O’zbekiston Xalq Harakati

Turkiston ikki o't orasida…

Turkiston ikki o't orasida…
29 Nisan 2020 - 14:11 'da yuklandi va 560 marta o'qildi.

VATAN QAYG'USI
TURKISTON IKKI O'T ORASIDA: MARKAZIY OSIYo DAVLATLARI NEGA BOSIB OLINDI VA QANDAY PARChALANDI?

2.

(BOA, A.DVN.NMH, 38 / 35)
Qo'qon Xoni Podshoh Abdulmajid Xonga yuborgan maktubning tarjimasi.
Iyul, 1848 yil.
Qo'qon Xoni yuborgan maktubning tarjimasidir.

Avvalroq inim marhum Muhammad Alixon Farg'ona va Dashti Qipchoq chegarasidagi erlarni idora qilgan paytlarida bir guruh xoinlar bilan ittifoq tuzib, nizo va janjal chiqargan edi. Uning vafotidan keyin Buxoro amiri vujudga kelgan vaziyatdan foydalanib Farg'ona hududini bosib olib, ko'p zulmlar qildi. Biz ham qipchoqlardan yordam olgan holda qisqa vaqt ichida Farg'onani qaytib olishga muvaffaq bo'ldik. Shundan keyin Toshkent, Isbijob, O'rtov, Dashti Qipchoq va hatto Turkistonga qadar bo'lgan barcha hududlarda o'z hokimiyatimizni o'rnatdik. Bu muvaffaqiyatlarni ehson etgani uchun Rabbimizga shukurlar aytamiz. Bundan tashqari ushbu mintaqalarga muttasil hujum qilib turgan Xitoyliklarga qarshi kurashishda davom etib turibmiz. O'z navbatida Podshohimiz haqlariga ham doimo duodamiz. Shu kunlarda shimoldagi tog'larimizda oltin, kumush, yoqut, feruza, mis, qalayi va boshqa konlar kashf etilgandir. Ammo bu erlarda sohani biladigan ma'lumotli konchilik mutaxassislari yo'q. Sizdan iqtidorli mutaxassislar va tajribali konchilar yuborishingizni iltimos qilamiz. Otam Mahmudxon va inim Muhammad Alixonga ko'rsatgan e'tiboringizni bu qulingizdan ham ayamasligingizni umid qilib qolamiz. Siz tomonga yuborgan elchimiz Hoji Ro'zibek elchilik vazifasining adosidan keyin haj ibodatini bajo keltirishi ko'zlangan. Unga bu borada kerakli yordam ko'rsatilishidan umidvormiz. Haddimizni oshib bo'lsa ham, Siz janobi oliylariga bir dona Qur'oni Karim nusxasini hadiya qilib yubordik.

3.
(BOA, HR.SYS, 4 / 14 – 2)
O'zbeklar o'lkasiga hujum qilib, Qo'qonni ishg'ol etishga harakat qilayotgan ruslarga qarshi kurashda yordam ko'rsatilishi talabi ila Qo'qon elchisi Mahmud Xo'ja Sodiq tomonidan Tashqi ishlar vazirligiga berilgan arznoma.
24 May, 1862 yil.
[Qo'qon elchisidan
Tashqi ishlar vazirligiga],

Vazirligingizning ko'maklari bilan Podshoh hazratlari tomonidan qabul etilganim uchun o'z minnatdorligimni bildiraman. Bir qancha muddatdan buyon Rusiya davlati o'zbeklar o'lkasiga hujum qilib, Qo'qon va uning atrofidagi hududlarni bosib olishga urinmoqda. Bu mintaqa xalqi qadimdan Usmonli davlatining haqqiga xayrli duolarda bo'lib kelgani ma'lum. Askarlarimiz va imkonlarimiz har qancha etarli darajada bo'lsa ham harbiy uquvsizlik va intizomsizlik tufayli biron natijaga erisha olmayapmiz. Usmonli davlatiga mazhab e'tibori bilan bog'liq bo'lgan va bundan faxrlangan Qo'qon xalqi ayni damda Usmonli davlatining himoyasiga muhtoj holatdadir. Usmonli davlatining diplomatik huquq va xalqaro aloqalar bilan bog'liq mavqe'i borasida hech qanday ma'lumotga ega bo'lmasak ham Rusiyaga qarshi kurashda yordam berishingizni talab etish bilan vazifalantirilganman. Ammo buning qanday amalga oshirilishi haqida albatta siz yaxshiroq bilasiz. Nima bo'lganda ham Usmonli davlati bizni bunday nochor ahvolda tashlab qo'ymasligiga ishonamiz. Zero Movarounnahr xalqlari Usmonliga tom bir sevgi va bog'lilik hissi bilan qaraydilar. Bu borada nima zarur bo'lsa va muvofiq ko'rilsa, shu bilan bizni qo'llab-quvvatlashingizni kutib qolamiz. Shuningdek, mamlakatim uzoq bo'lgani bois qaytishimga izn berilishini iltimos qilaman. Amr va farmonlaringizga muntazirman.

24 May, 1862 yil.

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube