O’zbekiston Xalq Harakati

Ramazonda do'stimning ohu-zori

Ramazonda do'stimning ohu-zori
09 Mayıs 2020 - 15:05 'da yuklandi va 514 marta o'qildi.

RAMAZONDA DO'STIMNING OHU-ZORI

Yusufjon Yunusov 1955 yili Surxondaryo viloyatining Denov tumani, “8-mart” qishlog'ida tug'ilgan. Millati o'zbek. Ma'lumoti o'rta. Muqaddam, 1995 yil O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 159-moddasi bilan sudlanib, Toshkent viloyati, “Tovoqsoy” zonasida 3 yil o'tirib chiqqan. Oilali. 8 nafar farzandi bor. Oxirgi yashagan joyi esa, Toshkent shahri, Chilonzor tumani 26 kvartal. 2013 yilda ikkinchi bor, “jihodchi” aybi bilan sudlanib, O'zbekiston Respublikasi JKning 159, 244 moddalari bilan ayblanib, 9 yilga ozodlikdan mahrum etilgan…

U 2014 yilning yanvar' oyidan boshlab, Navoiy viloyati 64/47 muassassida jazoni o'tab kelmoqda.

Yusufjon Yunusov bilan men bir zonada bo'lganman. Unga nisbatan, qo'yilgan ayblarning barchasi soxta ekanligini sud hukmini o'qib guvohi bo'lganman. Chunki, u avval “hizbut-tahrir” bilan aloqadorlikda ayiblangan bo'lsa, ikkinchi qamalishida esa, “jihod”chi! O'zbekistonda “oqim” ham juda ko'p ekan-da?!”…

Yusufjon aka menga quyidagilarni gapirib berdi:

“Men toshkent shahridagi “o'rikzor” bozorida qurulish materiallari savdo-sotig'i bilan shug'ullanardim. Bir kun men iste'qomat qilayotgan xonadonga Chilonzor tumani IIBning bir guruh xodimlari kelib uyimda tintuv o'tqazishdi. Uyimdan hech narsa topilmadi. Keyin esa, meni Chilonzor tumani IIBga olib ketishdi.

U erda mening qo'l telefonimni tekshirishdi. Tekshirishga arziydigan, biron bir ma'lumotga ega bo'ladigan narsaning o'zi ham yo'q edi.

Ular “sizning telefoningizdan, Obid Qoriga tegishli bo'lgan, “da'vat”ni topdik…” deb “protokol” tuzishdi. Men Obid Qoriga tegishli bo'lgan, suhbatni ko'rsatinglar va o'sha fleshkani qaerdan olib, telefonimga qanday tushirgansizlar?”, deb savol bilan murojaat qildim.

Tergovchi meni haqorat qilib, “Iflos! Oldin ham, qamalib chiqqansan! Bu safar ham, seni o'tirg'izamiz!”, deb rosa meni do'pposladilar.

Meni Toshkent shahar hibsxonasida 72 soat ushlab turganidan keyin, “ayb”ni bo'ynimga qo'yolmadilar.

So'ng esa, uya-64/1 “Toshturma” tergov hibsxonasining birinchi ovuli, “spetspodval”ga olib bordilar. U erda meni loxmachlar kutib olishdi. Loxmach “Temurbek” degani bor ekan. U meni obdon do'pposlab, qiynab, azob berdi. Kallamga salafan kiygizib, qo'l-oyoqlarimni bog'lab, sovuq suvga tiqishdi. Qo'l-oyoqlarimga igna sanchdi. Tanamga qattiq jism bilan urishdi. Xullas, ko'ngliga nima kelgan bo'lsa, barchasini o'sha joyda qildi…

Loxmachlar meni yana tergovga qaytarishdi. “aybnoma”ni bo'ynimga qo'yolmaganlaridan keyin esa, ukamni olib kelib ko'z oldimda echintirib, urdilar. “Uning oilasini olib kelib, mening oldimda zo'rlashlarini” aytib menga tahdid qilishdi. Keyin esa, meni (shu erda Yusuf aka, yig'lab yubordi) orqamga dubinka tiqishdi. Nima qilay oxiri “barcha ayblarni bo'ynimga oldim” , deb tushuntirish xati yozib berdim…

Tergovchi menga qarab bir gapni aytdi. “Aka menga “yuqori”dan topshiriq bo'lgan. O'sha topshiriqni bajarmasam edi, men sizning joyingizga borib o'tirib kelishimga to'g'ri kelardi. Bundan tashqari, har 6 oyda hisobot beraman. O'sha hisobotga ko'ra, sizni qamoqqa tiqish buyurilgan”, dedi. Men o'sha vaqt unga qarab, “Allohning bir balosiga uchragin iloyo!”, deb chiqib ketdim. Eshitishimcha, o'sha tergovchi avtohalokatga uchrab, bu dunyo bilan vidolashgan ekan…”

Navoiy viloyati uya-64/47 muassasiga Yusuf aka kelib tushgan kunidan boshlab, muassasa xodimlari uni ko'p qiynoqqa solishdi. Unga, “sen avval ham “hizbut-tahrir” bilan ayblanib qamalgan ekansan. Endi esa, “jihod”chi bo'lib muassasaga qaytib keldingmi?”, deb uni rosa qiynashgan. Shundan keyin, Yusuf aka adolat izlab O'zbekiston Respublikasi prezidenti va Oliy Sud, Prokuratura organlariga ko'p murojaat qildilar. Natija bo'lmadi. Yusuf aka, yozgan murojaatlaridan keyin uni “shizo”ga tiqib u erda ham, ko'p qiynoqqa solishdi…

O'shandan keyin, u bilan men 2016 yili Navoiy viloyati jazoni o'tash bosh boshqarmasining, 64/47-muassasi 6-turkum (otryad)ning №123 brigadasida uchrashib qoldim, ya'ni u bilan birga “xizmat”da bo'ldik. O'shanda unga men yordam berish maqsadida sud hukmida keltirilgan barcha vajlarni o'rganib chiqdim. Shunda u kishiga yordamim shu bo'ldidi-ki, Oliy Sud, Bosh prokuratura organlariga 2013 yilda, chiqarilgan sud hukmiga nisbatan, “protest” kiritish to'g'risda murojaat qildik. Xudoga shukr! O'zgarish bo'ldi. Unga nisbatan, 9 yil muddatidan 3 yilini olib tashlashdi…

Biroq…

Men u bilan “hamtovoq” bo'lib qolganligim uchun, menga nisbatan O'zbekiston Respublikasi JKning 244 moddasi 1-qismi bilan, “ogohlantirish” berishdi va meni 6-otryaddan, 8-turkumning 83 guruhiga “ravona” qilishdi. O'sha vaqtda, diniy “stat'ya” bilan “ugolovnik” birga o'tirib ovqatlanishi hattoki, u bilan suhbatlashi va ko'rishish mumkin emas edi. Bu narsa muassasaning qattiq “rejim”iga kirar edi… Men o'sha “rejim”ni buzganligim uchun, o'sha chorani qo'llashgan edi…

Shunday qilib, Surxondaryolik Yusufjon Yunusovni taqdiri nima kechgani bilmayman…

Lekin, 64/47-zonasidan kelgan sobiq mahkumlarning so'ziga qaraganda esa, u kishi “o'ta og'iridan, engiliga o'tqazilsin!”, deb kolonyaga chiqarib yuborilgan ekan.

Faxriddin Tillaev

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube