O’zbekiston Xalq Harakati

Oshiq bo'lmisham

Oshiq bo'lmisham
09 Mayıs 2020 - 13:29 'da yuklandi va 353 marta o'qildi.

 

 

OShIQ BO'LMIShAM

Ey, yoronlar, bir yuzi gul oya oshiq bo'lmisham,
Barchalar maqsudi – gul, ra'noga oshiq bo'lmisham,
Bulbulman bog' ichra bir, g'avg'oga oshiq bo'lmisham,
O'zi g'oyib, zulflari yaldoga oshiq bo'lmisham,
Manzilim tog' ichradir, sahroga oshiq bo'lmisham.

Chun falak soldi meni ul kun fano tuprog'iga,
Tushdi sayrim doimo Makka, Madina tog'iga,
Bulbul bo'ldim, sayradim, kirdim Eramning bog'iga,
Oyog'imdan ilindim g'am ahlining tuzog'iga,
Yuz balo – mehnatli bir savdoga oshiq bo'lmisham.

Ko'nglim ichra yor g'amidir, manzilim sahroda, hay,
Tortishim g'am-g'ussadir, men do'nmisham Farhodga, hay,
Soldi ishqing, dilbar-o, jonu jigarim o'tga, hay,
Vo darig'o, o'tdi umrim, zoya berdim bodga, hay,
Ohi ko'p, afg'oni ko'p, bir ko'ya oshiq bo'lmisham.

Bilmasman, ul na bahrdir, na muazzam tog'idir,
Oldi ko'nglim, ketdi aqlim, tan mudom ne chog'idir,
Ani nisbat etmak bo'lmas, qumri, bulbul, zog'idir,
Oy, g'araz, har zulfida etmish ming er tuzog'idir,
Qaddi-qomati baland, zeboga oshiq bo'lmisham.

Do'st, havoyi vaslingni, men chinu chandon istaram,
Domu zulfing qasdiga o'zimni zindon istaram,
Dema: “G'amdan bir zamon ko'nglimni xandon istaram”,
Bir g'arib oshiqmanam, yor, seni sendan istaram,
Kechayu kunduz, biling, “Hu-ho”ga oshiq bo'lmisham.

Yor vaslidan o'zgaga intiqu zorim yo'q mening,
Qolmisham hayron bo'lib, g'ayri madorim yo'q mening,
Oldi jonim ishqing o'ti, ixtiyorim yo'q mening,
Kelsa, aqlimni olar, ketsa, qarorim yo'q mening,
G'amzasi o'q, qoshlari ol yoya oshiq bo'lmisham.

Aytadir, Maxdumquli, men anda konga uchradim,
Sayr etib bordim, falakka, lamakonga uchradim,
Chun meni rasvo qilibdir, ishq – tanhoga uchradim,
Etmish ikki shahr ichinda, ming bir do'konga uchradim,
Shuncha sargardon-sabilu, zoya oshiq bo'lmisham.

MAXDUMQULI
* * *
Turkmanchadan Islom Xolboy o'zbekchalashtirdi

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube