O’zbekiston Xalq Harakati

Toshmoqchi bo'ldim

Toshmoqchi bo'ldim
02 Mayıs 2020 - 15:02 'da yuklandi va 609 marta o'qildi.

 

 

TOShMOQChI BO'LDIM

Ishq daryosi to'ldi, shoshdi, qaynadi,
Toza xuruj aylab, toshmoqchi bo'ldim.
Ko'ngil taxti mavj ustida o'ynadi,
Anda g'avvos bo'lib, suzmoqchi bo'ldim.

Yotardim tush ko'rdim, seskandim, turdim,
Ishq bir mushkul ishdir, o'qidim, ko'rdim,
Shavqin shirin bildim, bu yo'lga kirdim,
Endi chora yo'qdir, to'zmoqchi bo'ldim.

Yorning eli esdi, o'zi gizlandi,
Umid g'uncha ochdi, bog'lar ko'zlandi,
Hijron quvvatlandi, ishq tozalandi,
Ul qozonda qaynab, toshmoqchi bo'ldim.

Yo'limda uchratdim ko'zi joduni,
Olovlatdim qalbda ishqning o'tini,
Ko'ngil ko'zgusida yorning otini
Uyurdan ayirib, kezmoqchi bo'ldim.

Bu fikrdan, bu xayoldan dosh bo'lib,
Nafsu havo, kibr, kindan bo'sh bo'lib,
Bozorida taloniga duch bo'lib,
Ishq deb jondan umid uzmoqchi bo'ldim.

Qona-qona ichdim do'stning zahrini,
Zahrin shifo bilsam, solmas mehrini,
Dilimda qurilgan ko'ngil shahrini,
Ishqqa navkar bo'lib, buzmoqchi bo'ldim.

Maxdumquli, ul manzilga, diyorga,
Kirgan qaytib chiqo bilmas kanorga,
Ey, yoronlar, bormi bu dardga chora,
O'rtanib, javranib kezmoqchi bo'ldim.

MAXDUMQULI
* * *
Turkmanchadan Islom Xolboy o'zbekchalashtirdi

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube