O’zbekiston Xalq Harakati

QAXRAMONLIKKA MAHKUMLIK

QAXRAMONLIKKA MAHKUMLIK
17 Mayıs 2020 - 21:13 'da yuklandi va 566 marta o'qildi.

Ilgari uyg'ur fatalizmi haqida yozgandim. Shu yil yoz oyida Turkiyani kezar ekanman, mustaqil – iqtisodiy, harbiy va siyosiy jihatdan islom dunyosida eng kuchli hisoblangan bu mamlakat aholisining milliy shuurli, vatanparvar qismida aynan o'sha ishg'ol ostida yashayotgan uyg'urlarda bo'lgan fatalizmni, Qadarga mahkumlik tuyg'usini ko'rdim.

Tasodifan bir avtobus haydovchisi bilan gaplashib qolganimda, uning ikki-uchta odatiy, kundalik jumlalardan so'ng hech qanday bog'siz, “ko'prik”siz hayot-mamot singari yuksak bir mavzuga ko'chishi, o'zlarining vatan himoyasi uchun har lahzada o'lishga tayyor ekanligi haqida gapira boshlashi meni, xuddi ilgari boshqa vatanparvar turklar bilan suhbatda bo'lgani kabi, yana bir marta hayratga soldi.
“Bizning ketadigan joyimiz yo'q, bizning Vatan uchun kurashib, o'lmakdan boshqa hech choramiz yo'q”, dedi u mahkum bir ohangda. Undagi bu mahkumlik qariyib irsiy bir tuyg'u edi – nazarimda,turklar Anadoliga ko'chib kelganidan beri o'tgan 900 yillik davr mobaynida ular ko'rsatgan butun qahramonliklar za'mirida ana shu mahkumlik tuyg'usi yotganday..

Xitoyliklar tomonida ishg'ol etilib, ular tomonidan assimilyatsiya va qatliom qilinayotgan Sharqiy Turkiston aholisi bilan, Turkiya hududini 900 yil avval fath etib, butun bu davr mobaynida o'zlarining mahalliy aholi tarafidan assimilyatsiya va qatliom qilinishiga qarshi doimiy safarbar holatda bo'lgan turklar takdirida va kayfiyatida mudhish bir o'xshashlik bor edi.
Yana boshqa bir turk, Milliyatchi Harakat Partiyasining veteranlaridan birining Vatan haqida bundan 20 yilcha oldin aytgan so'zlari yanada fojealiroq edi, u aynan shunday dedi:”Agar bir kun dushmanlarimiz bizni bu erdan quvib chiqarsa, bizning ota yurtimiz – Turkistondan boshqa boradigan joyimiz yo'q”.

Endi, hayotining har lahzasini shunday tuyg'u bilan yashayotgan butun boshli bir millatning kundalik hayotini tasavvur qilib ko'ring. Boshi berk makonga kirib qolgan ruh energiyasining naqadar tahlikali ekanini bir ko'z oldingizga keltiring.
Bizning bobolarimiz Turkiston cho'lu-biyobonlarida, vodiy va voha kengliklarida o'zlaridan boshqa bironta yot ulusni uchratmay ot choptirar ekan, ulardagi ruh xam hadsiz kengliklarga yoyilib, singib, qarshilik ko'rmagan har qanday energiya singari o'zidagi quvvatni yo'qotganini, ruhimiz xuddi kamonning bo'shashib qolgan ipi singari yaroqsiz holga kelganini irsiy bir xotira bilan chuqur his etamiz.

Maksud Bekjon

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube