O’zbekiston Xalq Harakati

Muhammad Solih: Sardoba, Tashqi qarz, O'zbekistonni ruslashtirish siyosati haqida

Muhammad Solih: Sardoba, Tashqi qarz, O'zbekistonni ruslashtirish siyosati haqida
16 Mayıs 2020 - 11:16 'da yuklandi va 2103 marta o'qildi.

Shavkat Mirziyoev iste'fosini talab qilib chiqqanimdan keyin ba'zi xorijiy matbuot vakillari menga murojaat qilishib, videomurojaatda keltirgan iddaolarimga qo'shimcha ma'lumot va dalillar so'rashdi.

Ayni paytda dalil istamaganlar ham bo'ldi.

Masalan, O'zbekistondan gapirgan jurnalist Sharof Ubaydullaev “Muhammad Solihning murojaatidagi iddaolarining aksariyati to'gri”, deya e'tirof qilish jasoratini ko'rsatdi.

Shunga qaramay, so'z berganim uchun “Sardoba” ombori qurilishi va boshqa masalalar yuzasidan ba'zi qo'shimcha ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilmoqchiman.

So'zni “Sardoba” suv ombori qurilishidan boshlaylik:

Uni qurish g'oyasi, avval aytganimdek, o'sha paytdagi Bosh vazir Shavkat Mirziyoevdan chiqqan.
Loyihani 2008-yilda prezident Karimovning oldiga olib kirgan shaxsan Mirziyoevning o'zi bo'ladi.

Lekin Karimov yangi suv omborining unumdorligi past bo'lgan Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida foyda keltirishiga ishonmagan. Ammo Mirziyoev: “Bu viloyatlardagi erlar unumsizligi tuproqdan emas, suvsizlikdan. Suv bo'lsa, u erlarda hosil mo'l bo'ladi”, deb Ustozini avragan.

Karimov: “Byudjetda bunday qurilishga pul yo'q”, deganda, Mirziyoev: “Pulni o'zim topaman”, deb, kredit
jalb qilishini bildirgan.
Karimov undan, “Sirdaryo viloyati hokimi Abdurahim Jalolov bilan maslahatlash, uning ruxsatini ol”, deb kutulgan.

Mutaxassisligi irrigator bo'lgan Abdurahim Jalolov esa Sardoba suv omborini qurishga ruxsat bermagan.
Chunki Mirziyoevning loyihasi bo'yicha omborni nisbatan baland va o'zlashtirilmagan, ammo hosildor erga qurish mo'ljallangan edi.
Sirdaryo viloyati hokimi bu erlarni kelajakda tomchilatib sug'orish texnologiyasi bilan o'zlashtirish mumkinligini aytgan. Bundan tashqari, “Sardobada tuproqosti suvlari yaqin va bunday hududlarda suv ombori qurish xatarli” degan Mirziyoevga.

Mirziyoev bu tajribali mutaxassisning maslahatlari va ogohlantirishlariga quloq solmasdan, uni ishdan olish yo'llarini izlay boshlagan.

2009-yil sentyar' oyida Shavkat Mirziyoev ustozi Karimovga: “Sirdaryo hokimi talabalarni paxtaga olib chiqishda sustkashlikka yo'l qo'ymoqda”, deya yomonlab, Abdurahim Jalolovning ishdan olinishiga erishadi.

Bu fitnada unga har safargidek “tutingan aka”si, prezident devonining boshlig'i Zelimxon Haydarov ko'maklashib yuborgan.

Aslida, Sirdaryo viloyati hokimi Abdurahim Jalolovning bor aybi bir mutaxassis sifatida “Sardoba” omborining qurilishiga qarshi chiqqani bo'lgan.
Jalolov Mirziyoevning yarim milliard dollarlik rejasiga halaqit bergan ya'ni.

Mirziyoev Jalolovdan bo'shagan lavozimga o'zining odami Oybek Ashurmatov tayinlanishiga erishadi.
Ashurmatov ham Sirdaryo viloyati hokimi kursisiga o'tirishi bilanoq Mirziyoev istagan ruxsatni beradi.

Shundan so'ng Mirziyoev prezident Karimovning oldiga kir,b, Sardoba suv omborini qurishga prezident ijozatini oladi.

Mirziyoev loyiha smetasida ko'rsatilgan 404 million dollarni Xitoyning “Eksim-bank”i (The Export-Import Bank of China / China Exim Bank)dan olgan.

Kredit muzokaralarini boshidan oxirigacha Mirziyoevning o'zi olib borgan. Tenderni o'zining talabalik yillaridagi hamxona do'sti Abdurahim Sanginov va uning o'g'illariga topshirgan.

Aslida Shavkat Mirziyoev Sanginovlarning kompaniyasini bosh pudratchi qilmoqchi bo'lgan. Lekin Sanginovlarning kompaniyasi Bosh pudratchi bo'lish talablariga javob bermagani (maxsus texnikasi va ishchi kuchi kamligi) uchun bosh pudratchilik “O'zbekiston temir yo'llari”ga berilgan.

Lekin Bosh pudratchi bo'lsa ham, Ramatovning quruvchilari subpudratchi Sanginovlar ulgura olmagan uchastkalarini qurishgan xolos. Ya'ni “Temir Yo'llar”ga arzimas chaqalarni berishgan. Millionlarcha dollarlar esa Sanginovlarga berilgan.

“Sardoba” suv ombori qurilishi 2010-yilda boshlangan bo'lsa, 2013-yilda u erda ilk rejaviy tekshiruv o'tkazilgan.
Tekshiruvni O'zbekiston Bosh prokuraturasi amalga oshirgan. Tekshiruvdan so'ng qurilishda katta iqtisodiy jinoyatlar sodir etilganligi aniqlangan.

Shu yilning o'zida o'sha paytdagi Bosh prokuror bu holat yuzasidan jinoyat ishi ochgan.
Tergov guruhiga Bosh prokuraturaning Korruptsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasining sobiq boshlig'i Ulug'bek Xurramov rahbarlik qilgan.

Ana shu yigit boshchiligidagi tergov guruhi bir yil ichida 250 (!!!) tomlik material yig'ishga erishgan. “Sardoba”dagi o'g'irliklarning tagiga etish uchun Ulug'bek Xurramov bir yil ichida ikki marta Xitoyga ham borib kelgan.

Tergov guruhi “Sardoba”dagi o'g'irliklar ortida Shavkat Mirziyoevning o'zi turganligini aniqlagach, 2014-yil kuzida Bosh prokuror Rashid Qodirov bu haqida prezident Islom Karimovga hisobot beradi. Bosh prokuror Bosh vazirni hibsga olishga ruxsat so'raydi.

Islom Karimov: “O'ylab ko'rish kerak” – deb, hisobotni olib qoladi.

Bu orada yana prezident devoni boshlig'i Zelimxon Haydarov va prezident kotibi Georgiy Kraynovlar o'rtaga tushib, Shavkat Mirziyoevni muqarrar hibsdan saqlab qolishadi.

Albatta, ular bu ishni faqat savob olish uchun qilishmagan.

Bosh prokuror Mirziyoevni hisbga olishga ruxsat so'rab, ikkinchi marta murojaat qilganida Islom Karimov: “Qo'yaver! Yuraversin. Qurilishga pulni o'zi topgan”, deb, Mirziyoevning jinoyatlariga ko'z yumgan.

Keyinchalik Mirziyoev-Haydarov-Kraynov uchligi Rashid Qodirovning tagiga suv quyishni boshlashgan. Uchlik Rashid Qodirovni olti oy davomida tinimsiz Karimovga gijgijlayverib, ishdan olinishiga erishganlar.

2015-yil aprel' oyida Qodirov prezident Karimovning farmoni bilan Konstitutsion sudga o'tkazilgan.

2017-yilga kelib, Shavkat Mirziyoev Rashid Qodirovdan ham, Ulug'bek Xurramovdan ham va Sardoba tergov guruhida bo'lgan boshqa tergovchilardan ham xumoridan chiqib qasos oldi.

“Islohotchi” prezident ularni nafaqat qamashni, balki shafqatsiz qiynoqqa solishni ham buyurdi.

Mirziyoevning qiynoqlaridan eng ko'p aziyat chekkan tergovchi Ulug'bek Xurramov bo'ldi. Sudda bu yigit DXX tergovchilari uning bir qo'li va bir oyog'ini urib sindirishganini, yalang'och qilib tepkilashganini va uning qizini zo'rlash bilan tahdid qilishganini aytib berdi. Bu “Sardoba” tergovi uchun olingan intiqom edi.

Shu erda bir muhim voqeani eslatish lozim: Rashid Qodirov o'rniga kelgan Ixtiyor Abdullaev yangi Bosh prokuror sifatida “Sardoba” jinoiy ishi bo'yicha to'plangan materiallarni o'rganib, asosiy o'g'rilardan biri Abdug'ani Sanginovni tergovga chaqiradi va uni bir sutka davomida tergov qiladi.

Ammo ertasiga Ixtiyor Abdullaev o'g'rini qo'yib yuborishga majbur bo'ladi.

Chunki vaqtincha prezident vazifasini bajarayotgan Shavkat Mirziyoev Bosh prokurorga telefon qilib, Abdug'ani Sanginovni zudlik bilan qo'yib yuborishni talab qiladi.

Bu voqeani “Sardoba” jinoyatini o'rganayotgan komissiyadan adolat kutayotganlar uchun eslatayapman.

Ya'ni Sanginovni 2016-yilda Bosh prokuror tergovidan qutqargan Mirziyoev bugun ham uni jazolamasligi kundek ravshan.

Ramatov jazolanadi, lekin Sanginov jazolanmaydi. Jazolansa ham engil, ramziy jazolanadi.

TAShQI QARZ

Endi tashqi qarz masalasiga kelsak.
Karimov 27 yil prezident bo'lib, 11 milliard dollarga yaqin qarz olgan.
Mirziyoev esa atigi to'rt yil ichida 12 milliard qarz olishga “muvaffaq” bo'ldi, azamat!.

Agar Mirziyoev O'zbekistonga yana 6 yil hukmronlik qilsa, yana 18 milliard dollar qarz oladi demak.
Shunda 10 yil ichida u jami 30 milliard dollar qarz olgan bo'ladi va har bir o'zbekistonlikni qulog'igacha qarzga botirib ketadi.

Bu qarzni kim to'laydi?

Albatta, Mirziyoevning o'zi yoki oilasi emas, hali Mirzyoevdan ziyo kutayotgan mening sodda va mazlum xalqim to'laydi.

RUSLAShTIRISh

Agar Mirziyoev iqtidorda mustahkamlansa, O'zbekistonni Rossiyaning guberniyasiga aylantirish ehtimoli yuksak.

Bu xuddi qora yumorga o'xshaydi, ammo ishonasizmi yo'qmi, Shavkat Mirziyoev nainki Rossiya boshchiligidagi ittifoqlar, hatto “Yangi SSSR” loyihasiga kirish uchun ham tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborgan.

Masalan, avval “Ichki ishlar boshqarmasi” deb nomlangan idoralarni Rossiya “formati”ga moslashtirib, “Ichki ishlar idoralarining faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi” deb o'zgartirdi.

Rusiyaning “Rosgvardiya”siga moslab, O'zbekistonda “Milliy gvardiya” tuzdi.

Xorijga chiqish pasportini ham Rossiya pasportiga o'xshatib, to'q qizil rangda chiqardi.
Paralellar ko'p.

“Prezident devoni” deb aytilgan o'z idorasini Mirziyoev Rossiyanikiga uyg'un “prezident administratsiyasi”, deb o'zgartirdi.
O'zbekcha “Prezident ma'muriyati” desa bo'lmasmidi? Bo'lmasdi. Chunki bunday qilsa, Kremldan kelgan amrga itoatsizlik bo'lardi.

Xullas, Shavkat Mirziyoev o'zbek xalqining qarshiligiga qaramay, O'zbekistonni Rossiyaning provintsial guberniyasi aylantirish harakatiga tushgan.

Mirziyoevning bu siyosatini qo'llab, kuni kecha Rusiya tashqi ishlar vazirligi mulozimi Mariya Zaxarova chiqish qildi. U namoyishkorona Uzbekiston davlatining ichki ishlariga aralashdi. Rus tili O'zbekistonda rasman davlat tili bo'lmasa ham fe'lan davlat tili ekanligiga ishora qildi. Va O'zbek Parlemantida davlat tili haqida tayyorlanayotgan qonun loyihasi ustidan ochiqchasiga kuldi. Uning ko'pchilik tomonidan rad etilajagiga ishora qildi.

Rusiyaning bu tutumi Mirziyoev tarafidan sukut bilan qabul etilayapti. Chunki Mirziyoev Putinga bu xususda va'da berib qo'ygan. Va'dalarni Prezident bo'lishidan bir-ikki yil oldin bergan.
Mana, endi Putinga bergan va'dalarining ustidan chiqyapti…

Muhammad SOLIH,

16.05.2020

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Abdiputin ;

    o'zbek, ilmsiz, joxil, amalparast vanihoyat qabih va razzil nusxalar hukmi ostida hayot kechirmoqda, buni anglash uchun Muhammad Solih yo boshqasini gaplari zarur emas, shunchaki, fuqaro bo'lib shu diyorda yashash kifoya

    16/05/2020 19:13
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube