O’zbekiston Xalq Harakati

Mustafo Cho'qay

Mustafo Cho'qay
29 Nisan 2020 - 14:08 'da yuklandi va 457 marta o'qildi.

MUXTORIYaT HUKUMATINING BIRINChI TARKIBIGA SAYLANGAN MUSTAFO ChO'QAY HAQIDA QISQA MA'LUMOT

Mustafo Cho'qay – taniqli davlat va jamoat arbobi hamda Turkiston xalqlari mustaqilligi uchun izchil kurashchi. 1890 yil 25 dekabrda Sirdaryo oblasti Perovsk uezdi Jopek volostidagi Avliyotarang'il ovulida (ba'zi manbalarda Narshoki qishlog'ida) tug'ilgan78. Otasi Cho'kaybey To'rg'ay dodxoh o'g'li bo'lis (volost') bosh­ lig'i, qozoqlarning qipchoq urug'i aslzodalaridan bo'lgan, onasining ajdodlari Xiva xonlariga borib taqalgan. Millati – qozoq.

Mustafo Cho'qay boshlang'ich ma'lumotni Oqmachitda olgach, Toshkentdagi erkaklar gimnaziyasida o'qidi (1902 – 1910). Sankt-Peterburg universitetining yuridik fakul'tetini tugatgan (1914). Aynan ushbu o'quv yurtlarini 1899 va 1904 yillarda keyinchalik Rossiyadagi Muvaqqat hukumatning Bosh vaziri bo'lgan Aleksandr Kerenskiy (1881 – 1970) ham tugatgan edi. Mustafo Cho'qay 1916– 1917 yillarda Rossiya IV Davlat dumasining musulmonlar fraktsiyasida kotib va tarjimon bo'lib ishlaydi. Turkistonda 1916 yili ko'tarilgan qo'zg'olon shafqatsiz bostirilgandan keyin Davlat dumasining A. Kerenskiy boshchilik qilgan maxsus komissiyasi tarkibida o'sha yili avgust oyida Turkiston o'lkasida, jumladan, Jizzaxda bo'lib vayronaga aylangan shahar xarobalarini ko'rgan.

1917 yil aprelda Mustafo Cho'qay Petrograddan Toshkentga qayt­ di va Turkistondagi siyosiy jarayonlar markazida turdi. U Tosh-kentda 1917 yil bahoridan boshlab “Birlik tug'i” va “Svobodnyy Turkestan” gazetalarini chop eta boshladi. 1917 yil 16 – 23 aprelda Toshkentda o'tgan Butunturkiston musulmonlarining I qurultoyida Mustafo Cho'qay raisligida Turkiston o'lka musulmonlari Markaziy Sho'rosi [Kraymussovet], ya'ni Milliy Markaz tashkil qilindi. Orenburgda 21 – 28 iyulda o'tgan Butunqirg'iz [Butunqozoq] I s'ezdida faol qatnashdi. Muvaqqat hukumatning Turkiston Komiteti a'zosi (1917 yil avgustdan). Toshkentda bol'sheviklar tomonidan zo'ravonlik bilan hokimiyat bosib olingach, Mustafo Cho'qay boshchiligidagi Milliy Markaz noyabr' oyi boshlarida Qo'qonga ko'chib bordi.

1917 yil 27 noyabrda Qo'qon shahrida tashkil qilingan Turkis­ ton Muxtoriyati hukumatining tashqi ishlar vaziri (1917 yil noyabr'

– 1918 yil fevral'), keyinchalik Bosh vazir (1917 yil dekabrdan). Ayni paytda Orenburgda 1917 yil 5 – 13 dekabrda bo'lib o'tgan Butunqozoq II s'ezdida qatnashdi hamda Alash O'rda hukumatida ham tashqi ishlar vaziri lavozimiga saylandi.

Muxtoriyat hukumati bol'sheviklarning harbiy kuchlari tomonidan tugatilgach, 1918 yil fevral' oxirida Qo'qondan chiqib ketdi hamda yashirin ravishda mart oyida Toshkentga keldi va bu erda 2 oy yashadi. U 1918 yil 16 aprelda eski tanishi aktrisa Mariya Yakovlevna Gorina (1888 – 1969) bilan Toshkentdagi masjidda ni-kohdan o'tib, turmush quradi. Yosh oila 1918 yil 1 mayda Toshkent-dan poezdda Moskvaga jo'naydi. Biroq poezd Volgadagi jango-var harakatlar sababli Aktyubinskkacha boradi, xolos. 1918 yil 8 iyunda Samarada bol'sheviklarga qarshi Ta'sis majlisi a'zolari komiteti (Komuch) hukumati tuzildi. Iyul' oyida Alash O'rda rahbarlari Alixon Bukeyxanov va Mustafo Cho'qay Samaraga kelib, Komuch hukumati bilan bol'sheviklarga qarshi harbiy-siyosiy ittifoq tuzdi. Bu paytda Mustafo Cho'qay Samara, Ufa, Omskda faoliyat ko'rsatdi. 1918 yil 18 noyabrda o'z safdoshlari bilan qamoqqa olingan Mustafo Cho'qay turkistonlik eser Vadim Chaykin va tatar Ilyos Alkin bilan Chelyabinskda qamoqdan qochadi. 1918 yil 1 dekabrda Orenburgdagi Karvonsaroyda (Boshqirdiston hukumati qarorgohida) u bilan Boshqirdiston hukumati raisi Ahmad Zaki Validiy o'rtasida uchrashuv bo'ldi. Mustafo Cho'qay qisqa muddat Komuch hukumatida faoliyat ko'rsatdi.

Mustafo Cho'qay 1919 yil fevralda Evropa davlatlariga maxsus memorandum bilan murojaat qilib, Turkistondagi istiqlolchilarning bol'sheviklarga qarshi kurashini qo'llab-quvvatlashga, sovet rejimini ag'darib tashlashga chaqirdi79.

Mustafo Cho'qay qozoq dashtlari va Kaspiy dengizi orqali 1919 yil bahorida avval Boku so'ngra Tiflis [Tbilisi] shahriga boradi.

Tiflisda 2 yil yashaydi. Bu erda u musulmonlar uchun “Yeni Dün-ya” va “Şafak” gazetalarini tashkil qilib, “Na rubeje” jurnaliga muharrirlik qildi. Qizil armiya Tiflisni bosib olgach, 1921 yil fevral' oyida Mustafo Cho'qay muhojirlikka jo'nab ketishga majbur bo'ldi hamda Istanbulga etib keldi. Mustafo Cho'qay xotini bi-lan 1921 yil yozida Parijga keldi. Mustafo Cho'qay muhojirlikda 20 yil yashab, turli xalqaro anjumanlarda ishtirok etdi hamda matbuot­ da ingliz, frantsuz, polyak, rus, turk tillarida o'tkir publitsistik maqolalar bilan muntazam qatnashib turdi. Parijda uning rus tilida “Markaziy Osiyodagi Sovetlar” (1928) hamda “Turkiston sovet hokimiyati ostida” (1935) hamda turk tilida Parij – Berlinda “1917 yil xotiralari parchalari”80 (1937) kitoblari nashr etildi.

Mustafo Cho'qay 1929 yildan boshlab Turkiston Milliy Birligi Markaziy Qo'mitasining raisi bo'ldi. 1929 – 1939 yillarda chiqqan “Yaş Türkistan” jurnaliga muharrirlik qildi. Jurnal Parijda tay-yorlanib, Berlinda chop etilgan (uning 117 ta nomeri chop etilgan).

Germaniya SSSRga hujum qilgan 1941 yil 22 iyun' kuni natsistlar Parij atrofidagi Nojan shaharchasida yashayotgan Mustafo Cho'qayni qamoqqa olishdi hamda u 13 iyulgacha Komp'en xarbiy lagerida tutqunlikda saqlandi81. So'ngra Mustafo Cho'qay Berlin-da bo'ldi (15 iyuldan 26 avgustgacha). U 1941 yil sentyabr' – dekabr' oylarida sovet harbiy asirlari saqlanayotgan Suvalki, Vustrau va Chenstoxova kontslagerlarida bo'lib, asir olingan turkistonliklarni omon saqlash yo'llarini izladi. Mustafo Cho'qay va toshkentlik o'zbek Vali Qayumxon (1904 – 1993) asir olingan turkistonliklar-dan Turkiston legioni tuzishni rejalashtirdilar. Biroq Mustafo Cho'qay kontslagerlarda yuqumli kasallikka chalindi hamda Berlinda-gi “Viktoriya” kasalxonasida tepkili terlama (tif)dan 1941 yil 27 dekabrda vafot etdi. U Berlindagi turk musulmonlar Tempel'xof qabristonida 1942 yil 2 yanvarda dafn etildi82.

SSSR tarqalgach, Qozog'iston va O'zbekistonda Mustafo Cho'qayning asarlari chop etildi. Taniqli tarixchi olim professor Kushim Esmag'ambetov (1938 – 2016) boshchiligida 2012 – 2014 yil-larda Almatida Mustafo Cho'qayning 12 jildlik asarlar to'plami nashrdan chiqdi83. Qozog'istonda Mustafo Cho'qay haqida badiiy asarlar yaratildi, kinofil'mlar suratga olindi, uning xotirasiga atab ko'plab haykallari o'rnatildi. Qozog'istonda muntazam ravishda Mus­tafo Cho'qayga bag'ishlangan xalqaro konferentsiyalar o'tkazib turiladi.

Qahramon Rajabov

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube