaman.

1.
(BOA, Y.EE.91 / 41)
Qoshg'ar va atrofidagi mintaqalarning Xitoy qo'shinlari tomonidan bosib olinishi natijasida Qoshg'ar amiri Bekquli Xonning Toshkentga chekinganligi, ammo ushbu o'lkaning avvalgi amiri davridan beri Usmonli davlati hududi mavqe'ida bo'lganligi sababli Xitoy Imperatorininig ogohlantirilishi va bu hududdan chiqib ketishini ta'minlash zarurligi xususida Podshoh hazratlariga berilgan arznoma.

25 Dekabr, 1879 yil.

Janobi Haq Usmonli o'lkasini O'z panohida asrasin,

Usmonli davlati og'ir kunlarni boshidan kechirayotgan ayni damlarda yana bir g'amginlikka sabab bo'lishni istamasam ham, bundan avvalroq Qoshg'ar hukumati tushib qolgan tang ahvol haqida arz qilishga jazm etdim. Ushbu ma'lumotlar sodir bo'lgan voqealardan sog' qutilib chiqqan va shu kunlarda Istanbulga kelgan Qoshg'ar Piyoda qo'shinlari qo'mondoni Muhammadxonning guvohligiga asoslangandir.

Qoshg'ar amiri Yoqub Xon vafotidan keyin uning o'g'li va valiahdi bo'lmish Bekquli Xon amirlikka o'tgan edi. Bekquli Xonga qarshi Xutan viloyati hokimi Niyoz Hakim isyon ko'targan va o'sha paytda Kanaturpon viloyati hokimi Hakim To'raxon ham nizoga aralashgan. Bu vaziyatda Bekquli Xon Kanaturpon va Xutan tomonlarga qo'shin yuborishga majbur bo'lgan. Ushbu fursatdan foydalanib xitoyliklar 80 ming lashkar bilan Urumchiga etib kelgan va qo'shinning 6 ming askari Qoshg'arga hujum qilib mamlakatni ishg'ol qilgan. Shundan keyin Xutan hokimi Niyoz Hakim xitoyliklar tomonidan qo'lga olinib qatl etilgan. Qoshg'ar va atrof muzofotlarni xitoyliklardan qaytarib olishga ojiz qolgan Bekquli Xon esa o'z odamlari bilan birgalikda Toshkent tomonga yo'l olgan. Ma'lumotlarga qaraganda Xitoy qo'shinlari mamlakat Imperatorining marhum otasining qabrini buzib, jasadini o'tga tashlagan, bir qancha Xitoy shaharlarini talon-toroj qilgan va Turkiston tomonlarga qochib, yashirincha Qoshg'arga kelgan Dahodarin va Shohdarin ismli badbaxtlarning iziga tushishgan ekan. Xitoy qo'shinlari ularni ta'qib etish asnosida Urumchiga kelgandan keyin u badbaxtlar Qoshg'arda ekanligi haqida xabar olinishi bilan 6 ming askar u erga yuborilgan va u vaqtda qo'shinlari harbiy safarda bo'lgan mintaqani hech bir qarshiliksiz ishg'ol etishgan. Bu voqealardan avval Qoshg'arda bironta ham xitoylik yo'q edi. O'lka tamoman musulmon aholidan iborat edi va xalq o'zini Usmonli Podshohining tobe'iyatida deb bilardi. Xitoyliklar bu erni ishg'ol etganliklariga qarshi noroziliklar bo'lishini bilganlari uchun bu o'lkada vaqtincha turganliklarini ta'kidlashmoqda. Ammo o'lka xalqi Podshoh hazratlarining o'zlariga e'tibor qaratishlarini kutmoqda. Qoshg'arning 24 viloyatida taxminan 5 million musulmon aholi yashab kelmoqda. Har bir viloyat o'zini himoya qilishga harakat qilgan taqdirda ham dushman qo'shinlari barchasini ishg'ol etishligi ravshan bo'lib turibdi. Qoshg'ar shahri 80 ming xonadondan iborat va katta miqdorda kumush va oltin zaxiralariga egadir. Bu nuqtai nazardan hech bir tashqi yordamga muhtoj emasdir. Xutan viloyatida esa turli ziroat va konchilik faoliyatlari rivojlangan. Jumladan bu erda 33 ta oltin koni topilgan. Yorkent ham katta shahar bo'lib, bu erda sermahsul oltin va mis konlari mavjud. Qoshg'arning boshqa viloyatlarida ham ko'plab foydali qazilma boyliklari bordir. Xitoyliklar kichik bir qo'shin bilan Qoshg'arni qo'lga kiritgan bo'lsalar-da, andisha ichidalar. Zero Islom quvvatlarining harakatga o'tishi va mintaqadan osonlik bilan chiqarib yuborilishlari mumkinligi sababli qo'rqib turibdilar. Qolaversa, o'tmishda musulmon davlatlari bilan bo'lgan barcha janglarda engilib kelganliklarini o'zlari aytib kelishmoqda. Qoshg'arning oldingi amiri Usmonli davlatiga tobe' edi va xutbalarda Usmonli xalifasining nomi o'qilardi. Shu boisdan bu mamlakat Usmonli davlatining hududi sanaladi. Shuning uchun Qoshg'ar o'lkasining Xitoy qo'shinlari tomonidan ishg'ol etilishiga nuqta qo'yish maqsadida Usmonli davlati tomonidan Xitoy Imperatoriga so'zi o'tadigan bir vakil yuborilishi va do'stona bir tarzda ogohlantirish berilishi maqsadga muvofiqdir. Bu go'zal o'lkaning jangu jadalsiz bir shaklda Xitoyga qoldirilishiga ko'ngil rozi bo'lmaydi. Zarur choralarning ko'rilishi uchun izningizga murojaat etdik. Amr va farmon Podshoh hazratlaridandir.

25 Dekabr, 1879 yil.
[imzo] Yoqub

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube