O’zbekiston Xalq Harakati

Xaloskor ayol

Xaloskor ayol
13 Mayıs 2020 - 7:03 'da yuklandi va 473 marta o'qildi.

XALOSKOR AYoL
(siyosiy badiha qissa)

1

Tanishuv.

Ikki haftaki Ilyos ishga chiqmasdi.Tsenzuraga qarshi yozgan so'nggi maqolasi uchun rahbarlar ur kaltak qilib,majburlab ariza yozdirib ishdan bo'shatgan.

Bugungi gazetalar bilan tanisha boshladi.Har galgidek bir maqolani besh olti qator o'qimay o'zicha “Quruq maqtovdan nari o'tolmay,shu ko'y o'lib ketarkanmiz.” deb yuz burishtirib gazetani itqitdi.

Komp'yuterni yoqib internetga ulanadi…Turli norozilik ruhidagi video xabarlarni ko'rib bunga ham ensa qotirib “Bular esa yotvolib yomonlashni kasb qilgan.Diy diyo qilishni adolatparvarlik deb o'zlarini quvontirib yuraverishadi” shu topda eshik qo'ng'irog'i chalinadi…

Eshikni ochganda qarshisida 35 yoshlar atrofida xushro'y,lekin diydasi erkaklarga hos shahdga o'hshash qat'iy nigohli ayol turardi.

Ayol : Salom…Siz Ilyos Yoqubov bo'lasiza?

Ilyos : Ha men…Keling xizmat?

Ayol : Sizni jurnalist sifatida yaxshi taniyman…Ishdan majburlab bo'shatganlaridan ham xabarim bor…Oldingizga ham taklif ham iltimos bilan keldim.

Ilyos : Marhamat kiring…

Ayol ichkariga kiradi…Uy ichiga zimdan nazar soladi…Ilyosga qarab qo'yib o'zicha “kvartirada ayol kishi yashamas ekan” deb qo'yadi.

Ayol : Ismim Komuna…

Ilyos : (jilmayib) Ismingiz ma'nosini bilasizmi?

Ayol : Rosti uncha qiziqmaganman.Onam “Isming “Parij kommunnasi” sharafiga qo'yilgan” der edilar.Javobim sizni qoniqtiradimi?

Ilyos : Qisman…Birinchidan Mulkni umumlashtirish asosida, birlikda yashash uchun birlashgan kishilar jamoasini Kommunna deydi.Ikkinchidan…To'g'ri,1871 yil qo'zg'olon ko'targan frantsuz mehnatkashlarining 70 kun hukm surgan,birinchi bo'lib proletariyat diktaturasini o'rnatmoqchi bo'lgan revolyutsion hukumati,o'zlarini “Parij kommunnasi” deb atashgan…Ismingiz men hazm qilolmaydigan na islomiy,na milliylikka zid bo'lsada menga yoqadi…Ismingizda adolat va jur'at pinhon nish urayotgandek tuyuladi…

Ayol : Dardimni nimadan boshlay deyotgandim…O'zingiz beihtiyor yo'l ochib berdingiz…(qisqa sukut) Biz yangi muxolif partiya tuzish niyatidamiz…Qalamingiz bor…Tuzilayotgan partiyamizni jamoatchilikka targ'ib etish ma'suliyatini zimmangizga oling deb, iltimos ham taklif bilan oldingizga keldim…Faqat shoshib yoki “meni siyosat bilan ishim yo'q” deb oldindan rad etmay,har taraflama o'ylab ko'ring…

Ilyos : Ajoyibku…

Komuna : Nimasi ajoyib?

Ilyos : Oldingizga qo'ymoqchi bo'lgan bu masad sari faqat va faqat erkaklar intilishi mumkin…Ayol boshingiz bilan erkaklikka da'vo qilmoqchimisiz?

Komuna : G'alati savol bo'ldiku…Bunga shubhangiz bormi? Biz erkaklikka da'vo qilayotganimiz yo'q…Allaqachon erkakka aylanib bo'lganmiz. Har tomonlama erkakdan ham battar bo'b ketganmiz… Bilsangiz jismoniy jihatdan ham erkaklashib ketganmiz.So'zim isboti bilan bo'lsin…Kaftni bering kuch sinashamiz…

Ilyos : (ayolning qo'liga ishora qilib) Bu qo'llar kuch sinashga emas,mayin siypalash uchun yaratilgan…(tikilgancha) rostdanam bilangizgiz baquvvat ekan…Sheypingga qatnaysizmi?

Komuna : Ha qatnayman…Emirat,Turkiya,Xitoyga sumka ko'tarib sheypingga qatnayman…(Ilyos boshini quyi solganini ko'rib) Lekin bu kinoya sizga emas…Har holda Ilyos Yoqubovni el dardida kuyadigan sanoqli erkaklardan biri deb bilamiz.

Ilyos : Tijoratchi tadbirkor ayol ekaningiz ko'rinib turibdi.O'ylaymanki men kabi ikki haftadan beri bekorchi emassiz? Meni emas sizni vaqtingiz tig'iz bo'lsa kerak.Ortiqcha vaqtingizni olmay muddaoga o'ta qolaylik…

Ko'krak nishon yoki “Haqqul Qaysarov” kim?

Komuna : Muddaoga o'tishdan avval muholifatga munosabatingizni bilmoqchi edim…

Ilyos : Shu so'z ohirgi payt ko'p tilga olinadigan bo'ldi.Muholifat degani nima o'zi?

Komuna : Jurnalist bo'la turib muholifat nimaligini bilmasangiz, unda bilmadim (qisqa sukut)…Uzr men bu erga yanglish kelibman…(o'rnidan turadi)Men keta qolay…

Ilyos : (Komunani eshik tomon kuzatib borarkan) G'alati ayol ekansiz…Nega kelganingizni ham,indamay nega qaytayotganingiz ham tushunmadim…

Komuna : Muholifat nima bilmaganni nafaqat erkak,xatto uni ongli mavjudot deb atashga loyiq emas.

Ilyos : Oddiygina “Xotinchalish,hayvon ekansan” deb qo'yaqoling…

Komuna : (kvartiradan chiqarkan) Haqiqatni tan olish ham mardlik .(Ilyos aksa uradi) Haqqirost…

Ilyos : Gapingiz to'g'ri kelmayabdiku…Bir paytning o'zida qanaqasiga ham xotinchalish ham mard bo'lish mumkin?

Komuna : IAK “Har narsani o'z nomi bilan aytish kerak”degan-ku.

Ilyos : IAK deganingiz,adashmasam o'rta asrda yashab o'tgan,Xitoy faylasufi shekilli?

Komuna : (xayr ham demay ketarkan) Ha adashdingiz…IAK yapon faylasufi.(nimadir yodiga tushgandek to'htab

Ilyosni oldiga keladi).Aytmoqchi…Xarbiy vatanparvarlik kuni yaqinlab qoldi.Biz ayollar siz kabi erkaklar uchun maxsus burtma berib,estalik ko'krak nishon tayyorlaganmiz…Bir daqiqa vaqtingizni olaman bu yoqqa qarang…(Avtomashinasi orqa o'rindiqda kattagina halta to'la ko'krak nishondan bir dona oladi) Ijozatingiz bilan…(znachokni Ilyosning ko'ylagiga taqib qo'yadi) Endi menga ruhsat)

Ilyos : (ko'kragiga bo'yin egib nishondagi yozuvni hijjalab o'qiydi) M-e-e-e-n…E-e-e-r-k-a-k…emas-m-a-a-n…(Komunaga iljayib) Qoyil qanday bildingiz?

Komuna : (“Erkak bo'lmay o'l ma'noda qaragancha ketishga hozirlanib mashinaga o'tiradi) Sizga qoyil..Hatto etingiz jimirlamadi.

Ilyos : (xalta to'la nishonga ishora qilib) Shuncha znachokni qachon tarqatishga ulgurasiz?

Komuna : Bu nima ekan…Zakaz juda ko'p,etkazib ulgurmayabmiz…

Ilyos : Hali ko'p tarqatasizmi?

Komuna : Bolalar bilan ayollarni hisobga olmasak kamida yana o'n million dona tarqatsak kerak.Mayli yaxshi qoling.(mashinani o't oldiradi)

Ilyos : Haqqul Qaysarov haqida eshitganmisiz?

Komuna : Qaysi Haqqul Qaysarovni aytyabsiz?Haa…Internetda shu tahallus bilan chiqadigan kishimi…Hooo…Hali qo'rqmasdan uni yozganlarini “o'qiyman” deng,zo'rsizku…Xudoyim-ey…Rostdan qo'rqmay o'qiysizmi? Haqqul Qaysarovni o'qiysizmi? Ishqilib har o'qiganda labingizga uchuq toshib,shimingiz ho'l bo'b qolmaydimi o'rtoq jurnalist…

Ilyos : Ho'l bo'lmaydi…Chunki avval pampers taqib olaman…

Komuna : Rasmiy matbuatda chiqishlaringizni o'qib,har qalay atrofingizdagilarga qaraganda jur'atli jurnalist deb bilardim. Asli siz ham erkak nomusi nima bilmagan ,quyon yuraklardan ekansiz.Haqqul Qaysarovni o'qishni sizga kim qo'yibdi.Uning tukiga ham arzimaysiz…

Ilyos : Arzisam-chi?…

Komuna : Rostdanmi? Salomat bo'ling.(mashina siljiydi)

Ilyos : (mashina ortidan ovoz balandlatib) Arziyman… Chunki o'sha tuk meniki…

Komuna : (ilkis tormoz bosadi) Tushunmadim…

Ilyos : Haqqul Qaysarov qarshingizda turibdi…

Sukut.

Komuna qizarib,qotib qoladi…Mashinadan tushadi.Yana erdan ko'z uzmay turib qoladi Ilyosning yuziga betlay olmay,shu holida nima qilarini bilmay qoladi.So'ng yaqin kelib erga qaragancha Ilyosning ko'ksidan znachokni echib oladi.

Ilyos : Attang…Umrimda bittagina unvonga sazovor bo'lgandim. Shuni-yam Egam ko'p ko'rdi.

Sanjarali Imom

(Davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube