O’zbekiston Xalq Harakati

O'lik so'zlar nafas olmaydi

O'lik so'zlar nafas olmaydi
05 Mayıs 2020 - 13:15 'da yuklandi va 1040 marta o'qildi.

Akrom MALIK

RAMAZON KUNDALIGI

O'LIK SO'ZLAR NAFAS OLMAYDI
(O'n ikkinchi kun)

Odamlarni yaqindan tanimoq natijasida, xalq ichida yashash, turfa kishilar ila muloqatda bo'lish ruhoniy inson uchun qiyinchilikka aylanib boradi. O'z nuqsonlaringni boshqalarda ham ko'rish azobi sabringni nuratadi.

Televidenie, radio, matbuot va, shubhasiz, virtual sahifalar turfa iddaolar ila to'lib-toshgan. Deyarli hamma zohiran xalqni yaxshilikka da'vat etadi: kimdir dinga, kimdir tafakkurga, kimdir erkka, kimdir huquqqa chorlaydi va hokazo.

Bir kun davomida omma oldida ezgulikka qilingan chaqiriqlar hajmini hisoblasak, juda ko'p sahifalarga duch kelishimiz, ehtimol.

Gazeta, jurnallardagi minglab maqolalar, videotasvirdagi minglab daqiqali film'lar, amri-ma'ruflar odamlarga nasihat qilishga yo'naltirilgan. Shuningdek, fahshga, vahshiylikka, ko'ngilxushlikka chorlovchi chiqishlarning haddu adadi ko'rinmaydi.

Qizig'i, barcha so'zlar havoga uchadi: odamlar o'sha-o'sha, ularning na harakatlari, na so'zlarida bir yuksalish ko'rmaysan. Hamma o'z ishi ila band: o'g'ri egriligini, yolg'onchi aldovini, qallob firibini, zolim zulmini to'xtatmaydi. Nechuk, qaynoq nutqlar, jo'shqin da'vatlardan bir hosil yo'q? Riyokorning riyosi, maqtanchoqning maqtanishi shifo topmaydi?

Buning ikki sababi bor:

Birinchi – minbardagi voiz, qalam tutgan adib o'z so'zining ichida yashamaydi. Ularning so'zlari olqish uchun lablardan uchib, quloqlarga qo'nadi, qalblarga kirmaydi va vujudni larzaga solmaydi. Ularning so'zlari o'lik, o'lik so'zlar nafas olmaydi, nafas olmagan so'zlar esa qalblarni aslo tiriltirmaydi. Qalb tirilmasa, inson hayotida ma'no, halovat paydo bo'lmaydi. Bunga bir qancha misollar mavjud, xususan, qadimda ulug'lar o'zi bajarmagan ishni o'zgalarga buyurmas edilar.

Ikkinchi – atrofda buzuqlikka chorlovchilarning barchasi o'z da'vatlari ustida mustahkamdirlar.

Ular fahshga chaqirarkanlar, o'zlari fahsh ustidalar; poklikka chorlayotganlar esa, ming afsus, poklik ichida emaslar; yolg'on so'ylang der ekan, notiq faqat yolg'on so'ylaydi; rostgo'ylik haqida gapirarkan, voiz umrida deyarli haqni gapirmagan va hokazo.

Agar olam ikki qutbdan iborat bo'lsa, bu sahnada manfiy qutb g'olibdir.

Ziynat uchun so'zni o'ynatuvchilar ham, shuhrat uchun qalbni savdoga qo'yganlar bu ishlarining badalini oxiratda o'tashlari shubhasizdir.

Alloh bilan xoli qolib, Unga roz aytmagan, Unga xolis yuzlanmagan holda so'ylangan kalomda na xayr, na hikmat bor!

Allohim, bizni kechir! So'zlarimizni amallarimizning nuri et, amallarimizni so'zlarimiz soyasida qoldirma!

2020 yil, 5 may.

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube