O’zbekiston Xalq Harakati

Ochlikda o'ldirilgan millionlar, kontslagerlar va Stalinning dala hovlilari. Kommunizm haqida 10 fakt

Ochlikda o'ldirilgan millionlar, kontslagerlar va Stalinning dala hovlilari. Kommunizm haqida 10 fakt
06 Mayıs 2020 - 14:33 'da yuklandi va 916 marta o'qildi.

OChLIKDA O'LDIRILGAN MILLIONLAR, KONTsLAGERLAR VA STALINNING DALA HOVLILARI. KOMMUNIZM HAQIDA 10 FAKT

«Medium.com» saytida tahlilchi Aleksandr Stankevichyusning kommunizm haqidagi maqolasi e'lon qilingan. Quyida ushbu maqolaning asosida qisqartirilgan tarjimasini e'tiboringizga havola etamiz.

Kommunizm – fantaziyasi boy va lekin umri qisqa mafkura. Fridrix Engel's va Karl Marks ismli ikki shaxsning falsafiy qarashlari va fantaziyalari asosida shakllangan ushbu g'oya tezlik bilan Evropadagi intellektual qatlam orasida keng tarqaldi. U odamlarga oltindan tog'lar va jannatmonand hayot va'da qildi. Avvaliga u shunchaki «mehnatdan xalos qilish» singari kichik to'garaklar ko'rinishida odam yig'di; asta-sekinlik bilan partiya shakliga kirib bordi va nihoyat butun boshli mamlakatlarda rasmiy mafkura darajasigacha ko'tarilgan.

Kommunizm juda g'alati g'oyalar ustiga qurilgan. Xususan, u iqtisodiyot qonunlarini inkor qilishga urinadi; boz ustiga, kommunistik harakat etakchilarining (masalan, partiya rahbarlarining) o'zi da'vo qiladigan «muqaddas» g'oyalarga ma'nan va saviya jihatdan nomunosib xatti-harakatlari bilan hayron qoldiradi. Xo'sh, bir qarashda ajoyib g'oya bo'lib ko'rinadigan kommunizm nega yakunda sarob bo'lib chiqdi? Nega u millionlab insonlarni hafsalasini pir qildi?

1-fakt: Kommunizm millionlab odamlarning yostig'ini quritgan

Ha, bu achchiq haqiqat. «Yostig'ini quritgan» deganda kommunizm g'oyalari tufayli to'g'ridan to'g'ri o'ldirilgan odamlar soni nazarda tutilmoqda.

Ya'ni bu o'rinda kommunistik tuzumning mehnat lagerlarida vafot etgan quloqlar, kommunistik tuzumning iqtisodiy siyosatidagi xatolari tufayli yuzaga kelgan ocharchiliklarda ochdan o'lgan odamlar, kommunistik davlatlar olib borgan urushlarda o'lgan harbiylar soni aralashtirilmagan.

Millionlab o'ldirilgan odamlar – aynan kommunizm g'oyalariga zid fikrlari uchun tergov so'roqlaridagi qiynoqlarda jon bergan siyosiy mahbuslar, repressiya tufayli sudsiz-so'roqsiz otib tashlanganlar hamda «kapitalistik tuzumga xayrixohligi» uchun otib tashlangan kishilar soni nazarda tutilmoqda. Nafaqat SSSR, balki Xitoy, Kambodja, V'etnam, Albaniya, Shimoliy Koreya, Kuba va Afrika davlatlarida kommunistik terror bir necha bor amalga oshirilgan va hozirda ham davom etib kelmoqda. Xitoydagi «madaniy inqilob» paytida 5 milliondan ortiq odam o'ldirilgan; Rossiyada 1917–1923 yillarda amalga oshirilgan «qizil terror» harakati natijasida 2 milliondan ortiq odam o'ldirilgan (bu raqam ham aynan o'ldirilganlar hisobi xolos; bundan tashqari, kasalliklardan va ocharchilikdan o'lgan, bedarak yo'qolganlar bo'lgan); Ispaniyadagi fuqarolar urushi paytida 38 ming kishi o'ldirilgan; Albaniyada Anvar Hoji hukmronligi paytida 21 ming kishi otib tashlangan; Kubada rasmiy raqam 14 ming otuvdan iborat; 1937–1938 yillarda SSSRda o'tkazilgan «katta terror» amaliyotida otib o'ldirilgan odamlarning rasmiy soni 681 mingdan ziyod… Ko'rib turganingizdek, raqamlar shunchaki dahshat…

2-fakt: Kommunistlar tufayli ular hukmron bo'lgan mamlakatlar juda qashshoq bo'lib qolgan

Haqiqatan ham, boyib, hammadan o'zib ketgan birorta kommunistik mamlakatni tarix bilmaydi. Kommunistik tuzumli davlatlarning birortasida aholining yuksak turmush tarziga erishilmagan. Hatto vaqtinchalik ham. Shu sababli odamlar muttasil ravishda «kommunistik jahannam»dan qochib qutilishga urinib kelgan. Minglab odamlar GDRdan GFRga qochib o'tishga uringan, hozirda ham Koreys yarim orolida minglab shimolliklar Janubga qochib o'tishni orzu qilib yashaydi. SSSR fuqarolariga xorijga chiqish taqiqlangan. Buning sabablaridan biri, OAVda qanchalik pafos va balandparvoz so'lar bilan maqtalmasin, baribir SSSRdagi maishiy hayot G'arb mamlakatlaridagidan ancha qoloq bo'lgan. Misol uchun, 1960 yilda SSSRda har 100 oiladan faqat to'rttasida muzlatgich bo'lgan; bu paytda AQShda 98 foiz oilada muzlatgich mavjud edi. 1972 yilga kelib bu ko'rsatkich AQShda 99,9 foizga, Italiyada 85 foizga etgan; SSSRda esa arang 34 foizga etkazilgan.

Shaxsiy avtomashina xususida esa ahvol bundan ham yomon bo'lgan. 1975 yilda SSSRda har mingta odamga faqat 16 ta shaxsiy avtomobil' to'g'ri kelgan; xuddi shu paytda AQShda har ikkinchi odamning o'z mashinasi bor edi. Evropada esa har to'rtta odamdan birida shaxsiy avtomobil' bo'lgan. 1976 yilda SSSRda umumiy engil mashinalar soni 3,6 million dona bo'lgan xolos.

Bu raqamlar kommunistik mamlakatlar orasida eng boyi – SSSRga tegishli, qolgan kommunistik davlatlarda ahvol bundan ham battar bo'lgan. Faqat Pol'sha, GDR va Chexoslovakiya sal tuzukroq yashagan (bu davlatlarda kommunizm o'rnatilishidan avval ham o'zi to'qroq yashagan). Xitoy, Kambodja, Albaniya, Kubada esa kommunistlar juda og'ir qashshoqlik darajasini keltirib chiqargan.

Kommunistik davlatlarda aholining ovqatlanish ratsioni ham o'ta g'arib bo'lgan. Masalan, SSSRda kishi boshiga bir yillik go'sht iste'moli atiga 57 kilogramm bo'lgan. O'sha paytda sovet odamlari haftasiga o'rtacha atigi to'rt dona tuxum egan xolos. SSSR hukm surgan 74 yil mobaynida biror marta non iste'moli darajasi 1913 yildagi ko'rsatkichga ham etib bormagan. Ma'lumot uchun, 1913 yilda Rossiya imperiyasida bir kishiga yiliga o'rtacha 200 kilogramm non iste'moli to'g'ri kelgan; SSSR eng gullagan 1975 yilda esa sovet fuqarolari yiliga 141 kilogramm non iste'mol qilgan xolos.

3-fakt: Kommunistik tuzum etakchilari favqulodda hashamatli yashagan va o'ta boy bo'lgan

Yuksak tribunallarda tinimsiz yog'dirilgan «ijtimoiy tenglik», «ijtimoiy adolat», namoyishkorona kamtarinlik kabi gap-so'zlarga qaramay, kommunistik tuzum rahbarlari hech qachon oddiy xalq singari yashamagan. Hammasining juda hashamatli saroy hayoti va mislsiz boyligi bo'lgan. Masalan, Iosif Stalinning butun ittifoq hududi bo'ylab 20 ta dala hovlisi bo'lgan. Albatta, bu oddiy odamlarga berilgani singari 6 sotix erdagi inshoot bo'lmagan. Balki bunker, basseyn, bog', shaxsiy qo'riqlash xizmati va tibbiy xizmat, qimmatbaho avtomobil' garaji singarilarni o'z ichiga olgan, aql bovar qilmas dala hovlilari bo'lgan. Venesuela etakchisi Ugo Chavesning esa shaxsiy boyligi bir necha milliard dollarda baholangan. Uning qizi Mariyaning shaxsiy boyligi 4 milliard dollarga teng bo'lgan. Vaholanki, Venesuelada oddiy xalqqa dollardan foydalanishni uning otasi shaxsan taqiqlagan edi. Fidel' Kastroning ham 900 million dollardan ortiq puli borligi OAVga yaqinda ma'lum bo'ldi.

4-fakt: Kommunistlar hech qaerda va hech qachon kommunizm oldiga qo'ygan vazifalarni bajara olmagan

Ular bu borada eng boshidanoq yutqaza boshlagan. Qaerdaki kommunistik tuzum o'rnatilgan bo'lsa, o'sha mamlakat sanoati qoloqlikka yuz tutgan va qishloq aholisi soni shahar aholisi sonidan doim yuqori bo'lgan. Qaerdaki kommunistlar davlat tepasida ekan, mamlakat asosan agrar davlat bo'lib qolavergan.

Ruslar inqilobni Sharqiy Evropaga ham olib o'ta olmagan: bolsheviklar 1920 yildayoq Pol'shada to'xtatilgan; Vengriya sovet respublikasi to'rt oyga ham etib bormagan. Eng ekzotik kommunistik mamlakat – Bavariya sovet respublikasi esa bir oyga ham chidamagan. Qizillarni avval boshidanoq Boltiqbo'yi va Finlyandiya urib chiqargan.

Hech qaysi kommunistik mamlakat raqobatbardosh iqtisodiyot barpo eta olmagan. Hamma kommunistik davlatlarda doimiy ravishda G'arbning etakchi texnologiyalariga katta talab mavjud bo'lgan, qolaversa, bo'm-bo'sh peshtaxtalar, asosiy iste'mol tovarlari uchun navbatga turish va oylab, yillab kutish kerak bo'lgan (buni hali o'zimizda ham ko'pchilik unutmagan bo'lsa kerak).

Eng yomoni esa, kommunistlar hech qaerda samarador ichki davlatchilik mexanizmi yarata olmadi. Tuzum ma'muriy buyruqbozlik va byurokratiyaga asoslanib ish ko'rgan. «Yuqoridagilar» faqat talab qilish va jazolashni qoyil qilgan xolos. Natijada ijro mexanizmi falaj totalitar tizim yuzaga kelgan. Har qanday tashabbus muvaffaqiyat bilan bo'g'ib qo'yilishi odatiy hol bo'lgan.

5-fakt: Kommunizm oila qadriyatlariga raxna solgan

Bu kommunistik partiya manifestida ham ochiq oydin, oq qog'ozga qora harflar bilan aniq-tiniq yozib qo'yilgan edi: «Oilani yo'q qilish!». Bu juda jirkanch yo'llar bilan ham amalga oshirilishiga yo'l qo'yib berilgan. Xususan, Lenin an'anaviy oilalarni barbod qilish uchun ayollarni go'yoki «ozodlikka chiqarish» g'oyasini o'rtaga tashlagan. U oila qadriyatini yo'q qilish uchun, ayollarni oila o'chog'idan chiqarib olib, jamoat ishlarida, korxonalarda ishlatish kerak deb ta'kidlar edi. U ayollarga shaxsiy vaqt qoldirmaslik, shaxsiy munosabatlarga kirishishiga imkon bermaslikka harakat qilgan. Buni «ayollarning ozodlikka chiqarilishi» singari pafosli so'zlar bilan niqoblagan.

6-fakt: Kommunistlar bir-biri bilan ham ko'p urush qilgan

«Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!» singari balandparvoz g'oyalarga zid o'laroq, kommunistik davlatlar o'zaro muttasil ziddiyatlarni yuzaga keltirgan ish ko'pincha qurolli mojarogacha borib etgan. Xususan, Xitoy va SSSR o'rtasida bir necha marta qurolli to'qnashuv yuz bergan. Xitoy kommunistik V'etnam bilan, V'etnam esa Kambodja bilan urushgan.

Albaniyaning kommunistik rahnamosi bo'lgan Anvar Hoji esa barcha kommunistik mamlakatlar bilan ziddiyatga borishga ulgurgan. U Den Syaopinni «G'arbga sotilgan bandit» deb atashgacha borgan. SSSRning Vengriya va Chexoslovakiya ichki ishlariga qanday aralashgani haqida esa tarix kitoblarida o'qib olish mumkin.

7-fakt: Kommunistik rejimlarning umri juda qisqa

Nega bundayligining ayrim sabablari yuqoridagi faktlardan ayon bo'lib ulgurdi deb o'ylaymiz. Eng uzoq yashagan kommunistik tuzumli davlat SSSRdir. Unda 74 yil kommunistlar hukmronlik qildi va oxiri nima bilan tugaganini hozir deyarli hamma yaxshi biladi. Mamlakat juda og'ir iqtisodiy va ijtimoiy inqiroz iskanjasida parchalanib ketdi. To'g'ri, Xitoy kompartiyasi hali yashashda davom etyapti. Biroq Xitoyda qizillar davlat tepasiga chiqqaniga 69 yil bo'ldi xolos. Balki bu borada Xitoy SSSRdan o'zib ketar. Biroq bugungi Xitoyning kommunistik doktrinasi Marks-Lenin-Mao g'oyalaridan tubdan farq qiladi va aytish joizki, Xitoy 70 yillardanoq kommunizmning boshqacharoq, o'ziga xos tarzdagi, kapitalizm bilan omixta ko'rinishini qura boshladi. Xitoy bozor iqtisodiyotiga asta-sekin o'tib ketmoqda va kommunizm bilan erkin va ishonchi iqtisodiyot qurib bo'lmasligini anglab etgan chog'i.

KXDRni kommunistlar 70 yildan beri boshqarmoqda. Kubada 59 yil bo'ldi. Kambodjada qizillar atigi uch yil chidab berdi xolos. Sharqiy Evropa mamlakatlaridagi kommunistik tuzumlar esa uzog'i bilan 45 yil yashagan. Bavariya SR atigi bir oy yashaganini yuqorida ham aytdik.

8-fakt: Kommunistik internatsional aldamchi va aslida fashistik g'oya

Kommunistlar mustamlaka mamlakatlarga qanday g'oyalar bilan borgan? Go'yoki «milliy ozodlik» g'oyasi bilan. Biroq bunday tuzumlarning aksariyatida hukumatni qo'lga olgan kommunistlar mansub bo'lgan millatlar o'z hududida etnik tozalash ishlarini olib borgan. Masalan, Kambodjada Pol Pot rejimi kamarlar foydasi uchun boshqa etnik kamchilik millatlarni qirib yuborgan; Albaniyada serblar va umuman G'arbiy Evropaga aloqador har qanday millat vakiliga hamla qilingan. Xitoyda ham shunga o'xshash holat kuzatilgan. O'zi umuman kommunistik mafkura hudud va erlarni milliy mansublikka qarab taqsimlab berish strategiyasini qo'llagan. Natijada yuz yillardan beri o'zaro ahil yashab kelgan turli millat va elatlar bir-biridan til va etnik mansublikka ko'ra ajratib tashlangan. Ular orasida aniq belgilangan hududiy va madaniy chegaralar joriy qilingan va go'yoki bu qardosh va do'st millatlar aslida o'zaro «raqobatchi» ekani singari g'oyalar odamlar ongiga zimdan singdirilgan. Bu esa zarur paytda millatlararo totuvlikka raxna solish orqali turli ziddiyatlar keltirib chiqarish, vaziyatdan ustomonlik bilan foydalanib, bu millatlarni yana tobelikda bo'ysundirib turishga xizmat qilishi ko'zda tutilgan. Natijada sobiq kommunistik mamlakatlar hududida juda ayanchli milliy-etnik urush o'choqlari vujudga keldi. Birgina Tog'li Qorabog' mojarosi bunga yaqqol misoldir.

9-fakt: Kommunizm XX asrda bir necha bora ommaviy ocharchilikka sabab bo'lgan

Bu kommunizm g'oyasining eng ayanchli oqibatlaridan biridir. XX asr insoniyat tsivilizatsiyasi tarixida misli ko'rinmagan fan-texnika inqilobini yuzaga keltirgan bo'lsa-da, kommunistlar hukmronligi ostida qolgan aholiga bu fan-texnika inqilobi ham aytarli yordam bera olmadi. Aksincha, ushbu tuzum ostidagi aholi ocharchilik va uning natijasida yuzaga kelgan kasalliklar tufayli ommaviy qirilib ketdi. Ayrim eng katta epizodlarni yodga olamiz:

1921–1922 yillarda Volgabo'yidagi ocharchilik. 5 million kishining umriga zomin bo'lgan. Uning sababi bolsheviklar olib borgan ahmoqona agrar siyosat bo'lgan. Dehqonlarga ekish va hosilni yig'ib olish uchun imkon berilmagan. Hosil deyarli bo'lmagan va narx-navo mislsiz oshib ketgan. Oddiy xalq bir burda non topa olmay ochlikda jon bergan;

1932–1933 yillarda butun SSSRda ro'y bergan ocharchilik. Bu ocharchilikning sababi kommunistlar tomonidan olib borilgan kollektivlashtirish siyosati bo'lgan. Odamlardan xususiy mulk kuch bilan, zo'rlik ishlatib tortib olingan va hammani umumiy xo'jalik ishida majburan ishlashga majbur qilishgan. Dehqonlar shaharga ommaviy ko'chib keta boshlagan. Qishloq xo'jaligi izdan chiqqan. Natijada hech kim bug'doy ekmagan. Mulk o'ziniki bo'lmagandan keyin natijadan hech qanaqa manfaati bo'lmagan kolxoz ishchilari mehnatida umuman samara bo'lmagan. Ketma-ket bir necha yil umuman hosil olinmagan va oqibatda ommaviy ocharchilik kelib chiqqan. O'sha yillari sovet hukumati ayniqsa Ukrainada ongli ravishda, atayin ocharchilik keltirib chiqargan. Bolsheviklar odamlardan ataylab hosilni tortib olgan. Odamlarga esa hech vaqo qoldirishmagan. Qarshilik ko'rsatganlar shafqatsiz jazolangan. 1932 yilning o'zida bolsheviklar Ukrainada 125 ming nafar qishloq aholisiga nisbatan jinoyat ishi ochib, ulardan 5 ming nafarini otib o'ldirgan;

1959–1961 yillardagi Xitoydagi «buyuk ocharchilik». Bu 30 yillarda SSSRda ro'y bergan ocharchilikning aynan takrori bo'lgan. Xitoylar ham majburiy kollektivlashtirish, xususiy mulkchilikka barham berish yo'lidan borgan. Qarshilik ko'rsatganlar shafqatsiz repressiya qilingan. Natijada kolxozlarda ishlaydigan ishchi kuchi ham qolmagan. Hosil olinmagach, odamlar ommaviy ochlikdan qirilib ketgan. Shu o'rinda Xitoy yana bir katta xato qilgan. Ular go'yoki «hosilni zararkunanda qushlardan himoya qilish» uchun chumchuqlarga qiron keltirgan. Natijada ekosistema butunlay izdan chiqqan. Chumchuqlar tufayli soni tiyib turiladigan hosil zararkunandalari – chigirtka va boshqa qurt-qumursqalar soni favqulodda keskin ortib, ular hosilni butunlay kunpayakun qilgan. Natijada yuzaga kelgan ocharchilikdan esa eng kamida 15 million Xitoy aholisi o'lib ketgani aytiladi;

1990–1995 yillarda Kubada ro'y bergan ocharchilik. Kuba – doim SSSRning dotatsiyalari evaziga yashagan. 1991 yilda SSSR parchalanib ketgach, Kubani g'amini eydigan «katta og'a» ham yo'q bo'lib ketdi. Natijada orol bir necha yil juda mushkul iqtisodiy-ijtimoiy ahvolda qolgan. Mamlakatni halokatli ochlikdan faqat Meksika ko'rfazi mamlakatlarining xayriya yordami qutqarib qolgan;

1995–1999 yillarda KXDRda yuz bergan ocharchilik. Buning sababi ham Kubadagi bilan o'xshash. KXDR ham muttasil ravishda, SSSRning qo'llab-quvvatlashi va himoyasi ostida jon saqlagan. Biroq SSSR yo'q bo'lib ketgach, shimollik koreyslarda katta muammolar paydo bo'ldi. Albatta, bu borada tayinli rasmiy ma'lumot mavjud emas. Biroq xalqaro ekspertlar o'sha yillarda KXDRda 3,5 millionga yaqin odam ochlikdan o'lganini taxmin qiladi.

10-fakt: Kommunizm butun dunyo bo'ylab dahshatli kontslagerlar tizimini yaratgan

Kontslagerlarda millionlab begunoh odamlar jabr-sitamlar chig'irig'idan o'tishga majbur bo'lgan. Odamni kontslagerga yuborish va u erda qulday ishlatish uchun juda arzimagan sabab kifoya bo'lgan. Masalan, biror odamning «oilaviy kelib chiqishi», «xorijliklar bilan aloqa qilgani», «kommunistik mafkuraga zid kitob o'qigani», «Stalinni yomonlagani» kabi bo'lmag'ur ayblar bilan quloq qilib yuborilishi oddiy hol bo'lgan. Albatta, biz «quloq» deb ataydigan GULAG sistemasi esa bu boradagi eng dahshatli, jinoyatkor sistema bo'lgan. Biror odam ustidan betayin bir tuhmatchining «yumaloq» anonim xati bilan uni butunlay badnom qilish, oilasining boshiga mislsiz kulfatlar yog'dirish mumkin edi. Aniq dalillangan arxiv hujjatlariga ko'ra, birgina 1953 yilning o'zida SSSRda 2 468 524 kishi quloq qilingan. Bu degani, shuncha oilaning taqdiri barbod qilingan demakdir. Undan avvalgi yillarda ham raqamlar shunga juda yaqin. Bu odamlar mehnat lagerlarida, juda sovuq va og'ir sharoitlarda ishlashgan majbur qilingan. Ularning aksariyati o'sha erda jon bergan. Qutulib chiqqanlari va keyinchalik oqlanganlari ham bir umrlik bedavo kasalliklar bilan qaytgan.

BMT ma'lumotiga qaraganda, KXDR davlatida hozirda ham 200 mingga yaqin odam kontslagerlarda tutqunlikda saqlanmoqda ekan. Kubada ham shunga o'xshash tizim yaqin-yaqinlargacha mavjud bo'lgan. Kubadagi kontslagerlarda saqlangan ayrim odamlarda qo'yilgan ayblovlar juda kulgili darajada jo'n va lekin ayanchlidir. Xususan, La-Kabane kontslagerida shunchaki rok-n-roll musiqasini tinglagani uchun qamoqqa tashlangan odamlar bo'lgan. Kambodjada esa 1975–1978 yillarda faoliyat ko'rsatgan kontslagerlarda odamlarga qo'llangan jazo usullaridan shayton ham hazar qiladi. Xususan, u erda «ovqatdan tejash» uchun yosh bolalarni o'ldirib yuborilgan. O'ldirish ham «o'q tejash» maqsadida otib emas, qiynoqlar orqali, jismoniy ta'sirlar orqali bajarilgan. Xususan, Choeng-Ek kontslagerida odamlar xuddi shunday qiynoqqa solingani faktlar bilan dalillangan.

* * *

Shunaqa faktlar…

Butun jahon bo'ylab hali ham minglab odamlar kommunizm haqida orzu qiladi. Biroq ular aslida bu qandayin qonxo'r va jinoyatkor tuzum ekanini ko'pchilik anglamaydi va tushunmaydi. Albatta, tarix xulosa chiqarish va o'sha xatolarni takrorlamaslik uchun ham o'rganiladi.

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube