O’zbekiston Xalq Harakati

O'ZBEKISTONDA DISSIDENT ADABIYoTI

O'ZBEKISTONDA DISSIDENT ADABIYoTI
17 Mayıs 2020 - 14:39 'da yuklandi va 555 marta o'qildi.

O'zbekistonda dissident adabiyoti bormi?
Bor.
Mavjud siyosiy rejimga qarshi yozilgan adabiyot O'zbekistonda ham bor.

Bu yozuvchilar yozgan asarlari o'lkada chop qilinmasligini aniq bilsalar ham, yozishdan voz kechmaganlar, qiyin sharoitlarda yashasalar-da, ijodini davom ettirganlar.

Bu yozuvchilardan bizga ma'lum bo'lganlari hozircha ikkita:
1.O'zining “Yurtmenboshi” romani bilan tanilgan Nabijon Boqiy.
2.”Bugungi kunlar” hujjatli roman muallifi Nurulloh Muhammad Raufxon.

Har ikkalasini o'zbek dissident adabiyoti vakillari deyish mumkin.

Yozuvchi Nabijon Boqiy o'zining “EVRILISh” nomli pamfleti shunday asarlarning so'nggisi bo'ladi.

“EVRILISh” dikatator Karimov davrining ilk bosqichidan bahs etadi.

Asarga turtki bo'lgan xusus shu: Xalq yozuvchisi Erkin A'ZAM “O'zbekiston ovozi” gazetasida 1993-yil 26-dekabr sonida e'lon qilingan maqolasini “Vatan” gazetasi, 1994-yil 9 – 16 fevral, 3-sonida takror yoyinlaydi. Chunki bu maqolada diktator Karimov matbuoti uchun doim dolzarb bo'lgan tema bo'lgan mafkuraviy dushmanlar (Boymirza Hayit va Muhammad Solih)ning “buzg'unchi faoliyatlari” yana bir marta nishonga olinishi topshirilgandi…

Bu orada Xalq yozuvchisi Erkin A'zam Do'rmonda dala xovli qo'shnilari bo'lmish adabiyotchilar bilan yurishga chiqqanda tez-tez ”U yoshligidan dissident bo'lishni orzu qilardi”, agar ular haqida maqtov maqola yozilsa, bundan ma'qulroq bosh jumlani topib bo'lmas, nima dedingiz?”, deya tez-tez kah-kaha otardi. Bu qah-qaha hadafi 1993-yilda O'zbekistonni tark etgan shoir va siyosatchi Muhammad Solih edi.

Bu va boshqa hangomalar to'g'risida Nabijon Boqiyning O'zbekistonda bosilmaydigan yana bir bitigi – “Evrilish” pamfletini e'tiboringizga havola qilamiz.

REDAKTsIYa

EVRILISh

Yozuvchi Nabijon Boqiy o'zining “EVRILISh” nomli pamfletida shunday deb yozadi:
“Maqola muallifi(Erkin A'zam) “dissident” atamasini bekorga tirkamayapti; o'sha yili olti-etti oy muqaddam muxolifat rahbarlaridan biri bo'lmish Muhammad Solih ixtiyoriy-majburiy ravishda hijratga ketadi. Erkin A'zam esa aynan olampanohning nazariga tushmoq ilinjida qalam tebratayotgani bois “Yurtmenboshi”(Karimov)ning dushmaniga tosh otib qo'yishni ham esidan chiqarmaydi.
Ustoz Erkin A'zamning “Vatan mas'uliyati” maqolasi ziyoliNusxa qalamkashlar ongida EVRILISh boshlanganini ko'rsatadigan achqimtir namunadir. Bu maqola “Qiyosiy jurnalistika” predmeti bo'yicha talabalarga ma'ruza o'qiydigan muallimlar uchun dasturulamal bo'lib xizmat qilishi mumkin.

1994 yil 17 fevral kuni ertalab soat 10.30 da Prezidentning davlat maslahatchisi Usmon Azim “Vatan” gazetasining Bosh muharriri Yoqubjon Xo'jamberdiga telefon qilib: “Yaqubjan, nima qilib qo'yding'iz!” deb zahrini sochadi. “Nima qippan, Usmonjan?” deb titrab-qaqshaydi gazeta boshlig'i.

“Nima qilg'aningizni teleponda aytib bo'lmaydi. Tez huzurimg'a keling! Yo'q, kelmang huzurimg'a! Lenin jandarmdan yashirinib yashab yurgan chaylada uchrashamiz!” deb pishqiradi maslahatchi-shoir. Yoqubjon akaning rosa boshi qotadi: “Lenin yashagan chayla qayda edi?” deb tanish-bilishlariga bir-bir telefon qilib chiqadi. Hech kimdan tayinli javob ololmaydi, ammo ziyrak kotiba Sevaraxon “Yoshlik” jurnalining 1984 yil №9 sonini xo'jayin stolig'a keltirib tashlaydi. O'zi qanday qovun tushirganini aniq bilmasdan xunob bo'lib o'tirg'an Yoqubjon Xo'jamberdining fig'oni falakka chiqib, 10 yil oldin chiqqan eski jurnalni deraza tomonga uloqtirib yubormoqchi bo'ladiyu beixtiyor ichki sahifasiga ko'zi tushib jilmayadi:
–Iya, jonajon partiyamiz raisi Usmon Azimning Lenin bobog'a bag'ishlangan QASIDAsi chop etilgan ekan-ku! – deb qichqiradi.
Darhol sigaret tutatib, O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining XVI Plenumiga bag'ishlangan qasidani ifodali o'qishga kirishadi:

(Erda qolgani yo'q Shoirning bayti) –

Zamon, senga boqib
his qildim birdan –
qasida yozmoqning etishdi payti…
Partiya, aniq o'lchading
zamonning bo'yi-bastini,
men ko'rib turibman,
yuraging – yoniq,
men ko'rib turibman halol dastingni.
Men ham mudom yonib yurgan insonman,
shiddatingdan yana ming marta yondim.
Va, butun qadoqqo'l O'zbekistonday
Lenin tirik ekan –
ishondim!
(Usmon Azim)

Ajabki, Yoqubjon aka Qasidani bir o'qishda yodlab oladi va ko'ngli yorishib, sigaret qoldig'ini kuldonga ezg'ilab o'chiradiyu beixtiyor sobiq Lenin muzeyiga borib, eski dohiyning chaylasini ko'zdan panaroq joydan topadi.
Birpas kalovlanib turadi va Devonga yo'l oladi.
Endi ko'ngli xiyla ravshan tortgan edi: partiya raisini ko'rgan zahoti Qasidaning ikki misrasini yodaki o'qib yuborsa, muallif erib ketishi turgan gap!

Oradan 20 daqiqa o'tar-o'tmas Devonning uchinchi qavatida “Chekish joyi”da uchrashadilar.

–Bu nima? – deydi Usmon Azim gazetani ochib, “Navoiy Hilosni ko'rganmi?” maqolasiga ko'rsatkich barmog'ini bigiz qilib.

–Navoiyg'a bag'ishlang'an maqola, – deb kulimsiraydi Yoqubjon Xo'jamberdi.

–Qanaqa Navoiy! Qanaqa Navoiy! – deb xunob bo'ladi davlat maslahatchisi. – Axir… – deb ko'rsatkich barmog'ini “HILOS” so'zi ustiga niqtab, teskari tomonga sidirib hijjalab o'qiydi: S O L I H !!!

–Voy ablah-ey! – deb yuboradi noxos Yoqubjon Xo'jamberdi.

Peshonasidan ter chiqib ketadi, birdan shalvirab qoladi. – Voy ablah-ey…
–Buni kim yozgan?
–Muallifi uch kishi.
–Asqar Mahkamning ishimi bu? Rustam Shog'ulomov uni ishga olmag'in desa ham, sizning yuzingizdan o'ta olmasdan rozi bo'lgan edim. Mana, oqibati!

–Unday emas, Usmonjon. Bu maqolaga Asqar Mahkamning aloqasi yo'q. SUM – MUSULMON, ZO'R – RO'ZIMBOY, BAN – NABIJON, – deb izoh beradi bosh muharrir. – Nima qilay, Usmonjon? – deb mo'ltiraydi,- Uchovini ham KZOT bo'yicha ishdan haydaymi?

–Yo'q, ishdan haydalsa, oson qutilib ketishadi.
–Hayfsan e'lon qilaymi?
–E-e, sadqai sar, Yaqubjan! Agar Rustam aka “quloqlari” orqali HILOS haqida maqola chiqib ketganini bilib qolsa, yuz foiz aniqki, gazetani srazu yoptiradi, ablah!
–Ishqilib, “Vatan taraqqiyoti” partiyasi ham yopilib ketmaydimi, Usmonjon?
–E-e, partiya nima bo'pti! Yopilsa yopiladi-da! Lekin o'zim gazetada bir turkum yangi she'rlarimni ikki sahifada e'lon qilmoqchi edim, – deb afsuslanadi shoir.
–Nima qilay? Har biridan alohida-alohida “Tushuntirish xati” yozdirib olaymi?
–E-e… – Jahl bilan qo'l siltaydi Usmon Azim,- Ishxonaga borib hech narsa bo'lmagandek jimgina o'tiring. Tss… –
Ko'rsatkich barmog'ini labiga bosadi.
Sovuqqina xayr-xo'shlashadilar.

Peshindan so'ng “Vatan” gazetasi idorasiga anavi chiston-maqola mualliflaridan Banoq kirib kelsa, ishxona o'lik chiqqan dargohga o'xshab muzlab yotgan ekan…
Chorak asr muqaddam chop etilgan “Navoiy Hilosni ko'rganmi?” maqolasini shu kunlarda O'zbekistonda birorta gazeta-jurnalda e'lon qilish mumkinmi?
Mustaqillik davrida nafaqat ziyolilarning, hatto aholining aksariyat qismi ma'nan evrilish jarayonini boshidan kechiradi.
Chamasi, evrilish nihoyasiga etadi: palag'da avlod dunyoga keladi. Bu yog'i endi to'ylar muborak!

Nabijon BOQIY

Endi Usmon Azimning partiyasi gazetida “diqqatsizlik oqibatida” bosilib ketib, hammani oyoqqa ko'targan, Usmon Azimni g'azablantirgan o'sha “Navoiy Hilosni ko'rganmi? maqolasini uqing:

NAVOIY HILOS (SOLIH) NI KO'RGANMI?

Xorazmlik fidokor shoir Matnazar Abdulhakim bir necha yillardan beri mumtoz Sharq she'riyatining pirlari ziyorati bilan mashg'ul bo'lipturlar. Va Abdulqodir Bedil, Jaloliddin Rumiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi sultonlar saltanatiga ixtiyoriy ravishda o'zlarini asiru bandi etmishlar…

Keyin Turkiston tufrog'ida sakkiz yuz yil mobaynida ma'naviyat va vijdoniyat otasi bo'lmish zot Najmiddin Kubro hazratlari to'g'risida zikr ettilar. Bizning ko'nglimizda Ko'hna Urganchga Kubro hazratlarining xilxonasini ziyorat etmoq orzusi tug'ildi. Va bu orzumizni oqlikka tugib, ko'nglimizning qatiga yashirib qo'ydik.
Matnazar og'a bo'lsa, Kubro hazrat asos solgan e'tiqod islom nuri bilan yo'g'rilgani bois Chingiz bosqini zo'ravonligi davrida ahli Turon qalb qal'asidan panoh topganini betashbeh so'ylab berdilar:
–Biz qo'shni tog'ning ulug'ligini bilmasligimiz mumkin. Lekin jahoniy tafakkur qudratiga qodir insonlar hargiz ul yoki bul tog'ning ulug' yoki puchmoq ekanini biladilar. Xususan, Navoiy hazratlari Xorazm diyoridan osmono'par – oydan-da baland bir tog' unib chiqqanini bilganlar. Ya'ni, Kubro bobomizga chin ixlos qo'yganlar. Navoiyning ixlosi umrlik ixlos edi; hatto ul zot muhrdor bo'lib, saroy xizmatini, saltanat g'avg'osini zimmalariga olganlaridan keyin ham Kubroviya e'tiqodida sobit trganlar. Bu sobitlik shu qadar metin bo'lganki, kamina talabalik yillarida Alisherbek Xorazmga tashrif buyurgan bo'lsa kerak va yo'l-yo'lakay Arshi a'lodan bir tola nur yog'ilib turgan HILOS ismli vatanparvar inson bilan uchrashgan, deb o'zimcha taxmin qilaman. Hilos kim edi? Ul elparvar fidokorlardan bo'lib, haqsizlikka zid borguvchi edi, etimlarning haqqini himoya qilardi, bechoralarning yarasiga malham qo'yardi. Shu bois osmondan bir tola nur tushib, uning siymosini yoritib turardi. Qadim manbalarda, ehtimol, navqiron Alisherbek tarixiy shaxs HILOS bilan uchrashgani qayd etilmagandir. Ehtimol, o'shanda Alisherbek kelajak bilan uchrashgandir, deb turli farazlar ilgari suriladi. Balki shundaydir. Boz ustiga, yana boshqa manbalarda Alisherbek uchratgan najotkorning asil ismi HILOS emas, balki YALAS edi, deb e'tirof etiladi. Hilos “xaloskor” ma'nosini anglatsa kerak, deyiladi ba'zan. Menimcha, bu so'zlarning tom ma'nosi “to'g'ri, tartibli” demakdir. Bu gapning ishonchli ekanini 1993 yili “FAN” nashriyotida chop etilgan “Navoiy asarlari uchun lug'at” kitobi ham tasdiqlab turibdi. Lug'atdagi izoh nufuzli olimlar tomonidan tuzilgani inobatga olinsa, “xaloskor” bo'lish uchun, avvalo, “to'g'ri, tartibli” bo'lish lozimdir. Bundan tashqari, turkiy manbalarda “Hilos” so'zi aslida, boya aytganimizdek, “YALAS” shaklida paydo bo'lgan, deb ta'kidlanadi. “Yalas” so'zi yozma manbalarda ko'pincha “AYLAS” ko'rinishida ham yoziladi va “tekislash, silliqlash, yumshatish” ma'nolarini anglatadi.

Xullasi kalom, do'stlar, Alisherbek yoshligida o'zining kelajagi bilan, ya'ni pahlavon HILOS bilan uchrashgan edi. Bunga hech qanday shak-shubha yo'q.

Biz adabiyot va vataniyot ixlosmandlari Matnazar og'aning fikr-mulohazalaridan chandon qoniqish hosil qilgan bo'lsak-da, ammo qadimiy manbalarni yozib qoldirgan mirza yoki xattot andak badxatroq bo'lgan yoxud savodi bir oz poyoniga etmagan bo'lsa, Alisherbek og'zaki e'tirof etgan zotnining muborak ismini chalkashroq, noto'g'riroq, teskariroq, poyma-poy yozgan bo'lishi ham mumkin. Qaydam. Ilm va ayniqsa, haqiqat bahs-munozaralarda oydinlashadi. Inshoolloh, biznin munozara yana tarixga oydinlik kiritar degan umidda bedormiz.

Demak, Alisher Navoiy yoshlik yillarida yoki yigitlik chog'ida hazrat Najmiddin Kubro xonakohini ziyorat qilmoq niyatida Ko'hna Urganch safariga otlangan bo'lishi ehtimoldan holi emas.
Manbashunos olimlarimiz bu haqda nima deyishar ekan?
Javoblaringizni kutamiz, aziz zukkoyu ziyrak mushtariylar!

Banoq SUMZO'RBAN (SUM – MUSULMON, ZO'R – RO'ZIMBOY, BAN – NABIJON)

(“Vatan” gazetasi, 1994 yil 17 – 23 fevral, 4-son.)

Bu chiston-maqola yuzasidan ham ayrim izoh lozim ko'rinadi.
1.”HILOS” ixtiyoriy-majburiy hijratga yuz burgach, oradan o'n oy o'tar-o'tmas shoir Usmon Azim raisligida tashkil etilgan “cho'ntak partiya”ning fikr tarqatuvchisi “Vatan” gazetasida e'lon qilingan maqola, aslida, go'yo hazrat Navoiy tavalludining 553 yillik sanasiga bag'ishlangan edi. Ma'lumki, Zahiriddin Muhammad Bobur: “Bilmon, ne jarima bila Sulton Abusaid mirzo (Alisherbekni) Hiriydin ixroj qildi”, deb yozadi xotira kitobida. Navoiy o'z asarlarida Bobur mirzoning bobosi bo'lmish Abusaid mirzo haqida salbiy fikr bildirmaydi, ayni chog'da “Majolis un nafois”da ham unga maxsus to'xtalmaydi. Davr qoidalari bo'yicha temuriy shahzodalar to'g'risida yomon gap aytish go'yo SSSR davrida Moskvaga borib Lenin maqbarasida “Lazgi”ga raqsga tushishdek bir narsa hisoblanardi.

Qissadan hissa shuki, 25 yashar Alisherbek Samarqandda talabalik chog'lari Buxoro – Hazorasp – Xonqa – Yangibozor – Toshovuz – Ko'hna Urganch yo'nalishi bo'ylab sayohat qilgan bo'lishi mumkin. Ammo Qoraqum, Qizilqum sahrolarida “qozoqlik qilib yurgan” Husayn Boyqaro bilan zimdan ko'rishib, Abusaid mirzoga qarshi fitna hozirlayapti degan tuhmatdan qo'rqib, Ko'hna Urganch sayohati to'g'risida lom-mim demaydi.

Ehtimol, 483 yildan so'ng Yangibozorning Beklar o'ramida qaysar bir shoir dunyoga kelajagini tusmol qilgandir. Bu haqda “Navoiy Hilosni ko'rganmi?” maqolasida haqiqatga yovuqroq faraz ilgari suriladi. HILOS teskari o'qilsa va yozilsa SOLIH paydo bo'ladi.
Mahalliy Diktator IAKning №1 raqibi martabasini olgan shaxs nomini teskari aytish va yozish yasaq bo'lgan davrda ul nobakor nomini salkam 10.000 nusxada chop etiladigan “Vatan” gazetasi sahifalarida e'lon qilinishi, musulmonlar, o'taketgan shakkoklikdan boshqa narsa emas edi.

N.B

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube