O’zbekiston Xalq Harakati

Andijon 13 may – qo'zg'olonchilarning IIV bilan amalga oshmagan kelishuvi

Andijon 13 may – qo'zg'olonchilarning IIV bilan amalga oshmagan kelishuvi
14 Mayıs 2020 - 13:58 'da yuklandi va 653 marta o'qildi.

ANDIJON 13 MAY – QO'ZG'OLONChILARNING IIV BILAN AMALGA OShMAGAN KELIShUVI

2005 yilning 13 mayda «akromiylar» deb atalgan guruh vakillari Andijonda harbiy qismga hujum qilib, qurollarni qo'lga kiritishgan. Keyin ular turmaga hujum qilib u erdagi 500 dan ziyod mahkumlarni ozod qilishgan. Hokimiyat binosini egallab, bir qancha amaldorlar, prokuror va harbiylarni garovga olishgan edi.

O'sha kuni Andijonning Bobur maydonida bir necha ming odam to'plangan edi. Ular orasida ozod etilgan mahkumlar, qurollangan “akromiylar” va o'z maishiy muammolarini aytish uchun yoki shunchaki qiziqish yuzasidan kelgan oddiy andijonliklar bor edi.

Qo'zg'olon tashkilotchisi va “akromiylar” guruhi etakchilaridan biri bo'lgan Qobul Parpiev o'sha paytdagi Ichki ishlar vaziri Zokir Almatov bilan muzokaraga kirishadi. Parpiev Almatovdan «akromiylar» asoschisi Akrom Yo'ldoshev va boshqa safdoshlarini qamoqlardan ozod etish, O'zbekistondan chiqib ketish uchun koridor ochib berishni talab qiladi. Telefondagi suhbatdan Almatov talablarini bajarishga va'da berganini eshitish mumkin. Biroq kun yakunida hukumat olomonga qarata o'q yog'diradi. Olomon ichida yuzlab oddiy andijonliklar bor edi.

Qurolli qo'zg'olon etakchisi Qobul Parpiev, o'sha kuni Qirg'izistonga qochishga muvaffaq bo'ladi. Biroz vaqt tog'larda yashirinib yuradi. Keyinchalik u o'zbek maxsus xizmatlari tomonidan hibsga olinib 20 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Sobiq ichki ishlar vaziri Zokir Almatov bilan “Akromiylar” guruhi etakchisi Qobul Parpiev o'rtasidagi 2005 yil 13 maydagi kelishuv suhbati.

– Allo.
– Eshitaman.
– Qobilvoy.
– Anovi odamni bilasan, Akromov Yo'ldoshmidi?
– Yo'q, Yo'ldoshev Akramjon ismi.
– Yo'ldoshev Akramjon. Yana anovi bittasi Qarshida ekan.
– Yo'q. Toshkentda edi.
– E, yo'q Qarshida ekan. Manga hozir dolojit qilishdi-yu.
– Xo'p, xo'p…
– Bu ikkalasini sanga olib kelib beraman.
– Xo'p.
– Innankeyin, qancha avtobus, mashina desalaring sanga beraman.
– Xo'p.
– Chegarani ochib beraman sanga. Shunga kelishamizmi?
-…
– Men aytdimu. Mana hokimam mani oldimda turibdi. Men senga prezident kafolati, hech kim tegmaydi. Soprovojdenie bilan, chegarani ochib beraman.
-…
–  Mana san hokim bilan gaplashgin.
– Xo'p.
– Qobiljon
– Eshitaman.
– Men Begaliman, yaxshimisiz. Mana yurtboshi menga aytdi, borib gaplashgin dedi. Bitta tukiyam to'kilmasin dedi. Hammasi mening farzandlarim dedi. Kafolat berdik dedi. Men senga yo'lak qilib beraman 50 metr. Sening oldingga boraman.
-Hozir hokimiyatdaman. Tanklar kelib, voenniylar kelib o'rayapti. Mana endi siz aytgan gap bilan. Kecha aytgan ratsiyada. Telefonda, ratsiyada aytilgan gaplar turibdi menda. Kecha aytilgan gap bilan hozirgi gapingiz to'g'ri kelmayapti.
– Yo'q misol uchun, men siz bilan gaplashayapman. Yurtboshim menga aytdi, hammasi mening farzandlarim dedi, bu tushunmovchilik dedi. Misol uchun, yurtboshi bitta sochiniyam to'kdirmayman, dedi. Bo'lar ish bo'ldi, dedi. Bo'pti. To'xtang. Zokir akam ham gapirmoqchi. Gaplashing.
– Allo.
– Eshitaman.
– Umarov Nodirbek Toshpo'latovichmasmi?
– Toshpo'latovich…
– Ikkinchisi kimdi?
– Yo'ldoshev Akramjon.
– Anovi Yo'ldoshevi qatda (yonidagilardan surishtiradi)…
– Allo hozir man samolet zakaz qilib olib keltiraman.
– Gap yo'q.
– Bo'lmasa kelishdik…
– Yaxshi.
– Avtobusniyam zaranee tayyorlatiymi Qobilvoy?
– Avtobusdi… Avtoparkning boshlig'i yonimda o'tiribdi.
– O'tiribdimi?
– Ha, prokuror o'tiribdi. Anchagina bollar bor bu erda. SNBni ancha xodimlari o'tiribdi.
– Yo'q. Kelishdikmi? Man gapimni uddasidan chiqaman. Prezidentning kafolatini aytayapman. Chegarani ochib beraman.
– Vse vse. Kelishdik aka.
– Xozir man bu ikkkalasini man obkeltiraman.
– Xo'p.
– Kutaman.
– Kelishdikmi?
– Kelishdik.
– Hokim sani oldingga borsinmi?
– Kelsin, kelsin. Bezopasnost' uchun man javob beraman.
– Yonida ikkita xodim bo'ladi. O'rtada o'zi bo'ladi. Oq plakat ko'tarivoladi.
– Bo'pti.
– Bollaringga ayt tag'in tepadan bittasi otib qo'ymasin.
– Bezopasnost' 100 protsent garantiya. Menda unaqa narsa yo'q.
– Bo'pti. Anjanchasiga bo'lsin buyag'i.
– Gap yo'q. Kelishdik.

(audio parchasi tugadi)

Manba: Eltuz.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube