O’zbekiston Xalq Harakati

O'ZIMIZNING O'ZBEKLAR

O'ZIMIZNING O'ZBEKLAR
17 Mayıs 2020 - 6:28 'da yuklandi va 646 marta o'qildi.

Zaxarovani olkishlayotganlar o'zimizning “o'zbeklar”. Antennasi Kremlga qaragan millatdoshlarimiz. Bu badbinlar xalqning beminnat nonini eb, rahmatni o'zgalarga aytishni madaniyat degan bir to'da. Bu manfur guruhning milliy ma'naviyatimizga etkazgan ziyonini hech nima bilan o'lchab bo'lmaydi”. Zaxarovaning ijtimoiy tarmoqda ko'plab noroziliklarga sabab bo'lgan fikriga O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist, filologiya fanlari nomzodi Olim Toshboev munosabat bildirdi.

ZAXAROVANING “QULOG'I” QAERDA?!

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarovaning O'zbekistonda davlat tilida ish yuritish to'g'risidagi qonun loyihasi yuzasidan aytgan gaplarini uzoqqa mo'ljallangan strategiyaning bayoni deyish mumkin. O'zbek so'nggi 150 yilda atigi bir marta davlat tilida ish yuritishni niyat qilgan ekan, nega buncha tuhmat-malomat?! Axir, o'ttiz yil davomida mariyalarning manfaatini o'ylab tishi qoqib olingan qonun bilan yashab keldik-ku! O'zimizning emas, ularning ra'yiga, ko'ngliga qarab ish tutdik-ku! Andishaning oti qo'rqoq degani shu ekan-da?!

Ko'pchilikning e'tiroziga sabab bo'layotgan bayonot, aslida, Rossiya imperator Nikolay ikkinchining mardikorlikka olish haqidagi farmonini amalda bekor qilmagani, istiqbolda ham til-zaboni yo'q, haq-huquqini talab etmaydigan mardikor istayotganini ko'rsatdi. Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi bilib-bilmay “O'zbekiston bizning mulkimiz” degan nuqtai nazarini oshkor etdi. Ular o'zbekning bugun ham, ertaga ham egnini qisib, “Maylimi, ona tilimda gapirsam” deyishini xohlaydi. Bunday shovinist mustabidni dunyo kam ko'rgan. Nega endi mustqil bir davlatning milliy tiliga, ma'naviy sarhadlariga boshqa bir davlat mahkamalari hakamlik qilishi kerak?! Qani davlatlar o'rtasidagi o'zaro hurmat?! O'zbekistonga po'pisa qilayotgan mahkama Olmoniya, Farangiston, Yaponiya, Turkiyaga shunday munosabat qilib ko'rsin-chi!

Zaxarovani olkishlayotganlar o'zimizning “o'zbeklar”. Antennasi Kremlga qaragan millatdoshlarimiz. Bu badbinlar xalqning beminnat nonini eb, rahmatni o'zgalarga aytishni madaniyat deb bilgan bir to'da. Bu manfur guruhning milliy ma'naviyatimizga etkazgan ziyonini hech nima bilan o'lchab bo'lmaydi. Ularning urug'i 1865 yilning saratonida Toshkentni qamal qilib, suvsiz qolgan elni taslim bo'lishga majburladi, Qo'qonning bor boyligini aravalarga ortib, chor ma'murlaridan panoh so'radi, “Bosmachi” degan so'zni o'ylab topib, bosqinchilarga qarshi kurashgan vatanparvarlarni ayamasdan qirdi. Keyin millat gullari – ziyolilarni otdi!

Bu qirg'inlardan ellik yil o'tib-o'tmay “Paxta ishi”, “O'zbeklar ishi” degan tuhmatlarni o'ylab topib, butun bir xalqni dunyoga o'g'ri, muttaham deb tanitishga urindi. Kech bo'lsa ham uyg'ongan, tilimiz davlat tili bo'lsin deb kurashga chiqqan ziyolilarga pand berganlar ham tag'in o'sha sotqin-chulchitlar edi. Bu o'risparastlar o'zbekni ich-ichidan yomon ko'radigan, o'zbekcha so'zlashga tob-toqati yo'q markazqo'm kotibi, ministr, akademik, professor, adib bo'lib ish ko'rdi. Davlat tili haqidagi qonun qabul qilingandan keyin bu munofiqlarning ko'pchiligi homiydan panoh so'rab, shimolga qarab sirg'aldi.

Qolganlari esa, o'zbek xalqiga qarshi kurashni muvaffaqiyatli davom ettirdi. Kechagiday yodimda: “Pravda Vostoka” gazetasi bundan o'ttiz yil muqaddam “Toponomik “vasvasa” nomli maqola chop etib, Toshkentdagi “Moskva” mehmonxonasining nomini “Chorsu”ga aylantirilganini noto'g'ri ish deya jar solgan edi. Bunday bepisandlik to shu kungacha turli shakllarda namoyon bo'lib kelmoqda.

Zaxarovalar xalqning ma'naviy tirgagi – tilning qudratga kelishidan o'lguday qo'rqadi. Nima qilib bo'lsa ham bu kuchni parchalashga intilmoqda. Ularning qo'liniyu tilini uzun qilayotgan “quloq”lardan qutulmas ekanmiz, O'ZBEK tilining DAVLAT bo'lishi qiyin.

Olim TOShBOEV,
filologiya fanlari nomzodi,
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube