O’zbekiston Xalq Harakati

Abdulhamid Ismoil: Yo'l va maqom

Abdulhamid Ismoil: Yo'l va maqom
09 Mayıs 2020 - 16:08 'da yuklandi va 523 marta o'qildi.

ABDULHAMID ISMOIL: YO'L VA MAQOM

Bu maqolaga turtki bo'lgan hodisani eslamoqchiman.

Qozoqlarning bugungi kundagi ancha mashhur «jy'rau»i Almas Almatov bilan bir kecha xangomalashib o'tirar edik. Nima bo'ldiyu, men unga: “Darvoke', Hazrat Ahmad Yassaviyning «O'taro» radifli juda bir mashhur g'azali bor, shuni sen ham do'mbirangga solmaysanmi!” – deb taklif qilib qoldim. Tezda g'azalning u-bu erini qozoqlashtirdigu, Almas do'mbirasini bir-ikki chertib: “Joq, bolmavaturg'oy!” – desa bormi.- “Nega?- hayron bo'ldim men.- Sen Firdavsiyning «Shohnomasini» qozoqcha kuylaysanku!”- desam, u elka qisib qo'ydi. Keyin sanab boqsak, «Shohnoma» vazni 11 bo'g'inli mutaqorib emasmi, roppa-rosa qozoq jirlarining 11 barmoqli vazniga mos tushar ekan. Turk g'azalining aksariyati esa 15 bo'g'inli ramal vaznidadir. Bundan tashqari ham ancha-muncha farqlar bor ekanki – bularning har bir qutbi – ikki dunyo. Mana shularni biroz bo'lsada aniqlash uchun quyidagi muxtasar bir tadqiqotga kirishdim.

Ma'lumki, O'rta Osiyo qadim vaqtlardan o'troq va ko'chmanchi xalqlarning yonma-yon yashagan yurti bo'lib, ularning hayot tarzi, urfu-odatlari, adabiyoti ancha farqlidir. Lo'nda qilib aytganda – bu ikki dunyoqarashdir. Qizig'i shundaki, kelib chiqishi bir bo'lgan xalqlarda ayni shu bo'laklikka duchor bo'lishlari mumkindir, va bu farqning ruknlarini, ustunlarini belgilash uchun bevosita qiesiy tekshirishga o'ta qolaylik. Mana ikki she'r:

Orayga-borayga kar jausa,                 Septi tun mushkiga siymi sudadin kofur qish,

Kaly'nga boran borar ma?!                Aysh uchun oqu qaroni ayladi masrur qish.

Kaptay sokkan boranda                      Garchi Hindistonda qor o'lmas, vale oq raxtini

Kaptama kigen tonar ma?! Yoydi     Hindiston kibi bu tunda nomaqdur qish.

Tuy'rly'gyʼ jok tul uyge                     Gar erur zang ahli zulmoti, va lekin qor ila

Tu baylasan turar ma?                        Qildi tun zangisini ahli safovu nur qish.

Tu tubinen tulpar jy'gy'lsa                Boda oq uy ichra ichmak rasm erur qish bo'lgali,

Shappagan nemart onar ma?!            Haq yuzin oq aylasunkim qo'ydi xush dastur qish.

Kary'ndasty'n kamyʼ ushin,              Bazmni o'ttin qizitti, bazm ahli bodadin,

Katy'n menen bala ushin,                  Sahv emishkim bo'ldi sovug'luk ila mashhur qish.

Kayry'lmay ketken jigittin                 Qish emish may boisi, zoti burudatdin birav

Ozin kapir, algany'n                           Zuhd etib sovuqqa gar to'ngsa erur ma'zur qish.

Talak dep aytsan bolar ma?!              Uyi vayronlarga qattig'dur, vale bil, mug'tanam,

Askar, askar, askartau,                       Bo'lsa kulbang may bila asbobdin ma'mur qish.

Askar taudy'n su burkit                      Mulki Jam istar esang albatta chek jomi sabuh

Aldidy'n any'n shalar ma?!               Kechagi maydin seni subh aylasa mahmur qish.

Lashy'n, sunkar jun tokse                  Ey Navoiy, do'zah ermish gard ila issiq bulut,

Dalada kalgan syek dep,                  Qoru muz birla sovug'din bor esa mahjur qish.

Shenine karga jolar ma?!

Bularning biri – Maxambet, biri – Navoiy. Mazkur asarlar bitilish davri farqini nazarga olmagan holda ham, bevosita ko'zga tashlanadigan farqlarga kelsak, avvalam bor biri – g'azal, biri – jy'r (7 bo'g'inli ashula), ya'ni: biri – yozma, biri – og'zaki asar. Bulardan biri nafaqat quloqni, balki ko'zni ham “ko'zda tutsa”, ikkinchisi faqat tinglov uchun. Demakki, biri – bir o'qishdayoq ma'nosi chaqila qolmaydigan va mushkullikka atayin intilgan bo'lsa, ikkinchisi – mushkulliknida sodda, bir eshitishdayoq quloqqa quyuluvchi tarzga keltirgan she'rdir. Bu boisdan adabiyotshunoslikda yozma va og'zaki adabiyot xususida neki aytilgan bo'lsa – ushbu ikkala asarga ham havoladir. Jumladan og'zaki adabiyotga xos tinglovchi siymosi, yoki gap tartibining murattabligi, va yo lafziy qofiyalashu tovush tizimlari – bularning bari Maxambet jy'rida mavjuddir.

Lekin bu – bevosita, sinchkovsiz nazardir. Bu asarlarni chuqurroq tushunish va bu yo'lu maqomda ularni bir biriga qiyoslash uchun avval har bir asarni alohida tekshirish lozim emasmi?

Avval Navoiy. An'anaviy g'azalni olganda, undagi:

1) yorning vasfi,

2) oshiqning unga mubtaloligiyu,

3) oralikdagi hijron, mazkur g'zalda bevosita ko'rsatilmagan, va bu jihatdan ushbu g'azal ancha noan'anaviydir. Xayr, ziyoda qiziqroq! G'azalni bir qarashdan – manzaraviy deb atash mumkindir, lekin uni baytma-bayt tahlil qilar ekansiz, qo'shimcha va ancha chuqur maʼnolar chiqib keladiki, bularni nazardan qochirmaslik kerak.

1-nchi BAYT.

Jo'n ma'nosi: tunning mushk kabi zulmatiga qish tangalaridan kofur kabi oppoq qor septi, aysh-xursandchilik uchun qish oq bilan qorani (qor bilan tunni, er bilan osmonni) sirli, jozibali etdi.

Xo'sh, bu baytning lafzi ila ma'nosini chog'ishtirar ekanmiz, ne mulohazalar fikrimizdan kechishi mumkin? Navoiy tun qorong'uligini “tun mushki” istiorasi orqali ifodalar ekan, mushkning yorga mansubligini eslasak, tun ham yorning sochlariga qiyoslanganini payqagan bo'lamiz. Qorning ham “siymi sudadin kofur” orqali ifoda topishi – ayni shu fikrning davomidir. Soch bilan yuz qanday nisbatda bo'lsa, tun bilan qorli er ham ayni bu kabi nisbatda bo'lib, yorning qora sochiyu oq yuzini eslatadi. Agarda bu nisbatni tasavvufiy majoz sifatida chuqurlashtirsak, yana bir karra yuqoriroq – falsafiy qatlamga chiqqan bo'lamiz: yuzu ruxsor – bu Mutlaqiyat, zulfu soch esa zohir olamning imkoniyatu tasodifot to'rlaridir va hok.

Bu taqdirda ikkinchi misraning ma'nosi ham bir necha qatlamga ega bo'ladi: manzaraviy ma'noda tun bilan qor qorishiqligining ayshiyu, ishqiy ma'noda – sochi-yuzi bir bo'lgan yor lazzati, majoziy ma'noda esa – Mutlaqiyatning zuhuriy olamdagi tajalliyot sehri bunda mujassamdir.

2-nchi BAYT.

Go'zal va mo''jizaviy tasvir, yuqoridagi fikrning davomi: qish yana bir bor yorga pinhona qiyos etiladiki, u Hindiston ayoli kabi oq raxtini yoyadi, yozadi, ya'ni echadi. Shuning uchun u nomaqdur, zaif, qodirsiz, bokira bo'lsa kerak.

3-nchi BAYT.

Qishning, qorning bu bokiraligi, bu oqligi xatto qora bo'lmish zang ahlinida, tunni ham nuroniy, toza ahlga aylantiradi. Manzara avvalgidek ruhiy maʼnolar bilan chambarchas bog'liqdir.

4-nchi BAYT.

Safo nuri uyni ham oq, yorqin qilgan ekanki, unda boda ichmak, yor ziyosiga mastu-mustag'raq bo'lmak rasmdir. Qish bunga xush, oq yo'l qo'ygan ekan, Haq uning – qishning yuzini shundan oq aylagandir. Lekin bu misrada iyhom san'ati borki, qish ham zotan Haqning yuzini oq aylaydi, ya'ni qish safoatini ko'rgan inson unda Poki Haqni ham anglashi mumkindir.

5-nchi BAYT.

Sovuq deb tanilgan qish, hijronga hukm etuvchi yordek, aslida unday emas. Uning sovuqligi boyagi bokiralikdandir, lekin bazmu-bodadin qizigan oshiq uning sahv, xato anglalmish sovuqligiga endi ishonmaydi.

6-nchi BAYT.

Bu baytning asosiy ma'nosi: qish emish may boisi, – degan so'zlardadir. Kundalik ma'noda tushuniladigan bo'lsa – qish sovug'ida may ichishning lazzati chindan ham g'olibo tuzukdir, lekin fikrni faqat bu ma'noga taqab qo'yish – xato bo'lsa kerak. Demak bunda yana boyagi majozlar borki, gapning davomi: biravning zuhddan may ichmaslik yuzasidan to'ngishi – bu qishning aybi emasdir, – degan so'zlar bu majoziy ma'noni ochib beradi. Ya'ni, bir tomondan zoti burudatdin (arabchada «sovuq» demish) zohid bo'lgan va qishning sahv, yolg'on sovug'idan to'ng bo'lib o'lgan birav, va ikkinchi tomondan yorning mastona jamoliga, ishq bodasiga butun vujudi-la berilgan oshiq – bu ikki mutlaqo ayri tabiatu holatdirki, oshiq uchun ma'shuqaning qish kabi sovuqligini eritish uchun ishq sharobiga g'arq bo'lish kerak. Lekin yorning safo sovuqligi yo'q ekan, – mayning ham hojati yo'qdir. Zohid esa yorning qalbaki sovuqligidan emas, balki o'zining qalbidagi sovuqligidan to'nggandir.

7-nchi BAYT.

Bu baytda ham bir necha sath borki, bundan biror yil avval shaddod va epchil olimlarimiz bu baytni “Navoiy ezilgan kambag'allar g'amida” ma'nosida chaqishar edi. Bo'lsa bordir. Lekin yana may hakida gap yuritilar ekan, vayrona uyda bir shisha araq ustida egilib va ezilib o'tirgan odam turqidan kishi bir seskanib, tushunishi kerakki, Navoiy bu haqda yozayatgan emasdir-o'v! Kulbangmi-makoning ishq mayi nash'asi ila to'liq ekan, Fuzuliyga tatabbo' qilib aytganda “hajri mahkumi yori qish” senga ma'muru me'mor o'lajak.

8-nchi BAYT.

Bu kulbada sen Jamshid mulki, ya'ni koinotga teng mulkni istar ekansan, sahar chog'i ishq mayidin totishing lozimdir. Boyagi qorong'uliklar tarqay boshlagan paytda qishning bezulmat, pokiza, ozoda nuriga g'arq bo'lish naqadar go'zallik va sarxushlik bag'ishlar! Kechagi qorishiq may bir may edi, tonggi may esa nurga nur qo'shgandek, zulmat zalolatidan seni butunlay xalos qilgani kabi humoringni yozadi.

9-nchi BAYT.

Navoiyning har bir so'nggi bayti kabi mazkur bayt ham san'ati hallning yuksak bir namunasidir. Unda – g'azalda tashlangan barcha tugunlar echilib, o'rniga bir katta tugun bog'lanadiki, tahlili bir necha maʼnolar orasidadir. Manzara istagan o'quvchi uchun qoru muz erib, gard ila issiq bulutu bug' hosil qiladi, va bu bug'lanish qish kuni do'zahni eslatadi. Chuqurroq ma'no qidirgan nuktadon uchun ham Navoiy ozuqa ta'minlaydi. Sahargi toza humor kunduzga borib gardu bulutdek tarqagani sarxush oshiq uchun do'zahga teng azob etkizar ekan, bu hol do'zahning boisi bo'lmish qishning sovuqligidan, qoru muzidan ajrashi kabidir. Oshiq va ma'shuq orasida boyagi nomaqdur, pok sovuqlik kabi hajr yo'q ekan, demak oraliq alaf dudli do'zahdir.

Lekin bu do'zahning boisi ham hajrdir: qish sovuqlik ila hijronu firoqda ekanligi – jahannamning sababidir. Tushunchalar bir biriga oqib-quyulib tubsiz maʼnolar kasb etadi… Muz kabi keskir va qor kabi ravshan aniqlikka intiladigan bo'lsak: YoR VA HAJR BIR BIRIGA BOG'LIQDIRLAR. YoRNING HAJRI – AZOBDIR, VA LEKIN YoRNING HAJRDAN AJRAShI, XOLI BO'LIShI – BU DO'ZAH. Bu borada Navoiyning boshqa bir mashhur baytini esga olish kifoya:

            Navoiy, choradin ko'p dema so'z,

            G'amingga chorasizlik chora bo'lmish.

«Qish» radifining «ishq» va «oshiq» bilan tajnisligini ta'kidlagan holda bu muhtasar tahlilni shu joyda tugatsak.

Endi navbat Maxambetga. Avval aytganimdek, bu she'r aslida og'zaki bo'lganligi uchun, ko'zga darrov tashlanadigan xususiyati – uning ravonligi, so'z tartibining jo'nligi, ohangdoshlikning bejirimligi, takrorlash san'atining boyligidir. She'r 7 qofiyalangan savoldan iborat ekan, ularni birma-bir o'ziga xos bandmi, baytlar sifatida ko'rib chiqaylik.

1-nchi BAND.

Sal-pal o'zbekchalashtirganda: “u erga, bu erga qor yog'sa, qalinga bo'ron burarmi?” degan savoldir. Bu she'r savol bilan boshlanar ekan, biz ham diqqatga sazovor bo'lgan savollarni ko'nglimizga tugib qo'yaylik. – Nima uchun she'r shart maylida boshlanadi? Bu satrdagi «qalin» bu nima? Ko'ryapsizmi, diqqat keyingi so'zlarga osongina jalb etildi. Holbuki, Maxambetning jy'rau sifatida muddaosi xuddi shu emasmi? Bizlar bu savolu, tovushlarning o'yiniga mahlie:

ORayda BORay QAR jausa QAlinga BORan BORarma?

U esa davom etadi.

2-nchi BAND.

“Qoplab (har tomondan) so'qqan (urgan) bo'ronda qoplama (kiyim) kiygan to'ngarmi?” Qor haqidagi fikr hozircha uzluksiz. Avval u-bu joyga shartli ravishda yoqqan qor, endi undan ham kuchaygandek, endi u – qoplab uruvchi bo'ron. Harakatga e'tibor bering. Tashdan ichga. Tashqarining har tomonidan uruvchi bo'ron – qoplama kiyim – va nihoyat to'ngar-to'ngmas kimsa. Kim u?

3-nchi BAND.

Uchinchi savol birinchi boqimdan mutlaqo boshqa narsa haqida: tepasida darchasi yo'q tul uyga tug' bog'lasang turarmi? Lekin aslida bu tug'ning turar-turmasligi bo'ronga bog'liqdir. Bo'ronsiz vaziyatda bu savol balki o'rinsizdir ham. Ammo bu tug'ga birdaniga boshqa narsa – tepa darchasi yo'q tul uy bog'lanadiki, buning bo'ronu qor bilan aloqasi nimadaligini tinglovchi darrov anglay olmasa kerak. Chunki bu savolning o'zi mushkul shakllidir. Masalan, uyning tulligini tushunish mumkin, va tul uyga tug' bog'lanishi noo'rinligini ham anglash mumkin, lekin nima uchun tepa darchasi yo'q uy yo kapa? Tug' o'rnatish uchunmi bu mo'ri, yoki osmonni va undagi bo'ronni ko'rish uchunmi? Har holda savollar, savollar, savollar.

Lekin, boshqa tarafdan, boyagi qoplama tugga aylanganidek, so'ralgan kimsa umuman g'oyib, tug'ilmagan narsaga tenglashgani ham ayon. Yana bir narsa bu bo'rondek noaniqlikda aniqki, tashqi dunyo bilan inson dunyosi birdir, ya'ni bo'ronda teshigi yo'q kapa, yurtaga tug' bog'lana bilmas ekan, buning ham boisi, ham natijasi – bu uyning tulligidir.

4-nchi BAND.

Tug' tubidan tulpor yiqilsa, chopmagan nomard o'ngarmi? Savol yana dastlabki yo'lda: agar bir narsa mavjud bo'lsa, boshqa bir narsa bo'larmi? qabilida qo'yiladi, ya'ni uning ma'nosi sabab-natija chegarasida ketayatgandek. Lekin bu aloqa ancha shartlidir. Qor umuman unutilgandek. Balki tug'ning ko'rinishi va tulporning yiqilishi (sirpanibmi?) uzoq-uzoqdan unga ishora qilganidir? Javoblardan mo'lrok o'sha-o'sha savollar: tulpor boyagi tul uyning ustiga qo'yilmagan tug' tagidan yiqiladimi, yoki umuman, deylik, jang payti tug' ko'targan mardning tulporimi bu? O'ngmagan nomard esa tulpor va tug' tomon choparmi (yugurarmi, yo qilich o'ynatib dushman choparmi?), va yo yiqilgan tulporu tug'dan choparmi? Qanday bo'lmasin, bir narsa ma'lumki, boyagi “qoplama kiygan” – «tug'ilmagan» kimsa endi nomardga aylandiki, tinglovchi tabiiy manzaradan inson munosabatlariga o'tadi.

5-nchi BAND.

Bu bo'lak bamisoli avjdek, yuqoridagi juft satrdan emas, birdaniga besh she'rdan iborat bo'lib, asosan avvalgi tuzumga ega jumla lafziy boqimdan biroz mushkullashadi, qo'shma gaplarga boyiydi. Jumlaning ravonlashtirilgan ma'nosi budir: o'zining g'ami uchun, xotinu-bolasi uchun qarindoshdan voz kechib, qayirilmay ketgan yigitning olganini – o'zing ayt, – taloq desa bo'larmi? Pirovardidagi kimsa borgan sari vujud topayotgandek…

Biroq doimgidek bir fikrning ikkinchi fikrga oqib o'tishi kutilmagan va beluzum bir yo'sindadir. Eslab boqing: nazar qordan bo'ronga, bo'rondan – qalin kiyinganga, undan – tug'ga, tug'dan – yiqilgan tulporgayu chopmagan nomardga, undan esa – bu kabi nomardning yanada aniqroq ko'rinishi – eldan voz kechgan yigitga ko'chadi.

6-nchi BAND.

Mana endi bu bo'lakni birinchi band bilan solishtirib boqingchi – mutlaqo boshqa she'rning bo'lagidek: yuksak, yuksak, yuksak tog', yuksak tog'dan suv purkit, pastlikdan, vodiydan ohanging chalarmi? Qor qaniyu, qalinga kiyingan qani?! Lekin bu bilan birgalikda jumlaning tartibu-tuzumi o'sha-o'shadirki, allaqanday narsa amalga oshirilsa, bundan boshqa bir aloqasiz narsa tug'ilarmi? Jumlalarning barida savol ma'nosidan va yo mumkin javobidan burun turgan juftlikmi, ziddiyatmi, muqobillikmi borki, diqqatimizni unga tortsak, bu mutanosiblikning jo'n ma'nodan ustun kelishini ko'ramiz. Masalan mazkur bo'lakda tog'u – suv, baland tog'u – tuban vodiy, purkitilgan suvu – chalingan ohang. Aynan shu kabi juftlarni boshqa bandlarda ham ko'rishimiz mumkin. Buni ham xotiramizga olib qo'yaylik.

7-nchi BAND.

Va nihoyat so'nggi uchlik: lochin, shunqor par to'ksa, dalada qolgan suyak (qarindosh-urug') deb, oldingga qarga yo'larmi? Bu ajoyib, go'zal va teran uchlikning ma'nosini chaqishdan oldin bir narsani eslatib o'tsam. Qozoq aqy'nu-jy'raulari, jumladan Almas Almatov va yo qozoq musiqasining bilag'oni Alma Qunanbaevaning ta'biricha jy'r – bu tulki oviga o'xshash bir narsa ekan. Tulkini yap-yalang cheksiz cho'lda bir tomonga quvlab-quvlab, birdaniga boshqa tomonga choptirish kerak emish. Buning nomi «qaytary's» ekan. So'ng yana va yana bir bor ayni o'sha «qaytary's». Va nihoyat so'nggi “Ulu qaytary's” bo'lar emishki – bildirmasdan tulkining old tomoniga ot choptirib, uni roppa-rosa teskari tomonga yugurtirish kerak emishki, bu payt tulki o'z-o'zidan, tiriklayin o'zini tappa erga tashlarmishu, qotar emish. Bu deganiki, cho'lning cheksizligi qonu-suyagiga singgan tulki bo'sh makonning qopiga tushganidan, bu hadsizlikka tashlangan chegaralarni anglaganidanoq, esini yo'qotib qo'yar ekan.

Qozoq jy'ri ham aynan shunday. Otda chopib ketayatgan odamning nazariday bandlar – biri qor, biri kiyim, biri – tug', yana biri elat haqida ekan, – har «qaytary's»dan so'ng fikr esankirab, so'nggi “ulu qaytary's”dan so'ng esa ayyor tulkidek butun aqlu-zakovat bilan birgalikda tamoman gangiydiyu tappa jy'rauning qo'liga tushadi. Shuning uchun ham qozoq jy'rlarida so'nggi bandning ahamiyati asqar tog'dek, va yo osmondagi lochindek, shunqordek yuksakdir.

Bu bandda birinchi boqimdan pala-partish avvalgi fikrlar «yarq» etib, o'zining xulosasiniyu yakunini topishi kerakdir. Xo'sh, shakliy ma'noda bu uchlik boshqa bandlar bilan deyarli ayni uslubda bo'lsada, uning bir farqi borki, bu farq – birinchi bor ishlatilgan qiyos – “dalada qolgan suyak” bo'lib, u avvalgi tuzumdagi: “bir narsa bo'lsa undan boshqa falon narsa tug'ilarmi, bo'larmi?” – savolini buzadi, qo'poradi, yoradi. Bu qiyos ikki ma'nodada – «suyak» umumturkiy «suyak», «ustixon» sifatida tushunilsayam, yoki qozoqcha «suyak» – “bir suyak, bir urug'”, «suyanchig'», «qarindosh» sifatida tushunilsa ham, maʼnolar xazinasidir.

Bir tomondan “dalada qolgan suyak” lochinu shunqorning pariga va bu orqali ibtidoiy qorga chog'lashtirilsa, ikkinchi yondan u – savollarni bejavob tinglayatgan kimsami, yo savol beruvchining o'ziga qiyoslanadiki – uni “dalada qolgan suyak deb” qor bilan ohangdoshu (QAR – QARG'A), biroq uning rangiy muqobili (OQ – QORA), shunqoru lochin bilan urug'i bir, lekin zoti teskari QARG'A oldiga yo'larmi? Ko'ryapsizmi nechog' puxta ishlangan banddir bu! Tugunning o'zi-ya!

Endi bevosita ma'noga kelganda, jy'rning bir xosiyati ochiladiki, u ham bo'lsa – bandning ma'nosi bevosita emasligidir, ya'ni alohida bu bandning ma'nosini – ilgarigi bandlar ma'nosi bilan bog'lamsiz holda chaqish – befoyda ishdir. Mayli, faraz qilaylikki, nazarimizga alohida bo'lmish bu jumla, bu uch qator she'r tushdi:

            Lochin, shunqor jun (par) to'ksa,

            Dalada qolgan suyak deb

            Oldingga qarg'a yo'larmi?

Albatta, bundan allaqaysi jo'n maʼnolarni chiqarish mumkindir, lekin mazkur uchlik yuqoridagi samoviyliku tubanlik, jo'mardligu nomardlik, xudbinligu elsevarlik, parvozu pastkashlik qatorlaridan kelib chiqmas ekan, ularni nazarda tutmas ekan, ularga tayanmas ekan, – uning ma'nosi to'laqon emasdir.

Mana endi tugun-tugun tashlangan savollarni yig'ish pallasi keldi. Shoir xulosalab aytmoqchiki: yuksaklik ramzi va bo'lagi bo'lmish lochin, shunqorning patiga tengligingda ham, ey nomard, chopmagan, xoin, tuban inson, hatto shunda ham, hatto jirkanchli, o'likxo'rak qarg'a ham seni et emas, suyak deb, bor, qarindosh deb, oldingga yo'larmi? Qarga uchun bu savol gumon bo'lsada, inson uchun uning javobi aniq. Zotan, javob oldindan aniq edi.

Shunday ekan, nega Maxambet jy'rni boshidan oyog'igacha ketsiz savollar yo'sinida tuzadi? Yana boyagi tulki ovini eslang. Tulki kutmaganda ovchi uning oldidan chiqib kelaveradi. Savolning tabiati ham aynan shundaydir. Guyoki noaniqlik, g'ofillik maydonidan qo'yilar ekan savol, uning javobi jy'rauga aniq va belgilidir. U bamisoli tulkisifat aqlni gij-gijlagandek, uni o'z maydoniga taklif qilgandek, bilsang – aytchi degandek. Nasriddin Afandi xoda uchida eshagining oldiga bir g'ujum o't osiltirib, uni to'xtovsiz yurgizganidek. Eshak har intilsa – somon ham bir qadam oldinga jilaveradi emasmi?

Oddiy manzaradan boshlangan jo'ngina va xavfsiz she'r bora-bora tinglovchi uchun hayot va o'lim, nomus va razillik, burch va xoinlik girdoblariga aylanadiki, bu uni o'z aylanalariga zo'raki torta boshlaydi.

Endigi ishimiz – ikkala she'rni va aniqrog'i – ularning ichki tuzulishini bir-biri bilan qisqacha solishtirishdir. Bunda biz turli qatlamlarni tekshirar ekanmiz, ularni harflar ila, va Navoiy g'azalini 1) raqami ostida, Maxambet jy'rini esa 2) raqami ostida belgilaymiz.

a) SO'Z QATORI.

1) G'azalda qo'llangan so'zlarning deyarli yarmi otga mansub. Otlarning uchdan biri – mafhum, abstrakt otlardir. So'zlarning qolgan yarmi teng miqdorda fe'l va sifatlar orasida bo'lingan. Fe'llar asosan turkiy, sifatlar esa – arabiy. Umuman barcha so'zlarning uchdan biri – forsiy-arabiydir. Tovushlar tarkibida san'ati tajnis ancha keng qo'llanganligi bilan, asosiy e'tibor aruz musiqasini yaratuvchi unlilarning uloviga beriladi.

2) Jy'rdagi so'zlar orasida sifat deyarli uchramaydi. Teng qismda faqat otlar va fe'llar. Bir-ikki mafhum forsiy-arabiy so'zni demaganda (nomard, talok) jy'r sof turkiy so'zlardan bitilgan. Tovush ulami she'rning balki asosiy tuzma dasturidir. So'zlarning jy'rda paydo bo'lishiga asosan ularning ohangdoshligi sababdir. Masalan: QAR – QALY'N – QAPTAY – QARY'NDAS – QAM – QATY'N – QAYRY'LMAY – ASQAR – SUNQAR – QALG'AN – QARG'A, va boshqa qatorlar.

b) JUMLA TARTIBI.

1) G'azalda qariyb barcha turdagi gaplar mavjud: darak gapning sodda va mushkul turlari, undovlar, shartu-istak mayllari. Tuzum nuqtai nazaridan ham gaplar xilma-xildir – joiz va teskari tartibdagi jumla qurilishi har safar radifda – ya'ni gapning so'ngida fe'l o'rniga ot qo'yishga qayta-qayta taqaladi. Gaplardagi fe'llarning, bu degani – gaplarningda zamoni o'tmishdan tortib, to kelajakkacha. Umuman, bu g'azal ta'kiddir, lekin ikkinchi qismda baytlar shartli maydonga ko'chadi (“istar esang”, “bor esa”), ya'ni harakat o'tmishdan to hozirgi zamongacha etib va aminlikda to'xtab, undan narisini gumonu-farazlar, istaklar ila chizadi.          2) Yuqorida ko'rsatganimizdek, jy'rda gap tartibi bir yo'sindadir. Lekin bu yo'sin ichida mayda-chuyda o'zgarishlar, farqlar borki, ular qolipning birligini saqlagan holda, har safar unga ayri-ayri guvala chaplagandek. Masalan, bandlardagi she'rlar sonini olsak, har bir savol avval 2 she'rdan, so'ngra 5 va 3u 3 misradan tashkil topgan. Va yo to'rt avvalgi savol goh aniq bir tinglovchiga (“tug' boylasang”), goh makonsiz allakimga aytiladi. Shartli ravishda boshlangan bu she'r (“qor yog'sa”), bora-bora ta'kid xususiyatlarini kuchaytirib (misol uchun 5-nchi bandda yigitning qayirilmay ketgani aniq, gap faqat uning harakatini baholash muammosida), so'nggi shartli gap (“jun to'ksa”) bu borada o'zining dargumon mumkinligini yo'qotib, mantiqan luzumot mavqe'iga ega buladi.

v) ShE'RIY SAN'ATLAR

1) G'azaldagi she'riy san'atlar shunchalik rang-barangki, qisman biz buni baytma-bayt tahlil paytida ko'rsatgan edik. Tajnis deysizmi, ishtiqoq deysizmi, qalb san'atimi (“chek – kech”) va hok., Navoiy ularni mohirlik bilan qo'llaydi. Lekin g'azaldagi asosiy o'rin tutgan san'at bu tashbih bilan istioradirki, “siymi sudadin kofur” deyilganida, biz qorni, “oqu qaro” deganda – eru osmonni, dunyoni tushunamiz. Ya'ni g'azalning eng chuqur asosi ikkilikka qurilgan ekan (yor va Yor birligiyu farqi), she'riy san'atlar ham bir ma'noni ikkinchi ma'no orqali etkazib beradilar. Lekin, qolaversa, g'azalning go'zalligi va uning ma'nosi so'zlarning shu turishida, o'zligidadir.

2) G'azalga nisbatan bu she'rda na ortiq tashbih, na istiora bordir. So'z nima haqda ketar ekan, uni bevosita va to'g'rima-to'g'ri tushunish mumkin va lozim. Ya'ni, bir ma'noni ikkinchi ma'noga qisman ko'chirib (istiora san'ati) tinglovchiga o'rtada chiqqan uchinchi ma'noni etkazib berish jy'rda yo'qdir. She'rga zeb beruvchi narsa – boyagi eslab o'tilgan tovush o'yinlaridir. Ana ularning bir-biri bilan bog'lanishi tinglovchining ongida bir ajib naqsh yaratadi. Yana bir farq – she'rning ma'nosi asosan so'zlarning, bandlarning o'zidan emas, ularning bir-biri bilan ulanishidan hosil bo'ladi.

g) MAKON QURILIShI

1) G'azalda makonning qurilishi yuqoridan pastga (“septi qish”) boshlanib, muallifning nuqtai nazari bir joydan deyarli siljimaydi. Ikkinchi baytda harakat va yo makon enga yoyilib («yoydi»), so'ngra ochiq maydondan uyga ko'chadi (“uy ichra”). Birozdan so'ng uy katagi buzulib (“uyi vayronalar”), makon butun olamga tenglashtiriladi (“mulki Jam”), va nihoyat u do'zahga ko'chib, avvalgi harakat eskidan kelgan yo'li ila teskari – quyidan yuqoriga qaytadi (“gard ila issiq bulut”). Ya'ni, harakat osmonda boshlanib, erda hodisa sifatida rivoj topgach va tugagach, yana osmonga qaytadi.

2) Jy'rdada makon birinchi boqishdan bo'yiga qurila boshlanadi, lekin bu harakat darrov eniga tarqaladi (“oray-boray – boran borar ma”) Keyingi bandlarning bari enning bo'y ustidan ustunligi ostida yasaladi. Bo'yiga qo'yilgan tug' eniga esgan bo'ron shiddati ila turmaydi, tulpor yiqiladi, yigit qayirilmay ketadi. Hattoki asqartog'da bo'yiga boshlangan suv purkitish – eniga – ohang bo'lib tarqaladi. So'ngdagi osmondan tushgan par («jun») – kenglik, en ramzi bo'lmish dalada suyakdek qolib, uning oldiga hattoki qarg'a yo'larmi yo yo’lamas…

d) BA'ZI MA'NAVIY FARQLAR.

1) G'azal – ikki so'z bilan aytganda – qaysi mavzo'ga bag'ishlangan? Tahlilda ochib berganimizdek, gap qish haqida ketgani bilan, g'azalning asosiy mazmuni – yor hajri, Yor hajridir, oshiq va ma'shuq orasidagi qishdir, insonning Alloh bilan bo'lgan munosabatidir, er bilan osmon bog'lami, aloqasidir.

2) G'azaldan farqli o'laroq, bu jy'rning asosiy mazmuni ham qor yog'ishidan kelib chiqqan manzara emas, buning natijasida ochiq-oydin ochilmish insonlarning o'zaro munosabatidir, ular orasidagi qaboxatu mardlik, vafoyu xoinligidir. Osmon erdagi ishlarning boshlovchisi, ayg'oqchisi, hakamidir.

Mana endi tekshirishimizga asoslangan ba'zi xulosalarga o'tsak. Tekshirishimiz boshida aytgan edik: bizni qiziqtiruvchi narsa – bu ikki usulda bitilgan she'rlar ketida turgan onglarning farqi nechog'ligini bilishdir. She'rlarning qay bir qatlamini tekshirmaylik, ba'zi bir xususiyatlar borki, ular sathma-sath o'tib boradi. Agar mazkur xususiyatlarni iloji boricha zichlashtirib, ikki so'z shakliga sig'dirar ekanmiz, bular – maqolamizga nom bergan «maqom» va «yo'l» ramzlariga tenglashadi. O'zingiz amin bo'ling: masalan asarlarning eng avvalgi qatlami – uning she'riy tuzulishini oladigan bo'lsak, Navoiyning so'zlari aylanib-aylanib har safar o'sha-o'sha «qish» radifida maqom topadi. Farqan, Maxambet bandlari bir tuzumda bo'lsada, har safar o'zgarib, keti boshini unutgan yo'lda davom etaveradi.

Ta'kid bilan savolning farqi ham aynan shundadir. Ya'ni, ta'kid – o'tmish yo hozir bilan bog'liq bo'lsa, savol – kelajak aniqlikdan hozirgi noaniqlikka yuborilgan va bu bilan BO'LAJAK javobni kutgan – demakki, kelajak sari yo'lga tortgan jumla emasmi?

So'zlarning sifat tarkibi ham fikrimizga isbot bergandek. Ot – bu nom, bu atash, bu chegaralash, harakatdan xoli qilib, tushuncha shakliga keltirishdir. Navoiyda ot sinfiga mansub so'zlar g'azalning yarmini tashkil qiladi. Fe'llar esa – ya'ni, harakat – taqriban beshdan birini. Bunda avvaliga o'zgarish, harakatchan fe'llar (septi, yoydi), bora-bora borliqni anglatuvchi fe'llarga (emish, erur, bor esa), ya'ni harakatdan xoli fe'llarga almashadi. Maxambet jy'rida esa otlar soni fe'llar bilan teng, bu demakki, har bir narsa o'z harakatidadir. Mazkur harakat ham deyarli hamisha yo'nalishli, yo'l harakatidir.

Umuman, so'zlarni qo'llash uslubidada bu farq ancha ko'zga tashlanadi. Navoiyda so'zlar har safar bir so'zni («qish») o'rab, har safar unga yangi jilo berish ishqida bo'lsa, Maxambetta so'z – yangi so'z uchun turtki bo'ladi: «qar»dan «qaly'n» tug'iladi, undan – “qaptay soqqan boran”, undan o'z navbatida – «qary'ndas» – «qam» – «qaty'n» va hok. Har bir kelajak so'z avvalgisini yangilagandek, undan chiqib, undan uzoqlashgandek.

Xullasi, she'rlarning qaysi bir qatlamini solishtirmaylik, Navoiyda ko'prok fikrni bir joyga jamlab, uni go'yo qamalga oluvchi zikr, Maxambetta esa – qamal emas, – ot choptiruvchi va har yondagi «yarq-yarq» ko'rinishlarni zabt etuvchi shiddat. Birida – bog'lovchi ishq, boshqasida – qo'poruvchi erk. Bunga butun tahlilimiz dalolat emasmi?

Bas, bunday ekan, endi e'tiborimizni turkiy she'riyatda mavjud bo'lmish bu ikki uslubning negizlariga ko'chirsak. Eng oson va balki haqiqatga eng yaqin ta'bir – bu o'troqlik va ko'chmanchilik orasidagi farqdir. Chindan ham Navoiy ko'proq o'troq turkiy qavmlarining mujassami-vakili, Maxambet davri esa qozoq turklarining endi-endi ko'chmanchi hayotdan o'troqlikka o'tayotgan davri emasmidi? Bu borada savol tug'ilishi mumkin: qadim turk she'riyatiga 15 asrda yozilmish g'azal yaqinmi, yo 19 asrda aytilmish jy'rmi? shubxasiz – jy'r.

Chunki boqing, g'azal – «o'troq-ko'chmanchi» nisbatidanda istisno, birlik, yakkalik, shaxsiyatlik qutbiga og'adi. G'azal muammolari – asosan bir inson – Navoiy ismli insonning muammolaridir – uning yakka Yor bilan bo'lgan va yo bo'lmaslikka mahkum munosabatidir. Albatta bu islom yo'lida, aniqrog'i tasavvuf yo'lida yozilgan g'azaldir. Undagi deyarli barcha sifatlarning arabiy ekanligini eslatish kifoya. Ya'ni, bu g'azal dunyosiga arabiy yo'lda sifatlar berilar ekanki, dunyo ham arabiylashadi.

Bundan farqli o'laroq, jy'r – qadim turk yo'lida qoladi. Ishonish qiyinku, lekin Maxambet she'rlariyu uning zamondoshlarining asarlarini birma-bir o'qib chiqqanimda, nomiga bo'lsada ishqu-muhabbat haqida birorta she'r topa olmadim. Turk tillarida shakli muannasning yo'qligi bunga boisu asos emasmi? Jy'rning muammolarida «ko'plik», «urug'», «qavm», «qary'ndasty'q» muammolaridir: bunda xotin bilan bola-chaqa g'ami yo'ldan qo'yuvchi, bog'lovchi qusur sifatida hattoki qoralanadi, ayblanadi. Jy'rning maydoni hamisha yo'l uchun ochiqdir. Unda aqlni chalg'ituvchi, «ko'l»ni «qo'l», va yo «qor»ni «qon» deydigan tashbihu istioralar yo'q. Uning atamalari aniq va bevositadir. Mana er, mana osmon, ularning orasidagi narsa esa – yo'l. Odamning oyog'i erda, gavdasi – havoda, osmonda. Fikri esa – yo'l.    Yo'lda eng asosiy narsa – uning boshi va keti. Chindan xam, qozoq jy'rlarini tekshirib boqadigan bo'lsangiz – birinchi va so'nggi band orasidagi tanglik, shiddat, kuch, ko'pincha oraliqqa bo'lar-bo'lmas va eng osoni – maqol – ota so'zlar tiqishtirish orqali erishiladi. Yo'lda sen istagan-istamagan narsani uchratishing mumkin, biroq yo'lning tanlovi: uning qaydan ketishiyu, qayga kelishi – bu sening burching, bu uning sifati, bu bizning hayotimiz, – deydi jy'rau.

G'azal ham aslida yo'l. Lekin zohiriy emas – botiniy, moddiy emas – ruhiy. Ruhiy yo'l esa makon kechish bilan emas – zamonni engish bilan shug'ullanadi emasmi? “Daraxt bir erda ko'karadi”, – deydi o'zbek turklari. Agar qozoq dashtida er bilan osmon bevosita tutashgan bo'lsa, o'zbek bog'ida oraliqda soya tashlovchi daraxt bor. Istioraning vazifasi ham shunday emasmi? Ildizlarga singgan erni osmonga etkazish, osmondan yoqqan nurlarni bargu-mevaga, erga yana tushmish uruqqa aylantirish. Yo'l ham boshi bilan keti orasidagi masofa emas – uyga qaytish bilan o'lchanadi. O'zbek ertaklarini eslab boqing: borsa kelar, borsa kelar yo kelmas, va eng dahshatlisi – borsa kelmas yo'l.

G'azal ham har qadamini uyga, makonga, maqomga qaytish bilan o'lchaydi. Gapni aytdingmi – qishga qayt, yana bir gap kechdimi – ikki bor tezroq qayt. Uzoqlashganing sari oraliq Mulki Jom kabi hajrga aylanadi. Tortish kuchi esa – do'zah azoblari bilan teng. Qayt, qayt, qayt! – deydi g'azal. Alloh, Yor tajalliyoti – mulku malakut, tuxmu nutfa, tabiatu odamzotni, ruhu so'zni zohiru nozil etgan ekan, odamzot uruj, ya'ni Allohga , Yorga qaytish, azalgi va so'nggi maqom ishtiyoqida yashaydi. G'azal ham bu ishtiyoqning qog'ozga tushgan soyasi emasmi.

Maqom va Yo'l, Yo'l va Maqom. Maqomsiz Yo'l yo'q, Yo'lsiz – Maqom. Qozoq va o'zbek turklarining she'riyati ham yurakdan oqqan qonu, ongdan oqqan fikr kabi bir biriga vujudimiz uzra intiladi.

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube