O’zbekiston Xalq Harakati

O'zbekiston “Erk” Demokratik Partiyasi lideri Muhammad Solihning, prezident Shavkat Mirziyoevga MUROJAATI

O'zbekiston “Erk” Demokratik Partiyasi lideri Muhammad Solihning, prezident Shavkat Mirziyoevga MUROJAATI
10 Mayıs 2020 - 17:00 'da yuklandi va 964 marta o'qildi.

MUROJAAT

Agar sizga “siz” deb murojaat qilayotgan bo'lsam, bu egallab turganingiz maqom hurmatidir.
Chunki bu maqom xalqqa oid, uni sizga xalq bergan.

Xo'sh, siz nima berdingiz xalqqa?

Va'dalardan boshqa, balandaparvoz so'zlardan boshqa siz nima berdingiz xalqqa?
Albatta, javob beraolmaysiz bu savolga.

Chunki xalqqa berganlaringiz quyidagi balolardir:

1.Iqtidorga kelib, so'z bergan butun islohotlardan voz kechdingiz
2.Ochko'z, yuho hokimlarni xalq boshiga o'tqazdingiz.
3.Odamlarning uylarini tortib olib, ularni palatkalarga mahkum etdingiz.
4. Tanqid etgan jurnalistlarni “avariya” tusi berib, o'ldirdingiz
5.”Sardoba” suv omborini xalqning boshiga agdardingiz. Bu fojiada O'zbekiston va Qozog'istonda jami 100 000 ming odam xonavayron bo'ldi.
6.O'zbekistonni chetdan olingan qarz botqog'iga botirdingiz
7.Tashqi siyosatda O'zbekistonni Rusiyaning vassal davlatiga aylantirdingiz.
8. O'zbek xalqini “eshaksevar” deb haqorat kilgan Jirinovskiyni chaqirib, oyogiga qo'y so'ydingiz.
9. 1865 yil Toshkent ishg'olida o'lgan rus bosqinchilariga butxonani tikladingiz.
10. Xalqning aksariyati qarshi bo'lgan O'zbekistonda atom elektrostantsiyasi qurishga boshladingiz.
11.Endi tinkasi qurigan yurtni “Evro-Osiyo Iqtisodiy Ittifoqi” degan zindonga tashlash payidasiz.
12. I.Karimov paytida jonsarak bo'lgan Davlat tili – O'zbekcha sizning davringizda tamoman o'ldi. Toshkentda O'zbekcha gapiradiganlar kalaka qilinadigan holga keldi. Davlat tilining qotili ham sizlarsiz.

“Sardoba” fojiasining bosh sababchisi Shaxsan sizsiz.
“Kreditni o'zim topaman” deb Islom Karimovni ishontirgan va bu omborni qurishga boshlagan siz edingiz.
Qurilish smetasida ko'rsatilgan 404 (to'rt yuz to'rt) million dollarni Xitoydan olib, pulni ham, ombor qurilishini ham yaqin kishilaringizga topshirganingizni hamma biladi.

O'zbek va qardosh qozoq xalqlarining boshiga balo bo'lgan Sardoba fojeasi ombor
qurilishida juda katta o'g'irliklar sodir bo'lganini fosh qildi.

Endi xalqning aybdorlarni jazoga tortish talabiga javoban, siz o'g'irlikda hamtovog'ingiz, fojea sababchisi Abdug'ani Sanginovni Sardobada halokat taftish komissiyasiga kiritdingiz.
Ya'ni bu kimsa o'z jinoyatini “o'rganib” sizga raport yozadi. Raport o'g'ri tarafidan yozilib, o'g'riga beriladi,shundaymi?

Ha, poraxo'rlaringizdan voz kechish qiyin bo'layapti.Chunki ular sizning qon tomirlaringizdir.

Tuturuqsiz bayonotlaru sharmsiz populizm bilan, xalq manfaatlariga xiyonatingiz bilan siz nafaqat muxolifat, balki butun o'zbek xalqining ishonchini yo'qotdingiz.

O'zbekistonda sizdan nafratlanmayotgan bir toifa qoldi: atrofingizdagi amaldorlar.
Ular nafratlanmayapti, ular ustingizdan kulishayapti.

O'tgan to'rt yil davomida xalqni og'ir ahvolga solib, mamlakatni jar yoqasiga keltirib qo'ydingiz.Bunga iqror bo'ling.

Agar sizda biroz subut, biroz g'urur qolgan bo'lsa, darhol prezidentlikdan iste'fo qiling!

O'ZBEK XALQIGA O'ZI ISTAGAN BIR ODAMNI SAYLAShGA IMKON BERING!

Etilib kelayotgan bo'xronlar, tartibsizliklar, parchalanishlarning oldini olish uchun o'zingiz va oilangizni tavqi la'natdan qutqarish uchun qiling buni!

Qo'rqmang!
Men yangi saylovlarda ishtirok qilmayman.
Bu talabni men shaxsim uchun emas, xalqimning kelajagi uchun tilga keltirayapman.

O'ZBEK DAVLATChILIGINI XAVF OSTIGA QO'YMANG!

KETING!

O'zbekiston taqdiriga befarq bo'lmagan har bir vatandoshdan bu talabga qo'shilishlarini so'rayman.

Muhammad SOLIH,
O'zbekiston Xalq Harakati lideri

2020 yil 10 may, Istanbul, Turkiya

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 2 Yorum )

  • Ikrom Yakubov ;

    Dr Ikrom Yakubov
    Mrs Dora Vasiy
    Ms Sophia Maknuna Ikrom
    St Andrews, Scotland, UK

    Biz ushbu murojaatni qo’llab-quvvatlaymiz. We fully approve this call.

    11/05/2020 11:20
  • Shams ;

    bu ketsa yo o'lipqosa, o'rniga xuddi shunaqa bitta kaltakesak bashara keladi, parametrlari avvalgilaridan hecham farq qimiydigan, qaytaga muttaxamlikda ulardanda tajlibaliroq bo'ladi

    10/05/2020 20:47
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube