O’zbekiston Xalq Harakati

MUSTAQILLIK TILDAN BOShLANADI

MUSTAQILLIK TILDAN BOShLANADI
17 Mayıs 2020 - 8:31 'da yuklandi va 669 marta o'qildi.

Bir guruh rusiyzabon o'zbeklar ( atamani qarang!) rus tiliga davlat maqomi berilishini so'rab, O'zbekiston rahbariga murojaat qilibdi. Ilgariroq bularga o'xshagan yana bir guruh O'zbekistonga Rusiyadan bir necha ming rus tili o'qituvchisini olib kelib, ularni o'zbek xalqiga keng miqyosda ruscha o'rgatishga jalb qilishni iltimos qilib chiqqan edi xukumatdan. Bu voqealar bir-biri bilan bog'liq bo'lmasligi mumkin emas. Chunki, bunday toifa odamlarning tashabbus bilan chiqishlari O'zbekistonning yaqin tarixida hech ko'rilmagan bir holdir. Madomiki, ular bir tashabbusga bel bog'lagan ekanlar, biling-ki, ularning orqasida ularning belini bog'lagan odamlar bor, aks holda, hokimiyat qarshisida qattiqroq nafas olishdan ham qo'rqadigan bu toifa bunday iddaoli chiqish qilishga jur'at qilmagan bo'lardi.

Albatta, ular: “Hurmatli prezident, siz bizga oyog'ingizni yalashni ta'qiqlay olmaysiz, bu bizga nisbatan adolatsizlikdir!”, degan shaklda prezidentga qarshi “isyon” qilishlari mumkin, zotan, bunga o'xshagan “isyonkor”larni Sovetlar paytida va keyinroq I.Karimov zulmati hukm surgan paytlarda ko'p ko'rdik. Bu “isyonkor” laganbardorlarning o'z jonbozliklarida davlat rahbari sog'lig'i va sihatini hatto davlat rahbarining o'zidan ham himoya qilish darajasida aqldan ozishlari mumkinligini ko'p kuzatganmiz. Ammo davlat tili masalasi mazkur toifa jur'at qilib o'rtaga tashlaydigan masala emas, agar bular shu narsaga jur'at qilgan bo'lslar, demak, ularning orqasida davlat miqyosidagi kuchlar mavjudligi shubhasizdir.

Agar haqiqatan ham davlat mustaqilligiga tahdid soluvchi bunday g'ayri milliy ovozlar bugungi hukumat tarafidan uyushtirlayotgan va dastaklanayotgan bo'lsa, u holda, Mirziyoev prezidentlik maqomiga kelganidan keyin “islohotchi” sifatida qozongan ozmi-ko'pmi obro'yini ham to'la yo'qotishi mumkin. Bunday ishi bilan u tarix sahifasida hatto xalqni va mamlakatni abgor qilgan diktator Karimovdan ham tubanroq o'ringa qo'yilishi ehtimoldan uzoq emas. Nega-ki, hatto millat dushmani Karimov ham rus tilini davlat tili qilishni xayoliga keltirmagan edi. Albatta, bu uning davlat mustaqilligi uchun qayg'urganini anglatmaydi. 1990 yil bahorida o'tkazilgan Ittifoq referendumida o'zbek xalqini SSSRning saqlab qolinishi uchun ovoz berishga chaqirgan va keyinroq Mustaqillik Deklaratsiyasiga tish-tirnog'i bilan qarshi turgan Karimovday odamni mustaqillik kurashchisi deb gumon qilish kulgulidir. O'zi asosan ruscha gapirgan va o'zbekchani chala-chulpa bilgan Karimovning rus tilini davlat tili qilmaganining yagona sababi – uning dikatator sifatidagi o'z shaxsiy mustaqilligini saqlab qolish istagi edi. Rus tiliga davlat maqomi berilishi Rusiyaning uning ishlariga (davlatning ishlariga emas!) aralashishini qulaylashtirishiga uning aqli etardi.

Xullas, Mirziyoev tarix sahifalarida: “U hatto qonxo'r Karimov ham qilmagan ishni qildi – davlat mustaqilligiga zarba berdi”, qabilidagi isnodli baho olmasligi uchun rus tiliga davlat maqomi berish singari bugun ko'tarilayotgan fitnalarga zudlik bilan chek qo'yishi kerak bo'ladi.

Maqsud Bekjon

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube