O’zbekiston Xalq Harakati

Shermuhammadbek

Shermuhammadbek
01 Mayıs 2020 - 15:45 'da yuklandi va 624 marta o'qildi.

ShERMUHAMMADBEK

Turkiston mustaqilligi uchun sovet rejimi va qizil armiyaga qarshi kurashda istiqlolchilik harakatining harbiy yo'lboshchilari – qo'rboshilar muhim rol' o'ynashgan. Ana shunday qo'rboshilardan biri Shermuhammadbek (1893 – 1970) hisoblanadi. Farg'ona vodiysidagi istiqlolchilik harakatining rahbarlari o'rtasida Shermuhammadbek alohida ajralib turadi. Shermuhammadbek qo'rboshi faoliyatini tarixiy manbalar asosida xolis o'rganish bugungi yosh avlod va Vatan himoyachilari uchun ibrat namunasini o'taydi, degan umiddamiz.

Kurash maydoniga kirishi

Shermuhammadbek (arxiv hujjatlari va sovet adabiyotlarida Shermat qo'rboshi yoki Ko'rshermat, chap ko'ziga o'q tekkanligi uchun shunday nom berishgan) hozirgi Farg'ona viloyati Toshloq tumanidagi Garbuva (Garbobo, Karbobo – azizlar) qishlog'ida, beklar avlodidan bo'lgan Qo'shoqbek hoji xonadonida, 1893 yilda tug'ildi. Qo'shoqbek hojining ota avlodlari Qo'qon xonlari huzurida vazirlik, beklik qilishgan bo'lsa, onalari Oydin og'ocha Koshg'ardan kelin bo'lib tushgan edi.

Shermuhammadbekning Toshmuhammadbek, Tojmuhammadbek, Ro'zimuhammadbek degan akalari, Nurmuhammadbek ismli ukasi hamda Sarviniso va To'fixon ismli singillari bo'lgan. Uning onasi To'paxon aya Qo'shoqbek hojining kenja xotini edi. Shermuhammadbek oilada to'rtinchi farzand bo'lib, dastlabki ta'limni qish­log'ida, keyin Marg'ilonda olgan. Shermuhammadbek yoshligidan ilmga chanqoq, ayni paytda jangari va jasur yigit bo'lgan. U ko'p o'qigan, shuning uchun ham ajdodlarga hurmat va mustamlakachilarga nafrat ruhida tarbiyalangan.

Ali Bodomchining yozishicha, Qo'shoqbek 1913 yili Hijoz o'lkasidan – Haj ziyoratidan qaytib kelayotgan paytda Qrimda vafot etgan. Ota besh o'g'liga o'lkadagi Rossiya mustamlakachiligi zulmiga qarshi kurash olib borishni vasiyat qilgan. Otadan o'g'illarga meros bo'lib vatanparvarlik tuyg'usi qolgan.

Shermuhammadbek kamgap va adolatpesha shaxs edi, deb xotirlaydilar Farg'ona qariyalari. Ahmad Zakiy Validiy keyinchalik o'zining «Xotiralar» nomli kitobida yozishicha, Shermuhammadbek 1916 yilda Rossiya imperiyasi tomonidan mardikorlikka olingan va urush marralarida ishlash uchun safarbar qilingan kishilar qatorida Pol'sha frontiga tashlangan.

Shermuhammadbek Farg'ona vodiysida sovet rejimiga qarshi milliy ozodlik uchun kurashning ilk bosqichidan boshlab jang maydoniga kirgan. U Katta Ergash va Madaminbekning o'rinbosarlari sifatida istiqlolchilarning tan olingan yirik lashkarboshisi edi. U kurash maydoniga qadam qo'ygan ilk kunlardan boshlab «Turkiston – turkistonliklarning yurtidir, unga boshqa hech kimning egalik qilishga haqqi yo'q!» degan shiorni o'rtaga tashlagan. Uning asosiy maqsadi Turkistonda islom jumhuriyatini tashkil qilish bo'lgan. Madaminbek liberal yo'lboshchi bo'lgan bo'lsa, Shermuhammadbek kes­kin harakat qiladigan (radikal) qo'mondon edi.

(Shermuhammadbek faoliyati bugungi kunda respublikamizda nashr qilingan ayrim kitoblarda buzib ko'rsatilmoqda. Faylasuf I. Karimov o'zining «Madaminbek» nomli asarida Turkiston mustaqilligi uchun kurashgan bu fidoyi insonni Ko'rshermat deb tahqirlash bilan cheklanib qolmasdan, balki ko'rsatgan jasoratlarini soxtalashtiradi. Madaminbekdan tashqari Farg'onadagi boshqa qo'rboshilar haqida tuhmatomuz fikrlar tiqilib yotgan, kommunistik g'oya va sinfiylik ruhi bilan sug'orilgan bu kitob mustaqilligimizning 9-yilida nashr qilinganligi ajib holdir. Bu haqda qarang: Ibrohim Karim. Madaminbek. – T.: Sharq, 2000. – 160 bet.)

Shermuhammadbekning siyosiy qiyofasi muxoliflar tomonidan u qurolini hali tashlamagan payt­dayoq quyidagicha chizilgan edi: «Ko'rshermat (Shermuhammadbek – Q. R.) – millati sart (o'zbek – Q. R.) bo'lib, barcha qo'rboshilarning eng g'ayratli va qat'iyatlisi hisob­lanadi. Jangda juda jasur, qo'l ostidagilarga nisbatan talabchan va ruslarga (chor rossiyasi bosqinchilariga – Q. R.) shafqatsiz. U aholi o'rtasida g'oyat katta obro'-e'tibor va shuhratga sazovordir».

Tarixchi olima D. Ziyoeva «Turkis­ton milliy ozodlik harakati» nomli kitobida XX asr 20-yillarida matbuot sahifalarida qo'zg'olonchilar, xususan, Shermuhammadbekning shiorlari va maqsadlari haqida chop etilgan qiziqarli ma'lumotlarni keltiradi. Uning ko'rsatishicha, Antonov «Krasnaya Fergana» gazetasi (1921 yil 17 may)da shunday yozadi: «Bosmachilar qo'mondoni Ko'rshermat (Shermuhammadbek – Q. R.) sovet hokimiyatidan to'liq mus­taqillik… va umuman, Rossiyadan ajralishni talab qilyapti… Uning bu talabi RKPning milliy dasturiga mos keladigan yaxshi niyat, deb o'ylash mumkin. Uning chaqiriqlarida milliy harakat asoslari yaqqol ko'rinib turibdi». I. Sol'ts xuddi shu gazetada e'lon qilingan «Ko'rshermat va avtonomiya» sarlavhali maqolasi (1921 yil 10 iyul)da qu­yidagicha yozadi: «Ko'rshermat (Shermuhammadbek – Q. R.) ishchi-dehqon hukumatiga ta'na qilib, 15 kun ichida Turkis­ton uchun muxtoriyat berishni talab etmoqda». Verin ham shu gazeta (1921 yil)da qu­yidagilarni ta'kidlaydi: «Ko'rshermat (Shermuhammadbek – Q. R.), Olloyor, burjuaziya, ruhoniylar vakillari bizdan milliy-madaniy muxtoriyat, shariat, islom, urf-­odat va an'analar daxlsizligini, hayotni buzishni to'xtatishni talab qildilar».

Shermuhammadbek faoliyatiga uning ashaddiy g'animlari tomonidan berilgan bu baholar va e'tiroflar to'g'ri ekanligini alohida ta'kidlab o'tmoq lozim.

Oliy bosh qo'mondon

Madaminbek qizil armiyaga qarshi kurashdan chetlashgach, 1920 yilning erta bahoridan boshlab Shermuhammadbek Farg'ona vodiysidagi qurolli harakatning Oliy bosh qo'mondoni etib saylandi. Shermuhammadbek boshchiligida Turkiston – turk mustaqil islom jumhuriyati yoxud Turkiston muvaqqat hukumati (1920 yil 3 may)ning tuzilishi vodiydagi qo'zg'olonchilarni qayta birlashtirish va sovet rejimiga qarshi hal qiluvchi janglar sari boshlash uchun muhim o'rin tutadi.

Shermuhammadbek bu paytda Buxoro va Xorazm Respublikalari hamda Samarqand viloyatida harakat qilayotgan istiqlolchilar bilan aloqalarni yo'lga qo'ydi. Anvar Posho va Junaidxon bilan uch tomonlama hamkorlik o'rnatildi.

Shuningdek, Shermuhammadbekning Sharqiy Buxoro qo'rboshilari Ibrohimbek va Fuzayl Maxdum bilan munosabatlari yaxshi bo'lgan. Afg'oniston va Turkiya bilan ham aloqalar jonlangan.

Bol'sheviklarning maddohlaridan biri e'tirof qilishicha, ular uchun «Madaminbek qo'rboshilar o'rtasida eng kuchlisi bo'lgan bo'lsa, Shermuhammadbek, shubhasiz, eng xavflisi edi».

Shermuhammadbek Turkiston mintaqasining barcha aholisiga qilgan murojaatida qurolli kurash mohiyatini shunday ifodalagan edi: «Bol'sheviklar aldaydilar va o'ldiradilar. Barcha davlatlar bol'sheviklarni tugatish uchun ularga qarshi kurashmoqdalar. Turkiston xalqiga o'zini o'zi boshqarish huquqi berilganida edi, biz kurashmagan bo'lardik. Turkistonga o'z huquqi berilmas ekan, biz huquq va vijdonimiz, or-nomusimiz uchun so'nggi tomchi qonimiz qolgunicha bol'sheviklar bilan kurash olib boraveramiz».

Xullas, Farg'ona vodiysidagi istiqlolchilik harakatiga Shermuhammadbek rahbarlik qilishi bilan qizil armiyaga qarshi kurash 1920 yil o'rtalarida o'zining yangi bosqichiga qadam qo'ydi. Kurashning bu bosqichida u yana ham shafqatsiz va murosasiz tus oldi. Bu holat qu­yidagi omillar bilan izohlanadi.

Birinchidan, 1920 yil bahori va kuzidan boshlab Farg'ona vodiysi va Samarqand viloyatidagi istiqlolchilik harakati bilan bir qatorda endilikda avval Xorazm Respublikasida, so'ngra Buxoro Respublikasida ham bosqinchi qizil armiyaga qarshi qurolli harakat bosh­landi va qisqa muddatda avj olib ketdi. Ikkinchidan, istiqlolchilik harakatining yangi bosqichi o'ziga xos xususiyatga ega bo'lgan murakkab va ziddiyatli davrni o'z ichiga olgan edi. Harakatning birinchi va ikkinchi bosqichlarida bol'sheviklar hukumatiga qarshi chiqqan qo'zg'olonchilar tub erli aholi vakillaridan iborat bo'lib, ular asosan rossiya­liklardan tashkil topgan qizil armiya qismlariga qarshi kurash olib bordilar, ya'ni bu mahalliy xalq bilan bosqinchilar o'rtasida hayot-mamot kurashi bo'lgan edi.

Bol'sheviklar hukumatida xizmat qilayotgan milliy rahbar xodimlarning mahalliy aholi vakillarini qizil armiya safiga chaqirish haqidagi talablari dastlab Turkkomissiya va Toshkentdagi sovet hukumati tomonidan inobatga olinmadi, sirasini aytganda, ular tub erli aholi vakillari qo'liga qurol berishdan cho'chidilar. Natijada harakatning dastlabki bosqichlari mohiyat nuqtai nazaridan olganda ham tom ma'noda bosqinchilarga qarshi milliy istiqlol uchun kurash bo'lgan edi.

Markaziy hukumat rahbarlari va uning Turkistondagi tayanchlari faqat 1920 yilning o'rtalaridagina bu haqiqatni tushunib etdilar. Mahalliy aholi vakillarini qizil armiya saflariga qabul qilib, ularni qo'zg'olonchilarga qarshi qo'yish bilan bu kurash mohiyatini o'zgartirishga, Turkiston xalqini Rossiyadagi kabi fuqarolar urushi girdobiga tortishga harakat qildilar. Shu maqsadda Turkiston fronti qo'mondoni M. V. Frunze 1920 yil 7 mayda qizil armiya saflariga mahalliy millat fuqarolaridan 30 000 kishini olish to'g'risida buyruq chiqardi.

Lekin bu bilan masala ular o'ylaganidek hal bo'lmadi. Qizil armiya safida qurolli muxolifatga qarshi jang qilishni istamagan chaqiriq yoshidagi minglab erkaklar istiqlolchilik harakati (qo'zg'olonchilar) qatorini to'ldirdilar.

Qahramon RAJABOV,
tarix fanlari doktori,
professor

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube