O’zbekiston Xalq Harakati

Shoir Muhammad Solihga xat

Shoir Muhammad Solihga xat
13 Mayıs 2020 - 17:15 'da yuklandi va 712 marta o'qildi.

Hurmatli, Solih aka!

Men bu xatni yozishdan oldin ko'p o'yladim: yozishim kerakmi uni yoki yo'q?

Axiyri, ming istihola ila, yozishga qaror qildim.

Ilinch bitta – shoyad, barchamizga manfaatli bir kitob yaratilsa.

Uni aynan Siz yozsangiz.

Chunki bunga Sizda, o'zingiz aytmoqchi, “QURB” bor.

“Ko'zi tiyran dard”ni o'qib bunga inongan edim. Yaqinda “Feysbuk”da qo'ygan adabiy-estetik maqolalaringizni ko'rib, yana umid uyg'ondi…

Men bir necha yil Milliy universitet (Siz o'qigan paytdagi ToshDU)da “Jahon adabiyoti” va “Adabiyot nazariyasi” fanlaridan dars berdim.

Talabalar, tabiiy, yangi adabiyotga, ayniqsa, dunyoning yangi she'riyati va uning estetikasiga qiziqishadi.

Artyur Rembodan boshlangan bu she'riyatga o'zim ham qiziqqan holda talabalarga deyarli hech narsa bera olmaganman. Chunki o'zim shakllangan emas edim.

Bu borada adabiyotshunoslarning tadqiqotlarini emas, o'sha shoirlarning o'z ijodlari haqida yozgan estetik traktatlarini o'qish va o'zlashtirishni xohlardim.

Lekin ularni hammasini ham topa olganim, topganlarimni esa o'qib, to'la anglay olganim yo'q. Chunki ular rus tilida edi Men esa bu tilni zavq va muhabbat bilan o'zlashtira olmadim. O'zi til o'rganishga rag'bat va qobiliyatim ham unchamas.

Lekin yangi adabiy-estetik qarashlarga ega bo'lgan va o'z estatik qarashlari asosida yangi adabiyot yaratgan shaxslarga boshqacha mehr bilan qarardim…

Xullas, aytmoqchi bo'lganim, bir estetik traktat yozsangiz: unda ham yangi dunyo she'riyati estetikasi, ham shoir Muhammad Solih adabiy-nazariy qarashlari tajassum topsa.

Bunda, albatta, Sizning nazaringizda, she'r nima, shoir kim, uning vazifasi nimadan iborat, badiiy asar yaratish jarayoni qanday kechadi kabi badiiy ijod sirlari bilan bog'liq o'nlab savollarga javob berilsa.

Bu ikki jihatdan muhim: Birinchidan, bu asar zamonviy o'zbek ijodkorining dunyo estetikasiga qo'shgan hissasi, ikkinchidan, u M. Solih ijodiy olamiga olib kiruvchi “kalit” bo'lardi.

Solih aka, agar bu taklifim malollik tug'dirsa, uzr so'rayman. Lekin bu vazifani amalga oshiradigan ikkinchi bir shoirimiz yo'q.

Hurmat va ehtirom ila

Olim OLTINBEK
13.05.2020

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube