O’zbekiston Xalq Harakati

KENGLIK SOG'INChI

KENGLIK SOG'INChI
15 Mayıs 2020 - 7:29 'da yuklandi va 443 marta o'qildi.

1
Shahrisabzdan Qarshiga ko'chib borganimning ikkinchi yili vataniga ketajak rus boboyning uyini sotib oldik. Keeeng hovlida yashab yurgan yigitchaga “dom”ga ko'nikish qiyin kechdi. Lekin baribir o'rganib ketdim. Hech kim zo'rlamasa ham moslashdim. Ya'ni qanotlarimni andak yig'ib yashay boshladim.

Uyning eski egasi uy bilan birga sichqon ham qoldirib ketgan edi. Ataylab emas albatta.

Tungi uyqusizligim qo'l kelib, uni kuzataman deng.
Javon tagidan chiqib, axlat chelagiga kirib, o'n-o'n besh daqiqa timirskilanadi.
Qorni to'ygach qaytadi.

Unga tuzoq qo'ydim. Uch litrli banka ichiga non, bir bo'lak kolbasa tashladimu…

Xiyla ish berdi.
“Mahbus”ni uch kun tutqunda saqladim. Joni qattiq ekan. O'lmadi.

To'rtinchi kun rahmdilligim qo'zib:
seni o'ldirolmayman, kuchlar teng emas, ojizni ezish bizning avlodga yarashmaydi, yaxshisi qo'yib yuboraman, ketginu qaytma, deya ozod qildim.
To'g'rirog'i o'z uyidan quvib soldim.

Balki ishonmassiz, ammo u rostdan qaytib qorasini ko'rsatmadi, uyning sobiq xo'jayiniga o'xshab.

2
Sichqon qaytmadiyu men u haqda ko'p o'ylaydigan odat chiqardim. Va to'satdan unga o'xshab borayotganimni payqab qoldim.

“Bankadagi sichqonning g'irt o'zisan”, der edi xayolim.

Bir kun tush ko'rdim.

Boyagi sichqon bahaybaaat bo'lib ketgan, meni bankaga qamab, o'zi televizor ko'rib o'tirgan emish.

Menga achinarli nazar solarkan shunday dedi:

–Sho'rlik sichqonlar…

3
Toshkent. O'tgan yil chamamda. Televideniyadan qo'ng'iroq bo'ldi. She'riy dastur tayyorlaymiz, dedi Baxtiyor Rahmonov. Yaxshi yozarman yoshlarni ergashtirib keling.

Mayli, faqat qanday she'r o'qishni o'zimizga qo'yib berasiz, dedim.

Yo'q, ko'tarinki, quvnoq, optimistik ruhdagi she'rlardan o'qiysizlar, dedi.
Uning fikricha o'ta g'amgin va pissimistik kayfiyatda yozarmishman.

Ey, birodarlar, she'r Avaz Oxunning konsertini ko'riiib yozilmaydi axir!

Xullas, ko'nmadim. Ekran shaydolari baribir borishdi lekin.

Hozir ham shoirlik bilan o'yinchilikning farqiga bormaydiganlar tirik yurganini ko'rib jahlim chiqdi.

Televizor men anavi surbet sichqonni qopqonga tushurgan bankaga o'xshashini ham o'shanda bildim.

Ko'rsatuvlar – xo'rak.
Mazali, ko'ngilochar, quvnoq, lekin fikrlashga yo'l bermaydi.

Tomoshabinning saviyasi o'sishini istamaydi…

Saviya o'ssa, fikrlay boshlaydi odam, fikrlasa, xato-kamchiliklarni ko'radi, ko'rsa, savol tug'iladi, savol tug'ilsa, javob talab qiladi bu bema'nigarchilik nega kerak deya.

Aynan shuni istamaydilar.

Saviyasiz ommani boshqarish, ertakka ishontirish oson.

Savol:
Nega kepakka arzimas film, shoularga milliardlab ajratadilaru ma'rifatga qo'l uchida sadaqa qiladilar?

Javob:
“…–Hukumatning qudrati xalqning savodsizligi ustida turadi, ham u buni yaxshi biladi va shuning uchun ham doimo ma'rifatga qarshi kurashadi. Biz buni tushinadigan palla keldi axir.”
L.N.Tolstoy

Nimalar deb aljirayabsiz, Tolstoy bobo? Axir hukumat nima qilmasin xalq – bizni o'ylab qiladi!
O'rtaga nifoq solmang, tushundingizmi? Siz yashagan zamon chirib bitdi. Hozir esa hammayoq farovon!

4
Bunaqa mavzularda ziyolilar (banka tashqarisidagilar) ming gapirgani bilan, xalqdan aks-sado chiqmagach o'zgarish yuz bermaydi.

Uch-to'rtta odamning ovozini o'chirish, bankaga tiqish cho't emas, hatto u Tolstoy bo'lsa ham!

5
Tashqariga qo'yvorgan sichqonchamga kenglik yoqqan shekilli qaytmadi.
Tushimga ham kirmay qo'ydi.

Balki u men bilan o'rin almashganini payqab qolgandir?..

Agar siz, yo men bu saviyasizlik bankasiga tushsak qo'yvorishmaydi.

“Allaqachon bankadasan!” deydi xayolim.

Ko'nikib qolsak yanayam dahshat.

Jin ursin, menga yoqa boshlayabdi bu banka!

6
Erkinlikda mazza qilyotgandirsan a, sichqoncha!

P.S:
Bir sichqon meni shuuuncha o'ylatgan ekan…

Jontemir Jondor
facebook.com sahifasidan olindi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube