O’zbekiston Xalq Harakati

Qoidalar ishlamaydigan tashkilot

Qoidalar ishlamaydigan tashkilot
30 Nisan 2020 - 12:27 'da yuklandi va 760 marta o'qildi.

Rossiya pandemiya inqirozi vaqtida aholisiga 1 rubldan pul tarqatishga qurbi etmagan davlat. EOIIdagi kuzatuvchilik qarori fonida, nazarimda bu, bilib qo'yilishi kerak bo'lgan fakt.

Rasmiy statistikaga qaraladigan bo'lsa, o'tgan yilning iyul' holatiga Rossiyada qashshoqlar soni qariyb 21 million kishiga etgan. Bu aholining 14,3 foizi degani (Rosstat).

O'zbekistonda 2019 holatiga bu nisbat 13 foizdan sal ko'proq edi. 2001 yilda O'zbekistonda aholining uchdan biri qashshoqlikda yashagan bo'lsa, 2017 yilda Jahon Banki O'zbekistonni o'rtachadan past daromadli davlatlar qatoriga kiritgan. Pandemiyadan oldingi yillik 5 foizdan yuqori o'sish davom etsa, JBning prognozi bo'yicha 2030 yilga kelib, O'zbekiston o'rtachadan yuqori daromadli davlatlar qatoriga kirishi kerak.

Odatda davlatlar o'zidan yaxshiroq yashayotgan, yaxshiroq rivojlanayotgan davlatlarning klubiga a'zo bo'ladi. G-7, G-20 singari sanoati rivojlangan davlatlarning klublari ana shu intilishlarning natijasi. Ammo yuqoridagi raqamlardan ko'ringani kabi, Rossiya etakchiligidagi iqtisodiy (aslida siyosiy) ittifoqning havas qiladigan hech narsasi yo'q. Kuzatadigan ham.

Raqamlar hissiyot uyg'otmaydi, deyiladi, ammo EOIIga kelganda, bu ibora unchalik ham to'g'ri emas. U yoki bu ittifoqqa qo'shilishdan maqsad – umumiy bozor. Rossiya eksportining faqat 5 foizi EOII a'zolariga to'g'ri kelyapti, xolos. Qolgan a'zo davlatlarning esa, 80 foizdan ko'proq eksporti Rossiya bilan. Ayni paytda ularning Rossiya tashqarisida yoki o'z oralaridagi savdo hajmi arzimas. Ko'ringani kabi, hech qanday umumiy bozor yo'q. Faqat Rossiya bor va u ham chegaralarini xohlagan payti ochib, xohlagan payti yopishi mumkin.

Hatto EOIIga a'zo Qozog'iston ham Atambaev bilan bo'lgan mojaroda yana bir EOII a'zosi Qirg'izistonning yuk mashinalarini o'tkazmay qo'yganini eslaylik. Ya'ni qoidalar ishlamaydigan bir tashkilot.

A'zo davlatlarning umumiy maqsadi ham yo'q. Belarus Rossiyadan arzon neft olishni istaydi, Qirg'iziston neft' mahsulotlari va gaz, Qozog'iston esa Rossiyaning ishtahasini jilovlab turishga harakat qiladi.

Xatto qashshoq Armaniston o'z vaqtida EOII ga a'zo bo'lmaslik haqida rezolyutsiya qabul qilgandi. Faqat Ozarbayjon armiyasi bilan yuzma-yuz qolganidan keyin qo'shilishga majbur bo'ldi.

O'zbekiston EOIIga a'zo bo'lish bilan qanday maqsadga erishishni ko'zlayotgani mavhum. Bu maqsad oxirgi ovoz berishdan keyin ham oydinlashgani yo'q. Hozirgacha faqat “migrantlarimizga Rossiyada sharoit qilib beramiz” degan o'ta zaif bir argument keltirildi, xolos. Patentni ikki tomonlama shartnoma orqali ham bekor qilish mumkin. Qolaversa, patent bekor bo'lgani migrantlar boyib ketdi yoki ularning huquqlari ta'minlandi, degani emas. Bu iqtisodiy muammolarimizni o'zimiz echolmaymiz, degani.

Iqtisodiy argumentlarning birontasi ishlamaydi. Ishlaydigan ikkita narsa bor: birinchisi – Kremlning shantaji. Ikkinchisi – elitaning Rossiyaga qaramligi. Bu erdagi ma'naviy qaramlik moddiy qaramlikdan kam bo'lmasligi mumkin.

Rossiyaning maqsadi bu ittifoqni ishlatish emas. Nima qilib bo'lsa ham, hali o'zidan uzoqqa ketolmagan post-sovet davlatlarini a'zo qilib olish, xolos. Va a'zo davlatlarning tashqi siyosatlarini nazorat qilish.

Katta shaxmat o'yinida Putinning yurishlaridan bittasi. O'zbekiston, butun muammolariga qaramasdan, energiya va inson zahiralariga boy, o'ziga etarli geosiyosiy davlat sifatida (Bjezinskiy ta'biri) hozirgacha bu o'yinda masofa saqlayotgan va hech kimning “peshka”si bo'lishga rozi bo'lmay kelayotgandi.

Oxirgi qaror rozilik alomati, deb ko'rilishi mumkin.

Pahlavon Sodiq

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube