O’zbekiston Xalq Harakati

O'zingizdan karomat izlamang

O'zingizdan karomat izlamang
04 Mayıs 2020 - 14:29 'da yuklandi va 530 marta o'qildi.

Akrom MALIK

RAMAZON KUNDALIGI

O'ZINGIZDAN KAROMAT IZLAMANG
(O'n birinchi kun)

Insonlar tomonidan sodir etiladigan g'ayritabiiy harakatlar “horiqul odot” deb ataladi. Payg'ambarlarning bunday ishlari mo''jiza, avliyolarning ishlari esa karomat deyiladi. Diniy hayot kechirishni boshlagan ba'zi insonlar, shuningdek, ilm va ibodat ila nisbatan ko'proq mashg'ul bo'luvchilar ularda karomatlar zohir bo'layotgani haqida gapirishadi. Masalan, bunday odamlar tushlarga haddan ortiq e'tibor beradilar. Ular uchun tush g'aybdan bir xabardek, mohiyatan, tush ko'ruvchining avliyo odam bo'lib qolganidan darak beradi, go'yo.

Bunday odamlarga ozor berganlar tezda jazolanadilar, voqealarni oldindan sezishadi, aqliy va hissiy qobiliyatlari xuddi o'zgalardan ustun…

Albatta, kimki o'zidan karomat izlasa, o'zini karomatgo'y deb bilsa, u odamga adashish xatari behad yaqindir. Zotan, mo'minning Allohga yaqinligi uning karomatlari bilan isbotlanmaydi. Allohga yaqinlik – Allohning amri, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlarini sidqu ixlos ila ado etishda namoyon bo'ladi.

Tushda arshni ko'rsa ham, suv uning uchun erga aylansa ham, mo'min inson bunga diqqat sarf etmaydi. Allohga sadoqatli qul bo'lish – butun koinotni boshqarishdan ko'ra afzalroq, balki, eng ulug' saodatdir. Shamolu jinlarni boshqargan Sulaymon, olovda gulzor topgan Ibrohim, oyog'ini Arsh o'pgan Rasululloh sollallohu alayhi va sallamlar ki, Allohga qul edilar, boshqa sohibkaromatlar kim bo'libdi!

Allohga sodiq qul bo'lish saodatini olamdagi hamma narsani idora etish bilan qiyoslab bo'ladimi?! Aslo!

Allohning bandam degan so'zi uchun jonu jahonlarni qurbon etib ham, badal topib bo'lmagay.

Allohim, bizga sidqu ixlos ber! Solih qullaring safida ayla!

2020 yil, 4 may

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube