O’zbekiston Xalq Harakati

Etishdim

Etishdim
12 Mayıs 2020 - 12:13 'da yuklandi va 450 marta o'qildi.

 

 

ETIShDIM

Sahar chog'i sayron etib kezardim,
Ajab manzil, ajab joyga etishdim.
Holim bilmay, yo'ldan-yo'lga ozardim,
Xo'p makona, xo'p saroya etishdim.

Ustozsiz yo'l olgan, kirmay qotilgan,
Hayf etib sotilgan, elsiz tutilgan,
Qo'l tegmay tortilgan, o'qsiz otilgan,
Chillasiz qurilgan yoya etishdim.

Necha do'stlar bilan sayronda, sayr,
Xatardan bepisand karvonda, xayr,
Jondan umid uzdim, hayronda, dayr,
Yulduzdan yo'l yasab, oya etishdim.

Ko'nglim ketdi do'stlar ichgan sharbatda,
Ular yuz safoda, men ming hayratda,
Ayrilib, nolada, qoldim g'urbatda,
Chashmadan suv istab, choya etishdim.

Na tanda quvvat bor, na ichda jon bor,
Bu ishda na sud bor, bilmam ziyon bor,
Na hisob, na hosil, nainki son bor,
Kishi bilmas, ne savdoga etishdim.

Boshga bog'lab devonalik kamandim,
Sakratib etishdim ishqqa samandim,
Ol sharobga qo'l uzatdim, iymandim,
Durustin ichmishlar, loya etishdim.

Maxdumquli derlar mening otimni,
Dunyo qo'lin tortar, ko'rsa o'timni,
Ey, yoronlar, kimga aytay, dodimni,
Boshim chiqmas, ne g'avg'oga etishdim.

Choy – loyqalanib oqqan ariq.

MAXDUMQULI
* * *
Turkmanchadan Islom Xolboy o'zbekchalashtirdi

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube