O’zbekiston Xalq Harakati

Andijon qirg'iniga munosabat

Andijon qirg'iniga munosabat
15 Mayıs 2020 - 21:50 'da yuklandi va 709 marta o'qildi.

2005-yil 13- may kuni Andijon shahrida bo'lib o'tgan qatli-om O'zbekiston tarixida Karimovning qonli diktaturasi davrida sodir bo'lgan va hozirgacha xolis o'rganilmagan mash'um voqealardan biridir. Kamina ushbu voqea sodir bo'lganida Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidagi 47-koloniyada qamoq muddatimni o'tayotgan edim. Televidenie orqali bu xunrezlikni diniy terroristlar amalga oshirgani qayta-qayta takrorlandi. Rasmiy doiralar tomonidan tarqatilgan ma'lumotga qaraganda, go'yoki, terroristlar aholini aldab, tinch namoyishga chaqirgan, keyin esa ularni garovga olib, O'zbekiston rahbariyatiga turli talablar qo'ya boshlagan, so'ngra esa o'zlari bilan Qirg'iziston tomonga qochgan namoyish qatnashchilarini o'qqa tutishgan.

Chet el axborot manbalari mingdan ortiq odam o'lgani to'g'risida xabarlar tarqatishdi. Voqea Guvohlari ham shuni tasdiqlab, gapirishmoqda hozirgi kunda ham.

Kamina ham 1999 yil fevral oyidagi Toshkent portlashlarida aloqadorlikda gumon bilan qamoqqa olinib, qilmagan ishimga iqror qildirish maqsadida 15 sutka vahshiylarcha qiynoqqa solingandim. Aslida esa, Karimov ko'rsatmasi bilan bu jirkanch ishni MXX amalga oshirgan bo'lib chiqdi. Sudda bizga qo'yilgan ayblarni to'la inkor qilganligimizga qaramay, bizni uzoq muddatlarga, meni 15 yilga ozollikdan mahrum qilishdi. O'zimning boshimga tushgan bu tuhmat toshi endi Andijon timsolida yana takrorlanayotgan edi.

Qurollangan odamlarga ergashib tinch aholi ham Qirg'izistonga qochib o'tibdi. Rasmiy ma'lumotning mantiqsizligini qarang! Go'yoki, jangarilar tinch aholini garovga olib, hokimiyatga turli talablar qo'yibdi. Hokimiyat vakillari garovdanilarni qutqarish maqsadida, jangarilarning talabini bajarib, qo'shni Qirg'izistonga chiqish uchun koridor ochib beribdi. Mantiqiy savol tug'iladi: nega endi garovdagilar o'zlarining xaloskorlari tomonga o'tmay, ularni garovga ushlab, o'lim changalini boshlariga solib turgan jangarilar orqasidan ketib qolishdi? Ko'plari keyinchalik ham O'zbekistonga qaytishdan bosh tortishdi?

Kasallikni yashirsang isitmasi oshkor qiladi, deb shuni aytadi-da.
1999-yil 16- fevral' oyidagi Toshkent portlashlariga shoshilinch munosabat bildirib, soxta jabrdiyda-qahramon bo'lish ilinjida voqea joyidan interv'yu berayotgan Karimovning yonginasida 6-portlash ro'y beradi. Yana bir mantiqiy savol tug'iladi: nega voqea joyi to'la zararsizlantirilmay turib, qo'riqlash xizmati prezidentga voqea joyiga borishiga yo'l qo'ydi. Axir Buxorodagi majlislar zalida chiroq o'chib, prezidentning hayoti xavf ostiga qolganligi uchun qancha odam ishdan olindi va jazolandi? Toshkentdagi holatda mamlakat prezidentining hayoti xavf ostiga qo'yilganligi yuzasidan kim javobgarlikka tortildi! Hech kim. Hatto bu holat prezident ma'mutiyati tomonidan muhokama ham qilinmadi.

Bu nimadan dalolat beradi? Bu shundan dalolat beradi-ki, portlashlar yuqorining to'la va bevosita nazoratida bo'lganligidan, hatto, nechata bomba, qaerda, qachon portlashigacha oldindan puxta rejalashtirilganligidan yaqqol dalolat beradi
Xuddi shuningdek, Andijon voqeasi ham Karimov va uning jinoiy to'dasi tomonidan ma'lum g'arazli maqsadlar bilan puxta reja asosida amalga oshirilganligi oydek ravshan. Yolg'onni nima bilan o'rasang-o'ra, baribir bir joyidan teshib chiqib, yolg'onligini bildirb turaveradi.

O'sha vaqtda Karimov ham, hozirgi kungacha Almatov ham namoyish qatnashchilarining orqasidan jangarilar otishdi, deb xalqni ishontirmoqchi bo'lishadi. Lekin o'liklarni ko'rganlar aksariyati old tomondan o'q tekkanligini ta'kidlashadi. Oldinda esa Respublika armiyasi askarlari bo'lishgan. Demak, tinch namoyish qatnashchilari ana shu askarlar tomonidan o'qqa tugilgan. Ularga otish uchun buyrug'ni shtab boshlig'i bermay, kim berishi mumkin?!

2005- yil oxirlarida bizning koloniyamizga ham Andijon voqealariga aloqadorlikda ayblanib qamalganlarni olib kela boshlashdi. Bizning turkumimizga ham 6 nafari tushdi. Shulardan biri Andijon shahridan Tavakkal Xo'jaev ismli mahkum bo'lib, u o'zining to'g'ri so'z va shijoatliligi bilan ajralib turardi. Tavakkal o'zlarining aldanganliklarini va tinch namoyish qatnashchilari askarlar tomonidan otilganini ochiq gapirar edi.
Tavakkal bilan bir gal ShIZO da bir sutka birga o'tirib qolganman. Shunda u Andijon voqeasi haqida batafsil so'zlab bergan edi.

-Bizni aldashdi. Xalqni otmaymiz, deb va'da berishgandi. “Bu bor-yo'g'i bir postanovka. Rol' o'ynab berasanla, biz bir qator videoga olamiz, bo'ldi”-deyishdi. Biz qo'limizga qurol-aslaha olib va o'q dori tayyorlayotgan holatlarda videoga tushib berdik”. Keyin odamlarni o'zlari qirib, bir kun oldin bizni tushirib olingan videoni sudda o'zimizga qarshi ayblov materiali sifatida frydalanishdi, deb so'zlab bergan edi.

Tavakkalga men:- Baribir qo'lga qurol olmaslik kerak edi, uka. Eng ma'qul kurash uslubi- bu siyosiy kurash. Siyosiy kurashda qo'lga qurol oldingmi?,otsang- otmasang, sen ing kurashing butunlay yo'qqa chiqadi.

-Nima qilaylik, aka, bizga shu postanovkani qibersak Akrom akamni(Akrom Yo'ldoshevni) chiqarib berishni va'da qilishdi. Aldashdi,-dedi, chuqur xo'rsinib, Tavakkal.

Koloniya operlari Tavakkalga qanchalik bosim qilishmasin,”aybdorman”, deb kechirim xati yozmadi.
-” Xalqni otgan askarlar va ularga otishga buyruq berganlar yozib, xalqdan kechirim surashsin”,-derdi.

Keyinchalik koloniyada boshliq o'zgarib, sahnlarni bajaradigan ishiga qarab, qayta tuzishdi. Bizning brigadamiz g'isht tushiruvchi bo'lganligi tufayli 6-sahnga ko'chirildik. Tavakkal esa 3-sahnda qoldi. Shundan keyin Tavakkalni juda kam ko'rib qolardim, ko'rganda ham uzoqdan bosh qimirlatib, salomlashib qo'yar edik.
2013 yil 21-noyabr' kuni koloniya tartibot bo'limi boshlig'i Vaditov va yana ikki xodim Tavakkalni avfnoma yozib berishdan bosh tortganligi uchun qiynoqqa solib. urib o'ldirishganini 3-sahndagi tanishlardan eshitdik.

2014-yil mart oyida menga 3 yilu 6 oy qo'shib berishdi. Yangi muddatni bilan Tovoqsoydagi 64/3-sonli koloniyaga keltirildim. U erda ko'nikma muddatimni o'tayotganimda Alisher ismli laxmach xo'jalik mudiri ekan. Shu odam meni 47-koloniyadan kelganligimni bilib qolib,-“sizlarni zonalaringizdan Tavakkal ismli birodarni urib o'ldirgan xodimlar bilan birga o'tirdim turmada. Ularni ishini o'zim ochib berdim. Ular tepani buyrug'i bilan qiynashganlarini, lekin tasodifan urib, o'ldirib qo'yishganini aytib berishgan”-deb maqtanib gapirgan edi.

Mana, Andijon voqeasiga ham 15 yil to'libdi. Bu xunrezlikning minglab insonlar bevosita guvohi bo'lishgan. Tarix bu guvohoarning xolis so'zlaridan kelib chiqib, o'z bahosini, hukmini beradi albatta, ammo, nisbatan liberal siyosat olib borayotgan Sh. Mirziyoev etakchilik qilayotgan iqtidordagi hokimiyat 1999- yil fevral' oyida ro'y bergan Toshkent portlashlari, 2005-yil 13-may Andijondagi xunrezliklarni xolis o'rganib chiqish uchun xalqaro tashkilotlar, OAV va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida komissiya tuzishga bosh-qosh bo'lsa va shu mustaqil komissiyaning xulosasiga binoan bu qonli voqealarga qonuniy baho bersa maqsadga muvofiq bo'lar edi.
Bir kunlik adolat ming kunlik toat-ibodat bilan teng, degan ibora aynan Toshkent va Andijon voqealariga atab aytilgandek jarangdor tuyuladi. Bu voqealarga nisbatan qonuniy adolatning qaror topishi O'zbekiston xalqini islohotlar atrofida jipslashtiradigan bebaho ijtimoiy-siyosiy omil ekanligini to'la fahmlaydi va bunday savobli ishni amalga oshirishda irodasi etadi, deb umid qilaman.

Mustaqil jurnalist Yusuf Ro'zimurod
14.05.2020 y.

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube